Uy » Patronaj hamshalar » Hamshiralik ishi (patronaj hamshiralari) uchun test №3 Patronaj hamshalar Hamshiralik ishi (patronaj hamshiralari) uchun test №3 InfoMaster Iyun 17, 2025 61110 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 738 3554 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Tomonidan yaratilgan InfoMaster Hamshiralik ishi (patronaj hamshiralari) uchun test №3 Hamshiralik ishi (patronaj hamshiralari) mutaxassisligi bo’yicha shakllantirilgan test savollari 486 talik bazadan, 1-300 savollar 1 / 50 1. Pulsning tezlashuvi nima deb ataladi: A) gipotoniya B) taxikardiya C) bradikardiya D) taxipnoe 2 / 50 2. Patronaj hamshirasi homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oylik davrida uchraydigan qanday xavfli belgilarga ahamiyat berishi kerak: A) Uyqu bosishi B) Ertalab ko’ngil aynishi C) Oyoqlar yoki butun tananing to’satdan shishishi D) Kayfiyat o’zgarishi 3 / 50 3. Uy sharoitidagi og’ir bemorlarda parvarishlashda hamshira nimani nazorat qilib turishi kerak: A) turmush tarzini B) asoratlarni C) o’zgarishlarni D) asoratlar va og’riqni 4 / 50 4. Patologik nafas shovqinlariga qaysilar kiradi: A) xirillashlar, krepitatsiya B) vezikulyar nafas C) bronxo – vezikulyar nafas D) bronxial nafas 5 / 50 5. Bulemiya nima: A) Ishtaxaning yo’qolishi B) Jig’ildon qaynashi C) Ta’m bilishning buzilishi D) Ishtaxaning oshishi 6 / 50 6. O’sishni baholashda qo’llanadigan 3 ta asosiy o’lchovni ko’rsatib bering: A) bo’y, bel aylanasi, yelka aylanasi B) yelka aylanasi, bosh aylanasi, vazn, qorin aylanasi C) bo’y tana uzunlik, bosh aylanasi, vazn D) ko’krak qafasining aylanasi, buy, yelka aylanasi 7 / 50 7. Piuriya bu nima: A) tungi diurеzning оrtishi B) siydikdа yiring pаydо bo’lishi C) siydikdа lеykоsitlаr pаydо bo’lishi D) siydik rаngining o’zgаrishi 8 / 50 8. Antipedikulyoz vosita sochga qo’llanilib bo’lgach soch necha daqiqa taroq yordamida taraladi: A) - 15-20 min B) - 10-15 min C) - 5-10 min D) - 20-30 min 9 / 50 9. Tanadagi bosimni bartaraf etish uchun qanday moslamalardan foydalaniladi: A) Maxsus krovatlardan B) Funksional krovatdan, maxsus yostiqchalardan C) Shishirilgan qoplardan D) Bolishdan 10 / 50 10. Bolalarda uchraydigan ekzema kasalligi qanday kasallik bilan asoratlanishi mumkin: A) bronxial astma B) pnevmoniya C) qon kasalliklari D) yurak kasalligi 11 / 50 11. OIV virusi muzlatilgan zardobda qancha vaqtgacha saqlanadi A) 8 yilgacha B) 20 yilgacha C) 10 yilgacha D) 5 yilgacha 12 / 50 12. Yurakdan otilib chiqayotgan qonning tomir devorlariga urilishi va ritmik ravishda tebranishi nima deb ataladi: A) arterial bosim B) nafas C) harorat D) puls 13 / 50 13. ubyektiv tekshiruv usuli bu: A) ko’zdan kechirish B) auskultatsiya C) palpatsiya D) bemorni so’rab surishtirish 14 / 50 14. Bemorni zambil yordamida transportirovka qilishda nimalardan foydalaniladi: A) Ko’rрa, yostiq, matras B) Ko’rpa, yostiq C) Choyshab D) Choyshab, yostiq, adyol 15 / 50 15. Elektron termometrda harorat o’lchash qancha vaqtni tashkil etadi: A) 5-10 daqiqa tovush signaligacha B) 1 daqiqa tovush signaligacha C) 20 daqiqa D) bemorning istagini inobatga olgan holda 16 / 50 16. Patronaj so’zi qanday ma’noni bildiradi: A) darbadarlik B) jur’atlilik C) mashaqqat D) homiylik, qo’llab quvvatlash, ximoyalash 17 / 50 17. “Sims” vaziyatida bemor qanday holatda yotadi: A) Qorin bilan B) Yonboshlab C) Qorin bilan va qisman yonboshlagan holda D) Yarim yotgan holda 18 / 50 18. Homiladorlik vaqtida zudlik bilan tibbiy yordamni talab etuvchi belgilar: A) bosh aylanishi B) ishtahaning pasayishi C) qindan qon ketish D) ko’rish qobiliyatini buzilishi 19 / 50 19. Bolalarni ovqatlantirish haqidagi qaysi fikr to’g’ri: A) bolani 6 oygacha ko’krak suti va qo’shimcha sut aralashmalari bilan boqish B) 6 oydan boshlab qo’shimcha ovqatlarni berish va 2 yoshgacha ko’krak suti bilan emizishni davom ettirish C) avval qo’shimcha ovqatni berish, keyin emizish D) 4 oydan keyin albatta qo’shimcha qo’shish 20 / 50 20. Chaqaloqlarda churraning asosan qaysi turi ko’p uchraydi: A) kindik churrasi B) bel churrasi C) chov churrasi D) qo’ltiq churrasi 21 / 50 21. Sust harakatdagi bemorlarni transportirovka qilish uchun qanday vositalardan foydalanadi: A) Qo’ltiq tayoq yordamida B) Taksida C) Zambil, kreslo aravacha yordamida D) Avtobusda 22 / 50 22. Xantal qo’yishga ko’rsatmalar berilgan to’g’ri javobni toping: A) ichki qon ketish, hushdan ketish, kollaps B) teri kasalliklari, o’smalar, allergiya C) gipertonik kriz, nafas a’zolari tizimining o’tkir yallig’lanishi D) ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i og’riqlarida, ichki qon ketishlarida 23 / 50 23. Yangi chaqaloqlik davri necha hafta davom etadi: A) Tug’ilgandan boshlab, 7 hafta B) Tug’ilgandan boshlab, 5 hafta C) Tug’ilgandan boshlab, 4 hafta D) Tug’ilgandan boshlab, 6 hafta 24 / 50 24. Bemorning terisidagi chuqur yotoq yaralar ko’proq zararlaydi: A) Epiderma, derma B) Hamma to’qimalarni C) Gipoderma, teri D) Limfatik tomirlar va muskul tolalarini 25 / 50 25. Hamshiralik jarayonini amalga oshirishda parvarish rejasini tuzish nimaga asoslanadi: A) Hamshira tashxisiga B) Shifokor tashxisiga C) Tekshiruv natijasiga D) Bemor xohishiga 26 / 50 26. Puls ritmining buzilishi qanday ataladi: A) bradikardiya B) taxisfigmiya C) aritmiya D) bradisfigmiya 27 / 50 27. Infeksion jarayon bu: A) yuqumli kasallikdan so’ng organizmda immunitet hosil bo’lishi B) yuqumli kasallikning sog’lom odamga yuqishi C) parazatizimning bir ko’rinishi bo’lib, har xil muhitga ega bo’lgan ikki organizimning kurashishidir D) kasallik qo’zg’atuvchilarining muxitlarda ko’payishi 28 / 50 28. Bolaning xayotiga xavf soluvchi 4 ta umumiy xavf belgilarini sanab o’ting: A) ema olmasa yoki suyuqlik icha olmasa, qayta-qayta qayt qilsa, shaytonlasa, uyquchan yoki behush bo’lsa B) har qanday ovqat va suyuqlikdan keyin qayt qilsa C) icha olmasa, isitma qilsa, shaytonlasa, axlatida qon bo’lsa D) isitmalasa, titrash, talvasa, allergiya toshsa, bosh og’rig’i 29 / 50 29. Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, nogironlikni oldini olish, sog’lom va barkamol avlod yetishtirish maqsadlari doirasida yo’lga qo’yilgan ishlar: A) “Sog’lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg’armasi tuzildi B) Gerontologiya faniga asos solindi C) Pediatriya institutiga asos solindi D) “Abu Ali ibn Sino” hayriya jamg’armasi 30 / 50 30. Aholiga kardiologik yordamni tashkil qilishni qaysi tibbiyot muassasasi amalga oshiradi: A) Vohidov nomli respublika jarrohlik markazi B) Respublika tez tibbiy yordam markazi C) Kardiologiya ilmiy tadqiqot institut D) Sog’liqni saqlash bosh boshqarmasi 31 / 50 31. Kasallik - bu nima: A) Bu - tibbiy atama bo’lib, organizmda muayyan simptomlar bilan birga kechadigan patologik o’zgarishlarni tavsiflovchi holatni anglatadi B) Salomatlikni mustahkamlash, profilaktik emlashlar yordamida kasallikning oldini olish va boshqalar C) Bu - faqat kasallik yoki biror bir a’zo faoliyatidagi buzilish emas, balki ham jismoniy, ham ruhiy, ham ijtimoiy plandagi eng yaxshi holatdir D) Bu - atrof – muhit bilan shaxs hayotining bog’liqligi, shu muhitga insonning moslashuvi natijasi 32 / 50 32. Yotoq yara hosil bo’lishi qaysi shkala bo’yicha aniqlanadi: A) Breyden, Vaterlou B) Apgar shkalasi C) Glazgo shkalasi D) Solo shkalasi 33 / 50 33. Yengil 1 – darajali suvsizlanishning belgilarini sanab o’ting: A) 10-20% vazn yo’qotishiga olib keladi, terisi quriydi va siydik bu bosqichda xira rangli boladi, ishtaha yaxshilanadi B) yengil suvsizlanish odamda 1-3% vazn yo’qotishiga olib keladi, terisi quriydi va siydik bu bosqichda sariq rangga aylanadi C) holsizlanib ishtaxasini pasayib qolishi, tanadagi suv yetishmasligi tufayli terining elastikligi pasayadi va siydik to’q (choy) jigarrang rang tusga kiradi D) peshobning ko’p ajralishi, qayta-qayta qayt qilish, tana harorati kritik ko’tarilishi aniqlanadi 34 / 50 34. Sovuq kompress qancha vaqtga qo’yiladi: A) 2-3 soat B) 10-20 daqiqa C) 5-10 soniya D) 2-3 daqiqa 35 / 50 35. Oilaviy poliklinikada qanday mutaxassislar faoliyat yuritadi: A) Oliy ma’lumotli hamshiralar, farmasevtlar, doyalar B) Fаrmаtsеvtlar, shifokorlar, laborantlar, kichik tibbiyot xodimlari C) Umumiy amaliyot shifokorlari, tor mutaxassislar, umumiy amaliyot hamshiralari D) Umumiy amaliyot shifokorlari, tor mutaxassislar, ilmiy xodimlar 36 / 50 36. Bemorni zinapoyadan zambilda ko’tarilganda bemorning boshi qaysi tomonga yo’naltirigan bo’ladi: A) Oldinga B) Tepaga C) Orqaga D) Yon tomonga 37 / 50 37. Qorin soxasini tekshirishda birinchi bo’lib qaysi usul qo’llanadi: A) chuqur perkussiya B) auskultatsiya, palpatsiya, chuqur perkussiya C) topografik perkussiya D) yuzaki palpatsiya 38 / 50 38. Igna yordamida sezgining qaysi turi tekshiriladi: A) harorat sezuvchanligi B) taktil sezgi C) og’riq sezgisi D) steriognoz 39 / 50 39. Antropometriyani amalga oshirish 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda qancha muddatda o’tkaziladi: A) har 6 oyda B) har 3 oyda C) har oyda D) har yili 40 / 50 40. DOTS strategiyasi qaysi kasalliklarni davolashda qo’llaniladi: A) Revmatizmda B) Sil kasalligida C) OITS bilan kasallanganda D) O’sma kasalliklarida 41 / 50 41. Turish vaziyatidagi tana biomexanikasi to’g’ri berigan qatorni belgilang: A) Orqani to’g’ri tutish lozim, qorin muskullari tarang bo’lishi kerak B) Yelkalarni rostlab, simmetrik holda tutish kerak C) Oyoqlar tovoni yelka kengligida bo’lishi zarur D) Faqat tizzalar bukilgan, gavda to’g’ri tutishga harakt qilingan bo’lishi kerak 42 / 50 42. Kontratseptiv vositalar turlarini aniqlang: A) tabletkalar, in’ektsion usul B) bachadon ichi vositasi C) ixtiyoriy jarrohlik kontratseptsiya D) tabletkalar, ineksion usul bachadon ichi vositasi, jarroxlik kontrosepsiyasi 43 / 50 43. Isituvchi kompressni qo’yishda ketma-ketlik to’g’ri berilgan javobni toping: A) furatsillin eritmasi, dokali turunda, bint, isitgich B) 6-8 qavat doka salfetka, mum qog’oz, qalin paxta bo’lagi, bint C) mum qog’oz, qalin paxta bo’lagi, 6-8 qavat doka salfetka D) steril bint, kleyonka, paxta sharchalar, turunda, xantal 44 / 50 44. Hamshiralik jarayoni- bu: A) bemorni ovqatlantirish B) bemorni davolash C) bemorga rahbarlik qilish D) hamshiralik parvarishiga sistematik yondashuvi 45 / 50 45. O’stiruvchi ovqatlarga qanday mahsulot kiradi: A) yog’lar, asal, shakar, sariyog’ B) meva va sabzavotlar C) sutli ovqatlar, go’sht, loviya, mosh, no’xat, soya, tuxum D) non, guruch, kartoshka, don mahsulotari 46 / 50 46. Nafas a’zolari kasalliklari ko’pincha qaysi belgilar bilan namoyon bo’ladi: A) ko’krak qafasining yuqori qismida simillagan og’riq paydo bo’lishi, tana xaroratining birdaniga tushib ketishi B) nafas tezlashishi yoki to’xtab qolishi C) puls tezlashishi, balg’am tashlash, ishtahaning keskin oshib ketishi D) nafas qisishi, yo’tal, qon tupurish, ko’krak qafasida og’riq, tana harorati ko’tarilishi 47 / 50 47. Inyektsiyadan keyingi asoratlar A) - flebeit, abtsess B) gematoma C) shish D) gemorragik isitma 48 / 50 48. Qo’shimcha yordam talab etilishi mumkin bo’lgan bolalar va oilalarga kimlar kiradi: A) hamma bolalar B) maktab va bog’cha yoshidagi bolalar C) kam ta’minlangan oilalarning farzandlari, rivojlanishdan orqada qoladigan bolalar, qishloq yoki chekka xududlarda yashaydigan bolalar, kichik guruxlar va kam sonli millatlarga mansub bolalar D) ko’p farzandli, o’ziga to’q oilalarning farzandlari, kichik guruxlar va boshqa millatlarga mansub bolalar 49 / 50 49. Nechi xil darajadagi profilaktika mavjud: A) 2 xil B) 8 xil C) 4 xil D) 3 xil 50 / 50 50. Muayyan bir vaqtda tug’ilish va o’lim sonidan kelib chiqqan holda aholining harakatlanishi nima deyiladi: A) Ijtimoiy harakatlanish B) Notabiiy harakatlanish C) Moliyaviy harakatlanish D) Tabiiy harakatlanish 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 101 Laboratoriya tashxisi uchun test №3
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 39 Laboratoriya tashxisi uchun test №2