9-sinf Geografiya olimpiada №1 Dekabr 1, 2021Aprel 29, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 9-sinf Geografiya olimpiada №1 ga fikr bildirilmagan. 1 12345678910111213141516171819202122232425 9-sinf Geografiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Mamlakatimizdagi birinchi paxta tozalash zavodi qayerda bunyod etilgan? A) Namangan B) Toshkent C) Samarqand D) Bekobod 2 / 25 Mirzacho‘lning markaziy qismida qanday botiqlar joylashgan? A) Yettisoy, Sardoba, Qorasuv, Yog‘ochota, Sho‘ro‘zak B) Amir Temur, Sangzor, Mirzaobod C) Sardoba, Yerjar, Sangzor D) Qizilqum, Yettisoy, Boyovut 3 / 25 Qaysi so‘z yunonchadan tarjima qilganda “ko‘tarilaman” degan ma’noni bildiradi? A) vulqon B) landshaft C) astenosfera D) relyef 4 / 25 To‘rg‘ay supasimon o‘lkasining janubiy qismi, Qozog‘iston past tog‘larining juda katta janubiy qismida qanday tabiat zonasi tarkib topgan? A) Chalacho‘l B) Dasht C) Cho‘l D) Adir 5 / 25 Quyidagi shaharlardan qaysilari qazilma boyliklar va suv quvvati boyliklari mavjud hududlarda barpo etilgan? 1) Yangiyer; 2) Navoiy; 3) Angren; 4) Guliston; 5) Uchquduq; 6) Shirin. A) 1, 2, 4, 6 B) 2, 3, 4, 6 C) 1, 3, 5, 6 D) 2, 3, 5, 6 6 / 25 Shoʻrkoʻl suv ombori qaysi viloyatlar orasida joylashgan? A) Buxoro va Navoiy B) Qashqadaryo va Buxoro C) Surxondaryo va Qashqadaryo D) Navoiy va Qashqadaryo 7 / 25 Troposfera havosining harorati, namligi, shamollari va boshqa xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan katta qismlari nima deb ataladi? A) havo harakati B) kontinental havo C) dengiz havosi D) havo massalari 8 / 25 Shamol yo‘nalishini qaysi asbob yordamida aniqlash mumkin? A) anemometr B) fluger C) barometr D) termometr 9 / 25 Qanday andozalarda tuzilgan xaritalarda meridianlar bilan parallellar bir-birini 90◦ li burchak ostida kesishadigan to‘g‘ri chiziqlardan iborat to‘r hosil qiladi? A) azimutli B) konussimon C) silindrsimon D) teng maydonli 10 / 25 Qoradaryo qaysi daryolarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi? A) Oqsuv va Tanxoz B) Tor va Qora G‘ulja C) Aravansoy va Oqbura D) Yassi va Ko‘gart 11 / 25 Guri suv ombori qaysi daryoda barpo etilgan? A) Volga B) Niger C) Missisipi D) Karuna 12 / 25 Rasmda ko‘rsatilgan shamol turini aniqlang. A) Fyon B) Briz C) Musson D) Passat 13 / 25 Qaysi daryo Chotqol va Piskom daryolarining Chorvoq botig‘ida qo‘shilishidan vujudga keladi? A) Zarafshon B) Piskom C) Sirdaryo D) Chirchiq 14 / 25 Quyida ko‘rsatilgan B nuqtadagi havo haroratini toping? A) 26,4°C B) 27°C C) 27,6°C D) 26°C 15 / 25 Rasmda Toshkent viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan qaysi davlatlarning hududi A va B harflari bilan ko‘rsatilgan? A) Tojikiston va Qozog‘iston B) Tojikiston va Qirg‘iziston C) Qozog‘iston va Qirg‘iziston D) Turkmaniston va Afg‘oniston 16 / 25 Qaysi iqtisodiy rayondagi temiryo‘llar hudud bo‘ylab uchburchak shaklida qurilgan? A) Quyi Amudaryo B) Toshkent C) Farg‘ona D) Mirzacho‘l 17 / 25 Yer po‘stining kontinental tipi Pomir va Hindikushda necha km qalinlikka teng? A) 35-40 km B) 50-60 km C) 60-70 km D) 70-80 km 18 / 25 Pachkamar suv ombori qaysi daryoning oqimini tartibga solish maqsadida qurilgan? A) Qashqadaryo B) G‘uzordaryo C) Tanxozdaryo D) Oqsuvdaryo 19 / 25 Nosir Xisravning sayohat yo‘li xarit-sxemasida O‘rta dengiz qanday nom bilan ko‘rsatilgan? A) Qulzum dengizi B) Abiskun dengizi C) Fors ko‘li D) Rum dengizi 20 / 25 Okean suvining sho‘rligi nima bilan uzviy bog‘liq? A) suvning harorati bilan B) tarkibidagi moddalari bilan C) suvo‘tlar va mikroorganizmlar bilan D) chuqurligi va maydoni bilan 21 / 25 Ushbu rasmda tasvirlangan tepalikning qaysi yonbag‘ri qiya? A) Shimoliy B) Janubiy C) Sharqiy D) G‘arbiy 22 / 25 Ekologik muammolar ko‘lami jihatidan nechta pog‘onaga bo‘linadi? A) 3 B) 2 C) 6 D) 5 23 / 25 Cho‘l mintaqasi O‘zbekiston hududining necha foizini tashkil etadi? A) 80% B) 30% C) 70% D) 50% 24 / 25 Janubiy oʻrmon mintaqasida oʻrmon resurslariga boy mamlakatlarni belgilang. A) Kolumbiya, Myanma B) Argentina, Indoneziya C) Tailand, Venesuela D) Braziliya, Madagaskar 25 / 25 Vujudga kelishiga ko‘ra quruqlik bilan bog‘liq yotqiziqlar nima deb ataladi? A) Terrigen yotqiziqlar B) Qizil tusli okean gili C) Akkumulyativ yotqiziqlar D) Jigarrang okean loyqasi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Geografiya olimpiada