Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №2 Tarix olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 13 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 9-sinf Tarix olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Yevropalik olimlarining Amir Temur haqidagi birinchi ilmiy tadqiqoti qaysi asarda aks etgan? A) “Ikki buyuk sarkarda” B) “Buyuk Temur tarixi” C) “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” D) “Amir Temur hikmatlari” 2 / 25 2. Boqi Muhammad qanday tadbirlarni amalga oshiradi? A) qo‘shin tarkibini yangilash va muntazam qo‘shin tashkil etdi; B) mamlakatdan jungorlarni haydab chiqarish, Toshkentda qozoqlar hukmronligiga chek qo‘ydi; C) agrar islohot o‘tkazildi, yer egalarining soliq tolamaslik tartibi bekor qilindi; D) mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun ko‘p urindi. Eron safaviylariga zarba berib, Balxni bo‘ysundirdi; 3 / 25 3. Ko‘rsatib o‘tilgan belgilardan qaysi biri kapitalizmga xos emas edi? A) tadbirkorlik faoliyatining cheklab qo‘yilishi B) bozor munosabatlari C) xususiy mulk D) demokratiya 4 / 25 4. Qachondan Afrika qit`asining ichkari qismini ham mustamlakaga aylantirish boshlandi? A) XIX asrning oxirlaridan B) XIX asrning 70-yillaridan C) XIX asrning o`rtalaridan D) XIX asrning boshlaridan 5 / 25 5. Qaysi ijtimoiy-siyosiy ta`limot hokimiyat tepasida turgan sanoat burjuaziyasining g`oyasi sifatida paydo bo`ldi? A) sotsializm B) konservatizm C) neokonservatizm D) liberalizm 6 / 25 6. Buxoro xonligida zakot va boshqa tushumlardan tushgan mablag`larni zarur o`rinda ishlatishni kim nazorat qilgan? A) naqib B) parvonachi C) mehtar D) muhtasib 7 / 25 7. Abruy boshchiligidagi qo`zg`olon bostirilgandan 600 yil o`tib……. A) Ma`sud G`aznaviy hukmronligi tugadi B) G`aznaviylar davlati barham topdi C) Takash Nishopur, Ray va Marv shaharlarini zabt etadi D) Ibrohim Bo`ritegin Vaxsh, Chog`aniyon va Xuttalonni egalladi 8 / 25 8. Xivaning XVI asrdan 1812-yilga qadar bo`lgan tarixini yozgan tarixchining jiyani nechta asarning muallifi bo`lgan? A) 12 ta B) 16 ta C) 13 ta D) 15 ta 9 / 25 9. Noto`g`ri javobni toping. A) Toxariston Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlari bilan savdo-madaniy aloqalar o`rnatgan B) G`arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o`rtasida VI asrning birinchi yarmida iqtisodiy aloqalar faollashdi C) O`rta asrlarda “ko`handiz”, “shahriston”, “rabot” deb yuritilgan shaharlarning uchala qismi ham alohida-alohida devorlar bilan o`rab olingan D) Toxariston nomi qadimda Yunon-Baqtriya davlatini qulatgan chorvador qabila – yuechjilar nomidan olingan 10 / 25 10. Alouddin Atomalik Juvayniy tomonidan yozilgan asarni toping. A) ’’Tarixi arba ulus’’ B) ’’Tarixi jahonkushoy’’ C) ’’Al-Komil fit-tarix’’ D) ’’Ravzat us-safo’’ 11 / 25 11. Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Ural va Volga daryosi bo`ylaridan turli davrlarda Movaraunnahr- ga kirib kelgan etnoslar asosan qaysi tillarda so`zlashgan? A) eftal va oromiy B) sug`d va turk C) turk va xorazm D) turk va sharqiy Eron 12 / 25 12. Sun sulolasi davrida Xitoyning … viloyatlarida hunarmand-to`quvchilar shoyi gazlamalarning o`nlab xillarini tayyorlaganlar. A) g`arbiy B) janubiy C) shimoliy D) sharqiy 13 / 25 13. Pyotr I davrida quyidagi islohotlardan qay birlari amalga oshirildi? 1.krepostnoylik bekor qilindi 2.dehqonlar to`lov evaziga ozod qilindi 3.boyarlar mavqeyi tiklandi 4.Rossiya ma`muriy boshqaruv jihatidan guberniyalarga bo`lindi 5.Senat tuzildi 6.qo`shinda harbiy xizmat umrbod muddatda o`taladigan bo`ldi A) 1,3,5 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 4,5,6 14 / 25 14. Qaysi voqea oldinroq yuz bergan? A) Franklar tuzgan davlat Fransiya deb atala boshlangan B) Marokash sultoni Abu Bakr Ganani istilo qilgan C) Bolgariya podsholigi yirik davlatga aylanadi D) Normannlar Londonni bosib oladilar 15 / 25 15. Quyidagi shaharlarning qay biri Poleponnesda joylashmagan? A) Olimpiya B) Itaka C) Sparta D) Messena 16 / 25 16. Qaysi atama yunoncha so’zdan olingan bo’lib birgalikda ishlash degan ma`noni anglatadi? A) trest B) sindikat C) kartel D) industriya 17 / 25 17. Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi…nishonlandi. A) 1999-yil dekabrda B) 2001-yil oktabrda C) 2000-yil noyabrda D) 1998-yil oktabrda 18 / 25 18. “Ravzat us-safo” asarining muallifi umrining ko`p qismini qaysi shaharda o`tkazgan? A) Hirot B) Buxoro C) Samarqand D) Balx 19 / 25 19. XX asr boshlarida “ishchi aristokratiyasi” Buyuk Britaniya umumiy ishchilarining necha qismini tashkil qilgan? A) 1/4 ι B) 3/4 ι C) 1/3 ι D) 2/3 ι 20 / 25 20. O`rta Osiyoga yuborilgan ingliz elchilarining kelgan yillari bilan muvofiqlashtiring? 1.A.Byorns 2.I.Volf 3.A.Murkroft 4.J.Abbot a)1843 -yil b)1844-yil c)1832-yil d)1825-yil A) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a D) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a 21 / 25 21. O`rta Osiyoga Angliya bilan aloqalarni yo`lga qo`yish uchun yuborilgan elchi qachon Buxoroga kelgan? A) 1825-yilda B) 1844-yilda C) 1832-yilda D) 1843-yilda 22 / 25 22. Yassaviy tariqatining asosida qanday g`oya ilgari suriladi? A) kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali yetishish B) bu dunyo noz-ne`matlaridan bahramand bo`lishning joizligi C) dunyo rohati va farog`atidan voz kechmay, uzlatda toat va ibodat yo`lida zahmat chekish D) mehnatsevarlik, odillik, bilimdonlik, 23 / 25 23. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi shimolda qayer bilan chgaradosh bo`lgan? A) Qozoq juzlari B) Buxoro C) Kaspiy dengizi D) Eron 24 / 25 24. Chechakka qarshi emlash usulini kim aniqlagan? A) A.Levenguk B) E.Jenner va A.Levenguk C) E.Jenner D) Y.Mayer 25 / 25 25. 1877-yilda Toshkentda “Shahar nizomi”ga muvofiq shahar boshqaruvi Dumaga rahbarlik qiluvchi shaxs kim tomonidan tasdiqlangan? A) imperator B) harbiy vazir C) general-gubernator D) armiya generali 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz