Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №2 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №2 InfoMaster Aprel 6, 2022 232 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №2 LEKSIKOLOGIYA BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH FE’L SO’Z TURKUMI BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH OT ,SIFAT SO’Z TURKUMI BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 31 Lug’aviy shakl qo’shimchalariga qaysilar kiradi? A) –man,-san, -miz B) –ni, -ga, -dan, -ning C) –chi, dosh, -simon D) –lar, -roq, -cha, -choq 2 / 31 Hajm-o’lchov sifatlari berilgan qatorni toping. A) odobli, kamtarin, sodda B) katta, behisob, og’ir C) sirtqi, ichki, qishki D) xursand, ma’yus, keksa 3 / 31 Berilgan misralaming qaysi birida qo’shma fe’l ishtirok etgan? A) Saboga hikoyat qildi - to’kildi B) Falak ishiga boq: bir haftada gul C) Chiqdi, g’unchaladi, kuldi - to’kildi. D) Gul bargini nasim tildi - to’kildi 4 / 31 Qanday holatlarda otlarda grammatik ko’plikni ifodalayotgan qo’shimcha egalik qo’shimchasidan keyin joylashishi mumkin? A) atoqli otlarga qo’shilganda. B) ko’plik qo’shimchasi har doim egalik qo’shimchasidan oldin joylashadi. C) shaxs yoki narsada asli bir dona bo’ladigan predmedlarni bildirgan so’zlarga qo’shilganda. D) hurmat ma'nosi ifodalangan otlarda. 5 / 31 Quyidagi gapda yo’l so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? U paytlarda otda yurilsa ,uch kunlik yo’l edi A) masofa B) safar C) usul D) yo’nalish 6 / 31 Madrasa masalasini unutdirish maqsadida arab, fors nahv-sarfidan o'zi dars berishga tirishdi.Yuqoridagi jumlada ajratib ko'rsatilgan so'zning ma'rtosini aniqlang. A) nahv - sintaksis, sarf— morfologiya B) nahv - morfologiya, sarf- sintaksis C) arab till grammatikasi D) nahv —nasr, sarf-nazm 7 / 31 O’rin-joy otlari qaysi javobda berilgan ? A) tug’ma, achitqi, qamishzor B) mahalla, bostirma, bezak C) ko’cha, guzar, shahar D) qishloq, to’plam, toshloq 8 / 31 Bo’lishli fe’l qatnashgan gapni aniqlang A) Hali hech kim uyg’onmay ,ko’zin ochdi binafsha B) Hech bir ikkilanmay ,yakka o’zi bo’ri quvib ketdi-yu ?! C) Birni birov beradi ,ko’pni mehnat D) Bu ham azamat , hech qanday dushman bas kelolmas 9 / 31 Har ikkala qismi ham mustaqil qo'llana olmaydigan so'zlardan tashkil topgan juft otlar qatorini toping A) ota-bola,aka-uka ,bog'-u bo'ston ,chol-kampir B) choy-poy,don-dun,temir-tersak,bola-chaqa C) g'ala-g'ovur ,ikr-chikir,alg'ov-dalg'ov ,poyintar-soyintar D) uvali-juvali,alg'ov -dalg'ov,och-yalang'och,past-baland 10 / 31 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Ko’rganni eshitgan yengadi. B) Yaxshi ko’rganimni bilasiz-da. C) Bemor otamni ko’rgani kasalxonaga bordim, D) Men gulxan atrofida o’tirganlarni yilqi boquvchilar deb yanglishgan ekanman. 11 / 31 Tub otlar berilgan qatorni toping. A) saroydagi, ijodkorlar, sartarosh B) g’azalxonlar, ijodkorlik, C) qalpoqcha, do’stlarimizga, archalar D) qassob, zargarlik, quroldosh 12 / 31 Bugungi ishni ertaga qo’yma Ushbu gapdagi sifatning qanday ma’no ifodalanayotganini aniqlang A) darajani B) o’ringa ko’ra munosabatni C) paytga ko’ra munosabatni D) holatni 13 / 31 Qaysi gapda xususiyat bildiruvchi sifat qo’llangan? A) Hovli tor, devorlari baland edi. B) Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sug’orayotgan edim, yap-yangi “Moskvich” kelib to’xtadi. C) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. D) Mamat olachipor, yashil tepalikdan pastlikka tomon yayov ketmoqda 14 / 31 Sifat so’z turkumlari berilgan qatorni toping. A) oltin,kumush,yoqut B) to’lqin,qoziq,maysa C) salqin,jimjit,durkun D) go’zallik,yaxshilik,xotirjamlik 15 / 31 Morfologik usul bilan orttirma darajadagi sifat hosil bo’lgan qatorni belgilang. A) dum-dumaloq, yap-yangi B) zahar qalampir, olov bola C) eng kichik, zo’r-zo’r polvonlar D) toza ko’ylak, yumshoq non 16 / 31 Berilgan gapdagi fe’l maylini aniqlang Jahli chiqib yurmasin tag’in A) buyruq –istak B) shart C) ijro D) maqsad 17 / 31 Qaysi gapda hid bildiruvchi sifatlar mavjud? A) Ko’chadagi bolalar yugurib ketishdi. B) Biz achchiqqina sho’rvani ichib oldik. C) Andishali odam qo’rqoq bo’lmaydi. D) Bog’dagi gullarning muattar bo’yi atrofga taralmoqda. 18 / 31 Maza-ta’m sifatlari berilgan qatorni aniqlang. A) nimtatir, chuchmal B) serob, kamchil C) badbo’y, sovuq D) bo’ydor, xushbo’y 19 / 31 Takroriy sifat qatnashmagan gapni toping A) To'p-to'p daraxtlar tag'in lipillab orqada qolib ketdi B) Sarvinozxon gul-gul ochilib bog'chaga ketdi C) Ko'chani sho'x-sho'x bolalar to'ldirib o'tishdi D) Yirik-yirik tomchilar yer-u ko'kni avalay ketdi 20 / 31 Shevaga xos so’zlar qaysi qatorda berilgan? A) og’ir,qo’l,ikki B) yaxshi,yomon,sariq C) maktab,suv,tosh D) momo,moyak,inak 21 / 31 Qaysi qatordagi otlarga qo’shilgan -lar qo’shimchasi ma'noni kuchaytiradi? A) farhodlar, oybeklar, matrosovlar. B) maysalar, daraxtlar, tog’lar. C) yog’lar, suvlar, unlar. D) ko’ngillar, baxtlar, uyqular. 22 / 31 Sifatdosh qaysi gap tarkibida qo’llangan ? A) Erib ,sehrlanib quloq soldi uning yoniq so’ziga . B) Terakzorda chalinayotgan musiqa tobora yaqqol eshitilardi . C) Chin do’stlikning alangasi so’nmasin D) Kosmonavt bo’lish uchun ko’p narsani bilish ,qunt bilan o’qish va ishlash lozim . 23 / 31 Aqldan g'amginlik, shodlik, о ktamlik,Aqldan borlig-u, yo'qlig-y kamlik. Ushbu baytda ot turkumiga oid nechta so'z ishtirok etgan? A) 4 ta B) 6 ta C) 2 ta D) 8 ta 24 / 31 Quyida yo’l so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Kechga borib ,avtobuslar o’z yo’lini o’zgatiradigan bo’lib qoldi A) safar B) tadbir C) masofa D) yo’nalish 25 / 31 Fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) o’timli va o’timsiz fe’llarga B) bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarga C) to’liq va to’liqsiz fe’llarga D) harakat va holat fe’llariga 26 / 31 Malum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilar tushunarli bo’lgan so’lar qanday nomlanadi. A) Atamalar B) Shevaga xos so’zlar C) Umumxalq ishlatiladigan so’zlar. D) Paronomlar 27 / 31 Qaysi qatorda juft sifat ishtirok etmagan? A) Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g'ayrat ,dadillik baxh etgandek bo'ldi B) Qo'llari kctmon ,o'roq ,ayri ushlayverganlaridan g'adir-budir haqiqiy dchqon edilar C) Ba'zan pi ilka shokoladni ,arzon-garov qo'g'irchoqni olib keladi D) Menga o'xshash esli -hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan 28 / 31 Quyidagi gapda yo’l so’zining qaysi manosi ifodalangan? Bu masala qaysi yo’l bilan yechiladi. A) usul B) masofa C) yo’nalish D) safar 29 / 31 Un, yog’ ,suv kabi so’zlarga lar qo’shimchasi qo’shilganda qanday ma'no ifodalanadi? A) kuchaytirish va takid. B) xil, nav, mo’llik. C) grammatik ko’plik. D) jamlik va to’da 30 / 31 Agar so’zlar eskirib, ular ifodalagan tushuncha boshqa so’zlar bilan ifodalansa, bunday so’zlar qanday nomlanadi. A) iste’moldan chiqqan so’zlar B) sinonimi mavjud so’zlar C) tarixiy so’zlar D) arxaik so’zlar 31 / 31 Agar so’zlar o’zi ifodalangan tushuncha bilan birgalikda eskirsa, qanday nomlanadi? A) eskirgan so’zlar B) arxaik so’zlar C) tarixiy so’zlar D) iste’moldan chiqqan so’zlar 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz