Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok №5 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy blok №5 InfoMaster May 2, 2024 25 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №5 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. E’timodlik bir kishining shahodatiga binoan toshkandlik Yusufbek hojining og‘li – Otabek, bu kunda xonimizg‘a qarshi bosh ko‘targan Aziz parvonachi va o‘z otasining vakolatlari bilan Marg‘ilon kelib, bu yerdagi fuqarolarni ham xon janobig‘a qarshi oyoqlandirmoqchi bo‘lg‘an. Ushbu matnda ajratib ko`rsatilgan ko`hna so`zning ma`nosi qaysi qatorda berilgan? A) turkiy xalqlarda hukmdorning eng oliy unvoni B) tungi mirshab yoki mirshablar boshlig`i C) Qo`qon xonligida pullarni qabul qilib oluvchi, saqlovchi, xon xazinasiga topshiruvchi saroy amaldori D) hukmdor farmonini bituvchi kotib 2 / 10 2. Qaysi qatorda shevaga oid so`z ot so`z turkumida emas? A) Sen meni boshimdi aylantirma, - deya muallimning gapini to`xtatdi u. (Zulfiya Qurolboy qizi) B) Juringlar! Qaytishda cho`milamiz! – dedi Oqboy (Sh.Xolmirzayev) C) Qishloqdi dunyo tanidi nima, tanimadi nima? (Zulfiya Qurolboy qizi) D) Yo ulimdi musobaqaga yuborganim uchun menga bir so‘m bering? (Zulfiya Qurolboy qizi) 3 / 10 3. Qaysi gapda olmosh yoq? A) Har kim ekkanini o’radi. B) Dildoraning bari gaplari haqiqat edi. C) Lola har doim darsga kech keladi. D) Barcha shodlik senga bo’lsin. 4 / 10 4. Tavsiflanayotgan voqelik … yaxshi bilish, tildagi so’z ma’nolari … yetarli anglash, nutq mazmuni … e’tibor bilan qarash aniq nutq tuzish malakasi … shakllanishi uchun imkon beradi. Yuqoridagi gapda qaysi kelishik qo’shimchalari qo’llanilishi kerak? A) chiqish, tushum, qaratqich B) chiqish, jo’nalish, qaratqich C) tushum, jo’nalish, qaratqich D) tushum, jo’nalish, chiqish 5 / 10 5. Ikkinchi bo`g`ini ochiq bo`g`in bo`lgan so`zni aniqlang? A) somonsiz B) ko`nglidan C) kitoblar D) sabrsizlik 6 / 10 6. Baxt shunday narsaki, borligida uni kishi sezmaydi, yo‘qligida orzu qiladi. Baxtli odam “Men baxtliman” deb olamga jar solmaydi. Inson hech qachon baxtga to‘ygan, “baxtliman” degan emas. Parchada qatnashgan yasama so`zlar miqdori? A) 5 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 7 ta 7 / 10 7. Qaysi juft so`z sanalmaydi? A) qishin-yozin B) erta-kech C) yaxshi-yomon D) ustma-ust 8 / 10 8. Alo…ida, …ola, vo...a, ar…eolog, asla…a, pa…ta, a…ir, a…il, ba…t, ba…o, …isobchi, ba..s, ba…odir, va …ima, gav…ar, giyo… , gazet...on, go…, guvo…, gul…an, Yuqorida berilgan so`zlardan nechtasida bo`g`iz undoshi qo`llanadi? A) 11 ta B) 12 ta C) 9 ta D) 13 ta 9 / 10 9. Zilola opa shogirti Maftuna bilan muziydan chiqganda, soat oltidan oshgandi. Zilola opa bolalarini boxchadan olishga shoshardi. Shu sababdan taksida ketmoqchi bo‘lishdi. Aksiga olib, mashinalar kam. Nihoyat, oq “Neksiya” chetrog`da to‘xtadi... (“Gulxandan”) Ushbu parchada necha o`rinda imloviy xatolikka yo`l qo`yilgan? A) 3 B) 4 C) 5 D) 2 10 / 10 10. Vatanparvar bobomiz uning taklifini rad etadi. Ushbu gapda yasama so`zlar qanday sintaktik vazifa bajargan? A) faqat kesim B) aniqlovchi, kesim C) ega, aniqlovchi D) faqat aniqlovchi 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 17 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29