Matematika attestatsiya №13

0%
3

OMAD YOR BO'LSIN!


Matematika fanidan attestatsiya savollari №13

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. Kichchik diagonali tomoniga teng bo’lgan rombga , tomoni diametr qilib yarim doira va uning ichiga romb tomoniga hamda yarim doiraga urunuvchi aylana chizilgan . Agar romb tomoni 8 bo’lsa aylana markazidan diagonallar kesishish nuqtasigacha bo’lgan masofani toping.

 

2 / 40

2. 20132015 ni 10 ga bo'lgandagi qoldiqni toping.

3 / 40

3. Shaharlar orasidagi masofa xaritada 5 sm ga teng bo`lsava xaritaning masshtabi 1:4000000 bo`lsa , shaharlar orasidagi haqiqiy masofa qanchaga teng ?

4 / 40

4. Raqamlari yig‘indisi 10 bo‘lgan nechta turli 3 xonali son bor?

5 / 40

5. 1+sin 2x = 7(sin x + cos x) tenglamani yeching.

 

6 / 40

6. Teng yonli ABC (AC = BC)  uchburchakning AC tomonida D nuqta olingan. K – BD kesma va AH baladlik kesishgan nuqta. Agar AD = AK bo‘lsa, DBA burchakni toping.

7 / 40

7. ushbu kasrning maxrajini irratsionalikdan qutqaring.

8 / 40

8. ∇ABC da ∠BAC = 30° , AC = f ′(3) va AB = f (3) bo‘lsa, ∇ABC ning yuzini toping. Bunda f(x) = x³ - 5x -4

9 / 40

9. Bir nechta natural sonlardan tuzilgan S to‘plam berilgan. Bu sonlarning o‘rta
arifmetigi eng kattasini hisobga olmaganda 32 ga, eng kichigini hisobga olmaganda 40 ga, eng kattasini ham eng kichigini ham hisobga olmaganda esa 35 ga teng. Agar eng katta son eng kichigidan 72 ga ortiq bo‘lsa, u holda S to‘plamdagi barcha sonlarning o‘rta arifmetigini toping.

10 / 40

10. Agar   bo’lsa, quyidagilardan qaysi biri eng kichik?

11 / 40

11. Teng yonli trapetsiyaning diagionali o‘rta chizig‘ini 1 va 5 ga teng kesmalarga ajratadi. Trapetsiyaning yuzi 48 ga teng bo‘lsa, yon tomonini toping.

12 / 40

12. Hisoblang.

13 / 40

13. Agar ln(ab)=2x ba ln(a/b)=2y bo'lsa, a=?

14 / 40

14. Quydagi shaklning to’la sirtini ifadolovchi formulani tuzing?

15 / 40

15. Meshdagi suv Sarvarning o'ziga 20 kunga, Behruzga esa 60 kunga yetadi. Meshdagi suv ikkalasiga necha kunga yetadi?

16 / 40

16. Hisoblang: sin10° •sin50° •sin70°

17 / 40

17. y=arcsin(-x-1) funksiyani aniqlanish sohasini toping.

18 / 40

18. Agar tg(x+y)=3 va tg(x-y)=2 bo’lsa tg2x+5 ning yarmini toping

19 / 40

19. Silindr yon sirtining yoyilmasi tomoni b ga teng kvadratdan iborat. Silindir to’la sirtini toping.

20 / 40

20. y=6x+18 to’g’ri chiziq bilan chegaralangan soha yuzini toping.

21 / 40

21. f(x+10)=f(x)·f(x-10)-x        f(0)=1/2    va  f(10)=30 bo’lsa, f(20)=?

22 / 40

22. 2a = 5 va 20b = 125 bo’lsa, a ni b orqali ifodalang.

23 / 40

23. Quydagi to’g’ri to’rt burchak yuzasining eng kichchik qiymatini toping.

24 / 40

24. x ning qanday qiymatida lg2; lg(2x-1); lg(2x+3) arfimetik progressiyani tashkil qiladi?

25 / 40

25. Aniqmas integralni hisoblang.   

26 / 40

26. 1,2,3,4,2,3,1,4,5,3,2,12,3,4,2,1,3,2,1,4,3,2,1,2,3,4,2,1,2,3. Chastotasi eng kata bo’lgan songa 3 ni qo’shsak achiqsa. a²= ?

27 / 40

27. f(x)=2·tgx funksiyaning x₀=π nuqtadagi hosilasini toping.

28 / 40

28. Uchburchakning b va c ga teng tomonlari orasidagi burchagi 300 ga teng. Uchburchakning uchunchi tomoni 12 ga teng bo'lsa hamda uning tomonlari c2 = b2 + 12b + 144 shartni qanoatlantirsa, c ning qiymatini toping.

29 / 40

29. funksiyaga teskari funksiyani toping.

30 / 40

30. k va l ning qanday qiymatlarida y=k/x giperbola va y=kx+l to’g’ri chiziq M( -1;1) nuqtalardan o’tadi.

31 / 40

31.   ifoda x ning nechta qiymatida ma’noga ega emas?

32 / 40

32. sin(2arctg0,75) ni hisoblang

33 / 40

33. sin²α+ sin²β= 1 tenglamada 0<α<π/2  va 0<β<π/2  bo’lsa,  α²+π²/2+β²+2αβ ni hisoblang.

34 / 40

34. sin (2arccos1/3) ni hisoblang.

35 / 40

35. To’g’ri burchakli uchburchakning katetlari 5 sm va 12 sm. Uchburchakka ichki chizilgan aylananing radiusini toping.

36 / 40

36. Konus o’q kesimi yuzi 4√3 ga teng muntazam uchburchakdan iborat. Konus to’la sirtini toping?

37 / 40

37. Ikki natural sonning kvadratlarining o'rta arifmetigi 34 ga, o'rta geometrigi esa 8 ga teng. Shu sonlarning yig'indisini yarmini toping toping.

38 / 40

38. f(2x-1)=4x-5 bo’lsa, f-1 (x)=?

39 / 40

39. Agar f(x)=x3─5x2+2x+a va f "(2)=f(2) bo’lsa, a ning  qiymatini toping.

40 / 40

40. y₁ va y₂ y² + my + n = 0 tenglamaning ildizlari, y₁ va y₂ ning har birini 4 taga orttirib, ildizlari hosil bo'lgan sonlarga teng kvadrat tenglama tuzildi. Agar uning ozod hadi n -24 (n dastlabki tenglamaning ozod hadi) ga  teng bo'lsa, m nechaga teng?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0