Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №2 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №2 InfoMaster Aprel 6, 2022 29 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №2 LEKSIKOLOGIYA BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH FE’L SO’Z TURKUMI BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH OT ,SIFAT SO’Z TURKUMI BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 31 Donolik ramzi –so’z ,bilib so’zlansa , Nodonning o’zi ham so’zi qo’lansa Ushbu she’riy misralardagi yasama so’zlar sonini toping A) 4 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 1 ta 2 / 31 Har ikkala qismi ham mustaqil qo'llana olmaydigan so'zlardan tashkil topgan juft otlar qatorini toping A) g'ala-g'ovur ,ikr-chikir,alg'ov-dalg'ov ,poyintar-soyintar B) uvali-juvali,alg'ov -dalg'ov,och-yalang'och,past-baland C) choy-poy,don-dun,temir-tersak,bola-chaqa D) ota-bola,aka-uka ,bog'-u bo'ston ,chol-kampir 3 / 31 Tub otlar berilgan qatorni toping. A) g’azalxonlar, ijodkorlik, B) qassob, zargarlik, quroldosh C) qalpoqcha, do’stlarimizga, archalar D) saroydagi, ijodkorlar, sartarosh 4 / 31 Atamalar berilgan qatorni aniqlang A) ibora ,sifat ,fe’l B) gul,atirgul ,daraxt C) ot ,kun ,soat D) ishchan ,ishchi,ishla 5 / 31 Qaysi qatordagi otlarga qo’shilgan -lar qo’shimchasi ma'noni kuchaytiradi? A) ko’ngillar, baxtlar, uyqular. B) maysalar, daraxtlar, tog’lar. C) farhodlar, oybeklar, matrosovlar. D) yog’lar, suvlar, unlar. 6 / 31 Insonning ichki kechinmalarini ifodalovchi fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra qanday nomlanadi? A) o’timsiz fe’llar B) harakat fe’llari C) holat fe’llari D) o’timli fe’llar 7 / 31 O’rin joy otini yasovchi qo’shimchalar qatorini toping. A) -dosh, -zor, -loq. B) -zor, - iston, -loq. C) -gich., - q, - k. D) –do’z, - bon, -gich. 8 / 31 Quyida yo’l so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Kechga borib ,avtobuslar o’z yo’lini o’zgatiradigan bo’lib qoldi A) masofa B) tadbir C) yo’nalish D) safar 9 / 31 Sifat darajalari qaysi qatorda to’g’ri sanalgan. A) oddiy, qiyosiy, orttirma. B) oddiy, qiyosiy, ozaytirma, orttirma. C) sodda, qiyosiy, orttirma. D) oddiy, qiyosiy, ozaytirma. 10 / 31 Shevaga xos so’zlar qaysi qatorda berilgan? A) momo,moyak,inak B) og’ir,qo’l,ikki C) maktab,suv,tosh D) yaxshi,yomon,sariq 11 / 31 Qanday holatlarda otlarda grammatik ko’plikni ifodalayotgan qo’shimcha egalik qo’shimchasidan keyin joylashishi mumkin? A) hurmat ma'nosi ifodalangan otlarda. B) atoqli otlarga qo’shilganda. C) shaxs yoki narsada asli bir dona bo’ladigan predmedlarni bildirgan so’zlarga qo’shilganda. D) ko’plik qo’shimchasi har doim egalik qo’shimchasidan oldin joylashadi. 12 / 31 Qaysi gapda xususiyat bildiruvchi sifat qo’llangan? A) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. B) Hovli tor, devorlari baland edi. C) Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sug’orayotgan edim, yap-yangi “Moskvich” kelib to’xtadi. D) Mamat olachipor, yashil tepalikdan pastlikka tomon yayov ketmoqda 13 / 31 Agar so’zlar eskirib, ular ifodalagan tushuncha boshqa so’zlar bilan ifodalansa, bunday so’zlar qanday nomlanadi. A) sinonimi mavjud so’zlar B) iste’moldan chiqqan so’zlar C) tarixiy so’zlar D) arxaik so’zlar 14 / 31 Aqldan g'amginlik, shodlik, о ktamlik,Aqldan borlig-u, yo'qlig-y kamlik. Ushbu baytda ot turkumiga oid nechta so'z ishtirok etgan? A) 2 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 4 ta 15 / 31 Rivojlanmoq ,zavqlanmoq ,ajablanmoq fe’llari qaysi nisbatda ekanligini aniqlang A) aniq B) majhul C) o’zlik D) orttirma 16 / 31 Qaysi qatordagi gapda fe’lning harakat nomi shakli qatnashgan? A) Bu yerda odamlar choy ichishadi chaq –chaqlashishadi ish yuzasidan maslahat qilishadi. B) Mehmonxona yaxshi isitilgan katta stolga dasturxon yozishgan edi . C) Ular bog’ o’stirishdi ,paxta ekishdi . D) Gul ekib daraxt o’stirish kishini ezgulik sari yetaklaydi 17 / 31 Madrasa masalasini unutdirish maqsadida arab, fors nahv-sarfidan o'zi dars berishga tirishdi.Yuqoridagi jumlada ajratib ko'rsatilgan so'zning ma'rtosini aniqlang. A) nahv —nasr, sarf-nazm B) nahv - sintaksis, sarf— morfologiya C) arab till grammatikasi D) nahv - morfologiya, sarf- sintaksis 18 / 31 Shaxs otlari berilgan qatorni aniqlang A) Yer,Quyosh,Oy B) bobo,onajonim,,yigit C) shohko’cha,yo’lak,darcha D) yulduz,sayyora,samo 19 / 31 Malum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilar tushunarli bo’lgan so’lar qanday nomlanadi. A) Umumxalq ishlatiladigan so’zlar. B) Paronomlar C) Atamalar D) Shevaga xos so’zlar 20 / 31 Sifat so’z turkumlari berilgan qatorni toping. A) salqin,jimjit,durkun B) go’zallik,yaxshilik,xotirjamlik C) oltin,kumush,yoqut D) to’lqin,qoziq,maysa 21 / 31 Quyidagi gapda yo’l so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? U paytlarda otda yurilsa ,uch kunlik yo’l edi A) usul B) masofa C) yo’nalish D) safar 22 / 31 O’rin-joy otlari qaysi javobda berilgan ? A) qishloq, to’plam, toshloq B) tug’ma, achitqi, qamishzor C) ko’cha, guzar, shahar D) mahalla, bostirma, bezak 23 / 31 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Bemor otamni ko’rgani kasalxonaga bordim, B) Yaxshi ko’rganimni bilasiz-da. C) Ko’rganni eshitgan yengadi. D) Men gulxan atrofida o’tirganlarni yilqi boquvchilar deb yanglishgan ekanman. 24 / 31 Qaysi qatorda juft sifat ishtirok etmagan? A) Qo'llari kctmon ,o'roq ,ayri ushlayverganlaridan g'adir-budir haqiqiy dchqon edilar B) Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g'ayrat ,dadillik baxh etgandek bo'ldi C) Ba'zan pi ilka shokoladni ,arzon-garov qo'g'irchoqni olib keladi D) Menga o'xshash esli -hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan 25 / 31 Morfologik usul bilan orttirma darajadagi sifat hosil bo’lgan qatorni belgilang. A) dum-dumaloq, yap-yangi B) toza ko’ylak, yumshoq non C) zahar qalampir, olov bola D) eng kichik, zo’r-zo’r polvonlar 26 / 31 Bugungi ishni ertaga qo’yma Ushbu gapdagi sifatning qanday ma’no ifodalanayotganini aniqlang A) o’ringa ko’ra munosabatni B) darajani C) paytga ko’ra munosabatni D) holatni 27 / 31 Quyidagi gapda yo’l so’zining qaysi manosi ifodalangan? Bu masala qaysi yo’l bilan yechiladi. A) yo’nalish B) usul C) masofa D) safar 28 / 31 Atamalar qo’llanishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) atamalar bu kabi turlarga bo’linmaydi B) yangi atamalar va eskirgan atamalar C) ilmiy atamalar va siyosiy atamalar D) ilmiy atamalar va kasbiy atamalar 29 / 31 Qaysi gapda hid bildiruvchi sifatlar mavjud? A) Ko’chadagi bolalar yugurib ketishdi. B) Biz achchiqqina sho’rvani ichib oldik. C) Andishali odam qo’rqoq bo’lmaydi. D) Bog’dagi gullarning muattar bo’yi atrofga taralmoqda. 30 / 31 Fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) harakat va holat fe’llariga B) o’timli va o’timsiz fe’llarga C) to’liq va to’liqsiz fe’llarga D) bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarga 31 / 31 Un, yog’ ,suv kabi so’zlarga lar qo’shimchasi qo’shilganda qanday ma'no ifodalanadi? A) kuchaytirish va takid. B) grammatik ko’plik. C) xil, nav, mo’llik. D) jamlik va to’da 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz