Uy » Abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2 Ona tili va adabiyot abituriyent Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2 InfoMaster Aprel 20, 2022 43 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2 1 / 30 Navoiy "Xamsa"ning qaysi qahramonini "bir yilda Qur`oni karimni yod oldi", deydi? A) Shayx Roziyni B) Qaysni C) Farhodni D) Shayx San`onni 2 / 30 Qaysi javobda vazifadosh zidlov bo`lovchilari keltirilgan? A) –u, -yu, -da, na….na B) –u, -yu, -da, ba’zan C) –u, -yu, -da, balki D) –u, -yu, -da, xoh 3 / 30 Bir g`uncha edingiz yel ham tegmagan, ifor taralardi sizdan muattar. Gapdagi hid bilduruvchi sifat qaysi bo`lakka tobelangan ? A) kesimga B) egaga C) holga D) to`ldiruvchiga 4 / 30 Quyida berilgan gardagi fe`l yasovchi qo`shimchalar soni qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan? Chollar kulgidan qotib qoldilar, ularning burishgan yuzlari ruhlanib ko`zlarini kulgu namladi A) 1 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta4 ta 5 / 30 Berilgan qaysi gap tarkibida fonetik o`zgarish asosida yozilgan yasama sifat mavjud? A) Barcha javoblara fonetik o`zgarish asosida yozilgan yasama sifat mavjud B) Barmog`ida sarg`ish, ko`kimtir bo`yoq izlari bor ediwd C) Uning chaqnoq ko`zlari, siyrak qoshi, o`ychan turishi katta bardoshi, sadoqatini aks ettirib turardi. D) O`g`lim, unutmaginki, yoqimli do`st suhbati olis yo`lni yaqin qiladi. 6 / 30 Qaysi gap tarkibida o’z paronimi bilan o’zaro bir xil turkumga mansub bo’la oladigan tub so’z qatnashgan? A) U otalik mehri jo’sh urib qizchasini bag’riga bosdi. B) Siz daraxtning shoxida yursangiz, u bargida yuradigan yigit. C) Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi begona afzal. D) Jahling chiqqan taqdirda ham birovga qattiq gapirma. 7 / 30 Berilgan qo`shimchalardan nechtasi ham so`z yasovchi, ham lug`aviy shakl yasovchi, ham sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha vazifasini bajara oladi? -ar, - y, -ish, -ib, - gan, - lab, - a, - ka. A) 7 tasi B) 4 tasi C) 3 tasi D) 5 tasi 8 / 30 Voqea-hodisa, shaxs-narsani nomlash uchun ishlatilgan (bir so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalangan) qisqa gapdan so‘ng ishlatiladigan tinish belgisi qaysi gapda qo`llangan? A) She’rim! Yana o‘zing yaxshisan! ( U. Nosir ) B) Podshoh o‘sha bolani yoniga o‘tqazib, undan so‘rabdi: Mening uyim chiroylimi yoki otangnikimi? C) Yashash. Bu – orzular qanotin kermoq. Yashash. Bu – muhabbat gullarin termoq. (O. Matjon) D) Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim! ( M. Yusuf ) 9 / 30 Umri… mazmuni… millat… dardi… darmon bo’lish… iborat deb bilgan Amir Temur xalqimiz… ardoqli, ulug’ farzandidir. Ushbu gapda nechta so’zdagi nuqtalar o’rniga qaratqich kelishigi qo’shimchasini qo’llash lozim? A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 5 ta 10 / 30 Iboralarni o`z muqobili bilan moslashtiring. 1) xafa; 2) xursand; 3) hovliqmoq; 4) yuvosh; 5) lallaygan; 6)sho‘x. a)ichiga chiroq yoqsa yorimaydigan; b)og‘zi qulog'ida; c)o‘pkasini qo`ltiqlamoq; d)qo‘y og'zidan cho‘p olmagan;e) og‘zing qani desa qulogini ko‘rsatadigan; f) yerga ursang ko‘kka sapchiydigan; A) 1-a, 2-b, 3-f, 4-e, 5-d, 6-c B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-e, 5-d, 6-f C) 1-a, 2-b, 3-e, 4-d, 5-c, 6-f D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e, 6-f 11 / 30 Berilganlardan qaysi birida grammatik moslik buzilgan? A) mevani ekmoq B) suv ichida cho`milmoq C) kuzdagi boychechak D) gulni barglari 12 / 30 Qaysi qatordagi gapda 2 ta tovush tushishi va 1 ta tovush ortishi kuzatiladi? A) Otaxon, singlimning ko’ngli juda nozik. Qaytgunimcha unga qo’ldan kelgancha qarab, yordam berib turing. B) Bir vaqt qarasam, yig’layapman. Keyin asta uyga kiraman degan edim, haligi itlar yana uvlab yubordi. C) Ayriliq ham sinovdir, bolam. Sabr qiling, xalq orasida o’z obro’yingizga egasiz, shunday ekan hozircha faqat kutganingiz ma’qul. D) Ko’z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irg’itib o’ynayotgan polvonlar ketmasdi. 13 / 30 Navoiyning ”Haq taolo xoni in`omi-yu karami omi ” qit`asidagi ishonch, e`tiqod, ixlos, tushuncha, fikr, bilim ma`nolarini qaysi so`z ifodalaydi? A) ro`ziy B) aqida C) gumroh D) ro`za 14 / 30 Boshni fido ayla ato qoshig`a Jismni qil sadqa ano boshig`a. Ushbu misralar Navoiyning qaysi dostonidan olingan? A) “Farhod va Shirin” B) “Saddi Iskandariy” C) “Hayrat-ul abror” D) “Layli va Majnun” 15 / 30 Qaysi asarda Turkistonda Qul Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasining shundoq biqinida O’rta Osiyoni zabt etgan general Chernyayev qurdirgan besh-oltita g’ishtin binolarning borligi, Chernyayev bu binolarni chor askarlari uchun qurdirganligi, ammo Sovet hokimiyati ularni qamoqxonaga aylantirib atrofini tikanli sim bilan o’raganligi tasvirlangan? A) “Mehrobdan chayon” romanida B) “O’tkan kunlar” romanida C) “Muzqaymoq” hikoyasida D) “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida 16 / 30 T.Murodning “Yoshlik” jurnalida chop etilgan asari? A) “Yulduzlar mangu yonadi” B) “Otamdan qolgan dalalar” C) “Oydinda yurgan odamlar” D) “Ot kishnagan oqshom” 17 / 30 Qaysi javobda keltirilgan gapda tarkibida faqat til oldi undoshlari bo’lgan qo’shma sifat mavjud? A) Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag’ishlaydi. B) U juda shirinsuxan odam ekan. C) Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g’oyalar bilan uyg’unlashib ketgan. D) Qo’shiqning diltortar navolari hammani o’ziga rom qildi. 18 / 30 Odil Yoqubov qalamiga mansub “Olma gullaganda” asarining janrini aniqlang. A) hikoyalar to’plami B) pyesa C) roman D) qissa 19 / 30 “Suv qalqisa loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqigandan buyon yomon ko’paydi”. Ushbu misralar qaysi asardan olinganligini aniqlang. A) Muzqaymoq B) Shum bola C) Bemor D) Urushning so’nggi qurboni 20 / 30 Ko`zlarim yo`l ustida, kelmadi yor, Ushbu keng dunyo ko`zimga bo`ldi tor. Qay qaroqchi oldi yorimning yo`lin, Mundagi baxtsiz yigit yo`l uzra zor... Ushbu to`rtlik qaysi asardan olingan? A) “O`tkan kunlar” B) “Mehrobdan chayon” C) “Kecha va kunduz” D) “Navoiy” 21 / 30 Naqqoshlik – xalq amaliy sanatining qadimiy soxalaridan biridir. Naqqoshlikda ustalar tayyorlab beradigan andoza, qolip muxim ahamiyatga ega. Odatda, naqsh, bezakni malakali naqqosh ustalar chizib bergan. Bunday naqshlarni memorchilik, gilamchilik, kashtado‘zlik, kandakorlik kabi soxalarda uchratish mumkin. Naqsh yaratish ustadan did, maxoratdan tashqari katta tajriba va malakani talab qiladi. Shu sababli o‘tmishda naqqoshlar xalq hunarmandlarining eng bilimdon, istedodli qismi hisoblangan. (“Qomus” to‘plamidan) Ushbu parchada necha o`rinda imloviy xatolikka yo`l qo`yilgan? A) 7 B) 5 C) 6 D) 8 22 / 30 Arman xalq eposi “Sosunli Dovud” dostonini tarjima qilgan ijodkorning asari qaysi qatorda berilgan? A) “Astrabod ” B) “Singan umid” C) “Izlaganim” D) “So`nggi kun” 23 / 30 Imlo qoidasiga nomuvofiq yozilgan so‘z qatnashgan gapni aniqlang. A) Lekin kun isishini kutish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas, chunki havoga ishonish qiyin, eng muhimi, qor ustiga qor yog'ib, dashtda qolib ketishlari ehtimoldan xoli emas. B) Hamon shamol o‘kirar, osmonning goh u, goh bu burchida chaqmoq yaraqlab, yong‘oq shoxlari shubhali g‘iyqillar, ammo endi bular uni qo‘rqitolmas edi. C) Biroq vaqt ketsa ham, otaning maslahati bilan ish tutganlari yaxshi bo‘ldi, chunki yomontosh darasi ular kutganday mudhish edi! D) Kishining iste’dodi barcha sohada bir xil bo'lavermaydi, chunki yoshlar o‘zi sevgan, qobiliyatiga mos bo'lgan ishni tanlay bilishi kerak. 24 / 30 Ilon kabi buralib daryo shu yerga kelganda, ikkiga ajralgan, uch chaqirimdan so`ng yana birlashardi. Berigan gapda qaysi turkumlar qatnashgan? A) ot, ko`makchi, ravish, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l B) ot, ko`makchi, fe`l, ot, olmosh, ot, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l C) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ko`makchi, ravish, fe`l D) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ot, ko`makchi, ravish, fe`l 25 / 30 Ayol kishiga Qo‘l ko‘tarish nimaligin bilurmisan? Ayt! Sen-ku odam bolasisan, Qaysi bir hayvon Emayotib, uzib olar onasin ko‘ksin. Shohlarni-ku qo‘ya turay, payg‘ambarlar ham, Nabilar ham tug‘ilgan-ku ayol zotidan. Unutibsan, Senga bir vaqt aytib bergandim, To‘maris deb atalguvchi yovqur momomiz Turon zamin erki uchun maydonga chiqib, Eron shohin kallasini qonga bo‘ktirgan. u ham ayol bo‘lgan, Bilib qo‘y, o‘g‘lim! Rafiqasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘ilga qarata ota tomonidan aytilgan ushbu misralar “Sohibqiron” dramasida qaysi qahramonga qarata aytilganligini aniqlang? A) Umarshayx mirzo B) Mironshoh mirzo C) Shohrux mirzo D) Jahongir mirzo 26 / 30 Payt, fursat, mahal, chog’, palla, muddat, dam, on, lahza. Yuqoridagi sinonim so’zlardan qaysi biri “ko’pincha ma’lum ish uchun lozim bo’lgan, shu ishga belgilangan vaqt” ma’nosini bildiradi? A) lahza B) payt C) on D) fursat 27 / 30 O’n oy davom etgan tergov azoblaridan so’ng adib “sovetlartga qarshi targ’ibot qilgan”likda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan ijodkorning ijodi bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotni aniqlang? A) Ushbu ijodkorning asarlarida ona yurti – O’zbekiston tabiati, uning zahmatkash xalqi mehnatini sharaflab yozgan she’rlari o’zining samimiyligi, ohangdorligi, o’quvchining eng nozik tuyg’ularini qo’zg’ata olishi bilan zamonlar sinovidan o’tib kelmoqda. B) Ijodkorning asarlaridan birida ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyning ziddiyatlarga to’la hayoti tasvirlangan. C) Ushbu ijodkor qalamiga mansub asar o’tgan asrning 60- yillarida, Navoiy tavalludining 525 yilligi arafasida yaratilgan edi. D) Ijodkorning ijodidagi bosh mavzu nima deb so’ralsa, yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o’z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash, deb aytish mumkin. 28 / 30 Qaysi ijodkor o’z she’rida Vatanning tinchligini asrash xuddi “mo’rt shisha”ni asrashdek qiyin ekanligini eslatib o’tadi? A) A. Obidjon B) A. Avloniy C) E. Vohidov D) Zulfiya 29 / 30 Eldor akaning uyi o`n yetti tomdan keyin joylashgan, zo`rg`a topib bordik-da. Ushbu gapda ajratib ko`rsatilgan so`zda qanday ma’no ko'chishi kuzatiladi? A) vazifadoshlik B) metafora C) sinekdoxa D) metonimiya 30 / 30 Jabr-u jafolardan o’tgan, endigina sening qo’lingdan tutgan, seni yo’qotib qo’ymaslik maqsadida bor vujudi bilan sen uchun yashayotganlarning orzusisan, mustaqillik! Ushbu gapda qo’llangan yasama so’zlar soni nechta? A) 5 ta B) 3ta C) 4 ta D) 2 ta 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 Ona tili va adabiyot abituriyent testi №3
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1