Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 11-sinf Geografiya olimpiada №1 Geografiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Geografiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 26 Ko'rishlar 7 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 11-sinf Geografiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Chuqurligi 4500 metr bo‘lgan suv havzasining tubida harorat +2°C ekanligi ma’lum bo‘lsa, xuddi shu paytda suv yuzasida harorat necha t°C ga teng bo‘ladi? A) -9°C B) +9°C C) -11°C D) +11°C 2 / 25 Chirchiq daryosi tekislikka oqib chiqqach, unga o‘ng tomondan qaysi daryolar quyiladi? A) Qoronqulsoy, Glavasoy B) Parkentsoy, Oqtoshsoy C) Qoraqiyasoy, Qizilsuvsoy D) Oqsoqotasoy, Qizilsuvsoy 3 / 25 Alp tog‘lari muzliklaridan to‘yinuvchi daryolarni aniqlang. A) Rona, Yenisey, Oder, Olt B) Yenisey, Lena, Ob, Volga C) Volga, Lena, Don, Ob D) Reyn, Rona, Adije, Drava 4 / 25 O‘zbekistonning cho‘l va chalacho‘l mintaqalaridagi o‘rtacha murakkab geotizimlarga nimalarni misol qilish mumkin? A) Yuqori allyuvial terrasalarni B) Deltalarning o‘rta qismlarini C) Konussimon yoyilmalar va daryo deltalarining bosh qismini D) Qirlar, adirlar va platolarni 5 / 25 Osiyo va Afrikada urbanizatsiya ko‘rsatkichi qancha? A) 50% va 40% B) 55% va 70% C) 43% va 31% D) 60% va 27% 6 / 25 Yerlarni o‘zlashtirib, haydash va sug‘orish natijasida tog‘ jinslari yemirilishining jadallashishi nima deb ataladi? A) yuzalama eroziya B) suffoziya C) deflyatsiya D) irrigatsiya eroziyasi 7 / 25 Sherobod-Sariqamish past tog‘ining janubi-g‘arbida qaysi tog‘ joylashgan? A) Bobotog‘ B) Chaqchar C) Klif-Sherobod D) Pistalitog‘ 8 / 25 22-dekabrda Quyosh qaysi nuqtada zenitda bo‘ladi? A) janubiy tropikda B) ekvatorda C) shimoliy tropikda D) qutblarda 9 / 25 Kamchatkadagi Grot (G‘or) geyzeridan otilib chiqayotgan suvning harorati +92°C ga teng bo‘lsa, u qancha chuqurlikdan otilib chiqayotganligini aniqlang. A) 2,788 km B) 27,88 km C) 2978 m D) 2978,9 km 10 / 25 Adiroldi qirlari landshaftning qaysi taksonomik birligiga mos keladi? A) joy B) rayon C) fatsiya D) urochishe 11 / 25 V. Sochava geotizimlarni ko‘lamiga ko‘ra qanday darajalarga ajratgan? A) sayyoraviy, regional, topologik B) tipologik, regional va lokal C) sayyoraviy, mintaqaviy, lokalc D) regional, lokal va sayyoraviy 12 / 25 G‘ulja shahri qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Qirg‘iziston B) Xitoy C) Afg‘oniston D) Eron 13 / 25 Dunyodagi eng uzun sug‘orish kanali qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Rossiya B) Turkmaniston C) Braziliya D) Xitoy 14 / 25 Rasmda raqamlar bilan ko‘rsatilgan obyektlarning qaysi birida havo bosimi eng past bo‘ladi? A) 2 B) 4 C) 1 D) 3 15 / 25 Selak va Tomboro vulqonlari qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Singapur B) Yaponiya C) Indoneziya D) Malayziya 16 / 25 Quyidagi qaysi obyekt Qozog‘iston tabiiy geografik o‘lkasi tarkibiga kirmaydi? A) Xorazm tekisligi B) Sharqiy Qozog‘iston tog‘lari C) Shimoliy Tyanshan D) To‘rg‘ay platosi 17 / 25 Hisor qo‘riqxonasida qanday hayvonlar muhofaza qilinadi? A) hisor yo‘lbarsi, tog‘ jayroni, xongul, bo‘ri B) turkiston silovsini, qor qoploni, tog‘ echkisi, kiyik C) qor barsi, tog‘ bug‘usi, jayron, qo‘ng‘ir ayiq D) qoplon, qor barsi, ayiq, jayron 18 / 25 Quyidagi qaysi hududdan yirik kumush konlari topilgan? A) Bobotog‘ tizmasi B) Qurama tizmasi C) Qizilqum cho‘li D) Qarnobcho'l 19 / 25 Namangan vioyatining qaysi tumanlaridagi yaylovlarda qo‘y va echkilar ko‘p boqiladi? A) Namangan va Kosonsoy B) Uchqo‘rg‘on va Kosonsoy C) To‘raqo‘rg‘on va Uychi D) Pop va Chust 20 / 25 Xaritada A va B nuqtalar bilan qaysi orollar o‘rni ko‘rsatilgan? A) A-Baffin Yeri, B-Kuba B) A-Viktoriya, B-Yamayka C) A-Grenlandiya, B-Gaiti D) A-Banks, B-Kuba 21 / 25 Rasmdagi a va b harflar o‘rniga 4 sekund va 6 sekund so‘zlari mos ravishda qo‘yilsa, dengizning chuqurligini aniqlang. A) 4500 m va 3000 m B) 6000 m va 4500 m C) 6000 m va 9000 m D) 6500 m va 8500 m 22 / 25 Quyidagi qaysi relyef shakli Tyanshan ororgenining tarkibiy qismi emas? A) Chotqol tizmasi B) Zarafshon tizmasi C) Bo‘kantov tizmasi D) Turkiston tizmasi 23 / 25 Ustyurtda sho‘rxoklarning keng tarqalishiga qanday omillar sabab bo‘lgan? A) platoda joylashganligi va relyefning to‘lqinsimonligi B) relyefning tekisligi va grunt suvlari sathining yer betiga yaqinligi C) relyefning botiqligi va tez eruvchan tog‘ jinslarining keng tarqalganligi D) yer yuzasining tekisligi va Orol dengiziga yaqin joylashganligi 24 / 25 Eratosfen va Ptolemey tuzgan dunyo xaritalarida Hind okeani qanday nom bilan atalgan? A) Eritreya dengizi va Hindiston dengizi B) Fors ko‘li va Qulzum dengizi C) Efiopiya okeani va Sharqiy dengiz D) G‘arbiy okean va Hindiston dengizi 25 / 25 25,2° janubiy kenglikda joylashgan Asunson shahridan Janubiy qutbgacha bo‘lgan masofani gradus va kilometr hisobida aniqlang. A) 64,8° va 7919,82 km B) 6,48° va 7919,82 km C) 64,8° va 7199,28 km D) 68,4° va 9719,28 km 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz