11-sinf Geografiya olimpiada №5

2024-yil 21-oktyabr:

2024-2025 o’quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar.

/30
0

Savol haqida xabar bering

Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing.

11-sinf Geografiya olimpiada №5

2024-yil 21-oktyabr:

2024-2025 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar.

1 / 30

1. Quyidagi qaysi geografik obyekt Qorabovur qirlaridan janubda joylashgan?

2 / 30

2. Quyidagi qaysi rasm Katta Havza (yanvar oyida) uchun xos?

3 / 30

3. Quyidagi qaysi shahar shamol ko‘p esadigan hududda joylashganligi sababli uning atrofida ihotazorlar barpo qilingan?

4 / 30

4. Rasmda qaysi raqam bilan Reyn daryosining mansabi ko‘rsatilgan?

5 / 30

5. Chuqurligi 4850 metr bo‘lgan suv havzasining tubida harorat +2°C ekanligi ma’lum bo‘lsa, xuddi shu paytda suv yuzasida harorat necha t°C ga teng bo‘ladi?

6 / 30

6. Quyidagi xarita fragmentida strelkalar bilan ko‘rsatilgan sayohatni amalga oshirgan dengizchi va u o‘rgangan okean nomini aniqlang.

7 / 30

7. Qaysi mamlakatning poytaxti uning janubi-g‘arbidagi Hisor vodiysida joylashgan?

8 / 30

8. Berilgan ma’lumotlar asosida bir-biriga to‘g‘ri keladigan javobni belgilang.

9 / 30

9. Quyidagi rasmda alohida rang bilan belgilangan hududlar qaysi tabiat zonasida joylashgan?

10 / 30

10. Rasmda ko‘rsatilgan xarita qaysi proyeksiya asosida tuzilgan?

11 / 30

11. Quyidagi xarita-sxemada 3 raqami bilan ko‘rsatilgan daryo vodiysida aholi zichligi qancha?

12 / 30

12. Quyidagilar orasidan Farg‘ona tizmasidan boshlanmaydigan daryolar to‘g‘ri berilgan qatorni belgilang. 1)Kosonsoy; 2) Ko‘gart; 3) Isfara; 4) Norin; 5) Yassi; 6) Aravansoy; 7) Moylisuv; 8) Qorao‘ngur; 9) Oqbura; 10) Chodaksoy.

13 / 30

13. Quyidagilar orasidan ham yirik shoxli qoramollar soniga, ham qo‘y va echkilar soniga ko‘ra respublikamizda bir xil o‘rinda turuvchi viloyatlarni ajrating.1. Andijon; 2. Buxoro; 3. Qoraqalpog‘iston; 4. Toshkent; 5. Namangan; 6. Navoiy; 7. Qashqadaryo. 8. Surxondaryo; 9. Jizzax; 10. Sirdaryo; 11. Xorazm; 12. Farg‘ona; 13. Samarqand.

14 / 30

14. 19° sharqiy uzunlik meridianida bir-biridan Almadi va Ras-Xafun burunlari oralig`iga teng masofada uzoqda joylashgan ikki nuqtadan shimoldagisi 55° shimoliy kenglikda joylashgan bo‘lsa, ikkinchi shaharning koordinatasini aniqlang.

15 / 30

15. O‘rta Osiyo daryolari va ularga qurilgan suv omborlar mos ravishda ko‘rsatilgan javobni belgilang.

16 / 30

16. Mamlakatimizdagi mehnatda band aholining 27,3%i quyidagi qaysi sohada faoliyat yuritadi?

17 / 30

17. Quyidagi ma’lumotlar asosida Eyler-Venn diagrammasiga mos tushadigan to‘g‘ri javobni toping.

18 / 30

18. Quyidagi qaysi shahar Buxoro viloyatining Turkmanistonga chegara qismida joylashgan?

19 / 30

19. Qoratepa tog‘lari quyidagi qaysi tabiiy geografik okrugning shimolida joylashgan?

20 / 30

20. Rasmdagi alohida rang bilan ajratilgan hududlarda shakllangan tabiat zonasiga xos yog‘in miqdori va tuproq turini aniqlang.

21 / 30

21. Pekin shahri 39°55ʹ shimoliy kenglikda joylashgan. Bu shaharda 22-dekabrda Quyoshning ufqdan balandligi necha gradusni tashkil etadi?

22 / 30

22. Olmaliq, Angren, Navoiy, Andijon, Farg‘ona, Toshkent kabi shaharlarining havosi qaysi gazlar va zararli birikmalar bilan ifloslangan?

23 / 30

23. Stromboli vulqoni qaysi mamlakat hududida joylashgan?

24 / 30

24. Qor-yomg‘ir va yerosti suvlaridan to‘yinuvchi daryolarni aniqlang.

25 / 30

25. Shimoliy Afrikadagi qaysi mamlakatlar neft-gaz zaxiralariga ko‘ra dunyoda yetakchi o‘rinda turadi?

26 / 30

26. Hindistonning Panjob shtatida quyidagi qaysi mahalliy dinga e’tiqod qiluvchilar ko‘p yashaydi?

27 / 30

27. Italiyadagi Garda ko‘li Yevropadagi eng chuqur ko‘llardan biri bo‘lib, uning tubiga qarab exolotdan yuborilgan tovush to‘lqini 0,231 sekundda yetib borganligi ma’lum. Ko‘lning chuqurligi qancha?

28 / 30

28. Paleozoy erasining kaledon tog‘ hosil bo‘lish bosqichida qaysi tog‘lar hosil bo‘lgan?

29 / 30

29. Samolyot bosh meridiandan ekvator bo‘ylab g‘arbga qarab uchdi va 180 km masofani bosib o‘tdi. U quyidagi rasmda ko‘rsatilgan qaysi zonaga yetganligini aniqlang.

30 / 30

30. Quyidagi ma’lumotlar asosida Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan to‘g‘ri javobni toping. I. AQSH, II. Kanada, III. Braziliya a)Shahar aholisining ulushi 80% dan yuqori. b)Boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasi. c)Yalpi sanoat mahsulotlarining hajmi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinda turadi. d)Jahondagi eng baland teleminora joylashgan. e)Chuchuk suv bilan yaxshi taminlangan davlatlar qatoriga kiradi. f)Yirik neft, temir, uran, nikel konlari mavjud. g)Go‘sht ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha jahondagi yetakchi davlatlardan biri.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0