Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №16 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №16 InfoMaster Mart 31, 2022 163 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №16 RAVISHLARNING YASALISHI .TUB VA YASAMA RAVISHLAR RAVISH YASOVCHI QO’SHIMCHALAR RAVISHLARNING MA’NO TURLARI HOLAT RAVISHLARI PAYT RAVISHLARI O’RIN RAVISHLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 54 Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) timsox, tuxmat B) tuxfa, tahlit C) tanbex, taxmin D) rahnamo, rayhon 2 / 54 Quyidagi so’zlarning qaysilarida so’z yasovchi qo’shimcha mavjud? 1.so’lim 2. qo’lim 3. bo’lim 4. kesim 5. elim 6. bo’rim 7. bosim 8. bitim 9.tunim A) 3,4,7,8 B) 3,4,5,7.9 C) 2,3,8,9 D) 3,7,8 3 / 54 Osmon mo’tabar otaxonlarimiz va onaxonlarimizning duolari singari oppoq va dilga yaqin. Ushbu gapda nechta lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar ishtirok etgan? A) 4 B) 2 C) 5 D) 3 4 / 54 Or – bu o’ziga nomunosib yoki ep ko’rilmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, nomus qilish tuyg’usidir. Ushbu gapda fe’lning vazifa shakllaridan qaysilari mavjud? A) sifatdosh, harakat nomi, sof fe’l B) sifatdosh, harakat nomi C) sifatdosh, ravishdosh, sof fe’l D) sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi, sof fe’l 5 / 54 Harakat nomlari gapda qanday bo’lak vazifasida keladi? A) A, C B) ikkinchi darajali bo’lak vazifasida C) faqat ega vazifasida D) bosh bo’lak vazifasida 6 / 54 Bo’lishsiz fe’llar qaysi vositalar yordamida hosil qilinadi ? A) edi ,emish ,emas,ekan B) yo’q ,emas,-ma ,-mas C) –ma ,-(i)sh ,-(i)b D) –magan ,_maydigan ,ekan 7 / 54 Fe’l+fe’l shaklidagi qo’shma fe’llarni toping. A) isib ketdi,yozib bordi B) sotib yubormoq,o’ylab qolmoq C) olib qochmoq,ishlab chiqarmoq D) quvonib keldi,shoshilib qo’ydi 8 / 54 Fe’l o’zagi hech qanday grammatik ko’rsatkichlarsiz qo’llansa ,ular qaysi mayldagi fe’llar hisoblanadi A) shart B) xabar C) maqsad D) buyruq –istak 9 / 54 Omon –eson keldilarmi ?-dedi Anvar do’stiga . Ushbu gapdagi fe’l mazmunan nechanchi shaxsni ifodalagan ? A) II shaxs ko’plik B) I shaxs birlik C) II shaxs birlik D) III shaxs birlik 10 / 54 Hayvonlarga shartli ravishda qo’yiladigan nomlar qaysi qatorda berilgan ? A) mushuk,sigir,tovuq B) Bulbul,qaldirg’och, musicha C) Simba ,Tarzan, Bagira D) Yulduz,Hilola,Zilola 11 / 54 Bir to‘da odam Ko‘plik ma’nosi qanday usulda hosil qilingan? A) leksik usulda B) morfologik usulda C) leksik-morfologik usulda D) semantik usulda 12 / 54 Sifat darajalari qaysi qatorda to’g’ri sanalgan. A) oddiy, qiyosiy, ozaytirma, orttirma. B) oddiy, qiyosiy, orttirma. C) oddiy, qiyosiy, ozaytirma. D) sodda, qiyosiy, orttirma. 13 / 54 Qiyosiy darajadagi sifat berilgan gapni aniqlang. A) Sa'vaning dumi qora. B) Sa'va-kichik, chiroyli qush. C) Ziyrak juda xursand edi D) Sa'va chumchuqqa qaraganda kichikroq qush. 14 / 54 Qaysi gapda sanoq son berilgan? A) Axir, o’n ikki yashar ukasini ko’rmaysizmi, shu yoshidan uloq chopmoqchi. B) Saida oltinchi qatorga borib o’tirdi. C) Shoikrom o’n kuncha ilgari ishga ketayotib birrov kirib ukasidan hol so’ragan edi. D) Yuzlab yigit va qizlar oliy o’quv yurtlarini bitirishdi. 15 / 54 Chang va tutundan mashina va odamlar zo’rg’a ko’rinar edi Ushbu gapda qo’llangan ravishning turini aniqlang A) daraja miqdor B) sabab C) payt D) holat 16 / 54 Ravishning asosiy morfologik belgisi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan ? A) Ravish biror so’z bilan bog’lanib ,birikma hosil qilganda ,o’z shaklini o’zgartirmaydi, hech qanday so’z o’zgartiruvchi qo’shimcha qabul qilmaydi B) A,B C) Ravish gapda hol vazifasini bajaradi D) Ravish o’ziga xos yasovchi affikslarga ega 17 / 54 Holat ravishi berilgan qatorni toping A) ancha, kam, ko’p B) zo’rg’a, arang, bafurja C) kecha-kunduz, qishin-yozin D) tashqari, ichkari, olg’a 18 / 54 Yasama ravishlar qanday usul bilan hosil qilinadi? A) so’zga qo’shimchalar qo’shib B) A, B, C C) asos qismini takror qo’llash orqali D) asos qismini juft qo’llash orqali 19 / 54 Holat ravishi qatnashgan gap berilgan qatorni toping A) Yarim kechadan keyin olmon otaning uyqusi butunlay qochdi B) A,B C) O'rtancha botjr qo'rqmadijim turdi D) Tashqariga chiqib G'ofurjon boydan ketishga izn so'radi 20 / 54 Payt ravishlarini aniqlang? A) arang,qasddan B) xiyol,oz C) tez,darhol D) dastlab,avval 21 / 54 -cha, -lab, -larcha, -ona, -an, -chasiga qo‘shimchalari qaysi turkumdagi so‘zlarga qo‘shilib ravish yasaydi? A) ot, sifat B) ot, sifat, son C) fe’l, ot, sifat, son D) fe’l, ot, sifat 22 / 54 Ravish tarkibida qaysi egalik qo’shimchalari yaxlitlanib kelishi mumkin? A) II shaxs birlik qo’shimchalari B) Barcha egalik qo’shimchalari C) III shaxs birlik qo’shimchalari D) I shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari 23 / 54 Qaysi qo‘shimcha orqali ravish turkumiga mansub so‘z yasalganda bu qo'shimcha juft so‘z qismlarining har biriga alohida qo‘shiladi? A) -cha B) -an C) -in D) -(a)siga 24 / 54 Shu payt uydan — yotog'imizdan bolalar ham birin-ketin ko'zlarini uqalab, har yoqqa qarab tushib kela boshladi. Ushbu gapda qo'llangan ravish turkumiga mansub birliklar nechta? A) 4 ta B) 2 ta C) 5 ta D) 3 ta 25 / 54 Qaysi qatorda qo’shma ravish ishtirok etgan? A) Bog’imizda chiroyli gulkaramlar pishib yetildi. B) Suvonqul nabirasiga qimmatbaho uzuk hadya qildi. C) Men bir ming to’qqiz yuz yetmish sakkizinchi yilda tug’ilganman. D) Qayvaqt uyga kirmang, kitob ustida o’tirgan bo’ladi 26 / 54 Tarz (holat) ravishi qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) Kechagi topshiriq o’z vaqtida bajarildi B) Oyqiz uning qo’qqisdan g’oyib bo’lgani to’g’risida o’ylab vahimaga tushdi C) Sayohatchilar yuqoriga ko’tarilib qarag’ayzor va archazorga yetdilar D) Qodirjon otasi yonida turib atrofga qaradi 27 / 54 O’rin ravishi qaysi qatordagi gapda mavjud? A) Oldinda ketayotib ,orqangdagi odamlarni unutma B) Asta sekin ufq oqara kela boshladi C) Fidokorona mehnat samaralari yaqqol ko’rinib turibdi D) Qo’qqisdan shovqin suron ko’tarildi 28 / 54 To’satdan , tubdan ravishlarini ma’noli qimlarga ajratib bering. A) to’s+at+dan, tub+dan B) to’sat+dan, tub+dan C) Bu ravishlarda –dan kelishik qo’shimchasi asos qism bilan mustahkam birikib, ajralmas holga kelib qolgan . D) to’sat+dan, tubdan 29 / 54 Taxminan, xayolan so’zlaridagi — an qo’shimchasi qanday qo’shimcha? A) ot yasovchi B) ravish yasovchi C) shakl yasovchi D) sifat yasovchi 30 / 54 O’rin ravishi qatnashgan gapni belgilang A) Xuddi … shu do’kondan ikki respublikaning chegarasi o’tardi B) Ko’pincha tog’ tomondan shamol esib turardi C) Shamol oldindan esardi D) To’lagan chol noiloj o’rnidan turdi 31 / 54 Kishi о 'z fazilatlari haqida qancha kam bilsa, bizga shuncha yoqadi. Ushbu gapdagi ravishlar miqdorini aniqlang. A) 3 ta B) 4 ta C) 1 ta D) 2 ta 32 / 54 Payt ravishi ishtirok etgan gapni toping A) Uzoqdan kelgan mehmonlar chaqiriiib katta ziyofat berilibdi B) Oldinda Sirinbuloq qihlog'i butun bo'y basti bilan yastanib yotardi C) Ko'p yaxhi o'ylabsiz ammo saltanatingiz uzoqqa bormasa kerak D) Kun kech bo'ldi .Ertaga erta bilan yo'Iga chiqamiz 33 / 54 Qaysi gap tarkibida kelishik bilan turlangan so’z mavjud? A) Laziz tezlikka e’tibor berdi. B) U goh orqada qolardi, goh oldinga o’tib ketar edi. C) Nodir harbiychasiga qadam tashlab olg’a yurdi D) Bir yomg’ir yog’ib, hamma tarqalib ketdi. 34 / 54 Holat ravishi ishtirok etgan gapni aniqlang . A) Oldiga dasturxon yozibdi, kechqurun palov olib chiqibdi. B) Erta-indin rejani to’ldirgani haqidagi xushxabarni topshirmoqchi . C) Birdan xayoliga kelgan fikrdan uning vujudi titrab ketdi D) Ko’p yaxshi, ammo saltanatingiz uzoqqa bormasa kerak . 35 / 54 Quyidagi qo’shimchalarning qaysilari ravish tarkibida yaxlitlanib qolishi mumkin? 1)–ga; 2) –dan 3) –da; 4) (-si); 5) –lar A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 3,6 36 / 54 Ravishdan qaysi so’z turkumlari yasalganini tartib bilan belgilang .1.tezlik 2.ko’pay 3.kechagi 4.anchagacha A) sifat, ot, fe’l, ot B) ot, fe’l, sifat, ravish C) sifat, fe’l, sifat, ravish D) fe’l, ot sifat, ravish 37 / 54 O’rin ravishi qaysi qatordagi gapda mavjud? A) Kechasi bilan yog’ib chiqqan qor tongotar paytida tinib qoldi B) Bular yaqinda Toshkentga ko’chib kelishdi C) Ular hech ikkilanmay olg’a yurishdi D) Yo’lchi boshini quyi solib ,birpas jimo’tirdi 38 / 54 Berilgan so’zlardan o’rin ravishlarini aniqlang A) majburan,tez ,uyda B) quyi,chetda ,oldinga C) aniq,mardlarcha ,o’rtada D) pastga ,Toshkentdan,oldinga 39 / 54 Ravishlar qaysi so’z turkumlaridan yasalishi mumkin? 1.ot 2.sifat 3.olmosh 4.fe’l 5.ravish A) 1,2,4 B) 1,2,3,5 C) 1,3 D) 1,2,3,4,5 40 / 54 Holat ravishi qatnashgan gapni belgilang A) “Daryo ” kechuviga yetay deganimizda haydovchi mashinani to’xtatdi B) Qayerdandir bolalarning shodon qichqirig’I eshitildi C) Momaqaldiroq tingan ,ahyon ahyonda chaqmoq arqoni simobrang bulutlar ichidan otilib chiqar D) Tashqarida shamol qo’zg’alib ,deraza qanotlari qattiq ochilib yopildi 41 / 54 Ertasiga ertalab Nayman ona yana yo’lga tushdi .Uyur bu yerdan xiyla uzoqlashib ketgan edi .Izlab ,aylanma yo’llardan ehtiyotkorona o’tib ,uzoq yo’l bosdi. Ushbu gaplardagi ravishlarning miqdorini aniqlang A) 8 B) 5 C) 6 D) 7 42 / 54 Kampir xiyla uzoqlshganda ,Nurmatjon qichqirdi Ushbu gapda qo’llangan ravishning turini aniqlang A) holat B) payt C) sabab D) daraja miqdor 43 / 54 Payt ravishi qo’llangan gapni aniqlang A) Komil uyda bir o’zi qoldi B) Xalqimiz ulug’ kunlarga yetib keldi C) Sizga aytadigan ajoyib gapim bor D) Ilgari bu yerlar juda xarob edi 44 / 54 Qaysi qatorda yasama ravish ishtirok etgan gap berilgan ? A) Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib yo'rtib ketishibdi B) Ulardan biri akamning qayerdaligini so'ragan edi, men ertalab uloqqa ketganligini aytdim. (Abdulla Qodiriy) C) Bu yerda hamma unga do'stona munosabatda bo’lishar edi D) Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda. 45 / 54 Qaysi qatordagi gapda yasama ravish qo’llangan? A) Yig’ilishga faollardan vakillar kirib kelishdi. B) Bayramga taraddud hozirdanoq qizib ketdi C) U o’z vazifasini vijdonan bajarar edi . D) Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib yo’rtib ketishdi. 46 / 54 Holat ravishi qatnashgan gapni belgilang A) Sayohatchilar yuqoriga ko’tarilib qarag’ayzor va archazorga yetdilar B) Bahorda paxtakor uchun vaqt oz mehnat esa cheksiz mo’l C) Qodirjon otasi yonida turib atrofga qaradi D) Kunduzlari quyosh saratondagiday qizdirib turdi 47 / 54 Ravish gapda asosan qanday gap bo’lagi vazifasida keladi? A) ega B) hol C) aniqlovchi D) kesim 48 / 54 O’rin ravishi qo’llangan gapni toping A) Yo’lchi boshini quyi solib jim o’tirdi B) Qudrat bilan G’ulomjon ham bir necha odim ilgari yurdi C) B,C D) Bular yaqinda ko’chib kelishdi 49 / 54 Payt ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) Erta-indin rejani to’ldirgani haqidagi hushxabarni topshirmoqchi. B) Idoraga yaqin qolganda, Nuriddin otga qamchi urdi . C) U aravani Nuriddin minganini ko’rib xiyla yengil tortdi . D) Bular piyoda asta-sekin o’rdaga bordilar . 50 / 54 0‘rin ravishi qoilangan gap qaysi qatorda keltirilgan? A) 0‘zingiz harakat qilmasangiz, sizga chetdan birov yordam bermaydi. B) Chet ellami ko‘rib kelgan odamsiz-u, fikrlashingiz juda jo‘n. C) Bizning litsey chet tillami o‘qitishga ixtisoslashgan boiib, yaqinda ta’mirdan chiqarildi. D) Ariq chetida o‘tirib, momaqaymoqlami tomosha qilardi. 51 / 54 1.Ajdodlar yodi hamisha qalbimizda. 2.Jo’raboyev ham jimgina o’tirib, hammaga quloq solardi. 3.U naridan beri, yuvindi-yu, ishga ketdi. 4.Normatjon dastlab tog’asini ko’rgani bordi. Yuqoridagi gaplarda ishtirok etgan ravishlarning ma’no turini tartibi bilan aniqlang. A) miqdor-daraja, miqdor-daraja, holat, payt B) miqdor-daraja, holat, payt, payt C) payt, holat, holat, payt D) payt, miqdor-daraja, holat, payt 52 / 54 Qizning ko’kimtir rang olgan lablari zo’rg’a qimirlardi Ushbu gapda qo’llangan ravishning turini aniqlang A) payt B) holat C) daraja miqdor D) o’rin 53 / 54 Qaysi qatordagi so'zlar ravish turkumiga mansub? A) tong, tush, kecha B) halitdan, bomdod, kech C) shom, xufton, subh D) hozir, hali, endi 54 / 54 Payt ravishi qo’llangan gapni aniqlang A) Ertagayoq Abduhalilni Quvasoyga jo’nataman B) Pastda toshqin Amu pishqirib ,shag’illab ,ko’hna Orol tomon shoshilmoqda C) Balxdan qaytgach ,Navoiy yangi qazilgan ariqlarni ko’zdan kechirdi D) Qishloqdan stansiyaga o’tayotganimda ,yuragimda chiroyli hislar g’alayon qiladi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz