11-sinf Fizika olimpiada №1 Noyabr 22, 2021Avgust 19, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 11-sinf Fizika olimpiada №1 ga 7 fikr bildirilgan 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Fizika olimpiada №1 2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar Ismi familiyangizni kriting! 1 / 25 Harorati -5℃ bo’lgan 2 kg muzni butunlay eritish uchun qancha issiqlik miqdori (kJ) kerak bo’ladi?Muzning solishtirma erish issiqligi 330 kJ/kg, muzning solishtirma issiqlik sig’imi 2100 J/(kg·К). A) 542 B) 121 C) 741 D) 681 2 / 25 Koptok v= 40 m/s tezlik bilan rasmda tasvirlangandek ikki bino orasidagi harakatini boshladi. Agar H=45 m va L=17 m bo’lsa, koptok yerga urilgunicha o’ng devor bilan necha marta to’qnashadi? Barcha to’qnashishlar absolyut elastik deb olinsin. ? = 10 ?/?^2 A) 2 B) 4 C) 8 D) 5 3 / 25 Bir jinsli kubning tomoni 2 m ga teng. Agar kubdan rasmda ko’rsatilgandek qilib tomoni 1 m ga teng bo’lgan kubsimon qismi ajratib olinsa, kubning massa markazi necha sm ga siljishini toping. √3 ≈ 1,73 A) 18.42 B) 15 C) 12.36 D) 14.51 4 / 25 Rasmdagi kvadratlarning tomoni 1 sm ga teng. q zaryad 18-nuqtada joylashgan bo‘lsa, elektr maydon kuchlanganliklari nisbati E9/E30 nimaga teng? A) 1/40 B) 20 C) 1/20 D) 40 5 / 25 Tomoni 10 cm bo’lgan kvadrat ramka induksiyasi 0,2 T bo’lgan bir jisnli magnit maydonida joylashgan bo’lib, bunda ramkaning normali induksiya vektorlari bilan 60° burchak hosil qiladi. Ramkada hosil bo’ladigan magnit oqimi necha mVb ekanligini toping. A) 4 B) 3 C) 1 D) 2 6 / 25 Ikki jism biror A nuqtadan bir xil tezlik bilan o’zaro qarama – qarshi yo’nalishda harakat boshlaganlaridan so’ng bir daqiqa o’tgach ular orasidagi masofa 200 m bo’ldi. Agar shu ikki jism huddi shu nuqtadan ammo bir xil yo’nalishda harakatlansalar, harakat boshlangandan 2 daqiqadan so’ng ularning orasidagi masofa necha metr bo’ladi? A) 200 B) 100 C) 400 D) 0 7 / 25 Sig’imi 200 pF ga teng bo’lgan kondensatorga qanday sig’imli (pF) kondensator ketma – ket ulansa umumiy sig’im 40 pF ga teng bo’lib qoladi? A) 40 B) 100 C) 50 D) 160 8 / 25 Prujinaga mahkamlangan yukni 7 sm ga cho’zib qo’yib yuborildi. Yuk muvozanat vaziyatdan qanday masofada (sm) bo’lganida, sistemaning potensial va kinetik energiyalari teng bo’ladi? √2 ≈ 1.4 A) 5 B) 9.8 C) 3.5 D) 7 9 / 25 Zaryadlari 2, 3, 5, 10 nC va radiuslari mos holda 2R, R, 4R va 3R ga teng bo’lgan sharlar bir-biriga tekkazilib, ajratildi. 4-shar olgan zaryad miqdorini aniqlang(nC). A) Aniqlab bo’lmaydi B) 6 C) 8 D) 5 10 / 25 Prujinali mayatnikning garmonik tebranishida quyida keltirilgan parametrlardan qaysi biri vaqt bo’yicha garmonik o’zgarmaydi? A) Prujinaning elastiklik kuchi B) Potensial energiya C) Kinetik energiya D) To’liq mehanik energiya 11 / 25 U = 0.05cos300t qonun bo’yicha o’zgarayotgan o’zgaruvchan tok manbaiga 6 ta kondensator chizmadagidek ulandi. Agar C1 = C2 = C5 = 4 µF, C3 = C4 = C6 = 16 µF bo’lsa, kondensatorlarning qarshiligini (Om) toping. A) 625 B) 600 C) 125 D) 450 12 / 25 Akkumulyatorga birinchi ?1 qarshilik ulandi va bunda FIK 27% ekanligi aniqlandi. So’ngra ?1 qarshilikning o’rniga ?2 (?1 ≠ ?2) qarshilik ulanganida tashqi zanjirda ajralayotgan quvvat o’zgarmadi. Ikkinchi holda FIK nimaga (%) teng bo’ladi? A) 45 B) 61 C) 54 D) 73 13 / 25 Yelkalari teng bo’lmagan pallali tarozida yuk ikkala tomonida galma gal tortib ko’rilganida uning og’irligi 20 N va 5 N ga teng bo’ldi. Jismning asl massasini (kg) toping. ? = 10 ?/?2. A) 1 B) 4 C) 2 D) 3 14 / 25 Akkumulyatorga tashqi 10 Om qarshilik ulanganida, bu qarshilikdagi quvvat 100 W ga teng bo’ldi. Agar bunda to’la zanjir bo’ylab 110 W quvvat ajralgan bo’lsa, akkumulyatorning ichki qarshiligini (Om) toping. A) 0.1 B) 1 C) 15 D) 10 15 / 25 Yuk osilgan purjinaning tebranish davri T ga teng. Agar prujinani ikki buklab, o`sha yuk osilsa, uning tebranish davri qanday bo’ladi? A) T B) 4T C) 2T D) T/2 16 / 25 220 V kuchlanishli tarmoqqa ulangan lampochkadan 1 A tok o‘tmoqda. Lampochkada tok bajargan ishning 4% yorug‘lik energiyasiga aylanadi. Lampochkada 0,5 soat davomida qancha yorug‘lik energiyasi (J) tarqaladi? A) 18470 B) 12450 C) 13380 D) 15840 17 / 25 Ko’p atomli ideal gaz izobarik ravishda kengayib 500 J ish bajardi. Bu jarayonda gazning ichki energiyasi necha J ga oshganini toping. A) 1500 B) 500 C) 750 D) 2000 18 / 25 Chizmada ko’rsatilgan sxemada A va B nuqtalar orasidagi kuchlanish 180 V ga teng bo’lsa, V –voltmeter necha V ko’rsatishini aniqlang. A) 40 B) 25 C) 30 D) 20 19 / 25 40 m balandlikdan gorizontga 30° burchak ostida jism 20 m/s tezlik bilan uloqtirilsa, yerga qancha vaqtda (s) tushadi? A) 3 B) 12 C) 5 D) 4 20 / 25 Jism biror balandlikdan boshlang’ich tezlik bilan gorizontal otildi. Biror vaqt momentida tezlik vektori gorizont bilan hosil qilgan burchagining tangensi 2√3 ga teng bo’lsa, shu vaqt momentida ko’chish vektorining gorizont bilan hosil qilgan burchagi kosinusining ikkilangan qiymatini toping. A) 1 B) 3 C) 2 D) 5 21 / 25 Boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan jism harakatining oxirgi 4 sekunddida 120 m masofani bosib o’tdi. Jismning yerdan 45m balandlikdagi tezligi (m/s) topilsin. g=10 m/s^2 A) 10 B) 60 C) 50 D) 40 22 / 25 Ko’lning qanday chuqurligidagi bosim atmosfera bosimidan 5 marta katta? ? = 10 ?/?^2 A) 40 B) 20 C) 50 D) 60 23 / 25 800 g massali yuk prujinaga mahkamlangan bo’lib, x = 0.2sin12t (m) tenglamaga muvofiq garmonik tebranmoqda. Yukning maksimal kinetik energiyasi (J) qanday? A) 1.8 B) 3.2 C) 2.3 D) 4.1 24 / 25 2 kg massali jism 4 m/s aylana bo’ylab o’zgarmas tezlik bilan harakat qilmoqda. Davrning to’rtdan bir qismida impulsning o’zgarishini (kg*m/s) toping. A) 0 B) 8√2 C) 16 D) 8 25 / 25 Vertikal silindrdagi erkin ko`cha oladigan porshen ostida 1 mol bir atomli ideal gaz bor. Gazning bosimi 200 kPa. Agar gazga 6 kJ issiqlik miqdori berilsa, uning hajmi necha litrga ortadi? A) 10 B) 48 C) 24 D) 12 0% Testni qayta ishga tushiring tomonidan Wordpress Quiz plugin Fizika olimpiada, Tuman 2021-2022 o'quv yili