8-sinf O’zbekiston tarixi №2

0

8-sinf O'zbekiston tarixi №2

5-10-mavzular yuzasidan testlar

1 / 40

1. Bobur Mirzo taxtga chiqqanining dastlabki yillarida yosh bo'lganligi tufayli qaysi bekning yordamida davlatni boshqargan edi?

2 / 40

2. Shayboniylar sulolasining yirik vakillaridan biri hisoblangan Jonibek Sulton qaysi tarixiy shaxsning farzandi edi?

3 / 40

3. Shoh Ismoil va Shayboniyxon o'rtasidagi jang qaysi shahar yaqinida ro‘y bergan edi?

4 / 40

4. Xurosonda Shohrux Mirzo hukmronlik qilayotgan vaqtda Movarounnahrni kim boshqarayotgan edi?

5 / 40

5. Oltin O’rda xonligi qaysi hududlarni o‘z ichiga olgan? 1) Xuroson 2) Shimoliy Kavkaz 3) Dashti Qipchoq 4) G'arbiy Sibir 5) Janubiy Sibir 6) Volga bulg‘orlari yurti 7) Xorazm 8) Qrim 9) Monroviya

6 / 40

6. Qaysi daryo o‘rta asrlarda Yoyiq deb atalgan edi?

7 / 40

7. Abulxayrxon 1446-yil qaysi hududni egallaydi?

8 / 40

8. Jo'jixonning vorislari o'rtasidagi mulk taqsimoti jarayonida Oltin O’rdaga tegishli qaysi hudud Shaybonga berilgan edi?

9 / 40

9. Janubiy-g'arbiy Sibirning Tura shahri qaysi yillar mobaynida Abulxayrxon davlatining poytaxti vazifasini o'tagan?

10 / 40

10. Movarounnahrni idora qilgan Abu Said Mirzo vorislarini tartib bilan joylashtiring. 1) Sulton Mahmud 2) Sulton Ahmad 3) Sulton Ali 4) Boysung'ur

11 / 40

11. Buxoro xonlaridan qay biri markaziy hokimiyatni kuchaytirish maqsadida o‘sha davrning eng ta’sirchan kuchi - yirik yer egalari hamda Jo‘ybor shayxlarining ta’slrini kamaytirishga uringan?

12 / 40

12. Abulfayzxon davrida Shahrisabz hokimi kim edi?

13 / 40

13. Harbiy askarlarni to‘plash, ularni harbiy yurishlarga tayyorlash, qo'shinning moddiy ta’minoti masalalari bilan qanday lavozim egasi shug‘ullangan?

14 / 40

14. Devonbegi davlatda qanday vazifani bajargan?

15 / 40

15. Nima sababdan Shaybonixonning o'limidan so‘ng taxtga bevosita uning avlodlari o‘tira olmagan?

16 / 40

16. Ko'chkinchixondan so'ng taxtga kim o'tirgan?

17 / 40

17. Nodir Muhammad taxtni egallay olmagach taqdiri qanday yakun topadi?

18 / 40

18. Quyidagi shaxslardan qaysi biri “amir-ul umaro” unvoniga sodir bo'lgan?

19 / 40

19. Shayboniylar sulolasi hukmdorlaridan qay birining vafotidan so‘ng, undan qolgan ikki yashar o‘g‘ilning taxtga bo’lgan huquqi tan olinmaydi?

20 / 40

20. Ubaydullaxon II davrida yirik yer egalari va Jo‘ybor shyxlari qanday huquqdan mahrum etiladi?

21 / 40

21. Samarqand hukmdori Abdultifxon vafotidan so‘ng Movarounnahrning ko'plab shaharlarida qaysi hukmdorning nomi xutbaga qo'shib o'qiladi?

22 / 40

22. Ubaydullaxon I ning ma’naviy ilhomchisi va do‘sti hisoblangan Abdulla Sabroniy xalq orasida qanday nom bilan mashhur bolgan?

23 / 40

23. Abdullaxon II davrida Xuroson tarkibidagi qaysi hududlarda markaziy hokimiyatga qrashi isyonlar ko‘tarilgan?

24 / 40

24. Quyidagi voqealarning qaysi biri 1711-yilda bo'lib o‘tgan?

25 / 40

25. Amlokdor kim tomonidan tayinlangan?

26 / 40

26. G‘ijduvonda yuz bergan safaviylar va shayboniylar o'rtasidagi to'qnashuvda shayboniylar qo‘shinining o‘ng qanotiga kim boshchilik qilgan?

27 / 40

27. Buxoroda markaziy hokimiyatning kuchsizlanishi bilan Xiva xonlari Buxoro xonligi hududiga bostirib kirishgan. Shunday vaziyatda qaysi Xiva xoni Samarqandni egallab o‘z nomiga xutba o'qitgan edi?

28 / 40

28. Harbiy harakatlar vaqtida Oliy bosh qo‘mondon uchun maxsus tayyorlangan rasmiy qabul marosimi o'tkaziladigan joy qanday nomlangan?

29 / 40

29. Ubaydullaxonning asosiy maqsadi nimadan iborat edi?

30 / 40

30. Muhammad Hakimbiy Buxorodan chiqarilib yuborilgandan so‘ng, qaysi shaharga jo'nab ketgan?

31 / 40

31. Quyidagilardan qay biri Boqi Muhammad davrida yuz bermadi?

32 / 40

32. Abdullaxon II tomonidan Pirmuhammad I dan so‘ng xon deb kim e’lon qilingan?

33 / 40

33. Abdullaxon II ning miniaturasi qaysi yilda ishangan edi?

34 / 40

34. Shayboniylar sulolasining qaysi vakillari hukmronligi davrida mamlakat tasarrufidagi hududlar qatoriga Movarounnahrdan tashqari Xorazm va Xuroson hududlari ham kirgan? 1) Muhammad Shayboniyxon 2) Ubaydullaxon I 3) Navro'z Ahmadxon 4)Abdullaxon II

35 / 40

35. Farg‘ona vodiysi Buxoro xonligidan ajralib chiqqan sanani aniqlang.

36 / 40

36. Bir necha kata-kichik qishloqdan iborat bo‘lgan engi quyi boshqaruv tuzilmasi qanday nomlangan?

37 / 40

37. Ibrohimbiy va Rajab Sulton Buxoroni bo‘ysundirish uchun kimlardan yordam so'ragan edi?

38 / 40

38. Mamlakatda adolat mezonlariga amal qilinishi kim tomonidan nazorat qilingan?

39 / 40

39. Muhammad Shayboniyxon vafot etgach, taxtga kim o‘tiradi?

40 / 40

40. Safaviylarga qarshi kurash olib borish natijasida Abdullaxon II qaysi hududni egallashga muyassar bo’ladi?

Sizning ballingiz

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0