Uy » Attestatsiya testlar » Pedagogik mahoratni aniqlash » Pedagogik mahorat testlari-2025 №3 Pedagogik mahoratni aniqlash Pedagogik mahorat testlari-2025 №3 InfoMaster Aprel 22, 2025 894 Ko'rishlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 12 2 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910111213141516171819202122232425262728 Tomonidan yaratilgan InfoMaster Pedagogik mahorat testlari-2025 №3 2025-yil 21- aprelda Pedagogik mahoratdan tushgan savollar Izoh:Guruhli ish — bu nafaqat bilim almashinuvi, balki o‘quvchilarning ijtimoiy va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish vositasi hamdir. Agar biror o‘quvchi guruhda ishlashda qiyinchilikka duch kelsa, o‘qituvchining vazifasi uni guruhdan ajratish emas, balki unga ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berishdir. Bu o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi va kelajakda guruh ishlarida faol ishtirok etishiga zamin yaratadi. 1 / 28 1. O‘quvchi guruhli ish vaqtida guruhdagi boshqa a’zolar bilan hamkorlik qila olmayapti. O‘qituvchi bu vaziyatda qanday yo‘l tutishi maqsadga muvofiq? A) O‘quvchiga ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan individual yordam ko‘rsatadi B) O‘quvchining bahosini pasaytiradi C) Guruhdagi boshqa o‘quvchilarni almashtiradi D) O‘quvchini mustaqil ishlashga o‘tkazadi Izoh:Guruhli ish — bu nafaqat bilim almashinuvi, balki o‘quvchilarning ijtimoiy va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish vositasi hamdir. Agar biror o‘quvchi guruhda ishlashda qiyinchilikka duch kelsa, o‘qituvchining vazifasi uni guruhdan ajratish emas, balki unga ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berishdir. Bu o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi va kelajakda guruh ishlarida faol ishtirok etishiga zamin yaratadi. Izoh: Oʻqituvchi oʻz faoliyati, yutuqlari va kamchiliklarini tahlil qilib, ularni yozib borayotgan boʻlsa, bu - u oʻzini kuzatmoqda, yaʼni oʻz-oʻzini bilish jarayonini amalga oshirmoqda. Bu kasbiy refleksiyaning birinchi bosqichi hisoblanadi. 2 / 28 2. Oʻqituvchi Pedagogik mahorat doirasida oʻz faoliyati haqidagi maʼlumotlarni,kamchiliklarini qayd qilib bordi.Bu jarayonda oʻqituvchi kasbiy refleksiyaga oid qanday faoliyatni amalga misol boʻla oladi? A) Oʻz- oʻzini anglash B) Oʻz-oʻzini bilish C) Oʻz-oʻzini belgilash D) Oʻz-oʻzini rivojlantirish Izoh: Oʻqituvchi oʻz faoliyati, yutuqlari va kamchiliklarini tahlil qilib, ularni yozib borayotgan boʻlsa, bu - u oʻzini kuzatmoqda, yaʼni oʻz-oʻzini bilish jarayonini amalga oshirmoqda. Bu kasbiy refleksiyaning birinchi bosqichi hisoblanadi. 3 / 28 3. 9-sinf rahbari o’z sinfi o’quvchilari bilan juda kam ishlaydi. Hozirgi davrda bu o’quvchilarda bo’layotgan o’zgarishlarga juda e’tiborsiz. Yaqinda sinf yigitlari guruh bo’lib mahallaning boshqa bolalari bilan qo’pol munosabatda bo’layotganliklari haqida gaplar tarqaldi. Lekin o’qituvchi maktabdan tashqari jarayonda bo’lgan deb o’quvchilar bilan qo’shimcha suhbatlar o’tkazmadi. O’qituvchida muloqot usulining qaysi biri namoyon bo’lmoqda ? A) Avtoritar B) Demokratik C) Liberal D) A va B javoblar 4 / 28 4. Oʻqituvchi oʻquvchining tartibi yomon tomonga