Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №11 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №11 InfoMaster May 2, 2024 42 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №11 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gapdagi ayirmoq so‘zi "turli ko‘z bilan qaramoq" ma’nosida qo‘llangan? A) Ikki do‘stning hazili janjalga aylanib ketdi, Nodirjon ularni zo‘rg‘a ayirib qo‘ydi. B) Qo‘shnilarning bu gapi Malika opani es-hushidan ayirdi, devorga majolsiz suyanib qoldi. C) Bu ikki kasallikni bir-biridan ayira olmasangiz, o‘zingizcha davolanishga harakat qilmang. D) Siz odam ayirmang, biz hammamiz sizning xodimlaringiz sanalamiz. 2 / 10 2. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas? A) Qadamingni o‘rinsiz tezlashtirsang: qoqilib yiqilishing mumkin. B) Tinchlik eng bebaho ne’mat, u Baraka keltiradi o‘g‘lim. C) Muhammad Yusufning Osmonning oxiri dostonini o‘qiganmisiz? D) Najot ikki narsa: taqvo bilan niyatda ekanligini biling. 3 / 10 3. Qaysi javobda qismlari qo‘shib yoziladigan so‘zlar berilgan? A) umum//milliy, binafsha//rang B) suv//ilon, taklif//qil C) olib//sotar, ko‘pdan//ko‘p D) bodom//qovoq, ko‘chama//ko‘cha 4 / 10 4. Hol ajratib ko‘rsatilgan gapni toping. A) Bizning yurtimiz boy, tog‘larimizda bebaho ma’danlar ko‘p. B) Bizga ham shunday kunlar ato etsin, farzandlar kamolini ko‘raylik. C) Yo‘qotilgan vaqtni ortga qaytarib bo‘lmaydi. D) Tabiatni avaylab-asraylik, avlodlarga omon yetkazaylik. 5 / 10 5. Qaysi gapda kelishik qo‘shimchasini qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud? A) Bobomlar bizning hol-ahvolimizdan xabardor ekanlar. B) Odobli va odobsizni o‘rtasidagi farqni ayting. C) Bog‘bonning gaplari barchani o‘ylantirib qo‘ydi. D) O‘rinsiz aytilgan gap-so‘zlar insonning diliga ozor yetkazadi. 6 / 10 6. Qaysi gapda ko‘p nuqta o‘rnida “qattiq” so‘zini ham, “astoydil” so‘zini ham qo‘llash mumkin? A) Ishga . . . berilib ketgan ekan, eshikni ochganimda cho‘chib tushdi. B) Sodiqboy juda . . . odam, qishda qor so‘rasang ham, bermaydi. C) Fe’l-atvori tushunarsiz, bir qarasang, qahri . . . ota, bir qarasang, yosh boladek sho‘x yigit. D) Ilgari . . . qish kunlarida ana shu choponi asqatar edi. 7 / 10 7. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) To‘pni unga qarata otkan edim, ammo yetib bormadi. B) Bu holat uzoqqa bormaydi, bilib qo‘ying. C) Anjumanda mashhur shoirning ishtirogi bizga quvonch baxsh etdi. D) Dadam uyimizda sayroqi qush asrashni yoqdirardi. 8 / 10 8. Qaysi gapda ravishning faqat payt ma’no turi qatnashgan? A) O‘ylab qarasam, avvallari yashash uchun yozgan ekanman, endi esa yozish uchun yashayapman. B) Keyin sal hushimni yig‘ib qarasam, oyoqlarim go‘yo o‘zidan o‘zi yurib ketyapti. C) Endi suv ichaman deb engashgan edim, changalzor asta shitirlagandek bo‘ldi. D) Shu vaqt nima uchundir ichkarida o‘tirganlar sharaqlab kulib yubordi. 9 / 10 9. Qaysi gapdagi so‘zlarning barchasi o‘z ma’nosida qo‘llangan? A) Bulut bugun o‘zining ko‘kish ko‘ylagini erinmay yuvishga tushdi, shekilli, yomg‘ir tinay demasdi. B) G‘azal ham bo‘lurmi buncha dilrabo, Bunchalar serishva, bunchalar tannoz? C) Bu achchiq gapni eshitgan zahotimoq peshonamdan sovuq ter chiqib ketdi, yuragimni qo‘rquv eza boshladi. D) Men gulzordagi chiroyli gullardan guldasta yasab oyimga sovg‘a qildim. 10 / 10 10. Xato yozilgan so‘zlar qatorini toping. A) tafsif, okeyan B) hukm, internet C) hamon, konstitutsiya D) qadriyat, marketing 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 17 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29