Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №4 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №4 InfoMaster Aprel 6, 2023 41 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 6-sinf Tarix №4 16-20-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Mezolit davriga oid manzilgohlar O'zbekistonning qaysi hududlarida ko'plab uchraydi? 1) Farg'ona vodiysining tog'oldi va tog'lik tumanlarida; 2)Toshkent vohasida; 3)Xorazm vohasida; 4)Samarqand viloyatining tog'lik va dasht hududlarida; 5)O'zbekiston janubida. A) 1, 4, 5 B) 1, 2, 5 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 3 2 / 30 2. Misr dehqonlari dalalarga urug’larni qaysi paytda ekishgan? A) avgust oyining oxirlarida B) iyul-sentabr oylarida C) qishda D) kuzda 3 / 30 3. Misr janubda Nubiya bilan chegaradosh bo`lib, bu mamlakatga misrliklar Nil bo`ylab nimalarni ayirboshlash uchun borganlar? 1) oltin; 2) qimmatbaho toshlar; 3) fil suyagi; 4) qatron; 5) nodir buyumlar; 6) nodir navli yog`ochlar. A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 2, 4, 5 C) 1, 3, 4, 6 D) 2, 3, 5, 6 4 / 30 4. Mil. avv. X asrda .... A) Midiya podsholigi o'z ravnaqi cho'qqisiga ko'tarilgan. B) Finikiyada 22 undosh harfdan iborat alifbo yaratilgan. C) Ossuriya podsholigi qayta yuksala boshtagan. D) Isroil podsholigi tashkil topgan. 5 / 30 5. Quyidagi qaysi davlat mil. avv. XI asrda vujudga kelgan? A) Xett podsholigi B) Isroil podsholigi C) Urartu podsholigi D) Midiya podsholigi 6 / 30 6. Mil. avv. VII—VI asrlarda Xorazm, Su'g'diyona va Baqtriya aholisining asosiy mashg'uloti nima bo'lgan? A) chorvachilik va ovchilik B) sun’iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik C) sun’iy sug orishga asoslanmagan dehqonchilik va chorvachilik D) dehqonchilik va baliqchilik 7 / 30 7. Zardusht qaysi davrda yashab o’tgan? A) mil. avv. II mingyillikning birinchi yarmida B) mil. avv. II mingyillikning ikkinchi yarmida C) mil. avv. I mingyillikning ikkinchi yarmida D) mil. avv. I mingyillikning birinchi yarmida 8 / 30 8. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid yozma va arxeologik manbalar O'rta Osiyo xalqlarining ... taraqqiyotida yuksak darajalarga erishganliklaridan dalolat beradi? 1) hunarmandchilik; 2) zargarlik; 3) kemasozlik; 4) kulolchilik; 5) binokorlik; 6) tikuvchilik. A) 1, 2, 3, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 4, 5, 6 9 / 30 9. Hindlarning taqvimiga ko’ra, bir yil nacha kundan iborat edi? A) 360 B) 354 C) 362 D) 365 10 / 30 10. Saka-xau-movarka deb ataluvchi saklar qaysi hududlarda yashaganliklarini to'g'ri belgilang. 1) Oral dengizi bo'ylarida; 2) hozirgi Toshkent viloyatida; 3)hozirgi Janubiy Qozogiston yerlarida; 4)Pomirning tog'li tumanlarida;5)Yaksart daryosining quyi oqimida; 6)Farg'onada. A) 4, 6 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 5 11 / 30 11. Quyidagilardan qaysi davlat Hindistonda mil. avv. VII-VI asrlarda vujudga kelgan davlatlar sirasiga kirmaydi? A) Maurya B) Malla C) Koshala D) Magadha 12 / 30 12. Qadimiy saklarning ko'pchilik qismi qanday nom bilan atalgan guruhga mansub bo'lgan? A) saka-xau-movarka B) saka-tigra-xauda C) B va C javoblar to'g'ri D) saka-tiay-taradarayya 13 / 30 13. Qaysi qadimiy dinda dastlab xudo bo'lmagan, chunki xudolar inson azob-uqubatlarini yengillashtira olmaydi, deb hisoblashgan? A) nasroniylik dinida B) zardushtiylik dinida C) qam (shomoniylik) dinida D) buddaviylik dinida 14 / 30 14. Yulduzlar joylashuviga qarab kelajakni bashorat qilish bilan shug'ullanadigan odam fanda qanday nomlanadi? A) futurologiya B) apostol C) geneolog D) astrolog 15 / 30 15. Mil. avv. VII-VI asrlarda Zarafshon va Qashqadaryo vohasida yashovchi aholi qanday nom bilan tilga olinadi? A) saklar B) xorazmliklar C) massagetlar D) so’g’diylar 16 / 30 16. Xitoyda dastlabki asosiy dehqonchilik ekinlarini belgilang. A) bug'doy va paxta B) javdar va bug'doy C) sholi va choy D) paxta va tut daraxti 17 / 30 17. Qadimgi Xitoyliklar qaysi sohalarda katta yutuqlarga erishganlar? A) binokorlik va quruvchilik B) rassomchilik va haykaltaroshlik C) qayiqsozlik va temirchilik D) me’morchilik va haykaltaroshilik 18 / 30 18. Zardushtiylar e’tiqodicha, insonning asosiy burchi, eng avvalo, nima hisoblangan? A) chin e’tiqod B) adolatli turmush tarzi C) yuksak axloq D) yaxshilikka undash 19 / 30 19. Hindistonda ilm-fan, xususan, qaysi sohalarida yuksak darajaga erishadi? A) tarix va geografiya B) tibbiyot va tarix C) astronomiya va matematika D) geografiya va astronomiya 20 / 30 20. Qadimgi Xitoy davlati Xitoyning qaysi qismida vujudga kelgan? A) Yansizi daryosining yuqori oqimida B) Shimoliy Xitoy hududida C) Xuanxe daryosining o'rta oqimida D) Sharqiy Xitoy hududida 21 / 30 21. Mil. avv. 206-yilda Sin sulolasiga qarshi kimlar qo’zg’olon ko’taradi? A) dehqonlar B) hunarmandlar C) zodagonlar D) chorvadorlar 22 / 30 22. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Marg'iyona va Su'g'diyona hududlari quyidagi qaysi davlatning siyosiy va madaniy ta’siri ostida bo'lgan? A) Baqtriya B) Xorazm C) Parfiya D) Qang' davlati 23 / 30 23. O'rta Osiyoda mil. av VII-VI asrlarda qadimiy shaharlar rivojiga turtki bo'lgan asosiy omillar nima edi? A) hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi B) qabila-elatlarning tinch-totuv yashaganligi va vayronkor urushlarning bo'lmaganligi C) O'zaro urushlar kuchayishi sharoitida qabilalarning yirik birlashmalarga uyushishga majbur bo'lganligi D) dehqonchilik rivojlanishi va mulkiy tabaqalanishning kuchayishi 24 / 30 24. Zardushtiylik dini ta’limoti insoniyatning qaysi qarashlari takomiliga katta ta’sir ko'rsatdi? A) yaxshilik va yomonlik haqidagi B) e’tiqod va e’tiqodsizlik haqidagi C) adolat va johillik haqidagi D) ezgulik va yovuzlik haqidagi 25 / 30 25. Ilk marotaba «Avesto»ning alohida qismlarini tarjima qilish baxtiga muyassar bo'lgan A. Dyuperron qaysi millat vakili bo'lgan? A) ispan B) yunon C) fransuz D) nemis 26 / 30 26. Quyidagi hukmdorlarning qaysi biri hali ko'zi tirikligidayoq o'ziga atab maqbara qurishga farmon bergan edi? A) Ashoka B) Sin Shi Xuandi C) U Di D) Tutmos II 27 / 30 27. Xitoyga Hindistondan keltirilgan dehqonchilik ekinini aniqlang. A) javdar B) choy C) sholi D) bug’doy 28 / 30 28. Qadimgi Xitoy tarixiga oid «Panyuy» atamasi qaysi shaharning qadimiy nomi bo'lgan? A) Sian B) Loyan C) Guanchjou D) Yanchjou 29 / 30 29. Qadimgi shaharlar va ular vujudga kelgan hududlar muvofiq keluvchi javobni aniqlang. 1) Uzunqir 2) Afrosiyob 3) Yerqo’rg’on 4)Qiziltepa 5) Ko’zaliqir a)Xorazm b) Qashqadaryo vohasi c) Samarqand d) Surxondaryo vohasi A) 1-b,2-c,3-a,4-d,5-a B) 1-b,2-d,3-c,4-b,5-a C) 1-b,2-a,3-c,4-d,5-a D) 1-b,2-c,3-b,4-d,5-a 30 / 30 30. Xitoyliklarning eng ajoyib ixtirolaridan biri bo'lgan kompasning ko'rinishi qanday bo'lgan? A) Temirdan yasalib, uchburchak shaklda bo'lgan va uning uchi doim janubni ko'rsatib turardi B) Magnitlangan aylanasimon temir shaklida bo'lib, uning markazida o'qi va strelkasi bo'lgan C) To'rtburchak shakldagi chanani eslatar va old qismida taxminan yarim metr keladigan uchli qismi bo'lgan D) Magnitlangan temirdan yasalgan uzun dastali katta qoshiqni eslatar edi Sizning ballingiz 0% Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz