Fizika attestatsiya №9

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №9

TOSHKENT 2022-MART   ATTESTATSIYA da aynan tushgan testlar
Testni Toshev Anvar tayyorladi.

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Bir xil yònalishda katta harakatlanayotgan protonlar oqimi òzaro siqilib ingichka shnurni hosil qiladi. Qanday kuch tasirida protonlar oqimi siqiladi?

2 / 40

Uch yer radyusiga teng balandlikda erkin tushish tezlanishi.Yer sirtidagiga nisbatan qanday bo’ladi?

3 / 40

45 m balandlikdan14 km/soattezlik bilan gorizontal otilgan jism qanday(m) uzoqlikka borib tushadi? g=10 m/s².

4 / 40

Yer sirtidan 21600 km balandlikda harakatlanayotgan sun’iy yo’ldoshning tezligi, 600 km balandlikda harakatlanayotgan sun’iy yo’ldoshning tezligidan necha marta farq qiladi?

5 / 40

Avtomobil YPX postiga 72km/s tezlikda tekis harakatlana boshladi. Avtomobil postga kirib kelishi bilan YPX xodimi ushbu avtomobilni tekis tezlanuvchan harakat qilib quva boshladi. Quvib yetish oldidan GAI avtomobili tezligi qanday bo’lgan (m/s)?

6 / 40

Massasi 5 kg va tezligi 20 m/s bo’lgan jismning kinetic energiyasini (J) da toping?

7 / 40

Jism 5 m radiusli aylana bo‘ylab 40 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda.Uning aylanish chastotasi qanday (s-1).

8 / 40

Jadvalda moddalar va ularning nur sindirish ko‘rsatkichlari berilgan. Agar bu moddalarda yorug‘likning tarqalish tezligi o‘lchansa, qaysi moddada yorug‘lik eng kichik tezlik bilan tarqaladi?

9 / 40

Quyidagi hodisalardan qay birida modda atomlari (molekulalari) orasida potensial energiya mavjudligi ko‘rinadi? 1) muz erishi  2) suv isishi  3) suv bug'lanishi

10 / 40

K va L nuqtalar orasidagi potensiallar farqi 40V. 2µF sig‘imli kondensatordagi kuchlanishni toping (V).

11 / 40

C=4µF sig‘imli 3 ta kondensator berilgan. 6µF sig‘im hosil qilish uchun ularni qanday ulash kerak?

12 / 40

Og‘irligi P bo‘lgan blokka A va B jismlar osilgan. Richak muvozanatda bo‘lishi uchun qancha F kuch qo‘yish kerak? Richak vaznsiz.

13 / 40

Agar F=20 cm bo‘lsa, S buyumning tasviri S1 bo‘lsa, x*y ni toping (m2)?

14 / 40

Rasmdagi blok F=20N kuch bilan tortilsa, prujina qanchaga uzayadi (cm)? Blok massasini hisobga olmang. k=200N/m

15 / 40

Rasmdagidek harakatlanayotgan jismni 20s dan keyingi koordinatasini toping.

16 / 40

Ideal gaz TV3=const qonun bo‘yicha hajmi 2 marta ortsa, bosim qanday o‘zgaradi?

17 / 40

Ipga osilgan musbat zaryadlangan sharcha vertikaldan 45o ga og‘ib turib qoldi. Agar musbat zaryadli sharcha massasi 160 mg bo‘lsa, sharchalar zaryad miqdori qancha (nC)?  d=3cm

18 / 40

Qaysi grafikda izotermik kengayotgan ideal gaz ifodalangan?

19 / 40

Yakorning o‘ramlar soni N1=200 dan N2=1000 taga ortdi. Agar EYuK Ɛ1=60V dan Ɛ2=120V gacha ortsa, magnit maydon o‘zgarish tezligi qanday o‘zgaradi?

20 / 40

Elektronni qaysi nuqtaga joylashtirganda, u eng katta energiyaga ega bo‘ladi?

21 / 40

Rasmdagi K mashina turgan joyni sanoq boshi va OX o‘qini mashinalarning harakat yo‘nalishida deb qabul qilib, K-mashina uchun koordinata tenglamasini yozing.

22 / 40

Gaz adiabatik ravishda kengayganda harorati qanday o‘zgaradi?

23 / 40

Rasmda K nuqtadan chiqqan ikkita bolaning daryodagi harakati ko‘rsatilgan. Daryoning ikkinchi qirg‘og‘iga o‘tgan vaqtda bu bolalar orasidagi masofa qanday (m)?

24 / 40

Har biri 10nC dan bo‘lgan 2 ta shar ingichka sim bilan tutashtirilsa, kichkina sharning zaryadi qanday?

25 / 40

Og‘irligi 20N bo‘lgan richakka 2 ta yuk osilgan. P1=10N bo‘lsa, P2 necha N bo‘ladi?

26 / 40

Suyuqlik radiusi 11 mm bo‘lgan naychada 0,5 mm ko‘tarildi. Suyuqlik zichligini toping (kg/m3). σ=22 mN/m

27 / 40

Yutish koeffitsiyenti 0,2 ga teng bo‘lgan sirtga 900 W/m2 intensivlikli yorug‘lik nuri tushmoqda. Yorug‘lik bosimini aniqlang (µPa)?

28 / 40

K va L nuqtalar orasidagi umumiy sig‘imni toping.

29 / 40

Magnit induksiya chiziqlari tik pastga yo‘nalgan. Bu maydonga perpendikulyar yo‘nalishda elektron uchib kirdi. Uning trayektoriyasi qanday?

30 / 40

q3>0 bo‘lsa, q1 va q2 zaryadlarning ishorasi qanday?

31 / 40

6Ω li 3 ta rezistor bor. Ulardan 4Ω li qarshilik hosil qilish uchun ularni qanday ulash kerak?

32 / 40

Vodorod atomidagi elektron 7-sathdan 3-sathga o‘tganda E energiyali foton nurlaydi. Elektron 7-sathdan 2-sathga o‘tganda qanday energiyali foton nurlaydi?

33 / 40

Massasi 16 µg bo‘lgan sharcha orasidagi masofa 5 cm bo‘lgan plastinkalar orasida rasmdagidek turib qoldi. Agar buchak 45o, zaryadi 32 µC bo‘lsa, plastinkalar orasidagi kuchlanish qanday (μV)? g=10m/s²

34 / 40

Rasmda xonadon oldidan o‘tgan simyog‘och ko‘rsatilgan. Agar xonadonga kirayotgan 2 ta simdan birinchisi 3-liniyaga ulansa, ikkinchi simni qaysi liniyaga ulash kerak?

35 / 40

Gorizontal tekislikda tinch yotgan jismga nechta kuch ta’sir qiladi?

36 / 40

R1=200Ω bo’lsa, R3 ni toping (Ω)?

37 / 40

Elektronlar o‘ngga harakat qilayotgan bo‘lsa, elektr maydon kuchlanganligi qanday yo‘nalgan?

38 / 40

Induksiyasi 1T, yuzasi 250cm2, o‘ramlar soni 100 ta bo‘lgan simli ramka magnit maydonda 60o burchak ostida joylashgan. Unga 500mN·m aylantiruvchi moment ta’sir qilmoqda. Ramkadagi tok kuchi (A) qanday?

39 / 40

Tushish burchagi kamaytirilsa, sinish burchagi qanday o‘zgaradi?

40 / 40

Jism o‘zgarmas tezlanish bilan harakat qilib, ketma-ket 2 sekund vaqt oralig‘ida 26m va 18m masofalarni bosib o‘tdi. Jism boshlang‘ich tezligini toping (m/s)?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

101 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0