Uy » Attestatsiya testlar » Davlat tili (O'zbek tili) attestatsiya » Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №1 Davlat tili (O'zbek tili) attestatsiya Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №1 InfoMaster May 16, 2022 119 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Davlat tili (O'zbek tili) fanidan attestatsiya savollari №1 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Qaysi maqolda to‘rt o‘rinda yasama fe’l qo‘llangan? A) Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. B) Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma! C) Birni ko‘rib, fikr qil, Birni ko‘rib, shukur qil. D) O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. 2 / 40 2. Qaysi qo‘shimchalar yordamida fe’l yasalsa fonetik o‘zgarish sodir bo‘ladi? A) –i, -ira, -iq B) –illa, -lash, -sira C) –sa, -ar, -ir D) –a, -la, -ay 3 / 40 3. Qaysi javobda bir martalik harakat inkori ifodalangan? A) yozmay qo‘ymadi B) na o‘qidi, na yozdi C) yozib qo‘ymadi D) yozmay qo‘ydi 4 / 40 4. Qaysi so‘zdan uch xil qo‘shimcha yordamida fe’l yasash mumkin? A) yalt B) zavq C) ayb D) suv 5 / 40 5. Qaysi qatorda o‘timsiz fe'llar vosita yordamida o‘timli fe'lga aylangan? A) o‘qishmoq, yig‘latmoq, ko‘rsatmoq B) quvontirmoq, tarqatmoq, chiqarmoq C) joylashtirmoq, terilmoq, kuzatmoq D) bajartirmoq, o‘qitmoq, berishmoq 6 / 40 6. Qaysi javobda berilgan shakllar harakat-holatning gap aytilayotgan paytdan keyin sodir bo‘lishini ifodalaydi? A) –a(-y), -ar(-r) B) –ayotir, ayotib C) –gan, -b(-ib) D) –gay, -yap 7 / 40 7. Qaysi mayl shakllari faqat kelasi zamonni ifodalaydi? 1) ijro mayli 2) shart mayli 3) maqsad mayli 4) buyruq-istak mayli A) 2,3,4 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3 D) 3.4 8 / 40 8. Fe’lning qaysi lug‘aviy shakli zamon, shaxs-son, mayl shakllari bilan qo‘llanmaydi? A) sifatdosh B) harakat nomi C) ravishdosh D) sof fe’l 9 / 40 9. Qaysi nisbat shakllari o‘timli-o‘timsizlik jihatidan zidlanadi? A) o‘zlik va majhul nisbat B) birgalik va orttirma nisbat C) orttirma va majhul nisbat D) birgalik va o‘zlik nisbat 10 / 40 10. Qaysi gapda kelasi zamon shakli orqali o‘tgan zamon ma’nosi ifoda etilgan? A) Daryoning bo‘yidagi sadarayhonlarga termulib qaradim. B) Siz aytgan ishni keyinroq bajararman. C) Ulardan biri o‘sha damda qo‘shinni tashlab qochadi. D) Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman. 11 / 40 11. Qaysi javobda subyekt(bajaruvchi) va harakat holat o‘rtasidagi munosabatni ifodalovch shakllar berilgan? A) -tir, -il, -ish B) -moqda, -yap, -ayotir C) -man, -san, -miz, -siz D) -sin, -sin, -ay 12 / 40 12. Qaysi misrada qo‘shma yasama fe’l qo‘llangan? A) Qani, ayt, maqsading nimadir sening? B) Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang? C) Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am? D) Yetar, ey cholg‘uvchi, bas qil sozingni. 13 / 40 13. Qaysi gapda orttirma nisbat ma’nosi kuchaytirilgan? A) U ssenariyni Alimardonga yozdirtirdi. B) O‘qituvchi bolalarni sinf xonasidan chiqardi. C) Chol titrab, qo‘lidagi kosani qars etib tushirdi. D) Xabarni Qo‘ng‘irotga o‘n chopar tezda yetkazdi. 14 / 40 14. Qaysi javobda berilgan fe’l yasama o‘tgan zamon sifatdoshi sanaladi? A) qisqarayotgan B) ko‘rsatilgan C) qayg‘uradigan D) o‘zgartirilgan 15 / 40 15. Quyida berilgan tez aytishlarning qaysi birida sodda yasam fe’l ishtirok etgan? A) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi B) O‘tkir o‘tkir o‘roqda o‘t o‘rdi. C) Norning nordon anori narida. D) Oqil oq olma oldi, oq olmani Oqil oldi. 16 / 40 16. Harakatning holatini anglatuvchi ravishdoshlar qaysi qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi? 1) -(i)b, a(-y); 2) -gancha; 3) -gani; 4) -gach A) 1.4 B) 2.3 C) 3.4 D) 1, 2 17 / 40 17. Quyida berilgan qaysi shakllar ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’lga qo‘shila oladi? 1) mayl 2) zamon 3) shaxs-son 4) nisbat 5) bo‘lishsizlik A) 3,4,5 B) 4.5 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4,5 18 / 40 18. Bo‘lishsizlik shakli yetakchi fe’lga qo‘shilsa qanday mazmun ifoda etiladi? A) qat’iy bo‘lishlilik ma’nosi B) harakat-holatning davomli inkori C) oddiy bo‘lishlilik ma’nosi D) harakat-holatning bir martalik inkori 19 / 40 19. Qaysi gapda harakat-holatning doimiy zamon(uch zamon) ga oidligi ifoda etilgan? A) Yomg‘ir tobora kuchayib borayotir. B) Erta-indin Ra’noni ko‘rgani gospitalga boraman. C) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o‘lkalarga uchib ketadi. D) Kunduzi bo‘lishiga qaramay, hamma yoq qop-qorong‘u bo‘lib ketdi. 20 / 40 20. Qaysi javobda ravishdoshli so‘z birikmasi berilgan? A) ketib qoldi B) kelib ketdi C) yig‘lab gapirdi D) so‘ray ko‘rma 21 / 40 21. Harakatni bajaruvchi shaxs va harakat tushgan obyekt birlashgan fe’l qatnashgan gapni aniqlang. A) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirib berdi. B) Xat Sharifa tomonidan yozildi. C) Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. D) Qobil yugurib borib do‘konxona eshigidan ko‘chaga qaradi. 22 / 40 22. Qaysi qatorda o‘timli fe'llar qo‘llangan? A) o‘xshamoq, jiringlamoq, so‘ramoq B) joylashtirmoq, almashmoq, yaxshi ko‘rmoq C) o‘qimoq, jilmaymoq, kiyinmoq D) almashmoq, joylashmoq, kuymoq 23 / 40 23. Qaysi javobda berilgan fe’llar fe’ldan anglashilgan harakat-holat va uni bajaruvchi subyekt munosabatiga ko‘ra farqlanadi? A) keldi, kelishdi, keltirdi B) kelyapman, kelyapsan, kelyapti C) keldi, kelyapti, keladi D) kelsa, kelmoqchi, kelgin 24 / 40 24. Qaysi javobda asosi o‘timsiz bo‘lgan o‘timli fe’llar berilgan? A) yeyildi, kiyindi, bo‘yaldi B) kelishdi, so‘rashdi, o‘ylatdi C) uxlatdi, tomizdi, qaytardi D) o‘qishdi, sakrashdi, tortishdi 25 / 40 25. Orttirma nisbat shakllari berilmagan qatorni toping. A) –gaz, -kaz, -qaz, -g‘az B) –ar, -ay, -ik, -iq C) –ir, -iz, -ar, -it D) –giz, -kiz, -g‘iz, -qiz 26 / 40 26. Qaysi gapda zamon qo‘shimchasining yozilishi(imlosi) bilan bog‘liq xatolik mavjud? A) Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib ishlamoqda. B) Hozir ko‘nglimga qil sig‘mayapti, keyinroq gapirarsiz. C) Maktabda ayni damda kulgu kechasi o‘tkazilayapti. D) Hozir yomg‘ir yog‘ayotir, shuning uchun yo‘lga chiqish mumkin emas. 27 / 40 27. Qaysi javobda fe’lning noaniq shakli ko‘rsatilgan? A) kelishdi B) kelmagan C) kelsam D) kelmoq 28 / 40 28. Qaysi javobda berilgan qo‘shimchalar ham fe’l yasovchi, ham fe’lning munosabat shakllari sifatida omonim sanaladi? A) –la, -lash, -sa B) –sin, -t, -qir C) –y, -it, -iq D) –a, -ay, -ar 29 / 40 29. Qaysi javobda asosi o‘timli bo‘lgan o‘timsiz fe’llar berilgan? A) yeyildi, kiyindi, bo‘yaldi B) o‘qishdi, sakrashdi, tortishdi C) uxlatdi, tomizdi, qaytardi D) kelishdi, so‘rashdi, o‘ylatdi 30 / 40 30. O‘tgan zamonning qaysi shakli ilgari ro‘y bergan harakat-holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilinganini ifodalaydi? A) –b(-ib) B) –gan C) –di D) –di, -b(-ib) 31 / 40 31. Qaysi nisbat shakllari bir fe’lga bir necha marotaba qo‘shilishi mumkin? A) o‘zlik B) birgalik C) majhul D) orttirma 32 / 40 32. O‘tgan zamonning –di, kelasi zamon shart mayli shakli –sa shakllaridan keyin o‘rinlashuvchi shaxs-son shakllarini aniqlang. A) –man, -san, -ti, -miz, -siz, -ti B) –man, -san, -0, -miz, -siz, -0 C) –m, -ng, -0, -k, -ngiz, -0 D) –man, -san, -di, -miz, -siz, -di 33 / 40 33. Qaysi javobda qo‘shma fe’l berilgan? A) shoshilib kirdi B) yonib turibdi C) kirib chiqdi D) qotib qoldi 34 / 40 34. Qaysi javobda berilgan ko‘makchi fe’l harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi? A) bermoq B) olmoq C) chiqmoq D) boshlamoq 35 / 40 35. Fe’lning zamon va shaxs-son qo‘shimchalarisiz qismi…? A) II shaxs xabar maylini ifodalaydi B) III shaxs buyruq maylini ifodalaydi C) III shaxs xabar maylini ifodalaydi D) II shaxs buyruq maylini ifodalaydi 36 / 40 36. Qaysi ko‘makchi fe’l harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi? A) qo‘ymoq B) yurmoq C) olmoq D) chiqmoq 37 / 40 37. Qaysi gapda bo‘lishlilik ma’nosi ta’kidlangan? A) Kozimjon ertaga ,albatta, keladi. B) Kelgil, parivashim, kelgil jimgina. C) Shahardan buvingni ko‘rmay kelma. D) Sharifa xatni Valijonga yozdirtirdi. 38 / 40 38. Fe’l zamonlarini aniqlash qaysi zamonga nisbatan amalga oshiriladi? A) o‘tgan zamonga nisbatan B) kelasi zamonga nisbatan C) hozirgi va kelasi zamonga nisbatan D) hozirgi zamonga nisbatan 39 / 40 39. Qaysi javobda berilgan ko‘makchi fe’llar harakat-holatning davomliligi ifodalaydi? A) olmoq, bilmoq, boshlamoq B) ko‘rmoq, chiqmoq, bitmoq C) yotmoq, turmoq, yurmoq D) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq 40 / 40 40. Qaysi javobda fe’lning sifatga xoslangan shakllari berilgan? A) aytdi, aytishdi, ayttirdi B) aytgan, aytayotgan, aytar C) aytmoq, aytish, aytuv D) aygach, ayguncha, aytib 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №7
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №6
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №5
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №4