11-sinf Geografiya olimpiada №1 Dekabr 1, 2021Aprel 29, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 11-sinf Geografiya olimpiada №1 ga fikr bildirilmagan. 0 11-sinf Geografiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Namangan vioyatining qaysi tumanlaridagi yaylovlarda qo‘y va echkilar ko‘p boqiladi? A) Namangan va Kosonsoy B) Pop va Chust C) Uchqo‘rg‘on va Kosonsoy D) To‘raqo‘rg‘on va Uychi 2 / 25 Eratosfen va Ptolemey tuzgan dunyo xaritalarida Hind okeani qanday nom bilan atalgan? A) Fors ko‘li va Qulzum dengizi B) Eritreya dengizi va Hindiston dengizi C) Efiopiya okeani va Sharqiy dengiz D) G‘arbiy okean va Hindiston dengizi 3 / 25 Ustyurtda sho‘rxoklarning keng tarqalishiga qanday omillar sabab bo‘lgan? A) relyefning botiqligi va tez eruvchan tog‘ jinslarining keng tarqalganligi B) relyefning tekisligi va grunt suvlari sathining yer betiga yaqinligi C) platoda joylashganligi va relyefning to‘lqinsimonligi D) yer yuzasining tekisligi va Orol dengiziga yaqin joylashganligi 4 / 25 Quyidagi qaysi hududdan yirik kumush konlari topilgan? A) Qizilqum cho‘li B) Bobotog‘ tizmasi C) Qurama tizmasi D) Qarnobcho'l 5 / 25 25,2° janubiy kenglikda joylashgan Asunson shahridan Janubiy qutbgacha bo‘lgan masofani gradus va kilometr hisobida aniqlang. A) 68,4° va 9719,28 km B) 64,8° va 7199,28 km C) 64,8° va 7919,82 km D) 6,48° va 7919,82 km 6 / 25 G‘ulja shahri qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Xitoy B) Afg‘oniston C) Eron D) Qirg‘iziston 7 / 25 Adiroldi qirlari landshaftning qaysi taksonomik birligiga mos keladi? A) urochishe B) joy C) fatsiya D) rayon 8 / 25 Qaysi davlat Karib havzasi mamlakatlari tarkibiga kirmaydi? A) Nikaragua B) Gvatemala C) Gonduras D) Meksika 9 / 25 Kamchatkadagi Grot (G‘or) geyzeridan otilib chiqayotgan suvning harorati +92°C ga teng bo‘lsa, u qancha chuqurlikdan otilib chiqayotganligini aniqlang. A) 27,88 km B) 2,788 km C) 2978 m D) 2978,9 km 10 / 25 Sherobod-Sariqamish past tog‘ining janubi-g‘arbida qaysi tog‘ joylashgan? A) Chaqchar B) Klif-Sherobod C) Bobotog‘ D) Pistalitog‘ 11 / 25 Quvasoy IEM qaysi iqtisodiy rayonda joylashgan? A) Zarafshon B) Farg‘ona C) Janubiy D) Mirzacho‘l 12 / 25 Rasmdagi a va b harflar o‘rniga 4 sekund va 6 sekund so‘zlari mos ravishda qo‘yilsa, dengizning chuqurligini aniqlang. A) 6500 m va 8500 m B) 6000 m va 9000 m C) 6000 m va 4500 m D) 4500 m va 3000 m 13 / 25 Yerlarni o‘zlashtirib, haydash va sug‘orish natijasida tog‘ jinslari yemirilishining jadallashishi nima deb ataladi? A) deflyatsiya B) yuzalama eroziya C) irrigatsiya eroziyasi D) suffoziya 14 / 25 Quyidagi qaysi mamlakatning shimoliy qismi tekislikdan iborat? A) Italiya B) Turkiya C) Germaniya D) Bolgariya 15 / 25 Xaritada A va B nuqtalar bilan qaysi orollar o‘rni ko‘rsatilgan? A) A-Viktoriya, B-Yamayka B) A-Banks, B-Kuba C) A-Grenlandiya, B-Gaiti D) A-Baffin Yeri, B-Kuba 16 / 25 Quyidagi qaysi relyef shakli Tyanshan ororgenining tarkibiy qismi emas? A) Bo‘kantov tizmasi B) Zarafshon tizmasi C) Chotqol tizmasi D) Turkiston tizmasi 17 / 25 Chuqurligi 4500 metr bo‘lgan suv havzasining tubida harorat +2°C ekanligi ma’lum bo‘lsa, xuddi shu paytda suv yuzasida harorat necha t°C ga teng bo‘ladi? A) -9°C B) +11°C C) +9°C D) -11°C 18 / 25 V. Sochava geotizimlarni ko‘lamiga ko‘ra qanday darajalarga ajratgan? A) sayyoraviy, regional, topologik B) tipologik, regional va lokal C) sayyoraviy, mintaqaviy, lokalc D) regional, lokal va sayyoraviy 19 / 25 Dunyodagi eng uzun sug‘orish kanali qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Turkmaniston B) Braziliya C) Rossiya D) Xitoy 20 / 25 Alp tog‘lari muzliklaridan to‘yinuvchi daryolarni aniqlang. A) Rona, Yenisey, Oder, Olt B) Reyn, Rona, Adije, Drava C) Volga, Lena, Don, Ob D) Yenisey, Lena, Ob, Volga 21 / 25 Chirchiq daryosi tekislikka oqib chiqqach, unga o‘ng tomondan qaysi daryolar quyiladi? A) Qoronqulsoy, Glavasoy B) Oqsoqotasoy, Qizilsuvsoy C) Parkentsoy, Oqtoshsoy D) Qoraqiyasoy, Qizilsuvsoy 22 / 25 Quyidagi qaysi obyekt Qozog‘iston tabiiy geografik o‘lkasi tarkibiga kirmaydi? A) Shimoliy Tyanshan B) Xorazm tekisligi C) To‘rg‘ay platosi D) Sharqiy Qozog‘iston tog‘lari 23 / 25 Dunyo okeani yuzasidan bir yilda qancha qalinlikda suv bug‘lanadi? A) 1 m B) 5 m C) 3 m D) 2 m 24 / 25 Selak va Tomboro vulqonlari qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Singapur B) Indoneziya C) Malayziya D) Yaponiya 25 / 25 Rasmda raqamlar bilan ko‘rsatilgan obyektlarning qaysi birida havo bosimi eng past bo‘ladi? A) 1 B) 3 C) 4 D) 2 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Geografiya olimpiada