10-sinf Adabiyot 11-mavzu

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

10-sinf Adabiyot 11-mavzu yuzasida testlar

11 – MAVZU: HAMID OLIMJON

1 / 30

“Rustamxon” dostonida kim Huroyim ustidan fitna- g‘iybat to‘la arznoma yozdiradi, firib bilan Oqtosh ahliga tasdiqlatadi va Sultonxonga olib boradi?

2 / 30

“...bitiktoshi 2 ta ustunga yozilgan. Ularning biri 170, ikkinchisi 160 sm. dan iborat. Bitiktosh Ulan-Bator dan 66 km. janubi-sharqdagi Bain-Sokto manzilidan topilgan va hozir ham shu yerda saqlanmoqda”. Ushbu ma’lumotlar qaysi bitiktoshga tegishli?

3 / 30

Ahmad Yassaviy har doim nimaga insonning kamolotiga xalaqit beradigan yovuz va yaramas kuch sifatida baho beradi va unga «shum» sifatini beradi?

4 / 30

Atoyining «Ey do'st» radifli g'azalidan olingan quyidagi baytda qaysi zid ma'noli so'zlarning keltirilishi oshiq iztiroblarining mohiyatini ham, darajasini ham ko'rsatib turibdi? Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do'st, Shodlig'i ham mehnat-u g'amdur manga, ey do'st.

5 / 30

Alisher Navoiy haqida bildirilgan quyidagi fikrlar muallifi kim? «Hech kim turkiy she'rni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha olmagan».

6 / 30

Bobur musulmon axloqiga oid qaysi masnaviyni yaratgan?

7 / 30

Turdi Farog'iyning qaysi she'rida lirik qahramon iztiroblarining manbalari kashf etilib, ular orasida «charxi dun», «gardishi davron», shuningdek, taqdirning buqalamunliklari ajralib turadi? Charxi dun qildi manga javr-u jafolar behisob, Gardishi davron berur har lahza yuz ming pech-u tob.

8 / 30

Quyidagi baytda qaysi she'riy san'atdan foydalanilgan? Nozuklik ichra belicha yo'q ton gesuyi, O'z haddini bilib belidin o'lturur quyi.

9 / 30

Behbudiy 1913-yildan Samarqand shahrida qaysi jurnalni nashr ettira boshlaydi?

10 / 30

A. Qodiriy qaysi gazetaning muharriri sifatida faoliyat yuritgan?

11 / 30

Hamid Olimjonning quyidagi misralari olingan qaysi she'rida tog' manzarasi xuddi rassomdek chizib beriladi? Tog'da yurar oh и bir juvon Sochimni taraydi shabboda Menga bugun yaqindir osmon, Bulutlardan teppamda poda.

12 / 30

Hamid Olimjonning lirik qahramoni uchun eng muhim narsa nima?

13 / 30

Hamid Olimjon «Chimyon esdaliklari» she'rida ko'llarni nimaga o'xshatadi?

14 / 30

H. Olimjonning qaysi she'rida «Qancha tirishsam ham u beor Yellar meni aldab ketadi» misralari bilan «Yuzlarimni silab, siypalab, Baxting bor deb esadi yellar» misralari o'rtasida ziddiyat mavjud?

15 / 30

Hamid Olimjonning qaysi she'ri o'zbek diyoriga keluvchi bahor nashidasining madhi sifatida yangrab kelmoqda?

16 / 30

Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo‘lsam,. deb boshlanuvchi g'azaldagi qofiyadosh so‘zlarni toping.

17 / 30

Mayli deyman va qilmayman rashk

18 / 30

Hamid Olimjon quyidagi misralari olingan qaysi she'rida bahorning nafis qilig'iga nisbatan o'zida g'ashlik sezmaydi? Mayli, deyman va qilmayman g'ash, Xayolimni gulga o'ray man; Har bahorga chiqqanda yakkash, Baxtim bormi deya so'ray man.

19 / 30

Hamid Olimjonning tabiat lirikasiga bag'ishlangan «O'rik gullaganda» she'ri qaysi satrlar bilan boshlanadi?

20 / 30

Hamid olimjonning “Na boʻlgʻay…” deb boshlanuvchi gʻazali qaysi bahrda yozilgan?

21 / 30

Qaysi mashhur xalq shoiri ahyon-ahyonda Bulung'urdan jizzaxlik do'st- yorlarini yo'qlab kelganida, H. Olimjonning bobosi xonadonida ham to'xtar va shunda Abdulhamid ham bobosi pinjida o'tirib, ulug' shoirning doston va termalarini jon-u dili bilan tinglar edi?

22 / 30

Qo'llarida lola - piyola tutib, tog'ma-tog' ko'chib yurgan bahor tasviri chizilgan quyidagi misralar Hamid Olimjonning qaysi she'ridan olingan? Bahor ko'chib yurar tog'ma-tog Qo'llarida lola-piyola

23 / 30

Quyidagi misralar H. Olimjonning qaysi she'ridan olingan? Bolaligim tutdi va bir bor Buloq uzra yotdim uzanib Va san'atga bermasdan ozor, Hovuch-hovuch suv ichdim qonib.

24 / 30

Hamid Olimjonning "O'rik gullaganda" sherining asosiy motivi nimadan iborat?

25 / 30

Hamid Olimjonning adabiy merosi necha jildlik to'la asarlar to'plamida jam bo'lgan?

26 / 30

«О'rik gullaganda» she'ridagi quyidagi qaysi ta'bir chinakam shoirona tafakkur mahsuli hisoblanadi?

27 / 30

H. Olimjonning talabalik yillarida chop etilgan ilk she'riy to'plami qaysi?

28 / 30

yolimni gulga o`rayman. Har bahorda chiqqanda yakkash Baxtim bomi, deya so`rayman. Ushbu misralar Hamid Olimjonning qaysi she’ridan olingan?

29 / 30

H. Olimjonning talabalik yillarida chop etilgan ilk hikoyalar to'plami qaysi?

30 / 30

H. Olimjonning qaysi she'rida lirik qahramon: «Bahor va yoz qarshimda peshvoz», - deb ta'kidlaydi va shu zaylda ko'z oldida tabiatning bor fasllari bir vaqtning o'zida namoyon bo'ladi?

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

3 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0