Tarix attestatsiya №13 Yanvar 31, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Tarix attestatsiya №13 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 292 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Tarix attestatsiya №13 Attsetatsiya 2024 Tarix fani ustozlari uchun 1 / 50 1. Yunon-fors urushlari tugagan asrda … A) Rimga Alarix boshchiligidagi gotlar hujum qilgan. B) Qadimgi Baqtriya davlati vujudga kelgan. C) Buyuk Xitoy devorining qurilishi boshlangan. D) Afinada demokratiya ravnaq topgan. 2 / 50 2. Quyidagi tarixiy voqealardan ayni bir asrga taaluqlilarini belgilang. 1) Xitoyda “Sariq ro’mollilar qo’zg’oloni” yuz berdi; 2) tarixchi Poliyen yashab, ijod qildi; 3) Rim imperiyasi tarixida “oltin asr” yuz berdi; 4) Dovon davlati barham topdi; 5) Xorazmda mahalliy taqvim ixtiro qilindi; 6) tarixchi Arrian yashab, ijod qildi. A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 6 D) 1, 3, 6 3 / 50 3. VI asrda turklar tomonidan mayda mahalliy hokimliklardan undirilgan to’lovlar qanday atalgan? A) o’lpon, yasoq B) xiroj va yasoq C) boj va yasoq D) kafsan va dorug’a 4 / 50 4. Qadimgi Xorazmda mahalliy … buyumlarining dovrug’i o’zga yurtlarga ham tarqalgan edi. A) temirchilik, mischilik, qurolsozlik, zargarlik B) to’quvchilik, kandakorlik, qurolsozlik C) to’quvchilik, kulolchilik, zargarlik D) kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik 5 / 50 5. Quyidagi fikrlarning qaysi biri tarixiy haqiqatga muvofiq emas? A) Shumerlar sanoq tizimi, quyosh va oy taqvimlarini yaratishgan. B) Baqtriya, So’g’diyona va Marg’iyona Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga kirgan. C) Aleksandr Makedonskiyning O’rta Osiyoga yurishlaridan so’ng Xorazm, Toshkent va Farg’ona hududlari mustaqilligicha qolgan emas. D) O’rta Osiyo bo’yicha eng qadimgi qoyatosh rasmlari mezolit davriga oid. 6 / 50 6. Ilk o’rta asrlarga oid quyidagi tarixiy yodgorliklardan qaysi biri Zarafshon vohasida joylashmagan? A) Varaxsha B) Afrosiyob C) Panjikent D) Bolaliktepa 7 / 50 7. Ilk o’rta asrlarda qo’riq va bo’z yerlarga suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi. Bunday obodonchilik ishlarini amlga oshirishda kimlar sarkor- ishboshi sifatida faol qatnashadilar? A) qishloq jamoalarining a’zolari, chokarlar, mulkdor tabaqa vakillari B) kashovarzlar, dehqonlar, chokarlar, kadivarlar C) mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, qabila boshliqlari D) kohinlar, mulkdor tabaqa vakillari, qabila boshliqlari, kadivarlar 8 / 50 8. Xato fikrni aniqlang. A) Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik, qurolsozlik yuksak darajada rivojlangan. B) Kushon davlati iqtisodiyotining asosini sug’orma dehqonchilik, savdo-sotiq va hunarmandchilik tashkil etgan. C) Farg’ona mil.avv. II-I asrlarda yuksak taraqqiy etgan davlat bo’lgan. D) mil. avv. II asrning oxirida Qang’ qudratli davlat birlashmasiga aylangan. 9 / 50 9. Drakont qonunlari e’lon qilinganidan uch yuzu qirq bir yil keyin bo’lgan voqeani aniqlang. A) Doro I saltanatni satrapliklarga ajratdi. B) Antiox hokimiyat tepasiga kelgan. C) Finikiyada 22 undosh harfdan iborat alifbo yaratilgan. D) Aleksandr so’nggi fors shohi Doro III qo’shinlarini tor-mor etgan. 10 / 50 10. Mil. avv. VI asrning o’rtalarida … A) Rim sarkardalari butun Italiyani zabt etishga erishdilar. B) Ossuriya davlati tarix sahnasidan ketdi. C) Kir II barcha forslarni o’z hokimiyati ostida birlashtirdi. D) Afinada avvalgi boshqaruv tizimi – aristokratiya yangi boshqaruv shakli – demokratiyaga almashtirildi. 11 / 50 11. Makedoniyalik Aleksandr saklarga qarshi kurash maqsadida hozirgi qaysi shahar yaqinida “Aleksandriya Esxata” qal’asini barpo ettirgan? A) Xo’jand yaqinida B) Jizzax yaqinida C) Sirdaryo yaqinida D) O’ratepa yaqinida 12 / 50 12. V asrning 20- yillarida kidariylarning o’lkamizga kirib kelish yo’nalishi qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga B) Badaxshon va Toxariston orqali janubiy Sug’d vohasiga C) Kaspiy dengizi va Volgabo’yi orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga D) Yettisuv va Qoshg’ar orqali Zarafshon daryosi havzasiga 13 / 50 13. Turk xoqonligining hujumidan foydalangan sosoniylar qaysi hududlarni eftaliylardan tortib oladi? A) Toxariston va Chag’oniyonni B) Chag’oniyon va Ustrushonani C) Toxariston va Badaxshonni D) Naxshab va Badaxshonni 14 / 50 14. Qadimda burgut qaysi o’lkalarda hukmronlik ramzi hisoblangan? A) Rim va Xitoyda B) Eftallar va Rimda C) Rim va Xorazmda D) Xorazm va Makedoniyada 15 / 50 15. 563- yilda Eftallar davlati hududiga bostirib kirgan turklar Zarafshon vodiysidagi qaysi hududlarni egallashgan? A) Buxoro, Samarqand, Karmana B) Samarqand, Xo’jand va Jizzax C) Samarqand, Kesh va Naxshab D) Samarqand, Buxoro va Kesh 16 / 50 16. Yunon-Baqtriya davlati mavjud bo’lgan asrlarga oid Xorazm shaharlarini aniqlang. A) Oybo’yirqal’a, Jonbosqal’a B) Tuproqqal’a, Ko’zaliqir C) Jonbosqal’a, Qo’yqirilganqal’a D) Ko’zaliqir, Jonbosqal’a 17 / 50 17. Xronologik xatoni toping. A) Mil. avv. V asrda Afinada davlat ishlarida ishlaydigan fuqarolarga muayyan haq to’lana boshlandi. B) Mil. avv. II-I asrlarda Farg’ona yuksak taraqqiy etgan davlatga aylangan. C) Mil. avv. V-IV asrlarda O’rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan. D) Oybo’yirqal’a yodgorligi mil. avv. IV-III asrlar bilan belgilanadi. 18 / 50 18. Salavka o’z o’g’li Antioxni noib qilib tayinlagan hududlarga quyidagilarning qaysi biri kirmaydi? A) Xorazm B) Parfiya C) Marg’iyona D) So’g’diyona 19 / 50 19. Turk xoqonligi chinakam markazlashgan davlat emas edi. Hukmdorning hokimiyati … A) harbiy-ma’muriy udumlar asosidagi rivojlangan qulchilik munosabatlariga asoslangan. B) urug’-aymoq udumlariga tayangan, harbiy- ma’muriy boshqaruvga asoslangan. C) feudal munosabatlar asosidagi harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan. D) demokratik munosabatlarga tayangan, harbiy- ma’muriy boshqaruvga asoslangan. 20 / 50 20. Qaysi omil Choch va Eloqqa ichki va tashqi savdo- sotiqning kengayib, shaharlar aholisining ko’payishiga imkon bergan? A) Turk xoqonligi davrida davlat markazining Choch viloyatiga ko’chirilganligi B) karvon yo’lining o’lka orqali o’tishi C) yaxshi rivojlangan tog’-konchilik tarmog’iga egaligi D) yer egaligi munosabatlari va yangi ijtimoiy tabaqalarning vujudga kelganligi 21 / 50 21. Quyidagi tarixchilarni yashagan davriga ko’ra, xronologik ketma-ketlikda joylashtirilgan javob variantini belgilang. 1) Strabon; 2) Poliyen; 3) Arrian; 4) Kvint Kursiy Ruf A) 3, 4, 1, 2 B) 4, 3, 2, 1 C) 2, 1, 4, 3 D) 1, 2, 3, 4 22 / 50 22. Xronologik xatoni aniqlang. A) mil. avv. 337- yil – Korinf ittifoqining vujudga kelishi B) 452- yil – Rimning vandallar tomonidan zabt etilishi C) mil. avv. 146- yil – rimliklar tomonidan Karfagenning vayron qilinishi D) mil. avv. 327- yil – makedonlar qo’shini Panjob o’lkasiga bostirib kirdi. 23 / 50 23. Miloddan avvalgi IV asrning oxirida tashkil topgan Salavkiylar davlati tarkibiga quyidagi qaysi hududlar kirar edi? 1) Kichik Osiyo; 2) Eron; 3) Misr; 4) Mesopatamiya; 5) Kavkazorti; 6) Arabiston yarimoroli; 7) Parfiya; 8) Marg’iyona; 9) Xorazm; 10) So’g’diyona; 11) Shimoliy Hindiston; 12) Baqtriya A) 2, 4, 7, 8, 10, 11, 12 B) 2, 4, 7, 8, 10, 12 C) 1, 2, 3, 4, 7, 8, 10, 12 D) 1, 3, 5, 6, 8, 11 24 / 50 24. Qaysi hukmdor davrida Marg’iyona Ahamoniylar davlati tarkibiga kiritilgan? A) Kserks B) Kir II C) Doro I D) Kambiz II 25 / 50 25. Xato javobni aniqlang. A) etrusklar Apennin yarimorolining janubi-g’arbiy qismida yashashgan. B) Eronning janubi-g’arbiy qismida Elam davlati vujudga kelgan. C) Mil. avv. III mingyillik o’rtalaridan boshlab bronzadan mehnat qurollari yasala boshlandi. D) Attika viloyati O’rta Yunonistonning janubi-sharqiy qismida joylashgan. 26 / 50 26. Qadimgi ko’kturk bitiklari Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari yana qaysi hududlardan topib o’rganilgan? 1) Xorazm vohasi; 2) Farg’ona vodiysi; 3) Yettisuv o’lkasi; 4) Toshkent vohasi; 5) Zarafshon vodiysi. A) 2, 3, 5 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 3, 4, 5 27 / 50 27. Uning davlat boshqaruvidagi islohotlari Xalq Majlisi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat’i nazar afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko’zda tutar edi. So’z kim haqida borayotganligimni aniqlang. A) Oktavian B) Drakont C) Perikl D) Solon 28 / 50 28. Quyidagi tarixiy voqealarning qaysi biri mil. avv. II asrga taaluqli emas? A) Yunon-Baqtriya davlati tarix sahnasidan ketdi. B) Tarixchi Poliyen yashab ijod qilgan. C) Tarixchi va geograf olim tomonidan “Geografiya” asari yozildi. D) Rim-Karfagen o’rtasidagi puni urushlari nihoyasiga yetdi. 29 / 50 29. Yuz bergan vaqti orasida 400 yil mavjud bo’lgan voqealarni aniqlang. A) Kir II ning halok bo’lishi; Makedoniyalik Aleksandr tomonidan Ahamoniylar davlatining bosib olinishi B) Zama jangida Karfagen armiyasining mag’lubiyatga uchrashi; Trayanning Rim imperiyasi taxtiga o’tirishi C) Yunon-fors urushlarining tugashi; Yuliy Sezarning Rim hokimiyatini egallashi D) Makedon qo’shinlarining Oks daryosidan kechib o’tishi; Rim imperiyasiga asos solinishi 30 / 50 30. Qadim Yunonistonda qanday sabab bilan manzilgohlar va shaharlar soni ortib bordi? A) dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan B) to’rt tomondan xonavayron bo’lgan dehqonlarning ko’chib kelishi natijasida C) zafarli yurishlar natijasida D) aholi sonining ko’payishi natijasida 31 / 50 31. Yangi davr tarixchilarining Buyuk Britaniya uchun mustamlakalarning ahamiyati haqida yozishicha, qaysi hudud “mamlakni boquvchi enaga”, qaysinisi “Britaniya imperiyasi boshiga kiydirilgan toj” hisoblangan? A) Misr boquvchi enaga, Hindiston imperiya boshiga kiydirilgan toj B) Hindiston boquvchi enaga, Misr imperiya boshiga kiydirilgan toj C) Afrika boquvchi enaga, Osiyo esa imperiya boshiga kiydirilgan toj D) Janubiy Afrika boquvchi enaga, Avstraliya va Kanada imperiya boshiga kiydirilgan toj 32 / 50 32. Jezdan yasalgan haykal qayerdan topilgan? A) Rimdan B) Benindan C) Dehlidan D) Perudan 33 / 50 33. Dajla va frot daryolari yuqori oqimida kichkina hududda joylashgan davlat qaysi? A) Xett B) Bobil C) Ossuriya D) Urartu 34 / 50 34. Sosoniylar nima uchun eftallarga qarshi yurish boshlanganlar? A) soliqlarni o'z vaqtida jo'natmaganligi uchun B) Eftallarning tobora kuchayib borayotganidan xavfsiraganligi uchun C) karvonlarni eftallar tomonidan talanganligi uchun D) Turk xoqonligi xavfi kuchayib borayotganligi uchun 35 / 50 35. Rimda o’rta maktablarda (grammatika) nima o’qitilgan? 1) tarix; 2) geografiya; 3) geometriya; 4) matematika; 5) musiqa; 6) astronomiya; 7) ritorika. A) 1,2,6,7 B) 1,2,4,6 C) 1,2,3,5,6 D) 1,2,5,7 36 / 50 36. Obro’ orttira olish qobiliyati ko’rsatilgan qatorni toping? A) O’z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko’rish. B) To’g’ri muomala qila bilish qobiliyati. C) O’quvchilarga bevosita emotsional irodaviy ta’sir ko’rsatish va obro’ orttira olishidir. D) O’quvchilar jamoasini uyushtirish muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish. 37 / 50 37. “Ta'lim tеxnologiyasi” nazariyasining shakllanish bosqichlari necha bosqichdan iborat A) 4-bosqich B) 5-bosqich C) 3-bosqich D) 2-bosqich 38 / 50 38. Muomalada verbal ta’sir? A) So’z orqali ta’sir etish. B) Xatti-harakatlar orqali ta’sir etish. C) Ko’z qarashlari va xissiy ifoda. D) Nutqsiz ta’sir etish. 39 / 50 39. Pedagogik muloqot uslublari to’g’ri keltirilgan qatorni toping A) Avtoritar, liberal, demokratik. B) Liberal, demokratik, trening. C) Demokratik, intelektual. D) Avtoritar ,demokratik. 40 / 50 40. Interaktiv metodning lug‘aviy ma'nosi? A) «Inter» - hamkor, «act» - texnologiya. B) Inter- nofaol, faol-harakat C) «Inter» - metod, «act» - harakat. D) «Inter» - hamkor, «act» - harakat. 41 / 50 41. Muloqot texnologiyasi necha bosqichda olib boriladi. A) 7 B) 5 C) 8 D) 6 42 / 50 42. Axborotli texnologiyalari bu...? A) Pedagogikada monitoring B) Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi C) Nazorat turlari (joriy, oraliq, yakuniy) D) O’zaro ta’sirlar 43 / 50 43. O`qituvchi nutq qobilyati – A) Paralingvistik ta’sir o`tkazish qobilyati B) To`g`ri muloqot maromlarini egallash qobiliyati C) Verbal qobiliyati D) Nutq yordamida o`z fikr va tuyg`ularini aniq ifodalash qobilyati. 44 / 50 44. Noverbal nutq turlari to’g’ri keltirilgan qatorni toping? A) Mimika, fantomimika, og’zaki nutq. B) So’z mimika aks sado axborot. C) Og’zaki va yozma nutq. D) Mimika, pantomimika nutq, signifikatsiya, daktilogik nutq, morze alifbosi 45 / 50 45. O`qituvchining kuzatuvchanlik qobilyati- A) Hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish qobilyati B) Guruhiy faoliyatni shakllantirish qobilyati. C) Bolalarga yaqinlasha olish qobilyati. D) O`quvchining ichki dunyosiga kira bilish, o`quvchi shaxsini va uning ruhiy holatini tushuna bilish bilan bog`liq bo`lgan psixologik kuzatuvchanlik qobilyati. 46 / 50 46. Muloqot bu – A) Hamkorlikdagi faoliyat samarasini belgilovchi munosabat jarayoni B) Odamning birgalikdagi faoliyatlari extiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatga kirishish jarayoni C) Shaxslararo munasobatlar tizimi. D) Muloqot o’zaro axbort ayri boshlash jarayoni 47 / 50 47. Kеys-stadi ilk marta qayеrda va qachon qo’llanilgan edi? A) Manchеstеr univеrsitеtining huquq maktabida 1870 yilda B) Garvard univеrsitеtining huquq maktabida 1830 yilda C) Oksford univеrsitеtining huquq maktabida 1880 yilda D) Garvard univеrsitеtining huquq maktabida 1870 yilda 48 / 50 48. Zig-zak metodiga to’gri ta’rif berilgan qatorni ko’rsating. A) Siniq chiziq, ilonizi, egri-bugri. B) Tushuncha, tikish, chiziq. C) Solishtirish, taqqoslash, mustahkamlash. D) Ilonizi, uzun chiziq, solishtirish. 49 / 50 49. Hamkorlikdagi o’qishni tashkil etish usullariga qaysi biri kirmaydi? A) «Birgalikda o’qiymiz» B) «Aqliy hujum» C) «Arra» D) «O’ylang-juftlikda ishlang-fikr almashing» 50 / 50 50. Metodika bilan pedagogik tehnologiya tushunchalarini izohi qaysi javobda ko`rsatilgan? A) Metodika - bu o`quv jarayonini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha tavsiyalar majmuasi; pedagogik tehnologiya – pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o`quvchi shahsini shakllantirish jarayonining loyihalash tashkiliy-pedagogik hatti-harakatlar majmuasi; B) Metodika – metod va usullar majmui, tehnologiya esa ta’lim tamoyillari va qonuniyatlaridir. C) Metodika – bu hususiy pedagogika, tehnologiya esa usullar majmuidir. D) Pedagogik tehnologiya metodikaning tarkibiy qismiga kiradi 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Tarix attestatsiya