Uy » Online olimpiada » Fizika olimpiada » 11-sinf Fizika olimpiada №3 Fizika olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Fizika olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 564 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 11-sinf Fizika olimpiada №3 2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Jism biror balandlikdan boshlang’ich tezlik bilan gorizontal otildi. Biror vaqt momentida tezlik vektori gorizont bilan hosil qilgan burchagining tangensi 2√3 ga teng bo’lsa, shu vaqt momentida ko’chish vektorining gorizont bilan hosil qilgan burchagi kosinusining ikkilangan qiymatini toping. A) 3 B) 1 C) 2 D) 5 2 / 25 2. υ=600 m/sek tezlik bilan uchayotgan m=4,65·10-26 kg massali molekula normalga nisbatan idish devoriga 600 burchakda uriladi va shunday burchakda tezligini o'zgartmay elastik qaytadi. Urilish vaqtida idish devoriga berilgan kuch impulsi topilsin A) 2,8∙ 10⁻²³ B) 0 C) 10⁻²³ D) 1,4∙ 10⁻²³ 3 / 25 3. Porshen ostida joylashgan ideal gaz juda tez siqildi. Bu qaysi jarayonga mos keladi? A) Izotermik jarayon B) Izoxorik jarayon C) Adiabatik jarayon D) Izobarik jarayon 4 / 25 4. m massali kichik sharcha bir uchi mahkamlangan ipning ikkinchi uchiga bog’langan. Ipni gorizontal holatga olib kelinib boshlang’ich tezliksiz qo’yib yuborildi. Sharchaning tezlanishi gorizontal yo’nalgan vaqt momentida ipning taranglik kuchi (N) nimaga teng? m = √3 kg, g = 10 m/s². A) 21 B) 35 C) 30 D) 20 5 / 25 5. 1 dengiz milyasi taqriban necha km ga mos kelishini ko’rsating. Ma’lumot uchun, 1 dengiz milyasi yer ekvatori aylanasining 1'(bir minut) burchagiga mos keladi. A) 1.325 B) 1.860 C) 4.214 D) 0.735 6 / 25 6. Gorizontal sirtda sirpanmasdan dumalayotgan diskning ilgarilanma harakat tezligi ?0 = 8 ?/s ga, massasi esa 2 kg teng bo’lsa, diskning kinetik energiyasini (J) toping. A) 100 B) 96 C) 95 D) 101 7 / 25 7. Velosipedchi doimiy 20 km/h bilan yo’l bo’ylab harakatlanmoqda. Yo’lga parallel bo’lgan relslar bo’ylab harakatlanuvchi poyezd velosipedchini 10 s da quvib o’tdi. Agar poyezdning harakat yo’nalishi teskari bo’lib qolganida, velosipedchining oldidan 6 sekundda o’tsa, uning tezligini (km/h) aniqlang. A) 80 B) 100 C) 120 D) 40 8 / 25 8. Ichida kub shaklidagi kovagi mavjud bo’lgan va tomoni 10 sm li kub shaklidagi jism tayyorlandi. Agar kubning barcha devorlari 1 sm qalinlikda bo’lsa, kubning massasini (kg) aniqlang. Kub yasalgan metallning zichligi 4000 kg/m³. A) 4 B) 1.084 C) 1.952 D) 2.54 9 / 25 9. Yer atrofida uchib yurgan kosmik kemaning to’liq mexanik energiyasi -60MJ ga teng bo’lsa, shu kemaning potesial energiyasi necha MJ ga teng? A) 120 B) -120 C) -60 D) 60 10 / 25 10. Ideal gaz grafikda ko’rsatilgan jarayon bo’yicha A holatdan B holatga o’tmoqda. Bu jarayonda gazning ichki energiyasi o’zgarishi ∆? ning, ideal gaz bajargan ishi ? ga nisbatini toping. ? – gazning erkinlik darajasi A) i/2 B) i C) (i+2)/2 D) (i+2)/i 11 / 25 11. Tinch turgan diskning cheti bo’ylab doimiy tezlikda harakatlanayotgan chumolining tezlanishi ?1 = 9 ?/?². Disk o’zgarmas tezlikda aylansa uning chetki nuqtasining tezlanishi ?2 = 4 ?/?² ga teng bo’ladi. Chumoli aylanayotgan disk bo’ylab bir hil yo’nalishda harakatini davom ettirsa uning tezlanishi necha ?/?² ga teng bo’ladi. A) 23 B) 25 C) 29 D) 27 12 / 25 12. Suv solingan kalorimetrga 165 g massali va −10℃ haroratli muz bo’lagi kiritildi. Suvning boshlang’ich harorati 0℃ ga teng. Idishda termodinamik muvozanat qaror topganidan so’ng idishdagi muz olib tashlandi. Olib tashlangan muzning massasi necha gramm? Muzning solishtirma erish issiqligi 330kJ/kg, muzning solishtirma issqilik sig’imi 2100 J/kg ∗ K A) 92,5 B) 175,5 C) 188,5 D) 165 13 / 25 13. Suvning sirtida suzib yurgan muz bo’lagi issiqlik ta’sirida sekin erimoqda. Erish jarayonida muzning qaysi parametrlari o’zgarmaydi? Relyativistik o’zgarishlar hisobga olinmasin. a – massa b – hajm c – zichligi d – botgan qismi (%) e – botgan qismining hajmi f – botmagan qisming hajmi j – og’irligi A) c va d B) barchasi o’zgaradi C) a, c, d, j D) faqat c 14 / 25 14. Jism aylana bo’ylab tekis sekinlanuvchan harakatlanmoqda. Biror vaqt momentida burchak tezligining qiymati ?0. Shu momentdan burchak tezligi uch marta kamayguncha jism aylana bo’ylab to’liq ? marta aylandi. Jism to’xtash momentigacha yana necha marta aylanadi? A) N B) 3N C) N/3 D) N/8 15 / 25 15. Gorizontal sirtda sirpanmasdan dumalayotgan diskning ilgarilanma harakat tezligi ?0 = 8 ? ga, massasi esa 2 kg teng bo’lsa, diskning kinetik energiyasini (J) toping. A) 95 B) 100 C) 101 D) 96 16 / 25 16. m massali kichik sharcha bir uchi mahkamlangan ipning ikkinchi uchiga bog’langan. Ipni gorizontal holatga olib kelinib boshlang’ich tezliksiz qo’yib yuborildi. Sharchaning tezlanishi vertikal yuqoriga yo’nalgan vaqt momentida ipning taranglik kuchi nimaga teng? A) 2 mg B) mg C) 3 mg D) 4 mg 17 / 25 17. Bir nuqtadan bir vaqtning o’zida ikki tosh uloqtirilmoqda : birinchisi shimol tomonga gorizontga nisbatan 26° burchak ostida 5 m/s tezlik bilan, ikkinchisi esa janub tomonga gorizontga nisbatan 64° burchak ostida 12 m/s tezlik bilan. Toshlar orasidagi masofa ? ning vaqtga bog’lanish tenglamasini ? = ?(?) toping. A) 13t B) 14t C) 15t D) 16t 18 / 25 18. Radiusi R bo’lgan halqa ?1 = ? zaryad bilan zaryadlangan, halqa markazida joylashgan ?2 = −? zaryadning potensial energiyasini aniqalng. A) -??²/? B) ??²/? C) 0 D) ??²/2? 19 / 25 19. Sig’imi 200 mkF va 50 mkF bo’lgan ikki kondensator o’zaro ketma-ket ravishda U =8cos100t qonun bo’yicha o’zgarayotgan o’zgaruvchan tok manbaiga ulansa, sistemaning to’liq qarshiligini (Om) toping. A) 250 B) 140 C) 160 D) 2500 20 / 25 20. Gorizontal silliq sirtda joylashgan ?1 va ?2 massali brusoklar deformatsiyalanmagan prujina yordamida o’zaro bog’langan. Ikkinchi brusokka rasmda ko’rsatilganidek gorizontal tezlik ?0 berildi. Brusoklarning harakati davomida prujinaning potensial energiyasi maksimal qiymatga yetgan vaqt momentda brusoklarning tezliklari ?1 va ?2 bo’lsa, ?1 ni toping. A) m₂/m₁ B) 1 C) Aniqlab bo’lmaydi D) m₁/m₂ 21 / 25 21. Kranga osilgan yukni ishchi arqon yordamida F kuch bilan tortib turibdi. Yukning massasi m = 100 kg bo’lsa, F (N) ni toping. α = 30° ; g= 10 m/s² A) 100 B) 10 C) 10000 D) 1000 22 / 25 22. Shlang bo’ylab oqayotgan suvning tezligi 3 marta orttirilsa, uning quvvati qanday o’zgaradi? A) 27 ortadi B) 3 marta ortadi C) 9 marta ortadi D) 3√3 ortadi 23 / 25 23. Koptok rasmda ko’rsatilganidek orasidagi masofa ?0 = 2 ? ga teng bo’lgan ikki bino orasida gorizontga burchak ostida ?0 = 20 ?/? tezlik bilan uloqtiriladi. Koptokning devorlar bilan to’qnashuvlar sonining maksimal qiymati nechta? Koptokning devorlar bilan barcha to’qnashuvlarni absolyut elastik deb oling. A) 21 B) 23 C) 20 D) 25 24 / 25 24. Jism tinch holatdan harakatni boshlab dastlabki 3 s da 10 m masofani bosib o’tsa, ? = 18 ÷ 21 s vaqt oralig’ida necha metr masofani bosib o’tadi. A) 210 B) Aniqlab bo’lmaydi C) 70 D) 130 25 / 25 25. Chizmada ko’rsatilgan sistemada M=8 kg bo’lsa, m ning qanday minimal qiymatida (kg) sistema muvozanatda qoladi? A) 4 B) 3 C) 1 D) 2 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz