Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 8-sinf Adabiyot » 8-sinf Adabiyot 13-mavzu 8-sinf Adabiyot 8-sinf Adabiyot 13-mavzu InfoMaster Mart 23, 2022 31 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! 8-sinf Adabiyot 13-mavzu yuzasida testlar 13 – MAVZU: SHUKUR XOLMIRZAYEV 1 / 32 "Kuntug'mish" dostonida Kuntug'mish polvon necha yoshgacha ilmu hunar kasb-kamolot hosil qiladi? A) _Aniq aytilmagan B) 10 yoshgacha C) 14 yoshgacha D) 7 yoshgacha 2 / 32 Lutfiyning qaysi g'azali irsoli masal san'ati asosiga qurilgan? A) «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» B) «Xoh inon, xoh inonma» C) «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur» D) «Qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul» 3 / 32 Alisher Navoiy alohida mustaqil asar sifatida bitilgan barcha fardlarini bir yerga jamlab, qaysi devonining tarkibiga kiritgan? A) «Navodir ush-shabob» devonining B) «G'aroyib us-sig'ar» devonining C) «Badoye' ul-vasat» devonining D) «Favoyid ul-kibar» devonining 4 / 32 Nodiraning nisbatan to'la deb hisoblangan turkiy devonida (ayrimlari tojikcha) nechta g'azal mavjud? A) 174ta B) 189ta C) 156ta D) 140 ta 5 / 32 Qaysi javobdagi asarlar G‘afur G‘ulom qalamiga mansub? A) «Juvonboz», «То‘у», «Baxtsiz kuyov» B) «Tirilgan murda», «Yodgor», «Netay» C) «Mahmud Tarobiy», «0‘tror», «Karvon yo‘llarida» D) «Zar qadri», «Jar yoqasidagi chaqmoq», «Daryolar tutashgan joyda» 6 / 32 Oybek 1927-yilda qaysi ustozi haqidagi bo'htonlarga qarshi maqola yozgan? A) Furqat B) Abdulla Qodiriy C) Fitrat D) Cho'lpon 7 / 32 «Jaloliddin Manguberdi» tragediyasida qaysi qahramonlar tilidan jaranglagan monologlar yurtimiz, xalqimizni sharaflagan madhiyalar kabi yangraydi? A) Jaloliddin, Temur Malik B) devona chol, Temur Malik, Elbors pahlavon C) Sultonbegim, Jaloliddin, Temur Malik D) Jaloliddin, Sultonbegim 8 / 32 Usmon Nosir o'zbek tiliga tarjima qilgan «Bog'chasaroy fontani» dostoni kimning qalamiga mansub? A) Nekrasov B) H. Hayne C) Lermontov D) Pushkin 9 / 32 "Ufq" da tasvir etiigan qishloq hayotini, odamlarini ko'rib, bar bir katta o'zbek katta iftihor bilan: "Biz o'zbeklar !" -deydi. Mazkur ta'rif egasi qaysi javobda tog'ri ko'rsatilgan? A) P. Qodirov B) "A.Qahhor C) A.Oripov D) O.Yoqubov 10 / 32 «Chinor» romanida romanga jalb etilgan barcha katta-kichik insoniy taqdirlar asar markazida turuvchi qaysi obraz taqdiriga borib bog'lanadi? A) 93 yoshli Azim bobo B) 91 yoshli Azim bobo C) 93 yoshli Ochil bobo D) 91 yoshli Ochil bobo 11 / 32 Ozod Sharafiddinov 1997-yildan to umrining oxiriga qadar qaysi jurnalning bosh muharriri vazifasida faoliyat yuritgan? A) «Yosh kuch» jurnalining B) «Jahon adabiyoti» jurnalining C) «Yoshlik» jurnalining D) «Tafakkur» jurnalining 12 / 32 To`ra Sulaymon qayerda tavallud topgan? A) Jizzax viloyatining Bahmal tumanida. B) Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida C) Toshkent shahrida D) Samarqand viloyatining Bulurg`ul tomonida 13 / 32 «Otning egasi» hikoyasida Inodning oti kimdan yodgorlik edi? A) bobosidan B) otasidan C) o'g'lidan D) akasidan 14 / 32 «Otning egasi» hikoyasida partiya komitetining nima sababdan shaxsiy ot saqlashni man qilganligi aytiladi? A) otlaming o'rniga mashinalardan foydalanish uchun B) otlardan konserva maxsulotlari tayyorlash uchun C) otlarni urushga safarbar etish uchun D) qimiz ishlab chiqarish uchun 15 / 32 Shukur Xolmirzayevning qaysi romanida o'tgan asming yigirmanchi yillaridagi birodarkushlik urushining halokatli hodisalari tasvirlangan? A) «Qil ko'prik» romanida B) «Yo'lovchi» romanida C) «Olabo'ji» romanida D) «So'nggi bekat» romanida 16 / 32 «Otning egasi» hikoyasida qaysi qahramon o'z otini o'z qo'li bilan nobud qiladi, o'zining ko'ngil boyligini boshqalar ixtiyoriga, dargumon taqdirga topshirishdan ko'ra, uni, jonsiz holda bo'lsa-da, yonida qolishini istaydi? A) Eshmat B) Egamberdi C) Bo'riboy D) Inod 17 / 32 «Otning egasi» hikoyasida Inod otini bermaslik uchun kichik leytenantga nima(lar) beradi? A) bir sog'in echki B) o'nta qo'y C) ikkita ho'kiz D) bir sog'in sigir 18 / 32 «Omon ovchining o'limi» hikoyasida qaysi obrazga nafaqat tabiat va uning jonzotlariga, balki odam bolalariga nisbatan shafqat ham butkul begona? A) Rahmonga B) Ultonga C) Omonga D) Hamdamga 19 / 32 «Omon ovchining o'limi» hikoyasida Omon ayrim jonivorlarni sira otmas, aksincha, uzoq-uzoq tomosha qilishni yaxshi ko'rardi, ularning tundek unlariga singishib o'tirishni istardi, inson ruhiyatidagi bu aynish holati G'arb psixologiya fanida qanday talqin etiladi? A) «optimizm» — «nekbinlik» B) «pesimizm» — «tushkunlik» C) «tragediya» — «fojia» D) «nekrofiliya» — «o'limsevariik» 20 / 32 Shukur Xolmirzayevning xotin-qizlarimizning sho'ro davridagi fojiali hayotini ro'yirost yoritgan, 1990-yilda sahnalashtirilgan asarini toping. A) «Ziyofat» B) «0'zbekning soddasi» C) «Хитог» D) «Ora yo'l» 21 / 32 «Otning egasi» hikoyasida garchi tog' qishloqlarining katta-kichik bolalariga muallimlik qilsa-da, tabiatan sodda va ishonuvchan, chiroyli gaplardan, kitobiy so'zlardan nihoyatda yiroq obraz qaysi? A) Inod B) Bo'riboy C) Eshmat D) Egamberdi 22 / 32 «Omon ovchining o'limi» hikoyasida qaysi qushlarning urush yillari tog'da yolg'iz qolgan odamlarni ham yeb ketishganligi, bo'riga tashlansayam oldin ko'zini o'yib olishi ta'kidlanadi? A) inaklarning B) juvanalarning C) churpalarning D) g'ajirlarning 23 / 32 «Otning egasi» hikoyasida qat'iyatli, qaysar, cho'rtkesar obraz qaysi? A) Bo'riboy B) Eshmat C) Egamberdi D) inod 24 / 32 «Otning egasi» hikoyasida otasidan juda erta, xotini va farzandlaridan fojiali tarzda ayrilgan qahramonni toping. A) Bo'riboy B) Egamberdi C) Inod D) Eshmat 25 / 32 «Otning egasi» hikoyasida Qorabayirga qarab faqat «zo'r» tulporni ko'rayotgan, qanday qilib bo'lsa ham uni o'ziniki qilmoqchi bo'lgan obraz qaysi? A) Inod B) Bo'riboy C) Egamberdi Xudoyberdiyev D) Eshmat podachi 26 / 32 Shukur Xoimirzayev sho'ro davrida faqat qoralanib kelgan «bosmachilik harakati»ga yangicha yondashishga urindi va 1987-yilda yaratgan qaysi asarida mazkur hodisani butun murakkabligi bilan chuqur badiiy talqin etdi? A) «Olabo'ji» B) «Yo'lovchi» C) «So'nggi bekat» D) «Qora kamar» 27 / 32 «Otning egasi» hikoyasida 'qishloq o'rtasidagi tepada o'rnashgan ikki xonali, tog'ning olis-olis burchaklaridan otli, eshakli bo'lib o'quvchilar qatnaydigan maktabning yagona muallimi kim edi? A) Eshmat B) Inod C) Hamdam D) Bo'riboy 28 / 32 Shukur Xolmirzayev qalamiga mansub pyesani toping. A) «Yo'lovchi» B) «So'nggi bekat» C) «To'lqinlar» D) «Qora катаг» 29 / 32 Shukur Xolmirzayevning qaysi qissalari Abdulla Qahhordek ustozlar e'tiborini qozongan? A) «So'nggi bekat», «0'n sakkizga kirmagan kirn bor» B) «To'lqinlar», «Qil ko'prik» C) «Yo'lovchi», «Olabo'ji» D) «To'lqinlar», «0'n sakkizga kirmagan kirn bor» 30 / 32 «Otning egasi» hikoyasida chorbog' qorovuli kim edi? A) Egamberdi B) Bo'riboy C) Inod D) Eshmat 31 / 32 «Otning egasi» hikoyasida bir qadar xo'mraygan, og'irkarvon va allanechuk odamovi, hamma hurmat qiladigan yigit kim edi? A) Bo'riboy B) Rahmon C) Inod D) Hamdam 32 / 32 «Omon ovchining o'limi» hikoyasida Omonning ikki oyog'ining to'pig'i shishib ketib, yon-verida jigarrang dog'lar paydo bo'lgach, Omon ko'chadan yurishni xohlamagani sabab qayerdan borib, kasalxonaning etagidan chiqishadi? A) Enasoydan B) Bildirsoydan C) Ichaksoydan D) Quriqsoy 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz