Biologiya attestatsiya №8

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Biologiya fanidan attestatsiya savollari №8

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Nozema hashoratlarning qaysi turkumlari vakillarida parazitlik qiladi 1. Ikki qanotli 2. Toʻgʻri qanotli 3. Tangachaqanotli 4. Pardaqanotli

2 / 40

Nilufarning suvostidagi barglari lansetsimon, suv ustidagi barglari voronkasimon shaklda boʻlishi qanday oʻzgaruvchanlikka misol boʻladi

3 / 40

Beshyaproqli partenotsisus (a) va Virgin archasi (b)ga xos xususiyatlarni toping? 1. tugunchasu urug’kurtakli 2.urug’kurtagida Markaziy hujayra bor 3. O’tkazuvchi to’qimaga ega emas 4. Neoarktik biogeografikdan kelib chiqqan 5. Ingichka poyasida murakkab burglar joylashadi 6. Yog’ochlik qavatida o’tkazuvchi to’qima joylashadi 7. Urug’kurtagida markaziy hujayrasi yo’q 8. Yer ustki metamorfoziga ega

4 / 40

Meyoz jarayonida xromosomalar to’plami holatlari qanday ketma – ketlikda namoyon bo’ladi 1) bir xromatidali xromosomalarning tetraploid to’plami 2) bir xromatidali xromasomalarning diploid to’plami 3) bir xromatidali xromosomalarning gaploid to’plami 4) ikki xromatidali xromosomalarning gaploid to’plam 5) ikki xromatidali xromosomalarning diploid to’plam

5 / 40

Quyidagi berilgan hasharotlar qanotining tuzilishibilan mos ravishda juftlab ko’rsailgan javobni toping. 1) kapalak; 2) qandala; 3) chigirtka; 4) ninachi a)qanotlari taxlanmasdan ikki yoniga yoyilib turadi; b)oldingi qanotlari uzun va ensiz, orqa qanotlari yelpig’ichga o’xahab oldingi qanotlari ostiga taxlanib turadi; c) birinchi juft qanotlarining oldingi qismi qalinlashgan, keying qismi yupqa va shaffof; d) qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan

6 / 40

Qachon qonda kalsiy miqdori kamayib, nerv-muskul qo‘zg‘aluvchanligi ortadi,

7 / 40

Gametafitida faqat harakatlanmaydigan hujayra hosil qiladigan o`simliklarni aniqlang. a) plaun b) xolmon c) saur d) funariya e) tobulgi f) lyupin

8 / 40

Fotosintezning qorong`ulik reaksiyasini belgilang.

 

9 / 40

Quyida keltirilgan organizmlar nechta sinfga tegishli? 1) qozonyuvg'ich; 2) tripanasoma; 3) volvoks; 4) planariya; 5)suli; 6) jigar qurti; 7) itsigak; 8) shumtol

10 / 40

Faqat yaqin masofada ko’radigan narsalarni rangi va shaklini farqlay oladigan organizmlarni belgilang 1-triton 2-beluga 3-martishka 4-gibbon 5-orangutan 6-salamandra 7-xumbosh 8-baqa 9-forel 10-gorilla 11-shimpanze

11 / 40

Ayirish sistemasi Ikki uchi ochiq naychalardan iborat organizmlarni toping?

12 / 40

Gulkosachabarglari qo’shilmagan (a) va qo’shilgan (b) o’simliklarni aniqlang?

13 / 40

Laboratoriya mikroskopning 20x lik okulyar bilan pomidor hujayrasini ko’rilganda tasvir 800 marta kattalashtirildi. Obektiv o’zgartirmasdan 10x lik okulyar qo’yilganda tasvir necha marta kattalashadi.

14 / 40

O’simlik to’qimalari uchun xos ta’riflar to’g’ri berilgan javobni aniqlang. a) asosiy to’qima b) mexanik to’qima. ; c) qoplovchi to’qima; d)o’tkazuvchi to’qima; e) hosil qiluvchi to’qima; 1)hujayralari yupqa va elastik hususiyatga ega; 2) tirik, zich joylashgan, bir qavat hujayralardan tashkil topgan; 3) qalin qobiqli cho’ziq, tirik hujayralardan iborat; 4) qalin, cho’ziq, tik joylashgan hujyralardan tashkil topgan; 5) qalin qobiqli cho’ziq o’lik hujayralardan iborat

15 / 40

Ulotriksni jinsiy va jinssiz ko`payishida 256 ta izogameta va 40 ta zoospora hosil bo`lgan bo`lsa, izogametalarninng 50% dan zigota hosil bo`lib ulardan ulotriks iplari hosil bo`ldi. Jinsiy ko’payish natijasida qancha ulotriks iplari hosil bo`lgan.

16 / 40

Exinokokk uchun quyidagi javoblarni noto’g’risini toping.

17 / 40

Quyidagi ta’riflarni tegishli hayvonlar bilan juftlang? 1)ikki yon tomonida joylashgan uzun tuklarga ega; 2)o’simliklarning yashil qismini yeb zarar keltiradi; 3) nobud bo’lgan hayvonlarning qoldiqlarini yeb sanitarlik vazifasini bajaradi; 4) oyoq terisida parazitlik qiladi; 5) yuragi uch kamerali, sovuqqonli hayvon;

18 / 40

O’pka va terisi bilan nafas oluvchi, sovuq qonli hayvonni belgilang.

19 / 40

O‘simliklar oziqlanish jarayonida

20 / 40

AaBb genotipli organizmlar o'zaro chatishtirilishidan olingan avlodda 2 ta retsessiv genli va 3 ta dominant genli individlar nisbatini aniqlang.

21 / 40

Quyida to’g’ri javob berilgan qatorlar soni nechta.

22 / 40

23. Prokariotlar berilgan qatorni toping. 1. Gerpess; 2. Kokklar; 3. Spirilla; 4. Laminariya; 5. Xlamidomonada; 6. Manta; 7. Muxomor;

23 / 40

Hayotiy shakliga ko’ra yalpizdan farq qiluvchi lekin hayotiy shakli bir xil bo’lgan o’simliklar qatorini ko’rsating. 1) sarsazan; 2) iloq; 3) momaqaltiroq; 4) zig’ir; 5) uchqat; 6) sallagul; 7) kanakunjut; 8) isiriq;

24 / 40

Murtakdan rivojlangan asosiy ildiz turi hayoti davomida rivojlanishda davom etadigan bir yillik o‘simliklar guruhini aniqlang.

25 / 40

Mevasi bitta mevabargdan hosil bo'ladigan, urug'i mevapallaga birikib turadigan o'simliklarni aniqlang? 1) karam; 2) turp; 3) rediska; 4) loviya; 5) mosh; 6) lola; 7) oq akatsiya; 8) chuchmoma

26 / 40

Liftok (a), qo’ng’irbosh (b), yasmiq (c) qaysi oila vakillari hisoblanadi.

27 / 40

Qo’ng’ir ayiq va ilvirs uchun umumiy bo’lmagan sistematik birliklarni aniqlang. 1) tur; 2) urug’; 3) oila; 4) turkum; 5) sinf; 6) tip; 7) dunyo;

28 / 40

Qaysi javobda faqat bitta to’qimaga xos hujayralar berilgan?

29 / 40

Quyidagi to’qimalardan qaysi biri ksilema tarkibiga kirmaydi.

30 / 40

Qaysi yuksak o'simliklarda urug’lanish jarayonida arxegoniy ishtirok etadi.

31 / 40

Sershox qirqbo'g’imning jinssiz bo‘g’ini uchun mos javobni belgilang.

32 / 40

Quyida berilgan qaysi o'simlik organlari shakli о'zgargan yerusti novda (a) va shakli o'zgargan barg (b) hisoblanadi? 1) tokning gajaklari; 2) atirgulning tikani; 3) do'lananing tikani; 4) kaktusning tikani; 5) zirkning tikani; 6) qulupnayning gajaklari; 7) bodring gajaklari; 8) no‘xat gajagi; 9) akatsiyaning tikani

33 / 40

Hayvonlar orasidan yuragida faqat venoz qon bo’ladiganlarini toping.1) yo’lbars; 2) tovus; 3) manta; 4) triton; 5) kaltakesak; 6) qilquyruq; 7) timsoh; 8) burgut; 9) kiyik; 10) zog’ora; 11) qurbaqa; 12) ot; 13) kaptar; 14) ilon; 15) salamandra;

34 / 40

Odam askaridasi chuvalchangini qoramol tasmasimon chuvalchangiga o’xshash jihatlarini aniqlang. 1) nerv sistemasiga ega; 2) hazm qilish sistemasiga ega; 3) qizilo’ngach va anal teshigiga ega; 4) tanasi kutikula bilan qoplangan; 5) umurtqali organizmlarda parazitlik qiladi; 6) metamarfoz bilan rivojlanadi; 7) urg’ochisining jinsiy sistemasi ikkita tuxumdondan iborat;

35 / 40

Refleks hosil qiluvchi uzun va kalta o‘simtali hujayralari mavjud bo’lgan organizmlarni belgilang. 1. Triton; 2. Salamandra; 3. Xolmon isirg’agul; 4. Porfira; 5. Xlamidomonada; 6. Manta; 7. Achitqilar;

36 / 40

Qirqquloqlarning hayot sikli ketma-ketligidagi 1-, 2- va 3- raqamlar bilan berilgan organlarni aniqlang

37 / 40

Mamlakatimizda qanchadan ortiq tabiat yodgorliklari ro'yxatga olingan?

38 / 40

Baqaning boshi tanasiga ....

39 / 40

Generativ organlar o‘simlikning ……. ta’minlaydi, ularga……. kiradi. Nuqtalar o’rniga mos javobni toping.

40 / 40

Achambiti o’simligi guli uchun xos bo’lmagan javobni toping.

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0