Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 11-sinf Geografiya olimpiada №3 Geografiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 11-sinf Geografiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 31 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 11-sinf Geografiya olimpiada №3 2022-yil 16-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 Chirchiq daryosi tekislikka oqib chiqqach, unga o‘ng tomondan qaysi daryolar quyiladi? A) Qoronqulsoy, Glavasoy B) Parkentsoy, Oqtoshsoy C) Oqsoqotasoy, Qizilsuvsoy D) Qoraqiyasoy, Qizilsuvsoy 2 / 30 25,2° janubiy kenglikda joylashgan Asunson shahridan Janubiy qutbgacha bo‘lgan masofani gradus va kilometr hisobida aniqlang. A) 6,48° va 7919,82 km B) 68,4° va 9719,28 km C) 64,8° va 7199,28 km D) 64,8° va 7919,82 km 3 / 30 Ustyurtda sho‘rxoklarning keng tarqalishiga qanday omillar sabab bo‘lgan? A) platoda joylashganligi va relyefning to‘lqinsimonligi B) relyefning tekisligi va grunt suvlari sathining yer betiga yaqinligi C) relyefning botiqligi va tez eruvchan tog‘ jinslarining keng tarqalganligi D) yer yuzasining tekisligi va Orol dengiziga yaqin joylashganligi 4 / 30 Quyidagi qaysi relyef shakli Tyanshan ororgenining tarkibiy qismi emas? A) Zarafshon tizmasi B) Turkiston tizmasi C) Bo‘kantov tizmasi D) Chotqol tizmasi 5 / 30 Adiroldi qirlari landshaftning qaysi taksonomik birligiga mos keladi? A) joy B) rayon C) urochishe D) fatsiya 6 / 30 O‘rta okean tizmalarining uzunligidan 150 marta qisqa masofa necha gradus meridian yoyining uzunligiga teng? A) 3,1° B) 4,2° C) 3,6° D) D)2,8° 7 / 30 Ptolemey tuzgan “Dunyo xaritasi”da 5 va 6 raqamlari bilan qaysi daryolar ko‘rsatilgan? A) Oks va Yaksart B) Hind va Nil C) Gang va Nil D) Ra va Istr 8 / 30 Quyidagi qaysi shahar nisbatan shimolroqda joylashgan? A) Samarqand B) Kogon C) Koson D) Kattaqo‘rg‘on 9 / 30 Quyidagi rasmda nima tasvirlangan? A) Geotermik o‘choq B) Sovuq front C) Termik depressiya D) Iliq front 10 / 30 Quyidagi qaysi orol vujudga kelishiga ko‘ra rasmda tasvirlangan tipga xos emas? A) Gavayi B) Pasxa C) Mariana D) Tasmaniya 11 / 30 Italiyada shahar aholisining ulushi qancha? A) 70% B) 91% C) 85% D) 57% 12 / 30 Kimyo va neft-kimyo mashinasozligi korxonasi respublikamizning qaysi shahrida joylashgan? A) Samarqand B) Qorovulbozor C) Andijon D) Chirchiq 13 / 30 Quyidagi qaysi mamlakat ichimlik suvini Malayziyadan import qiladi ? A) Indoneziya B) Xitoy C) Singapur D) Vyetnam 14 / 30 Grenlandiya va Islandiya orollari orasidagi bo‘g‘iz nomini belgilang. A) Mak-Klintek B) Lankaster C) Deyvis D) Daniya 15 / 30 Qorako‘l qo‘ylari Mirzacho‘l iqtisodiy rayonining qaysi qismida boqiladi? A) Janubida B) Sharqida C) Shimoli-g‘arbida D) Markazi va janubida 16 / 30 Terrigen yotqiziqlar ko‘p to‘planadigan joylar rasmda qaysi harflar bilan belgilangan? A) G, F B) D, A C) F, B D) J, B 17 / 30 Termometr tog‘ cho‘qqisida havo harorati -10ºC, xuddi shu paytda uning dengiz bo‘yida joylashgan etagida havo harorati +14ºC ga teng ekanligini ko‘rsatdi. Tog‘ning mutlaq balandligini aniqlang. A) 3500 m B) 4000 m C) 4500 m D) 3000 m 18 / 30 Sulina shahri 45° shimoliy kenglik, 29° sharqiy uzoqlikda joylashgan. Shahardan Janubiy qutbgacha bo‘lgan masofani kilometr hisobida aniqlang. A) 1 914, 5 km B) 4,999.50 C) 9 999 km D) 14 998,5 km 19 / 30 Abiskun dengizi qaysi materikda joylashgan suv havzasining qadimgi nomi hisoblanadi? A) Afrika B) Avstraliya C) Yevrosiyo D) Shimoliy Amerika 20 / 30 Rasmda ko‘rsatilgan A nuqtaning mutlaq balandligi 400 m, u yerdagi havo bosimi 730 mm Hg. B nuqtadagi havo bosimini aniqlang. A) 580 mm Hg B) 550 mm Hg C) 610 mm Hg D) 600 mm Hg 21 / 30 Qishda Murmansk portining muzlamasligiga sabab bo‘luvchi oqimlar quyidagi xarita-sxemada qaysi sonlar bilan ko‘rsatilgan? A) 9, 8, 7 B) 9, 10, 12 C) 16, 17, 19 D) 1, 2 , 4 22 / 30 10°–20° janubiy kengliklar oraligʻida joylashgan poytaxt shaharlarni aniqlang. A) Vindxuk, Jakarta, Lilongve, Kito, Singapur B) Luanda, Dili, Montevideo, Lusaka, Maseru C) La-Pas, Asunson, Santyago, Maputu, Kigali D) Antananarivu, Lima, Lusaka, Brazilia, Xarare 23 / 30 Sovetskoye platosi quyidagi qaysi geografik obyektga eng yaqin joylashgan? A) Shimoliy qutbga B) Erebus vulqoniga C) Verxoyansk tizmasiga D) Pantanal botqoqligiga 24 / 30 Quyidagi xarita-sxemada 4 raqami bilan qaysi dengiz ko‘rsatilgan? A) Liguriy B) Tirren C) Adriatika D) Ioniya 25 / 30 Quyidagi qaysi shaharlarda paxta tozalash hamda yog‘ sanoati uchun mashina va uskunalar ishlab chiqaruvchi zavodlar joylashgan? A) Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz B) Toshkent, Andijon, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on C) Toshkent, Farg‘ona, Navoiy, Andijon D) Toshkent, Qo‘qon, Jizzax, Namangan 26 / 30 Quyidagi qaysi IES yiliga 13 mlrd kW ∙ h elektr energiya beradi? A) Farg‘ona IES B) Talimarjon IES C) Navoiy IES D) Sirdaryo IES 27 / 30 Yevropadagi kichik rivojlangan mamlakatlar qaysi variantda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Polsha, Norvegiya, Daniya B) Belgiya, Avstriya, Shvetsiya C) Lyuksemburg, Belgiya, Italiya D) Shveysariya, Serbiya, Niderlandiya 28 / 30 Quyidagi qaysi davlat iqtisodiyoti eng qoloq agrar mamlakatlardan biri hisoblanadi? A) Laos B) Shri Lanka C) Vyetnam D) Bangladesh 29 / 30 Quyidagi rasmda Mariana va Kermadek cho‘kmalari qaysi raqamlar bilan ko‘rsatilgan? A) 3 va 6 B) 4 va 7 C) 4 va 6 D) 1 va 2 30 / 30 Jeneva ko‘li vujudga kelishiga ko‘ra qanday ko‘llar guruhiga mansub? A) To‘g‘onli B) Tektonik C) Laguna D) Morena 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Testni PDF shaklida yuklab olish Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz