Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №1 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №1 InfoMaster Aprel 6, 2022 81 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №1 FONETIKA BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH IMLO BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH QO’SHIMCHALAR VA ULARNING IMLOSI BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 Lab-tish , sirg'aluvchi, jarangli undosh tovush qaysi qatorda to'g'ri berilgan? A) d B) ng C) f D) m 2 / 30 Yo'qolmasdan ilgari bormidi? Mazkur gapda nechta yasama so'z mayjud? A) 3 ta B) 2 ta C) mavjud emas D) 1 ta 3 / 30 Tuyalar suvsizlikka chidamliligi bilan boshqa cho’l hayvonlaridan ajralib turadi. Ushbu gapda qo’llanilgan so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang. A) 3 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 4 ta 4 / 30 Qaysi so'zda keng unlilar bilan bog’liq xato mavjud emas? A) notovon B) natarius C) novvotli D) navvos 5 / 30 Qaysi so'zlarda qo‘sh undosh xato qo‘llangan? A) taajjub, horittirmoq B) tirqirramoq, ushshatmoq C) uwos, sodda D) himmatli, haqqoniyat 6 / 30 Donolik ramzi –so’z ,bilib so’zlansa , Nodonning o’zi ham so’zi qo’lansa Ushbu she’riy misralardagi yasama so’zlar sonini toping A) 3 ta B) 1 ta C) 2 ta D) 4 ta 7 / 30 Til oldi undoshi qaysi qatorda berilgan? A) к B) d C) g D) p 8 / 30 Qaysi javobdagi barcha so'zlar noto'g'ri yozilgan? A) uchirmoq, taziya, tavsilot B) ishtaha, jaxd, jaholat C) vaxshiy, zuvillamoq, uxlamoq D) raxmat, ma’sul, ma’sud 9 / 30 Til oldi undoshlari to'g'ri berilgan qatomi toping. A) r, s, g B) t, z, sh C) 1, d, t D) q, g',d 10 / 30 Sirg'aluvchi undoshlar qaysi qatorda berilgan? A) ch,sh,g,ng B) d,r,h,r,g C) g',v,z,f,sh D) d,t,l,m 11 / 30 hokandoz, nomoyish, jaholat, tamosha, tadbiq, mabodo, mojora, tag‘dimot, ma’shum. Ushbu so'zlardan nechtasi noto‘g‘ri yozilgan? A) 5 tasi B) 6 tasi C) 7 tasi D) hammasi to‘g‘ri yozilgan 12 / 30 “Human ” o’quv markazi tikuvchilik,astarli kastum shim ,pardalar,oqshom liboslari ,modellash va malaka oshirish kurslariga o’qishga taklif etadi Gapdagi yasama so’zlar miqdorini toping A) 7 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta 13 / 30 1) kav…sh, 2) kib…r, 3) kir…m, 4) lut…f, 5)moy Ilmo qoidasiga ko’ra nuqtalar o’rnida i unlisi qo’shilishi kerak bo’lgan so’zlarni belgilang.. A) 1,4,5 B) 1,2,3,5 C) 3,5 D) 1.4 14 / 30 Natijaga mehnatsiz erishib bo’lmaydi.Ushbu gapdagi to‘ldiruvchi tarkibida qatnashgan undosh tovushlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri? A) Jarangsiz til orqa undoshi qatnashgan. B) Jarangli lab undoshi qatnashgan C) Jarangsiz til oldi undoshi 2 o‘rinda qatnashgan. D) Jarangli til orqa undoshi qatnashgan. 15 / 30 Joy nomi qaysi javobda to'g'ri yozilgan? A) katta Farg'ona kanali B) Katta farg'ona kanali C) Katta Farg'ona Kanali D) Katta Farg'ona kanali 16 / 30 Telbalik, aslida, ko'pchilik ko'nikkan tarzga xilof yondashish samarasidir. Ushbu gapda nechta yasama so'z qatnashgan? A) 2 B) 3 C) Yasama so'z mayjud emas. D) 4 17 / 30 Aqlli o’zini ayblar, aqlsiz-do’stini.Ushbu gapdagi so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang. A) 1 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 3 ta 18 / 30 Lug’aviy shakl qo’shimchalariga qaysilar kiradi? A) –chi, dosh, -simon B) –ni, -ga, -dan, -ning C) –lar, -roq, -cha, -choq D) –man,-san, -miz 19 / 30 Gulnor Yo‘lchining onasini mehribon, ko‘ngilchan, g‘oyat samimiy bir qaynona kabi tasavvur qildi.Ushbu gapdagi yopiq bo‘g‘inlar soni nechta? A) 15 ta B) 16 ta C) 14 ta D) 17 ta 20 / 30 Paydo bo'lish usuliga ko’ra undoshlar qanday turlarga bo'linadi? A) portlovhi, sirg'aluvchi B) sonor, shovqinli C) sof va shovqinlilar D) jarangli, jarangsiz 21 / 30 Imlo qoidasiga ko‘ra qaysi qatordagi so‘zlaming ikkinchisi xato yozilgan? A) aks-akis B) ahl-ahil C) qism-qisim D) adl-adil 22 / 30 Sovuqni sovuq saqlar , Issiqni issiq (Termos) Ushbu topishmoqda nechta yasama so’z mavjud ? A) 1 B) 4 C) 5 D) 3 23 / 30 Qaysi so‘z imlosiga ko‘ra xato yozilgan? A) boshmaldoq B) burushmoq C) boshboshdoq D) badhazim 24 / 30 Qaysi qatordagi barcha so'zlarda nuqtalar o'rnida f harfi qo'yiladi? A) a... zal, a.. .g'on, ta... fiq B) a... zun, sa... sargul, ta... tish C) a... sona, sha... qat, ta... siflamoq D) a..g’on, a... gor, ta... silot 25 / 30 Siz borliqning mo’jizakor qudratini ,shiddatkor sevgi bo’ronini ,bunyodkorlik ,ijodkorlik girdobini ,intiqlik bilan kutganingiz : poklanishni ,bardamlik ,yangilanish ,yengillik ,saxiylik va mehrni o’zingizga singdirasiz Ushbu gapda nechta yasama so’z qo’llangan? A) 9 B) 12 C) 11 D) 10 26 / 30 Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) timsox, tuxmat B) rahnamo, rayhon C) tanbex, taxmin D) tuxfa, tahlit 27 / 30 Ariqlarning bo‘yi yam- yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak chiqarib, nafarmon gullar bilan bezandi. Yuqoridagi gapda lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar miqdorini aniqlang. A) 10 B) 8 C) 9 D) 11 28 / 30 Lablanmagan o'rta keng unlisini toping? . A) u B) a C) i D) e 29 / 30 Faqat sirg'aluvchilar ishtirok etgan so'zni toping. A) cholg'om B) bilimdon C) bodom D) vafoli 30 / 30 Qaysi qatordagi barcha so'zlarda “ng” tovushi ishtirok etgan? A) unga, donga, o'tinga B) nonga, keng, tushuncha C) maymunga, yurganga, borganga D) ongga, yurting, o’zingga 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz