11-sinf Fizika olimpiada №3

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

11-sinf Fizika olimpiada №3

2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar

1 / 25

1. Yelkalari teng bo’lmagan pallali tarozida yuk ikkala tomonida galma gal tortib ko’rilganida uning og’irligi 20 N va 5 N ga teng bo’ldi. Jismning asl massasini (kg) toping. ? = 10 ?/?2.

2 / 25

2. Ikkita bir xil spiral 5 V li o’zgarmas kuchlanish tarmog’iga ketma-ket ulangan. Agar birinchi spiralning uzunligi 1,5 marta qisqartirilsa, uning uchlaridagi potensiallar farqi necha voltga teng bo’ladi?

3 / 25

3. Koptok rasmda ko’rsatilganidek orasidagi masofa ?0 = 2 ? ga teng bo’lgan ikki bino orasida gorizontga burchak ostida ?0 = 20 ?/? tezlik bilan uloqtiriladi. Koptokning devorlar bilan to’qnashuvlar sonining maksimal qiymati nechta? Koptokning devorlar bilan barcha to’qnashuvlarni absolyut elastik deb oling.

4 / 25

4. Ikki konsentrik sfera o’tkazgichdan yasalgan bo’lib, R va 5R radiusga ega. Ichki sfera zaryadlangan, tashqi sfera zaryadlanmagan. Ingichka o’tkazgich orqali sferalar tutashtirilsa ichki sferaning potensiali necha marta kamayadi?

5 / 25

5. Yer atrofida uchib yurgan kosmik kemaning to’liq mexanik energiyasi -60MJ ga teng bo’lsa, shu kemaning potesial energiyasi necha MJ ga teng?

6 / 25

6. Velosipedchi doimiy 20 km/h bilan yo’l bo’ylab harakatlanmoqda. Yo’lga parallel bo’lgan relslar bo’ylab harakatlanuvchi poyezd velosipedchini 10 s da quvib o’tdi. Agar poyezdning harakat yo’nalishi teskari bo’lib qolganida, velosipedchining oldidan 6 sekundda o’tsa, uning tezligini (km/h) aniqlang.

7 / 25

7. Jism tinch holatdan harakatni boshlab dastlabki 3 s da 10 m masofani bosib o’tsa, ? = 18 ÷ 21 s vaqt oralig’ida necha metr masofani bosib o’tadi.

8 / 25

8. m massali kichik sharcha bir uchi mahkamlangan ipning ikkinchi uchiga bog’langan. Ipni gorizontal holatga olib kelinib boshlang’ich tezliksiz qo’yib yuborildi. Sharchaning tezlanishi vertikal yuqoriga yo’nalgan vaqt momentida ipning taranglik kuchi nimaga teng?

9 / 25

9. Vodorod atomining 3 – energetik sathida joylashgan elektronning impulsi x ∗ 10−25 kg ∗ m/s ga teng. Elektronning massasi 9,1 ∗ 10−31 kg. x  ni toping.

10 / 25

10. Chizmada ko’rsatilgan sistemada M=8 kg bo’lsa, m ning qanday minimal qiymatida (kg) sistema muvozanatda qoladi?

11 / 25

11. Ichida kub shaklidagi kovagi mavjud bo’lgan va tomoni 10 sm li kub shaklidagi jism tayyorlandi. Agar kubning barcha devorlari 1 sm qalinlikda bo’lsa, kubning massasini (kg) aniqlang. Kub yasalgan metallning zichligi 4000 kg/m³.

12 / 25

12. Sig’imi 200 mkF va 50 mkF bo’lgan ikki kondensator o’zaro ketma-ket ravishda U =8cos100t qonun bo’yicha o’zgarayotgan o’zgaruvchan tok manbaiga ulansa, sistemaning to’liq qarshiligini (Om) toping.

13 / 25

13. m massali kichik sharcha bir uchi mahkamlangan ipning ikkinchi uchiga bog’langan. Ipni gorizontal holatga olib kelinib boshlang’ich tezliksiz qo’yib yuborildi. Sharchaning tezlanishi
vertikal pastga yo’nalgan vaqt momentida ipning taranglik kuchi nimaga teng?

14 / 25

14. Kranga osilgan yukni ishchi arqon yordamida F kuch bilan tortib turibdi. Yukning massasi m = 100 kg bo’lsa, F (N) ni toping. α = 30° ; g= 10 m/s²

15 / 25

15. Gorizontal silliq sirtda joylashgan ?1 va ?2 massali brusoklar deformatsiyalanmagan prujina yordamida o’zaro bog’langan. Ikkinchi brusokka rasmda ko’rsatilganidek gorizontal tezlik ?0 berildi. Brusoklarning harakati davomida prujinaning potensial energiyasi maksimal qiymatga yetgan vaqt momentda brusoklarning tezliklari ?1  va ?2 bo’lsa, ?1 ni toping.

16 / 25

16. Chizmada ko’rsatilgan sistemaning aylana markazida hosil qilgan natijaviy magnit maydon induksiya vektorini toping. ?0?/2?= ? deb oling.

17 / 25

17. Uzunligi ? bo`lgan arava silliq relslar ustida turibdi. Aravaning ikki uchida massalari ?1 va ?2 bo`lgan bolalar turibdi. Agar ular o`zaro joy almashib olishsa, arava yerga nisbatan qanday masofaga siljiydi? Aravaning massasi ?0.

18 / 25

18. Cheksiz hajmiy kubsimon setkaning qo’shni A va B tugunlari orasidagi qarshilikni (Om) aniqlang. Kublarning har bir tomoni bir hil R = 12 Om qarshilikka ega.

19 / 25

19. Tinch turgan diskning cheti bo’ylab doimiy tezlikda harakatlanayotgan chumolining tezlanishi ?1 = 9 ?/?². Disk o’zgarmas tezlikda aylansa uning chetki nuqtasining tezlanishi ?2 = 4 ?/?² ga teng bo’ladi. Chumoli aylanayotgan disk bo’ylab bir hil yo’nalishda harakatini davom ettirsa uning tezlanishi necha ?/?² ga teng bo’ladi.

20 / 25

20. Gorizontal sirtda sirpanmasdan dumalayotgan diskning ilgarilanma harakat tezligi ?0 = 8 ?/s ga, massasi esa 2 kg teng bo’lsa, diskning kinetik energiyasini (J) toping.

21 / 25

21. Gorizontal sirtda sirpanmasdan dumalayotgan diskning ilgarilanma harakat tezligi ?0 = 8 ? ga, massasi esa 2 kg teng bo’lsa, diskning kinetik energiyasini (J) toping.

22 / 25

22. Suv solingan kalorimetrga 165 g massali va −10℃ haroratli muz bo’lagi kiritildi. Suvning boshlang’ich harorati 0℃ ga teng. Idishda termodinamik muvozanat qaror topganidan so’ng idishdagi muz olib tashlandi. Olib tashlangan muzning massasi necha gramm? Muzning solishtirma erish issiqligi 330kJ/kg, muzning solishtirma issqilik sig’imi 2100 J/kg ∗ K

23 / 25

23. m massali kichik sharcha bir uchi mahkamlangan ipning ikkinchi uchiga bog’langan. Ipni gorizontal holatga olib kelinib boshlang’ich tezliksiz qo’yib yuborildi. Sharchaning tezlanishi gorizontal yo’nalgan vaqt momentida ipning taranglik kuchi (N) nimaga teng? m = √3 kg, g = 10 m/s².

24 / 25

24. Radiusi R bo’lgan halqa ?1 = ? zaryad bilan zaryadlangan, halqa markazida joylashgan ?2 = −? zaryadning potensial energiyasini aniqalng.

25 / 25

25. Suvning sirtida suzib yurgan muz bo’lagi issiqlik ta’sirida sekin erimoqda. Erish jarayonida muzning qaysi parametrlari o’zgarmaydi? Relyativistik o’zgarishlar hisobga olinmasin.
a – massa
b – hajm
c – zichligi
d – botgan qismi (%)
e – botgan qismining hajmi
f – botmagan qisming hajmi
j – og’irligi

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0