Ona tili va adabiyot attestatsiya №1 Yanvar 6, 2022Mart 3, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot attestatsiya №1 ga 10 fikr bildirilgan 0% 4 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №1 1 / 40 Quyidagi qaysi gapda vazifadoshlik asosida ma’nosi ko’chgan so’z ega vazifasida kelgan? A) Rentgen apparati natijalarini kutyapmiz. B) Stol oyog’i pishiq yog’ochdan qilingan. C) Bosh omon bo’lsa, do’ppi topiladi. D) Qozonning qulog’i qiyshayib qolgan ekan. 2 / 40 Qaysi javobda olmosh ega vazifasini bajarmagan? A) Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa, ularga qo`shilib yig`lasharmidik. B) Boyning tashqarisida Yo'lchidan boshqa hech kim yo‘q. C) Seni odobli bo'lganing uchun hamma hurmat qiladi. D) Bu – siz uchun katta sinov. 3 / 40 Quyida berilgan gap turini aniqlang. Bunday saltanat yalong’och odamga o’xsharki, uni ko’rgan kimsa nazarini olib qochadi. A) shaxsi umumlashgan sodda yoyiq gap B) ergashgan qo’shma gap C) sodda yoyiq gap D) egasi yashiringan sodda yoyiq gap 4 / 40 Qaysi gap tarkibida o’z paronimi bilan o’zaro bir xil turkumga mansub bo’la oladigan tub so’z qatnashgan? A) U otalik mehri jo’sh urib qizchasini bag’riga bosdi. B) Siz daraxtning shoxida yursangiz, u bargida yuradigan yigit. C) Jahling chiqqan taqdirda ham birovga qattiq gapirma. D) Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi begona afzal. 5 / 40 Quyidagi gapda mustaqil so`zlar miqdorini aniqlang? G`amgin qoyalar qilib qo`ygan gunohidan o`zi qo`rqib ketganday ingrab yubordi. A) 7 ta B) 8 ta C) 6 ta D) 9 ta 6 / 40 Qaysi so’zlarning yozilishida bosh harflar imlosiga amal qilingan? A) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis B) Marjonbuloq qishlog’i, Birlashgan millatlar tashkiloti C) 21-mart – Navro’z Bayrami, Azamat Shuhrat O’g’li D) Sog’liqni Saqlash Vazirligi, Markaziy Osiyo 7 / 40 Odil Yoqubov qalamiga mansub “Olma gullaganda” asarining janrini aniqlang. A) pyesa B) qissa C) hikoyalar to’plami D) roman 8 / 40 Eldor akaning uyi o`n yetti tomdan keyin joylashgan, zo`rg`a topib bordik-da. Ushbu gapda ajratib ko`rsatilgan so`zda qanday ma’no ko'chishi kuzatiladi? A) sinekdoxa B) metonimiya C) vazifadoshlik D) metafora 9 / 40 Berilgan qo`shimchalardan nechtasi ham so`z yasovchi, ham lug`aviy shakl yasovchi, ham sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha vazifasini bajara oladi? -ar, - y, -ish, -ib, - gan, - lab, - a, - ka. A) 5 tasi B) 7 tasi C) 4 tasi D) 3 tasi 10 / 40 Payt, fursat, mahal, chog’, palla, muddat, dam, on, lahza. Yuqoridagi sinonim so’zlardan qaysi biri “ko’pincha ma’lum ish uchun lozim bo’lgan, shu ishga belgilangan vaqt” ma’nosini bildiradi? A) on B) payt C) fursat D) lahza 11 / 40 Yangidan o’zida kuch-g’ayrat tuyardi, kelajagiga, o’z maqsadlariga erishishga umid uyg’onardi. Berilgan gap tarkibida fonetik o’zgarish asosida yozilgan so’zlar haqida to’g’ri fikrni toping. 1)Ushbu gap tarkibida fonetik o’zgarish hodisasi sodir bo’lmagan. 2)Fonetik o’zgarishga uchragan so’zlarda tovush tushgan va almashgan. 3)Fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar soni 3 ta. 4)Fonetik o’zgarishga uchragan barcha so’zlarda tovush tushgan. A) 2, 3 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 2, 4 12 / 40 Qaysi gapda paronimlarni qo’llash bilan bog’liq uslubiy xato mavjud? A) Bir tup tut tagida bir tup turp turtib turibdi. B) Bu ta’rifda barcha aloqa xizmatlari bepul amalga oshiriladi. C) Shifoxonada butunlay tuzalib bod balosidan qutuldim. D) Bu gaplardan so’ng anchagacha otasining boshi xam bo’lib yurdi. 13 / 40 Qaysi qatordagi fe`llarda nisbat qo`shimchasi mavjud emas? A) Yomon qo`shni dushmandan yomon – turgan joyingdan ko`chirib yuborganini sezmay qolasan. B) Baxt oila ostonasidan boshlanishini unutmang! C) Uning vujudida ham mehr, ham vahshiylik yashiringan edi. D) Ko`ngli vayron bo`lgan qiz yelkalari titrab-titrab yig`lardi. 14 / 40 Berilganlardan qaysi birida grammatik moslik buzilgan? A) gulni barglari B) suv ichida cho`milmoq C) kuzdagi boychechak D) mevani ekmoq 15 / 40 T.Murodning “Yoshlik” jurnalida chop etilgan asari? A) “Oydinda yurgan odamlar” B) “Ot kishnagan oqshom” C) “Yulduzlar mangu yonadi” D) “Otamdan qolgan dalalar” 16 / 40 Ayol kishiga Qo‘l ko‘tarish nimaligin bilurmisan? Ayt! Sen-ku odam bolasisan, Qaysi bir hayvon Emayotib, uzib olar onasin ko‘ksin. Shohlarni-ku qo‘ya turay, payg‘ambarlar ham, Nabilar ham tug‘ilgan-ku ayol zotidan. Unutibsan, Senga bir vaqt aytib bergandim, To‘maris deb atalguvchi yovqur momomiz Turon zamin erki uchun maydonga chiqib, Eron shohin kallasini qonga bo‘ktirgan. u ham ayol bo‘lgan, Bilib qo‘y, o‘g‘lim! Rafiqasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘ilga qarata ota tomonidan aytilgan ushbu misralar “Sohibqiron” dramasida qaysi qahramonga qarata aytilganligini aniqlang? A) Jahongir mirzo B) Mironshoh mirzo C) Shohrux mirzo D) Umarshayx mirzo 17 / 40 Naqqoshlik – xalq amaliy sanatining qadimiy soxalaridan biridir. Naqqoshlikda ustalar tayyorlab beradigan andoza, qolip muxim ahamiyatga ega. Odatda, naqsh, bezakni malakali naqqosh ustalar chizib bergan. Bunday naqshlarni memorchilik, gilamchilik, kashtado‘zlik, kandakorlik kabi soxalarda uchratish mumkin. Naqsh yaratish ustadan did, maxoratdan tashqari katta tajriba va malakani talab qiladi. Shu sababli o‘tmishda naqqoshlar xalq hunarmandlarining eng bilimdon, istedodli qismi hisoblangan. (“Qomus” to‘plamidan) Ushbu parchada necha o`rinda imloviy xatolikka yo`l qo`yilgan? A) 8 B) 6 C) 7 D) 5 18 / 40 Quyida berilgan qaysi so`zlar imloviy jihatdan noto`g`ri yozilgan? 1) xasrat; 2) mudofaa; 3) muddoa; 4) tobeylanmoq; 5) tamir A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 5 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4 19 / 40 Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish, kengaytirish ma`nosinida qo`llanadigan so`z qaysi qatorda berilgan? A) modernizatsiya B) diversifikatsiya C) strategiya D) brifing 20 / 40 Imlo qoidasiga nomuvofiq yozilgan so‘z qatnashgan gapni aniqlang. A) Biroq vaqt ketsa ham, otaning maslahati bilan ish tutganlari yaxshi bo‘ldi, chunki yomontosh darasi ular kutganday mudhish edi! B) Hamon shamol o‘kirar, osmonning goh u, goh bu burchida chaqmoq yaraqlab, yong‘oq shoxlari shubhali g‘iyqillar, ammo endi bular uni qo‘rqitolmas edi. C) Kishining iste’dodi barcha sohada bir xil bo'lavermaydi, chunki yoshlar o‘zi sevgan, qobiliyatiga mos bo'lgan ishni tanlay bilishi kerak. D) Lekin kun isishini kutish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas, chunki havoga ishonish qiyin, eng muhimi, qor ustiga qor yog'ib, dashtda qolib ketishlari ehtimoldan xoli emas. 21 / 40 Matndagi tagiga chizib ko’rsatilgan so’zlardan birortasining ham ma’nosiga mos kelmaydigan izohni aniqlang. Aytishlaricha, Iskandar taxtga o’tirgach, jahonda u tasarruf qilmagan joy qolmabdi. Dunyoning barcha shohlari uning qullug’ini ado etishni o’zlariga sharaf deb biladilar. Yetti iqlim dur-u javohirlari uning xazinasi sari oqib keldi. Yurti obod, xalqi farovon bo’ldi. Dunyoning jami oqil-u donishmandlarini jam etdiki, barcha ilm-u ma’rifat sirlari u uchun ayon bo’ldi. Shunday jahongir shoh ajal oldida ojiz qolib vasiyat qiladi: “Meni ko’mish uchun qabristonga olib borayotganda tobutdan bir qo’limni tashqariga chiqarib qo’ying. Toki unga boqqan kishilar yetti iqlimni olgan, yetti falak mushkulini hal qilgan qudratli oxir-oqibat bu dunyoni tark etib, quruq qo’l bilan u dunyoga ketayotganini ko’rsinlar. So’nggi yo’lga ketar ekanman, istaymanki, menday jahongirning dunyodan quruq qo’l bilan ketayotgani mol-dunyo to’plashga ruju qo’ygan odamlar uchun ibrat bo’lsin! Iskandardek qudratli shohning mol-mulki o’ziga vafo qilmadi, ammo uning adli, ilm-u irfoni tillarda doston bo’lib qoldi, zero insonning umri davomida to’plagan mol-u dunyosi bebaqodir, undan faqat ezgu amallargina yodgor bo’lib qoladi A) Tez o’tib ketadigan, doimiy, abadiy turmaydigan, saqlanmaydigan B) Faxr, iftixor, faxrlanishga arziydigan C) Koinot, olam, falak, osmon D) Egalik qilmagan, ixtiyoriga olmagan, xo’jayinlik qilmagan 22 / 40 Boshni fido ayla ato qoshig`a Jismni qil sadqa ano boshig`a. Ushbu misralar Navoiyning qaysi dostonidan olingan? A) “Hayrat-ul abror” B) “Layli va Majnun” C) “Saddi Iskandariy” D) “Farhod va Shirin” 23 / 40 T.To’laning ”Yetti zog’ora qissasi” asarida Navoiyni mahliyo qilgan donishmand deya kim tilga olinadi? A) Amir Temur B) Otoyi C) Ahmad Yassaviy D) Lutfiy 24 / 40 Asarlarni janri bilan moslashtiring? 1)“Ikki muhabbat”; 2) “Ilk muhabbat”; 3) “Chin muhabbat”; a)hikoyalar to`plami; b)pyesa; c)she`riy to`plam A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-b, 2-a, 3-c C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-a, 2-c, 3-b 25 / 40 “Suv qalqisa loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqigandan buyon yomon ko’paydi”. Ushbu misralar qaysi asardan olinganligini aniqlang. A) Urushning so’nggi qurboni B) Bemor C) Shum bola D) Muzqaymoq 26 / 40 Fuzuliyning “Dahr bir bozordir – har kas mato’in arz edar” baytini aytgan oddiy qorovul tohir aka obrazi qaysi asarda uchraydi? A) “O’tkan kunlar” B) “Yulduzli tunlar” C) “Mehrobdan chayon” D) “Kecha va kunduz” 27 / 40 Qaysi qatorda Mirtemir ijodiga mansub tarjimalar berilgan? Pushkinning"Yevgeniy Onegin" she'riy romani; Lermontovning "Maskarad" asarini "Manas" qirg'iz xalq eposini; "Qirq qiz" qoraqalpoq xalq dostoni; "Sosunli Dovud" arman xalqeposi. A) 3, 4 B) l, 2 C) l, 2, 3 D) 4, 5 28 / 40 Arman xalq eposi “Sosunli Dovud” dostonini tarjima qilgan ijodkorning asari qaysi qatorda berilgan? A) “Izlaganim” B) “Singan umid” C) “So`nggi kun” D) “Astrabod ” 29 / 40 Qaysi asarda Turkistonda Qul Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasining shundoq biqinida O’rta Osiyoni zabt etgan general Chernyayev qurdirgan besh-oltita g’ishtin binolarning borligi, Chernyayev bu binolarni chor askarlari uchun qurdirganligi, ammo Sovet hokimiyati ularni qamoqxonaga aylantirib atrofini tikanli sim bilan o’raganligi tasvirlangan? A) “Muzqaymoq” hikoyasida B) “Mehrobdan chayon” romanida C) “O’tkan kunlar” romanida D) “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida 30 / 40 Ko`zlarim yo`l ustida, kelmadi yor, Ushbu keng dunyo ko`zimga bo`ldi tor. Qay qaroqchi oldi yorimning yo`lin, Mundagi baxtsiz yigit yo`l uzra zor... Ushbu to`rtlik qaysi asardan olingan? A) “Kecha va kunduz” B) “Navoiy” C) “Mehrobdan chayon” D) “O`tkan kunlar” 31 / 40 “…… bu yog’ida to’qson besh, bu yog’ida to’qson besh o’n kam ikki yuz kokili bor, bir yog’ini tilla suviga botirgan, bir yog’ini kumush suviga botirgan, tong shamolida qotirgan. Jamoli chillaning qoriday tingjirab, yaltirab o’tirgan”. Ushbu parchada xalq dostonlaridagi qaysi qahramonning husn-u jamoli ta’riflangan? A) Zulxumorning B) Barchinoyning C) Xolbekaning D) Gulanorning 32 / 40 Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlar qatorini aniqlang? A) sazovor, muloqot B) sazovar, muloqat C) sazavor, mulaqot D) sozovor, muloqot 33 / 40 Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so’z bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir. B) Do’stlikka yaramaydigan shaxsning eng yaramasi – chaqimchi. C) Tarixni anglash orqali insonda hayotini anglash qobiliyati shakllanadi. D) Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson ko’proq nafratlanadi. 34 / 40 O’n oy davom etgan tergov azoblaridan so’ng adib “sovetlartga qarshi targ’ibot qilgan”likda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan ijodkorning ijodi bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotni aniqlang? A) Ijodkorning ijodidagi bosh mavzu nima deb so’ralsa, yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o’z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash, deb aytish mumkin. B) Ushbu ijodkor qalamiga mansub asar o’tgan asrning 60- yillarida, Navoiy tavalludining 525 yilligi arafasida yaratilgan edi. C) Ushbu ijodkorning asarlarida ona yurti – O’zbekiston tabiati, uning zahmatkash xalqi mehnatini sharaflab yozgan she’rlari o’zining samimiyligi, ohangdorligi, o’quvchining eng nozik tuyg’ularini qo’zg’ata olishi bilan zamonlar sinovidan o’tib kelmoqda. D) Ijodkorning asarlaridan birida ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyning ziddiyatlarga to’la hayoti tasvirlangan. 35 / 40 Quyidagilardan xamsanavislar haqida berilgan to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. 1)“Xamsa” yozishni ozarbayjonlikulug’ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan; 2)Dehlaviy yana 2 doston qo’shib, o’z “Xamsa”sini yetti dostonga yetkazadi; 3)Jomiy “Xamsa”sini “Panj ganj” deb atagan; 4)Navoiy qisqa muddatda (1483-1485-yillard 51 ming misradan ortiq “Xamsa”sini yozib tugallagan. A) 2, 4 B) 2, 3 C) 1, 3 D) 1, 4 36 / 40 Qaysi javobda keltirilgan gapda tarkibida faqat til oldi undoshlari bo’lgan qo’shma sifat mavjud? A) U juda shirinsuxan odam ekan. B) Qo’shiqning diltortar navolari hammani o’ziga rom qildi. C) Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g’oyalar bilan uyg’unlashib ketgan. D) Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag’ishlaydi. 37 / 40 Qaysi qatorda otlashgan so’zning asosi omonimlik xususiyatiga ega emas? A) Qush uyasida ko’rganini qiladi. B) Ko’p bilgan kam gapirar C) Yerni chopgan bilar, terni mehnat qilgan. D) O’ylamay qilganing boshingga keltirar tashvish. 38 / 40 Berilganlardan qo’shma sifatlarni aniqlang. 1) sovuqmijoz; 2) hozirjavob; 3) achchiqtosh; 4) mehnatkash; 5) issiqxona; A) 1, 2, 4 B) 1, 2 C) 1, 3 D) 1, 3, 5 39 / 40 Berilgan matndagi fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar haqidagi noto’g’ri hukmni toping. A) Fonetik o’zgarishga uchragan ot tarkibida jarangli undosh jarangsiz undoshga almashgan B) Berilgan matndagi olmosh tarkibida tovush ortishi hodisasi ro’y bergan C) Berilgan matnda olmosh tarkibida Tovush tushishi hodisasi ro’y bergan D) Beriligan matndagi so’zlarda ko’makchi morfemada ham tovush o’zgarishi kuzatiladi 40 / 40 Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan foydalanilmagan? A) Orzu qildim: “ Tutarmen ”, - deb visoli domanin, Pora bo‘ldi hajr ilgida giribon oqibat. B) Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar, Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar. C) Mumkin o‘lsa ko‘rmog‘im, ey sarvi ra’no, surating, Aylasa chashmim aro mardum kabi jo surating. D) Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim, Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim. O'rtacha ball 48% 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot attestatsiya