Uy » Attestatsiya testlar » Boshlang'ich sinf » Boshlang’ich attestatsiya №13 Boshlang'ich sinf Boshlang’ich attestatsiya №13 InfoMaster Oktabr 14, 2022 140 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Boshlang'ich sinf attestatsiya №13 Metodikadan savollar qo'shildi. DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Kubning qirrasi 20 cm bo‘lib, uning 10 cm3 joyiga 23ta gulcha rasmi yopishtirildi. Kubga hammasi bo‘lib qancha gulcha rasmi yopishtirilgan? A) 800 B) 18400 C) 1840 D) 8000 2 / 40 2. Har bir xaltachaga 6 tadan, har bir qutiga 5 tadan olma solindi. Hamma olmalar soni 27 ta bo‘lsa, nechta xaltacha va nechta qutiga olma solingan? A) 2 ta xaltacha, 2 ta quti B) 2 ta xaltacha, 3 ta quti C) 3 ta xaltacha va 3 ta quti D) 3 ta xaltacha, 2 ta quti 3 / 40 3. Venerani qoplagan gazlar va bulutlar Quyosh nurlarini yaxshi qaytarishi natijasida tunlari u bizga qanday ko'rinadi? A) Oy kabi charaqlab B) Yulduz kabi charaqlab C) Quyosh kabi charaqlab D) Barchasi to'g'ri 4 / 40 4. Tabiatda bakteriyalar necha xil ? A) 5 xil B) Juda ko'p C) 2 xil D) 4 xil 5 / 40 5. Qadimiy shaharlarda hozirgacha saqlanib qolgan ko'xna bino va inshoatlar qurulishida foydalanilgan murakkab geometrik shakllar, gumbazlar, qubbalar, charxpalaklar muxandislik qadimdan tarraqqiy etganligini bildiradi. Nechta imlo xatosi bor? A) 3 B) 4 C) 6 D) 5 6 / 40 6. "Opasingil daryolar" ertagidagi kenja daryo nomini ayting. A) Zarafshon B) TJY C) Sirdaryo D) Amudaryo 7 / 40 7. Yuzi 60 m .kv bo'lgan qog'ozning 1/4 qismi qirqib olindi. Qolgan qismining yuzini toping A) 45 m.kv B) 15 m. kv C) 30 m. kv D) 20 m. kv 8 / 40 8. Standart so’zining ma’nosi nima? A) me’yor B) na'muna C) qolip D) ideal 9 / 40 9. T, d, s, undoshlari hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra qaysi turga kiradi? A) Portlovchi B) Til oldi C) To’g’ri javob yo’q D) jarangli 10 / 40 10. Kvadrat cm - bu A) to’g’ri javob yo’q B) Tomonlari uzunligi yig'indisi 1 cm bo’lgan to’rtburchak 1 cm 2 C) Tomonlari uzunligi 1 cm bo’lgan kvadratning yuzi 1 cm 2 D) Tomonlari uzunligi yig'indisi 11 / 40 11. Metodik an’anaga ko‘ra matnli mashqlar qaysilar? A) Tasvirlash,hikoya qilish, muhokama B) Hikoya qilish, muhokama C) muhokama D) Tasvirlash,hikoya qilish 12 / 40 12. Ona tili oʻqitish tamoyillari toʻgʻri va toʻliq berilgan qatorni aniqlang.1. Til materiyasiga, nutq organlarining oʻsishiga, nutq malakalarining toʻgʻri rivojlanishiga eʼtibor berish tamoyili.2. Til maʼnolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik maʼnolarini) tushunish tamoyili.3. Tilga sezgirlikni oʻstirish tamoyili.4. Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili.5. Ogʻzaki nutqni yozma nutqdan oldin oʻzlashtirish tamoyili. A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4, 5 13 / 40 13. Boshlang'ich sinf o'qish darslarida savol va topshiriqlar qaysi maqsadga yo'naltirilganiga ko'ra quyidagicha tasnif qilinadi: 1. Asar mazmunini o'zlashtirish va qayta hikoyalashga doir savol-topshiriqlar. 2. Asar tilini o'rganish va o'zlashtirishga doir savol-topshiriqlar.3.Asar qahramonlarining xususiyatlariga doir savol-topshiriqlar A) 2, 3 B) 1, 2, 3 C) 1, 3 D) 1, 2 14 / 40 14. Kelishiklar haqidagi malakani shakllantirish ustida ishlashning samaraliligini ta’minlaydigan shartlarni ko'rsating: 1.maqsadga muvofiq mashq tanlash 2.mashq materialini astmurakkablashtirib borish bilan o'quvchilaming mustaqqlligini oshirish 3.imloni grammatik bilimni takomillashtirib borish 4. o'quvchilaming nutqini o'stirish bilan bog'lab o'rgatish A) 2, 3 B) 1, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 3, 4 15 / 40 15. Boshlang'ich sinflarda she'rni o'rganishda ko'rgazmali ta’limning asosiy shakli nima hisoblanadi? A) ma'nosini anglash B) ifodali yodlash C) ifodali o'qish D) izohlash 16 / 40 16. Sinfdan tashqari o ‘qish uchun kitob tanlashda qanday tamoyillarga amal qilinadi? 1. tarbiyaviy maqsad ko‘zda tutiladi. 2. asarlar janri va mavzusining xilma-xilligie ’tiborga olinadi. 3. o‘quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi hisobga olinadi. 4. o ‘quvchilarning shaxsiy qiziqishi va mustaqil o‘qishi hisobga olinadi. 5. mavsumiy tamoyilga amal qilinadi A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3, 4 17 / 40 17. O'quv dasturi davlat hujjati bo'lib, unda.... belgilangan bo'ladi. A) boshlang'ich sinf ona tili darslari turlari va darsga qo'yiladigan talablar B) o'quv predmetining mazmuni va hajmi, shuningdek, shu predmetdan BKM baholash talablari C) unda ona tilidan o'quvchilarning ko'nikma va malakalar darajasiga qo'yilgan talablar D) o'quv predmetining mazmuni va hajmi, shu predmetdan BKM darajasiga qo'yilgan asosiy talablar 18 / 40 18. O'quvchilar nechanchi sinfdan boshlab qo'shma fe’llar va ularning doim alohida yozilishi haqidagi tushunchani va dastlabki ko'nikmani hosil qiladilar ? A) 3-sinfdan B) 4-sinfdan C) 3-4-sinfdan D) 2-4-sinfdan 19 / 40 19. Nutq (gap)dan so'zni ajratish; so'zni aniq talaffuz qilish; bo 'g'inlarga bo'lish va bo'g'inlarni aniq talaffuz qilish, so'zdan, bo‘g'indan tovushni kuchli talaffuz qilib o'qish, muayyan tovushni ajratgan holda so'zni bo'g'inlab o'qish qanday mashq ? A) Sintez B) Morfologik C) Analiz D) Sintaktik 20 / 40 20. O'qitishda suhbatning qanday turlaridan foydalaniladi? A) Savol-javob B) Katexezik va everestik C) Katexezik D) Everestik 21 / 40 21. Yangi metod, yangi darslikning muvofiqligini tekshirishda ona tili o'qitish metodikasining qaysi tekshirish metodidan foydalaniladi? A) Amaliy tekshirish metodlari B) Nazariy tekshirish metodlari C) Analitik-sintetik metod D) Eksperiment 22 / 40 22. Ta'limiy diktantning qaysi turida o'qituvchining topshirig'iga mos qisminigina yozadilar? A) Erkin diktant B) O'z diktant C) Izohli diktant D) Saylanma diktant 23 / 40 23. Quyidagilarning qaysilari diksiya ustida ishlash mashqlariga kiradi? A) 1 2 4 5 B) 2 3 4 5 C) 1 3 4 5 D) 1 2 3 4 24 / 40 24. Nutq faoliyatining turlari va ularning shakllanishini ko'rsating A) Og'zaki va yozma: ichki nutq va tashqi nutq B) O'qish va yozish: o'z fikrini og'zaki yoki yozma ifodalash C) O'qish va yozish:og'zaki va yozma D) O'qish va yozish: o'zgalar nutqini eshitish orqali 25 / 40 25. Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo'llangan qanday badiiy vositalar ustida ishlash muhim ahamiyat kasb etadi? 1) jonlantirsh 2) metafora 3) mubolag'a A) 2, 3 B) 1, 2 C) 1, 2, 3 D) 1 26 / 40 26. Fonetik tamoyil yangi o'zbek imlosining yetakchi tamoyili bo'lib, bunga binoan so'zlar va ularning tarkibiy qismi (o'zak va qo'shimchalar) ko'proq talaffuziga muvofiq yoziladi. A) Noto'g'ri B) To'g'ri 27 / 40 27. Boshlang'ich sinflarda ijodiy qayta hikoyalashning qaysi turlaridan foydalaniladi? 1. Shaxsini o ‘zgartirib qayta hikoyalash va bayon 2. Hikoyada ishtirok etuvchi biror personaj tilidan qayta hikoya qilish 3. Matnni ijodiy to'ldirib qayta hikoyalash. 4. So‘z bilan tasvirlash yoki sahnalashtirish A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 4 28 / 40 28. Tilga oid tushunchalarni shakllantirish jarayonining 1-bosqichi nimani nazarda tutadi? A) tushunchaning belgilarini umumlashtirish B) tushuncha ta’rifini ifodalashni tushunish C) tushunchaning muhim belgilarini ajratish maqsadida til materialini tahlil qilish D) yangi til materiali asosida o'rganilayotgan tushunchani aniqlashtirish 29 / 40 29. Metodikada imloga oid mashqlarga nimalarkiradi? 1) grammatik-orfografik tahlil; 2) ko'chirib yozuv: 3) diktantlar; 4) leksik-grammatik tahlil; 5) bayonlar A) 1, 2, 4 B) 1, 4 C) 2, 3 D) 1, 2, 3, 4, 5 30 / 40 30. Berilgan mashqlardan mantiqiy mashq turlari berilgan qatorni toping 1) Narsalarning mavzuga tegishli guruhini tuzish 2) Namuna asoosidagi mashqlar 3) Berilgan narsalardan bir guruhga kirmaydiganlarini ajratish 4) Qarama-qarshi qo‘yish bilan umumlashtirish A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 3, 4, 5 31 / 40 31. O'quvchilar gap haqida amaliy tushunchalarni nechanchi sinfda oladilar? A) 3 B) 1 C) 2 D) 4 32 / 40 32. Boshlang'ich sinflarda so'zlarni guruhlash mashqlarini bajarganda o'qituvchi o'quvchilarni nechanchi sinfda tire va ikki nuqtaning ishlatilishi bilan amaliy tanishtiradi? A) 3 B) 1 C) 2 D) 4 33 / 40 33. STO'ga rahbarlikning asosiy shaklini ko'rsating. A) maktab kutubxonasi bilan hamkorlik B) ona tili darslari C) maxsus sinfdan tashqari o'qish darslari D) ekskursiya 34 / 40 34. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitishning yetakchi tamoyilini toping A) Grafika bilan orfografiyani bog'liq holda o'rganish B) Fonetika bilan grafikani bog'liq holda o'rganish C) Tilning barcha jihatlarini bog'liq holda o'rganish D) Morfologiya bilan sintaksisni bg'liq holda o'rganish 35 / 40 35. O'quvchi savod o'rgatish jarayonida o'qish va yozishni o'zlashtirish uchun qanday qoidalarni o'zlashtirishi lozim? A) To'g'ri talaffuzga oid qoidalarni B) Tovush va harflarning o'zaro mumosabatiga oid qoidalarni C) Chiroyli yozuvga oid qoidalarni D) Til hodisalariga oid qoidalarni 36 / 40 36. Boshlang'ich sinflarda nechta tinish belgisining ishlatilishi haqidagi qoidalar o'rgatiladi? A) 3 B) Barcha tinish belgisining ishlatilishi haqidagi qoidalar o'rgatiladi C) 4 D) 8 37 / 40 37. Boshlang'ich sinflar uchun otlarda egalik qo'shimchalari mavzusining murakkab hisoblanishining sababi nimada? A) Mavzuni yaxshi o'zlashtirmaslik B) Nutq o'stirish mashqlaridan foydalanmaslik C) Qo'shimchalar tarkibi o'xshashligi D) „shaxs" tushunchasi bilan hali tanishtirilmaganligi 38 / 40 38. O'zbek grafikasining yetakchi tamoyili A) Bo'g'in B) Gap C) Tovush D) So'z 39 / 40 39. Tovush ustida ishlash mashqlarini turlarga ajrating: 1. Nutq (gap)dan so'zni ajratish 2.So'zdan tovushni cho'zib talaffuz qilish bilan ajratish 3.Bo'g'in jadvalini tuzish 4.Bo'g'inlarni almashtirib yangi so'z hosil qilish va o'qish A) Analiz mashqlari- 3 , 4 ; suntez mashqlari- 1 , 2 B) Analiz mashqlari- 1, 3 ; suntez mashqlari- 2 , 4 C) Analiz mashqlari- 2 , 4 ; suntez mashqlari- 1 , 3 D) Analiz mashqlari- 1, 2 ; suntez mashqlari- 3 , ,4 40 / 40 40. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar bilimini yetarli darajaga keltirish maqsadida sonlar ishtirok etgan gapiar asosida kuzatish, aniqlash, guruhlash va umumlashtirish faoliyati sonni o'rganishning nechanchi bosqichida bosqichida ishga solinadi? A) 4 B) 2 C) 1 D) 3 0% Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz