8-sinf Jahon tarixi №8 Iyun 12, 2023 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 8-sinf Jahon tarixi №8 ga fikr bildirilmagan. 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Jahon tarixi №8 II bob. XVI-XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI 5-variant 1 / 30 1. XVII asrdan Rossiya iqtisodiyotida qanday yangi alomatlar paydo bo'la boshladi? A) sanoat to'ntarishining amalga oshirilishi B) dehqonlar 3 dalali almashlab ekin ekishga o‘tishi C) fabrika ishlab chigarishiga o‘tishi D) manufakturalar vujudga kelishi 2 / 30 2. 1789-yilda «Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi » qabul qilingan davlatni aniqlang. A) Gollandiya B) Italiya C) AQSh D) Fransiya 3 / 30 3. Angliya uchun XVI asr qanday yakunlandi? A) Davlat qudratli bo‘ldi, xo‘jalikni rivojlantirishda va dengiz savdosida muvaffaqiyatlarga erishildi B) Angliyada Styuartlar sulolasi hokimiyatni egalladi C) Angliyada o’zaro urushlar avj olib, siyosiy parokandalik kuchaydi D) Angliya dengiz hukmdoriga aylansada, iqtisodiy jihatdan Germaniya va Ispaniyadan ortda edi 4 / 30 4. Insoniyat tarixida qaysi davr an'anaviy jamiyat deb ataladi? A) Neolit davridan XVIII asrning 60-yillarigacha B) XVI boshlaridan XVIII asr 60-yillarigacha C) Neolit davridan XV asr oxirigacha D) V asr oxiridan XV asr oxirigacha 5 / 30 5. Quyida berilganlardan qaysi biri XVII asrda Angliya tarixida sodir bo‘lgan? A) reformatsiya B) respublika tuzumining o‘rnatilishi C) sanoat to‘ntarishining tugallanishi D) parlament vakolatining 6 yil qilib belgilanishi 6 / 30 6. Prussiya mutlaq monarxiyaga aylanishi (a) va Rossiyada mutlaq monarxiyaning to’la qaror topishi (b) qaysi hukmdorlar davriga to‘g‘ri keladi? 1) Ivan IV; 2) Fridrix II; 3) Fridrix I; 4) Pyotr I. A) a-3, b-4 B) a-3, b-1 C) a-2, b-1 D) a-2, b-4 7 / 30 7. Lyudovik XVIII qatl etilgach Fransiyaga hujum uyushtirgan davlatlarni aniqlang. A) Avstriya, Rossiya, Prussiya B) Avstriya, Buyuk Britaniya, Ispaniya C) Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya D) Gollandiya, Germaniya va Buyuk Britaniya 8 / 30 8. Angliyada … natijasida qirolning cheklanmagan hokimiyati to‘g‘risidagi g‘oya shakllandi. A) reformatsiya B) qirolni boy zodagonlar ta’siridan xalos bo’lishi C) muntazam qo’shnning shakllanishi D) qirolning ingliz parlamenti va puritanlarga qarshi kurashi 9 / 30 9. Bir yilda sodir bo’lgan voqealar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A) Ismoil Safaviy Tabriz shahrini ishg‘ol etgach, u o‘zini shahanshoh deb e’lon qildi, Xiva xonligiga asos solindi. B) Rossiyada Ivan IV oprichninani bekor qilishga majbur bo‘ldi, Rossiya Usmonlilar imperiyasining Ashtarxon orqali Haj safari yo’lini ochish talabini qondirdi; C) Tripoli ispanlar tomonidan zabt etildi, Muhammad Shayboniyxon pul islohoti o’tkazdi. D) Liviya Usmonlilar imperiyasiga qo’shib olindi, Muhammad Islomning ko‘magida Abdullaxon II Buxoro taxtini egalladi. 10 / 30 10. XVI –XVII asrlarda Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyotdagi qoloqligi sabablarini aniqlang. 1)mutlaq monarxiyaning qroe topganligi; 2)siyosiy tarqoqlik; 3)Amerikadan Yevropaga oltin va kumushning katta miqdorda keltirilishi; 4)burjuaziya sinfining vujudga kelganligi; 5)dengiz savdo yo‘llarining Atlantika okeaniga ko‘chganligi; 6)nemis sanoat mahsulotlari chet davlatlar sanoat mahsulotlari bilan raqobat qila olmasligi; 7)feodal munosabatlarning saqlanib qolganligi; 8)savdo vositasi sifatida oltin tangalar o’rnini mis tangalar egallashi A) 2, 3, 5, 6, 7 B) 1, 4, 5, 6, 7 C) 1, 3, 5, 7, 8 D) 2, 4, 6, 7, 8 11 / 30 11. Rus yerlarini birlashtirish nihoyasiga yetkazilgan davrda Buxoroda taxtni qaysi sulola boshqarayotgan edi? A) Mang’itlar B) Ashtarxoniylar C) Shayboniylar D) Arabshohiylar 12 / 30 12. Quyidagilardan XVII asrning ikkinchi yarmida hukmronligi boshlangan hukmdorlarni belgilang. 1) Fransiya qiroli Genrix IV; 2) Angliya qiroli Villem van Oranye; 3) Rossiya podshosi Pyotr I; 4) Eron shohi Og‘a Muhammad. A) 2, 3 B) 2, 4 C) 1, 3 D) 1, 4 13 / 30 13. 1613-yilda Moskvada chaqirilgan Zemstvo sobori... A) Boris Godunovni Rossiya podshosi etib sayladi B) Ivan IV Grozniy xotinining qarindoshi Mixail Fyodorovich Romanovni Rossiya podshosi etib sayladi C) krepostnoy dehqonlarning bir yer egasidan boshqasiga o‘tishini yiliga bir kun (26-noyabr) bilan cheklab qo‘ydi D) yangi «Sobor nizomi»ni qabul qildi 14 / 30 14. Fransiyada burjua inqilobi qaysi qirol davrida boshlangan? A) Lyudovik XVI B) Lyudovik XVIII C) Napoleon I D) Lyudovik XIV 15 / 30 15. 1700-yilda boshlangan urushni belgilang. A) tarixga «Qrim urushi» nomi bilan kirgan Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi urush B) Rossiya va Rech-Pospolita o‘rtasidagi urush C) tarixga «Shimoliy urush» nomi bilan kirgan Rossiya va Shvetsiya o‘rtasidagi urush D) rus tarixiga «Vatan urushi» nomi bilan kirgan Rossiya va Fransiya o‘rtasidagi urush 16 / 30 16. XVII asr boshlarida Rossiyada yuzaga kelgan notinch vaziyatda qaysi davlatlar uning ichki ishlariga aralashishga harakat qilgan? A) Germaniya va Polsha B) Xitoy va Bolgariya C) Shvetsiya va Germaniya D) Polsha va Shvetsiya 17 / 30 17. Eron shohi Nodirshoh Buxoro va Xivani o’ziga tobe qilgan vaqtda Prusiya qiroli bo’lgan shaxsni aniqlang. A) Otton III B) Genrix II C) Fridrix II D) Genrix III 18 / 30 18. Yangi davrda Fan va texnika o‘rtasida uzviy aloqa shakllanishi natijasida qachondan boshlab, texnika va texnologiyalarda buyuk ixtirolar amalga oshirildi ? A) XIX asr oxiridan B) XVI asr boshlaridan C) XVIII asr oxiridan D) XVII asr o’rtalaridan 19 / 30 19. 1688-yilgi «Sharafli inqilob» natijasida taxtdan ag‘darilgan Angliya qirolini aniqlang. A) Yakov I B) Karl I C) Yakov II D) Karl II 20 / 30 20. Fransiya qiroli Lyudovik XVI General shtatlarni chaqirgan yilda. .. A) J.Vashington AQSHning birinchi prezidenti bo'ldi B) Qrim xonligi Rossiyaga qo‘shib olindi C) Eronda qojaxlar sulolasi hokimiyatni egalladi D) AQSH konstitutsiyasi qabul qJIindi 21 / 30 21. Fransuz burjua inqilobi davrida mamlakatda yuz bergan voqealar to‘g‘ri ketma-ketlikda ko‘rsatilgan javobni toping. 1)Fransiya tarixida birinchi marta mamlakat konstitutsiyasi qabul qilindi; 2)Lyudovik XVI General shtatlarni chaqirdi; 3)Fransiya Respublika deb e’lon qilindi; 4)M.Robespyer hokimiyati ag'darildi A) 1, 3, 2, 4 B) 2, 3, 1, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 1, 3, 4 22 / 30 22. Moskva universiteti (a) va Moskva davlat universitetining O'zbekistondagi filiali tashkil etilgan yillarni aniqlang. A) a-1755-yil, b-2006-yil B) a-1755-yil, b-2007-yil C) a-1855-yil, b-2007-yil D) a-1855-yil, b-2006-yil 23 / 30 23. 1768-yili Rossiyaga qarshi urush boshlagan Usmoniylar sultonini belgilang. A) Mustafo II B) Murod II C) Mustafo III D) Mahmud II 24 / 30 24. Yevropada katolik cherkov tomonidan protestantlarga qarshi qo‘llanilgan barcha tadbirlar qanday nomlangan? A) protestantlik B) kontrreformatsiya C) lyuterchilik D) reformatsiya 25 / 30 25. Rossiyada Ryurikovlar sulolasi hukmronligi nihoyasiga yetgan va Romanovlar sulolasi hukmronligi boshlangan yillarni belgilang. A) 1598-yil va 1613-yil B) 1584-yil va 1605-yil C) 1584-yil va 1613-yil D) 1598-yil va 1605-yil 26 / 30 26. XVII asrdagi Angliya burjua inqilobining natijalariga xos bo'lmagan javobni toping. A) qishloq xo‘jaligida ham kapitalistik munosabatlar tez rivojlana boshladi B) sanoat to‘ntarishi boshlandi C) absolutizm yo‘q qilindi D) dehqonlar feodal qaramlikdan ozod bo’ldi 27 / 30 27. Rossiyaning G‘arbiy Yevropa davlatlari bilan tenglashishi (a) va Yevropaning qudratli davlatlaridan biriga aylanishi (b) qaysi hukmdorlar davriga to‘g‘ri keladi? 1) Ivan IV; 2) Pyotr I; 3) Nikolay I; 4) Aleksandr II. A) a-1, b-2 B) a-2, b-4 C) a-1, b-3 D) a-2, b-3 28 / 30 28. XVI-XVII asrlarda Germaniya siyosiy hayotining xarakterli xususiyatlarini ko'rsating. 1)kuchli markazlashgan hokimiyatning mavjudligi; 2)reyxstag barcha knyazliklarga majburiy yakuniy qarorlar qabul qila olmasligi; 3)Imperator o'zining Avstriyadagi yerlaridan tashqarida hech qanday real hokimiyatga ega emasligi; 4)imperiyada yagona fuqarolik yo'qligi; 5)Prussiya qirolligi ostida davlat birlashuvi; 6)konstitutsiyaviy monarxiya tuzumining o'rnatilishi A) 1, 5, 6 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 4, 5, 6 29 / 30 29. AQSH davlati tuzilganligini, uning mustaqilligi va suverenitetini 1783-yilda tan olgan davlatni belgilang. A) Buyuk Britaniya B) Rossiya C) Ispaniya D) Fransiya 30 / 30 30. Angliyada qaysi qirol hukmronligi davrida savdogarlar, yangi dvoryanlar, hurfikr dindorlar davlat ishlaridan butunlay chetlatildi? A) Yakov II B) Karl I C) Yakov I D) Karl II Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster 8-sinf Jahon tarixi