Geografiya attestatsiya №2 Yanvar 11, 2022Yanvar 11, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Geografiya attestatsiya №2 ga fikr bildirilmagan. 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Geografiya fanidan attestatsiya savollari №2 1 / 40 Yaqin sharqdagi geosiyosiy muammolarning kelib chiqishiga asosiy omil qaysi? A) iqtisodiy omil B) ekologik omil C) diniy omil D) siyosiy omil 2 / 40 Qadimgi qoldiq qirlar va tog‘ etaklaridagi toshloq yerlarda paydo bо‘lgan tuproqni aniqlang. A) jigarrang B) Taqir C) Sur tusli qо‘ng‘ir D) Bо‘z 3 / 40 shimoli-sharq tomon azimutini toping. A) 135° B) 315° C) 270° D) 45 4 / 40 Mоskva, Sankt-Peterburg shaharlaridagi metrоpоlitenlarning ko’plab bekatlari bezatilgan marmar qaysi kоnga tegishli? A) Angren B) Muruntov C) G’оzg’оn D) D)Gazalkent 5 / 40 Quyosh va oyning tortish kuchi taʼsirida qanday hodisa sodir boʻladi? A) Dovul B) Qalqish C) Sunami D) Toʻlqin 6 / 40 O’zbekiston sharoyitida kuz qaysi oydan boshlanadi? A) Iyul B) Oktabr C) Avgust D) Noyabr 7 / 40 Shri-Lanka orolidan qaysi foydali qazilma qazib olinadi? A) ko’k yoqut B) temir C) oltin D) olmos 8 / 40 Quyidagi joy obyektlaridan geosinklinal hududlarni belgilang. 1-Sharqiy Yevropa, 2-Himolay, 3-O’rta dengiz, 4-Hindiston, 5-Alp, 6-Markaziy Amerika, 7-Sibir A) 2-3-6 B) 1-2-6 C) 2-3-7 D) 1-4-7 9 / 40 A va B shaharlar orasi 1: 300 000 masshtabda tasvirlangan bo’lsa, haqiqiy masofani toping. A) 12 km B) 10 km C) 4 km D) 7 km 10 / 40 Quydagi ma’lumotlarni tahlil qilib Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni aniqlang. I. Kiyev shahri II. Qohira shahri a. paytaxt maqomiga ega b. 300 sh.k da joylashgan c. 500 sh.k da joylashgan A) I-a II-b III-c B) I-c II-b III-a C) I-c II-a III-b D) I-b II-c III-a 11 / 40 2017-yilda O’zbekistonda o’rtacha umr davri necha yoshni tashkil etdi? A) 74 yosh B) 60,6 yosh C) 73 yosh D) 67 yosh 12 / 40 Ozon tuynugi deb nom olgan holat so’ngi yillarda qayerda xosil bo’ldi? A) Janubiy amerikaning shimoliy qismida B) Shimoliy Amerikaning shimoliy qismida C) Yevrosiyoning shimoliy kengliklarida D) Yevrosiyonong janubida 13 / 40 Yevrosiyoning qaysi okeanlarga tutash qirg‘oqlari kuchli parchalangan? A) Atlantika va Shimoliy muz okeani B) Atlantika va Hind C) Shimoliy muz okeani va Tinch D) Atlantika va Tinch 14 / 40 1: 45 000 000 ga teng masshtabni nomli masshtabga aylantiring. A) 1 sm da 450 km B) 1 sm da 4,5 km C) 1 sm da 45 km D) 1 sm da 0,45 km 15 / 40 Qarshi shahrida yillik yog‘in miqdori o‘rtacha 300 mm, mumkin bo‘lgan bug‘lanish esa 1000 mm bo'lsa, mumkin bo'lgan namlanish qancha? A) 4 B) 0.25 C) 0.4 D) 0.3 16 / 40 Agar dengiz bo`yida havo bosimi 760 mm Hg ustuniga teng bo`lsa, 600 m balandlikdagi havo bosimini hisoblab toping. A) 670 mm B) 700 mm C) 710 mm D) 580 mm 17 / 40 Ko’kdumaloq kompressor stansiyasi qaysi davlatlar bilan hamkorlikda qurilgan? A) Yaponiya, Koreya B) Koreya, Rossiya C) Aqsh, Xitoy D) Aqsh, Yaponiya 18 / 40 Shimoliy Amerikaning aralash va keng bargli o'rmonlar zonasi uchun xos daraxt va o't o'simliklarni aniqlang. A) qora va oq qarag'ay, balzam pixtasi, Amerika tilog'ochi B) Amerika yong'og'i, marvaridgul, qarag'ay, qayin, tol, terak C) Baland bo'yli o't o'simliklar Kaktus-akatsiyali savannalar va eman-qarag'ayli siyrak o'rmonlar D) chalov, betaga, bizon o'ti 19 / 40 Katta Havza va Kolorado platolari uchun qaysi tabiat zona xos? A) Savanna va siyrak o’rmonlar B) dasht va o’rmon-dasht C) cho’l va chalacho’l D) doimiy yashil o’rmon 20 / 40 Mirzacho’l iqtisodiy rayonida temiryo’l qanday shaklda joylashgan? A) to’rtburchak B) uchburchak C) halqa D) kvadrat 21 / 40 Berilgan malumotlar qaysi daryoga tegishli ekanligini toping. a) Qoraqum kanali suv oladi, b) Yunon xaritalarida Oks nomi bilan mashhur, c) ,,Beruniy qonuni’’ ga asos bo’lgan. A) Ili B) Nil C) Sirdaryo D) Amudaryo 22 / 40 Braziliya yassi tog‘ligining janubiy qismi qaysi iqlim mintaqasida joylashgan? A) arktika B) ekvator C) mo’tadil D) subtropik 23 / 40 Respublikamizning Janubiy iqtisodiy rayoni qaysi viloyatlaridan tashkil topgan? A) Surxondaryo, Samarqand B) Qashqadaryo va Surxondaryo C) Qashqadaryo, Buxoro D) Qashqadaryo va Samarqand 24 / 40 Quydagilardan suv oqimlariga qarshilik ko‘rsata olmay, muallaq holatda suzib yuruvchi organizmturini ko’rsating? A) nekton B) bentos C) klik D) plankton 25 / 40 Jahonda yalpi ichki mahsulotiga ko’ra 3-o’rinda turuvchi davlat qaysi? A) Aqsh B) Xitoy C) Yaponiya D) Hindiston 26 / 40 Hijriy-qamariy taqvimidagi beshinchi oyni ko’rsating. A) Safar B) Jumodilavval C) Shavvol D) Rajab 27 / 40 Balandligi 4750 metr bo’lgan harakatdagi vulqonni ko’rsating. A) Stromboli B) Klyuchi sopkasi C) Erebus D) Etna 28 / 40 Orol ko‘li Turon tekisligining qaysi qismida joylashgan? A) sharqida B) markazida C) shimolida D) janubida 29 / 40 Iqlim hosil qiluvchi birinchi omil qaysi? A) okean oqimlari B) havo massalari C) relyef D) geografik kenglik 30 / 40 Taran o’simligi nima maqsadda fоydalaniladi? A) Yerlarni meleorativ xolatini yahshilashda B) Moy olishda C) Ozuqa maqsadida D) Teri оshlashda 31 / 40 Jahon xo’jaligidagi ikkinlamchi sektorni ko’rsating. A) aholiga xizmat ko’rsatish B) sanoat uchun xomashyo yetkazib berish C) tayyor mahsulot yaratish D) qishloq xo’jaligi 32 / 40 Shimoliy Afrika tabiiy geografik o’lkasi tabiiy sharoitiga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi 3 ta tabiat kompleksiga ajratiladi. Shu tabiat komplekslaridan qaysi biri ortiqcha? A) toshloq cho’lli Sahroi Kabir cho’li B) Savannali Sudan yoki Saxel hududi C) qattiq bargli doimiy yashil o’rmonlar D) Tog’li And o’lkasi 33 / 40 Buyuk Xitoy tekisligining janubiga qancha yog’in tushadi? A) 200 mm B) 2000 mm C) 1000 mm D) 500 mm 34 / 40 Daryolar, yo‘llar, chegaralar qaysi shartli belgi bilan beriladi? A) masshtabsiz B) Tushuntirish C) yozuvli D) Chiziqli 35 / 40 I. Xoxlov O’rta Osiyoning tabiatini o’rgangan yildan roppa rosa ikki asr vaqt o’tib qanday voqiya yuz berdi? A) <<Yerning tasviri>> nomli asar rus tiliga tarjima qilindi B) Sayyoramizdagi eng kuchli shamol kuzatiladigan materik kashf qilindi C) Cherapunjaga 23000 mm yog’in yog’di D) Dengizlar chuqurlik bo’yicha o’rganilib boshlandi 36 / 40 Keyp-York yarim orolini kim tekshirdi? A) R.Amundsen B) N. Prjevalskiy C) R. Skot D) Uilyam Yanszon 37 / 40 O’rta Osiyo uchun begona bo’lgan havo massasini ko’rsating. A) ekvatorial B) arktika C) tropik D) mo’tadil 38 / 40 Braziliyaning qaysi tomonidan jahonning eng sersuv daryosi Amazonka o'tadi? A) janubida B) g'arbida C) shimolida D) sharqida 39 / 40 Havoning harorati +20 oC, shunday haroratli 1 m3 havoda 15 gr suv bug`i bor. Havoning nisbiy namligini aniqlang. A) 32.50% B) 58.82% C) 88% D) 67.00% 40 / 40 Quydagilardan tuproq tarkibining ikkinchi qismini ko’rsating. A) tuproq eritmasi B) tuproqning organik moddalari C) magma mahsuloti D) tuproqning ona jinsi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Geografiya attestatsiya