On tili va adabiyot attestatsiya №10

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


On tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №10

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan foydalanilmagan?

2 / 40

Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas?

3 / 40

Har kimki atog`a ko`p rioyat qilg`ay,
O`g`lidin anga bu ish siroyat qilg`ay.   Ushbu she`riy parchada ostiga chizilgan so`z qanday ma`no ifodalab kelyapti?

4 / 40

Qaysi gap tarkibida fe`l yasovchi qo`shimcha bilan omonim bo`la oladigan fe`llarning munosabat shakli qatnashmagan?

5 / 40

Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash insoniylikning birinchi shartidir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so’zlar hyaqidagi to’g’ri ma’lumotni toping.

6 / 40

Ukamni men o`zim barvaqt uyg`otdim. Gapda qaysi turkum so`zlari qatnashgan?

7 / 40

Qaysi asar uch xil yakun bilan tugamaydi?

8 / 40

“Urushning so`nggi qurboni” hikoyasida Shoikromning kasbi?

9 / 40

Qaysi javobdagi gapda qatnashgan ko`makchini unga ma`nodosh bo`lgan kelishik qo`shimchasi bilan almashtirib bo`ladi?

10 / 40

Berilgan qaysi gapda undov, modal, taqlid so`zlarning barcha turiga mansub birliklar qo`llangan?

11 / 40

Qaysi qatordagi misollarda aldoqchi unli tovushlar berilgan?

12 / 40

Abdulla Qodiriy ijodi haqida: “Abdulla Qodiriy iste’dodli, qalbi butun va o’ziga xos ravishdagi shaxs edi… Abdulla Qodiriyning prozasi, birinchi navbatda, g’oyatda hayotiyligi bilan ajralib turadi”, degan haq gaplarni yozgan adib kim?

13 / 40

Qaysi gap tarkibida adabiy nutqning sofligiga futur yetkazuvchi unsurlardan biri – varvarizm uchraydi?

14 / 40

Qaysi gapda ham yetakchi fe’l qismi, ham ko‘makchi fe’l qismining asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan yetakchi va ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi ishtirok etgan?

15 / 40

1) hojib (eshik og‘asi), 2) payg‘om (xabar), 3) degrez (cho‘yandan qozon quyuvchi), 4) yorg‘ichoq (donni maydalash uchun ishlatilgan tosh asbob) 5) bog‘ot (bog‘lar, bog‘li joylar), 6) gisu (soch).   Yuqorida keltirilganlardan qaysilari tarixiy so’z hisoblanadi?

16 / 40

Bir odam tovusning tumshug‘i bilan qanotlaridagi go‘zal, yaltiroq patlarni yulayotganini ko‘rib qoldi. Chidolmay so‘radi: – Ey go‘zal qush! Gunoh emasmi, shunday chiroyli, rang-barang patlaringni yulib tashlayapsan. Holbuki, sening go‘zalliging shu patlaringdir. Hamma shu patlaringdan yelpig‘ich qilish, ularni kitob sahifalari orasiga qo‘yishni o‘ylaydi, sen esa nima qilyapsan? Tovus javob berdi: – To‘g‘ri, lekin bu patlar mening jonimdan aziz emas. Chunki bu patlar tufayli meni ovlashadi, jonimga qasd qilishadi. Jon omon qolishi uchun xunuk bo‘lishim kerak. Ushbu matn haqidagi noto’g’ri mulohazani aniqlang.

17 / 40

Qaysi javobda taniqli davlat va din arbobi Xoja haqida noto’g’ri fikr keltirilgan?

18 / 40

«Falaki jomakabud dastidin yuz dodki, bir yig‘inda haqni aytib, balog‘a qolib zinadan quvlang‘animda oyog‘im chiqib yotib qoldim. Yosh umrim hayf va rangim za’faron bo‘lib yotdim. Bor mavjud kuchim kitob o‘qumoq va g‘azal abyot qilmoq ila band bo‘ldi». Ushbu gaplar qaysi ijodkor tarjimayi holidan olingan?

19 / 40

Kechasi ishlayman, kunduzi uxlayman. Ushbu gapda ishtirok etgan qo’shimchalar haqidagi to‘g‘ri hukmni toping.

20 / 40

Hilm – ahloqli odamning qimmatbaho libosi. U kiyim turlarining eng chidamli matosidir. Hilm yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning bexuda harakatidan himoya qiluvchidir. Yumshoq ko‘ngillilikni hodisalar to‘la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo‘ladi. Hilmni insoniyat qadrini o‘lchaydigan torozining toshiga tenglashtirsa ham bo’ladi. Matndagi nechta so’z imloviy jihatdan xató yozilgan?

21 / 40

Qaysi qatorda Fuzuliyning turkiy devonidagi asarlarning miqdori to’g’ri tartiblangan? 1)ruboiy; 2) qasida; 3) g’azal; 4) qit’a a) 42 ta; b) 300 ga yaqin; c) 27 ta; d) 75 ta

22 / 40

Qaysi qatordagi so’zning izohi noto’g’ri keltirilgan?

23 / 40

Navoiyning tarixiy-memuar ruhidagi asarlaridan biri keltirilgan javobni toping.

24 / 40

Keltirilgan qaysi so’zlar noto’g’ri izohlangan? 1) tuzuk – nizom; 2) tamaddun – poydevor; 3) daroz – novcha, baland bo‘yli; 4) zarofat – dehqonchilik; 5) aborigenlar – tub joyliklar; 6) azimat -buyuklik.

25 / 40

Qaysi gapda tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan?

26 / 40

Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasida Amir Temur o’z o’g’li Mironshohni nima uchun qirq kun zindonga tashlaydi?

27 / 40

Qaysi gap tarkibida sovg’a so’zining ma’nodoshi qo’llanmagan?

28 / 40

Qaysi gapda ham vazifadosh, ham sof ko’makchi mavjud?

29 / 40

Suluv qizlar burab qo‘yar sochini,
Mard yigit g‘animdan olar o‘chini.
Bag‘ring kuygandayin bo‘zlab yig‘laysan,
Menga aytgin yig‘laganing vajini! “Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostonida ushbu parcha kimning tilidan kimga qarata aytilgan?

30 / 40

Shu yurt tinch – yo’q dilda sanchiqlaringiz, Qiqirlab yurishar qalliqlaringiz. Yor-yorlar yarashar, to’ylar yarashar, Yarashar to’qlikka sho’xliklaringiz. (M.Yusuf) Ushbu she’riy parchada ishtirok etgan yasama so’zlar haqidagi fikrlardan nechtasi to’g’ri? fe’ldan ot yasalgan; 2) fe’ldan sifat yasalgan; 3) taqlid so’zdan fe’l yasalgan; 4) otdan sifat yasalgan; 5) sifatdan ot yasalgan

31 / 40

Bir g’azalida go’zal yor xokisor oshiqning yuziga oyoq bosar ekan, oyog’i og’riydi, “yuzing buncha bo’yradek dag’al bo’lmasa” deb nozlanadi. Ushbu mazmundagi bayt qaysi shoir ijodida uchraydi?

32 / 40

Bir xil janrga mansub hajviy asarlar keltirilgan qatorni toping.

33 / 40

Turli shoirlarning bitiklaridan iborat to’plamga Shekspirning ham to’rt sonetini kiritib, “Otashin ziyoratchi” nomli kitob chiqargan noshir kim?

34 / 40

Faqat bosh gap qismida yasama so‘z(lar) qatnashgan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang

35 / 40

Hilm – ahloqli odamning qimmatbaho libosi. U kiyim turlarining eng chidamli matosidir. Hilm yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning bexuda harakatidan himoya qiluvchidir. Yumshoq ko‘ngillilikni hodisalar to‘la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo‘ladi. Hilmni insoniyat qadrini o‘lchaydigan torozining toshiga tenglashtirsa ham bo’ladi. Ushbu matndagi ajratilgan so’zlarning hech biriga mos bo’lmagan izoh qaysi javobda keltirilgan?

36 / 40

O’tgan ajdodlarimiz bizni shu aziz xalqimizni astoydil sevishga, unga fidokorlik bilan xizmat qilishga, uning qadriyatlarini hurmat qilishga o‘rgatishgan. Ushbu gap haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas?

37 / 40

Qaysi javobda faqat to’g’ri yozilgan so’zlar keltirilgan?

38 / 40

Qaysi gap tarkibida subyektiv baho ifodalovchi qo’shimcha qatnashmagan?

39 / 40

Bir odam tovusning tumshug‘i bilan qanotlaridagi go‘zal, yaltiroq patlarni yulayotganini ko‘rib qoldi. Chidolmay so‘radi: – Ey go‘zal qush! Gunoh emasmi, shunday chiroyli, rang-barang patlaringni yulib tashlayapsan. Holbuki, sening go‘zalliging shu patlaringdir. Hamma shu patlaringdan yelpig‘ich qilish, ularni kitob sahifalari orasiga qo‘yishni o‘ylaydi, sen esa nima qilyapsan? Tovus javob berdi: – To‘g‘ri, lekin bu patlar mening jonimdan aziz emas. Chunki bu patlar tufayli meni ovlashadi, jonimga qasd qilishadi. Jon omon qolishi uchun xunuk bo‘lishim kerak. Matndagi nechta so’z tarkibida tovush almashishi yuz bergan?

40 / 40

Baxtsiz hodisa tufayli bir kunda xotini va ikki farzandidan ayrilgan obraz qaysi asarda uchraydi?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

91 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0