oʻzgarayotganini ,baholari juda pasayib ketganini koʻrib u bilan koʻproq ishlashga harakat qildi . Turli xil usullarni qoʻllab koʻrdi .Foyda boʻlmagach hamkasblardan u bola haqida fikrlarini soʻradi. Metod birlashma rahbarlari bilan ham kengashib oldi. Quyida oʻqituvchi kasb standartining qaysi boʻlimidagi mehnat harakatlarni amalga oshiryapti ? A) Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish B) Oʻzlashtirishni baholash va qayta aloqani taqdim etish C) Hamkasblar va taʼlim oluvchilarning ota- onalari bilan hamkorlik D) Xavfsiz rivojlantiruvchi taʼlim muhitini yaratish Izoh:Oʻquvchi nazariy bilimlarni yaxshi o‘zlashtiradi, bu esa uni bilimli o‘quvchi sifatida ajratib turadi. Oʻqituvchi bu kuchli tomonini hisobga olib, uni kichik guruhli ishlarda yetakchi sifatida jalb qilsa, o‘quvchi o‘zini kerakli his qiladi va muloqotga asta-sekin kirishadi. Bunday yondashuv orqali o‘quvchining ijtimoiy ko‘nikmalari rivojlanadi va muloqot qilishga nisbatan ishonchi ortadi. 5 / 28 5. Bir oʻquvchi nazariy mashqlarni ishlashni yoqtiradi, lekin oʻquvchilar bilan muloqot qilishdan qochadi. Oʻqituvchi uni muloqotga jalb qilish uchun qanday yo‘l tutishi kerak? A) Oʻquvchiga kichik guruhli ishlarda yetakchilik rolini topshirish B) Oʻquvchini muloqotga majburan jalb qilish C) Oʻquvchining mustaqil ishlashiga imkon berib, unga qo‘shimcha nazariy topshiriqlar berish D) Oʻquvchini faqatgina baho orqali rag‘batlantirish Izoh:Oʻquvchi nazariy bilimlarni yaxshi o‘zlashtiradi, bu esa uni bilimli o‘quvchi sifatida ajratib turadi. Oʻqituvchi bu kuchli tomonini hisobga olib, uni kichik guruhli ishlarda yetakchi sifatida jalb qilsa, o‘quvchi o‘zini kerakli his qiladi va muloqotga asta-sekin kirishadi. Bunday yondashuv orqali o‘quvchining ijtimoiy ko‘nikmalari rivojlanadi va muloqot qilishga nisbatan ishonchi ortadi. Izoh:O‘qituvchi har bir fanning hayotiy ahamiyatini tushuntirish orqali o‘quvchining motivatsiyasini oshirishi kerak. O‘quvchining tanlagan kasbi bilan o‘qilayotgan fan o‘rtasida bevosita bog‘liqlik bo‘lmasa ham, bu fan orqali rivojlanadigan tafakkur, tahliliy fikrlash, muammolarni hal qilish kabi ko‘nikmalar kasbiy rivojlanishda muhim rol o‘ynashi mumkin. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchining qiziqishini uyg‘otadigan tarzda fan mazmunini hayotiy kontekstda tushuntirishi lozim. 6 / 28 6. O‘quvchi: “Bu fan mening tanlagan kasbimga aloqasi yo‘q, men bu fanni o‘qishni xohlamayman”, — deb darsga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotmoqda. O‘qituvchi qanday yo‘l tutishi maqsadga muvofiq? A) O‘quvchining tanlagan kasbi va fanning umumiy hayotiy foydasi o‘rtasida bog‘liqlikni ko‘rsatib beradi. B) O‘quvchini o‘sha fan bo‘yicha imtihon topshirishga majbur ekanini eslatadi. C) O‘quvchining fikrini inkor qilib, faqat topshiriqni bajarishni talab qiladi. D) O‘quvchini darsdan chetlatib, boshqalarga xalal bermaslikni buyuradi. Izoh:O‘qituvchi har bir fanning hayotiy ahamiyatini tushuntirish orqali o‘quvchining motivatsiyasini oshirishi kerak. O‘quvchining tanlagan kasbi bilan o‘qilayotgan fan o‘rtasida bevosita bog‘liqlik bo‘lmasa ham, bu fan orqali rivojlanadigan tafakkur, tahliliy fikrlash, muammolarni hal qilish kabi ko‘nikmalar kasbiy rivojlanishda muhim rol o‘ynashi mumkin. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchining qiziqishini uyg‘otadigan tarzda fan mazmunini hayotiy kontekstda tushuntirishi lozim. 7 / 28 7. Oʻqituvchi oʻqish darsligida berilgan bir matnni kritik fikrlash qobiliyatini oʻquvchilarda shakllantirishni maqsad qilganda Blum taksonomiyasiga asoslanib qanday yoʻl tutganda samaraliroq boʻladi? A) Matnni oʻquvchilarga koʻchirtirib, ostiga fikrini yozdirsa B) Matnni oʻqib tushunganini aytib berishini soʻraganda C) Matnni oʻqigach uni qayta - qayta oʻqib yodlatish D) Matnni oʻqib boʻlgach, matnga boʻlgan tanqidiy fikrini soʻrasa 8 / 28 8. Dars davomida o‘quvchilar so‘z boyligini oshirish uchun yangi so‘zlar bilan tanishmoqda. Biroq, bir nechta o‘quvchilar yangi so‘zlarning ma’nosini tushunmayapti. Savol: Siz qanday chorani ko‘rasiz? A) So‘zlarni faqat ta’rif bilan tushuntirib, darsni davom ettirasiz. B) So‘zlarni eslab qolish oson bo‘lmaydi, shuning uchun bu mavzuni keyinga qoldirasiz. C) Har bir yangi so‘zga misollar keltirasiz, rasm va o‘yinlar orqali izohlab berasiz. D) So‘zlarning tarjimasini aytasiz va o‘quvchilardan yodlab olishni so‘raysiz. 9 / 28 9. Oʻqituvchi tayyorlagan koʻrgzma quroli qachon oʻquvchi uchun qanday boʻlishi lozim? A) Oʻquvchi uchun tushunarli boʻlishi kerak B) Oʻquvchi uchun qiziqarli boʻlishi kerak C) Oʻquvchini oʻziga jalb qilishi kerak D) Oʻqituvchi ishtirokini kamaytirishi kerak Izoh: Rasmiy xat quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: manzil (kimga yuborilayotgani), murojaat shakli (hurmatli...), mazmun (asosiy qism), ilova bo‘lsa ilovabqismini ko‘rsatish, va yakunda yozuvchi shaxsning ismi, imzosi, lavozimi. 10 / 28 10. Rasmiy xat qanday qismlardan iborat bo‘ladi? A) Kirish, asosiy qism, xulosa B) Manzil, murojaat, mazmun, ilova, imzo C) Mavzu, ruxsat, dalil To‘g‘ri D) Sarlavha, tanishtiruv, natija Izoh: Rasmiy xat quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: manzil (kimga yuborilayotgani), murojaat shakli (hurmatli...), mazmun (asosiy qism), ilova bo‘lsa ilovabqismini ko‘rsatish, va yakunda yozuvchi shaxsning ismi, imzosi, lavozimi. Izoh:O‘quvchilar chet tilini o‘rganayotganda, tabiiy ravishda ona tilining tovush tizimi ta’sirida bo‘ladi. Bu holatda ularni jazolash yoki masxara qilish emas, balki ularni qo‘llab-quvvatlab, to‘g‘ri talaffuzni shakllantirish 11 / 28 11. O‘quvchi chet tilidagi so‘zlarni ona tili ta’sirida noto‘g‘ri talaffuz qilmoqda. Bu holatda o‘qituvchi qanday yo‘l tutishi maqsadga muvofiq? A) O‘quvchining talaffuzidagi xatoni kulgi ostiga ola B) To‘g‘ri talaffuz namunalarini eshittirib, talaffuz ustida mashqlar tashkil etadi. C) Uning noto‘g‘ri talaffuzini inkor etib, e’tibor bermaydi. D) O‘quvchini qattiq tanbeh qiladi. Izoh:O‘quvchilar chet tilini o‘rganayotganda, tabiiy ravishda ona tilining tovush tizimi ta’sirida bo‘ladi. Bu holatda ularni jazolash yoki masxara qilish emas, balki ularni qo‘llab-quvvatlab, to‘g‘ri talaffuzni shakllantirish Izoh: O‘quvchi grammatikani tushunmasa, unga nisbatan tanbeh yoki e’tiborsizlik emas, balki sabr-toqat va aniqlovchi yondashuv kerak. Avvalgi bilimlarini aniqlab, qaysi bosqichda qiyinchilik borligini aniqlash muhim. 12 / 28 12. O‘quvchi grammatikani tushunmayotganini sezsangiz, avvalo nima qilasiz? A) Darsni to‘xtataman B) Uni tanbeh qilaman C) Avvalgi bilimlarini aniqlab, tushunmagan joylarini aniqlayman D) Yangi mavzuga o‘tamiz Izoh: O‘quvchi grammatikani tushunmasa, unga nisbatan tanbeh yoki e’tiborsizlik emas, balki sabr-toqat va aniqlovchi yondashuv kerak. Avvalgi bilimlarini aniqlab, qaysi bosqichda qiyinchilik borligini aniqlash muhim. Ikkalasi bilan suhbatlashish kerak. Sababi, o‘quvchilarning shaxsiy adovati loyiha ishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. O‘qituvchi vaziyatni tushunishga harakat qilib, muammoni hal qilish uchun ular bilan alohida yoki birga suhbatlashishi lozim. Bu, ijobiy muhit yaratish va hamkorlikni ta’minlashga yordam beradi. 13 / 28 13. Loyiha ishida ikkita shaxsiy adovati bor oʼquvchi bir guruhga tushdi. Shunda oʼqituvchi nima qilishi kerak ? A) Adovatli oʻquvchilar yolgʼiz oʼzi loyiha topshirishi kerak B) Ikkalasini ikkita guruhga ajratib qoʻyishi kerak C) E'tibor bermaslik kerak, kelishib olgani yaxshi D) Ikkalasi bilann suhbatlashishi kerak Ikkalasi bilan suhbatlashish kerak. Sababi, o‘quvchilarning shaxsiy adovati loyiha ishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. O‘qituvchi vaziyatni tushunishga harakat qilib, muammoni hal qilish uchun ular bilan alohida yoki birga suhbatlashishi lozim. Bu, ijobiy muhit yaratish va hamkorlikni ta’minlashga yordam beradi. Izoh: Oʻqituvchi eng avvalo oʻzidagi kamchiliklarni bartaraf qilib oʻz ustida ishlaydi . Shunda ham natija boʻlmasa boshqalarga murojaat qilishi mumkin 14 / 28 14. 7 yillik tajribaga ega tarix fani o'qituvchisi o'quvchilarning o'zining faniga nisbatan qiziqishlari kamayib borayotganligini sezib qoldi. bunday vaziyatda o'qituvchi qanday faoliyatni amalga oshirsa samaraliroq bo'ladi A) bu haqida maktab ma'muriyati bilan suhbatlashish B) maktab psixologidan yordam sorash C) O'z faoliyatini qayta ko'rib chiqib o'quvchilarda qiziqishlar uyg'otish uchun izlanish D) o'quvchilar bilan nega aynan shunday bo'layotganligi haqida suhbat o'tkazish Izoh: Oʻqituvchi eng avvalo oʻzidagi kamchiliklarni bartaraf qilib oʻz ustida ishlaydi . Shunda ham natija boʻlmasa boshqalarga murojaat qilishi mumkin 15 / 28 15. Ota-ona maktabga kelib, o‘qituvchi bilan farzandining darsdagi qiyinchiliklari haqida suhbatlashishni xohlaydi. Ular farzandining darslarni tushunmayotganini, uyda ko‘p vaqt o‘qish bilan o‘tkazayotganini, lekin natija sezilmayotganini aytib, xavotir bildiradi. Quyidagi javoblardan qaysi biri o‘qituvchining eng to‘g‘ri yondashuvi hisoblanadi? A) "Agar bu fan qiyin bo‘lsa, boshqa fanlarga urg‘u beraversin, hammaga ham bir xil bo‘lmaydi." B) "Ehtimol, u darsga yaxshi e’tibor bermayotgandir, siz ko‘proq nazorat qiling." C) "Keling, birgalikda muammoni aniqlaylik. Men kuzataman, siz uyda yordam berishda davom eting. Keyingi hafta yana suhbatlashamiz." D) "Bu sizning farzandingizning o‘ziga bog‘liq, biz bir xil dars o‘tamiz, qolganlar tushunmoqda." 16 / 28 16. Diktant yozish jarayonida ko‘pchilik o‘quvchilar imlo va tinish belgilaridan ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydi. Savol: Siz qanday yo‘l tutasiz? A) Xatolari ko‘p o‘quvchilarga nisbatan jazo choralarini qo‘llasiz. B) Har bir o‘quvchining daftarini tekshirib, ball qo‘yasiz va xatolarni ko‘rsatib o‘tasiz. C) Umumiy muhokama o‘tkazasiz, keng tarqalgan xatolar ustida ishlaysiz. D) Xatolar ko‘p bo‘lgani uchun sinfni tanqid qilasiz va qayta diktant yozdirasiz.. Izoh: Og‘zaki nutq ko‘nikmasi grammatikani bilish bilan avtomatik rivojlanmaydi. Suhbatlar, dialoglar, roliklar, rolli o‘yinlar orqali mashq qilish o‘qituvchining nutqiy faoliyatini rivojlantiradi. Shu bois, og‘zaki mashqlar samaraliroq bo‘ladi. 17 / 28 17. O‘qituvchi ingliz (yoki boshqa til) grammatikasini yaxshi biladi, lekin og‘zaki nutqda qiynaladi. Bu holatda qaysi chora eng samarali bo‘ladi? A) Nazariy bilimlarni yana qayta ko‘rib chiqish B) Doimiy ravishda yozma tarjimalar qilish C) Grammatika darslarini yanada chuqurlashtirish D) Og‘zaki suhbat mashqlarini ko‘paytirish Izoh: Og‘zaki nutq ko‘nikmasi grammatikani bilish bilan avtomatik rivojlanmaydi. Suhbatlar, dialoglar, roliklar, rolli o‘yinlar orqali mashq qilish o‘qituvchining nutqiy faoliyatini rivojlantiradi. Shu bois, og‘zaki mashqlar samaraliroq bo‘ladi. 18 / 28 18. Oʻqituvchi yozma ishlarni tekshirayotib , oʻquvchilar feʼl zamonlarini umuman tushunmaganlarini sezib qoldi. Shunda u taʼlim samaradorligini yaxshilash uchun nima qilsa maqsadga muvofiq? A) Oʻqituvchi shu mavzuga doir adabiyotlarni roʻyxatini shakllantirib bersa B) Oʻquvchilarga shu mavzuga doir tushunarli materiallarni izohlab bersa C) Oʻquvchilarga zamonlardan foydalanib gap tuzib kelishni tushuntirib aytsa D) Feʼl zamonlari oʻzi murakkab mavzu ekanligini oʻquvchilarga toʻgʻri tushuntirsa 19 / 28 19. O‘qituvchi o‘quvchilarga lugʻat tanlashda qanday maslahatlar beradi? A) Eng katta hajmli lugʻatni tanlashni B) Yoshi va bilim darajasiga mos lugʻat tanlashni C) Faqat eski lug‘atlardan foydalanishni D) Har doim inglizcha-o‘zbekcha lugʻatdan foydalanishni Izoh:Kommunikativ usul — bu tilni haqiqiy muloqot vositasi sifatida oʻrgatishga qaratilgan metod bo‘lib, o‘quvchilarni faol nutqiy faoliyatga jalb etadi. Ushbu usul orqali o‘quvchilar turli mavzularda suhbatlashish, savol- javob qilish, rolda o‘ynash (role-play), muhokama qilish kabi mashg‘ulotlar orqali tilni tabiiy va samarali o‘rganadi 20 / 28 20. Ingliz tili oʻqituvchisi oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini rivojlantirishda asosan qaysi usuldan foydalanadi? A) Kommunikativ usul B) Matn tarjima qilish C) Diktant yozish D) Grammatik qoidalarni yodlash Izoh:Kommunikativ usul — bu tilni haqiqiy muloqot vositasi sifatida oʻrgatishga qaratilgan metod bo‘lib, o‘quvchilarni faol nutqiy faoliyatga jalb etadi. Ushbu usul orqali o‘quvchilar turli mavzularda suhbatlashish, savol- javob qilish, rolda o‘ynash (role-play), muhokama qilish kabi mashg‘ulotlar orqali tilni tabiiy va samarali o‘rganadi Izoh: Bu kabi vaziyatlarda oʻqituvchi sabr bilan yondashib, oʻquvchiga yangi soʻzni yodlash uchun qulay metodlarni (masalan, rasmli kartochkalar, sinonimlar, qisqa hikoya yoki jumlalar ichida ishlatish) taklif etishi kerak. Shuningdek, mashqlarni bosqichma-bosqich bajarishda koʻmaklashib, motivatsiyani oshirishi maqsadga muvofiq. Bu yondashuv oʻquvchining oʻrganishga boʻlgan ishonchini oshiradi va rivojlanishga yordam beradi. 21 / 28 21. Oʻquvchi yangi soʻzni yodlay olmayotgani va mashqlarni bajarishda qiynalayotgan vaziyatda oʻqituvchi qanday yoʻl tutishi maqsadga muvofiq? A) Oʻquvchini mustaqil ishlashga majbur qiladi B) Oʻquvchiga past baho qoʻyadi C) Uni boshqa darsga qadar kutib turishini aytadi D) Soʻzni yodlashning oson usullarini tushuntiradi va mashqlarni bosqichma-bosqich bajarishda yordam beradi Izoh: Bu kabi vaziyatlarda oʻqituvchi sabr bilan yondashib, oʻquvchiga yangi soʻzni yodlash uchun qulay metodlarni (masalan, rasmli kartochkalar, sinonimlar, qisqa hikoya yoki jumlalar ichida ishlatish) taklif etishi kerak. Shuningdek, mashqlarni bosqichma-bosqich bajarishda koʻmaklashib, motivatsiyani oshirishi maqsadga muvofiq. Bu yondashuv oʻquvchining oʻrganishga boʻlgan ishonchini oshiradi va rivojlanishga yordam beradi. 22 / 28 22. O'qituvchi loyiha ishini amalga oshirish jarayonida o'quvchilaridan biri boshqalarga nisbatan ustunlik qilayotganini va boshqa o'quvchilarga bajarishga biron bir ish qoldirmayotganligini sezib qoldi . Quyida o'qituvchi qanday yo'l tutadi? A) Loyiha ishidagi rollarni barcha o'quvchilar nutqiga mos qilib taqsimlash B) Loyiha ishidagi rollarni barcha o'quvchilar saviyasiga mos qilib taqsimlash C) Loyiha ishidagi rollarni barcha o'quvchilar hohishiga mos qilib taqsimlash D) Loyiha ishini barcha o'zi bajarishini tashkillash Izoh: Avtoritar uslubda oʻqituvchi qatʼiy, buyruqboz boʻladi, oʻz fikrini majburan oʻtkazishga intiladi, tanqidga toqat qilmaydi, shuningdek, oʻquvchilarning mustaqil fikrlashini cheklaydi. Savolda aynan shunday holatlar tasvirlangan. 23 / 28 23. Oʻqituvchi oʻquvchilarga qattiq choralar qoʻllaydi. Doimo oʻz soʻzini oʻtkazishga harakat qiladi. Baʼzan oʻrtacha oʻqiydigan oʻquvcchi aʼlo baho olsa kimdan koʻchirding deya ularni izza qiladi. Ushbu holatda oʻqituvchida qanday muloqot uslubi koʻzga tashlanmoqda? A) Avtoritar uslub B) Umumiy uslub C) Demokratik uslub D) Liberal uslub Izoh: Avtoritar uslubda oʻqituvchi qatʼiy, buyruqboz boʻladi, oʻz fikrini majburan oʻtkazishga intiladi, tanqidga toqat qilmaydi, shuningdek, oʻquvchilarning mustaqil fikrlashini cheklaydi. Savolda aynan shunday holatlar tasvirlangan. 24 / 28 24. Farzandining o'qishlari pasayib borayotganligidan xavotirlanib kelgan ota -ona bilan o'qituvchi qanday faoliyatni amalga oshirishi mumkin? A) Ota-ona bilan suhbatlashib ularga farzandining o'qishlaridagi pasayishlarining aniq sabablarini ko'rsatib berish B) Ularga farzandining bilimi pasayganidan shikoyat qilishi mumkin C) Vaqti muammo ekanligini aytib suhbatni keyinga qoldirish D) Ularni maktab psixologi oldiga maslahat olsh uchun yuborishi mumkin 25 / 28 25. Bir oʻquvchini ota- onasini maktabga chaqirgan oʻqituvchi ularga farzandlarining xulq atvorida boʻlayotgan oʻzgarishlar va oʻqishdagi pasayishlarini qanday tushuntirsa samarali boʻladi ? A) Ota - ona bilan ziddiyatli holat kelib chiqmasligi uchun ayrim kamchiliklarini berkitsa B) Biz unga qoʻldan kelgancha koʻmaklashdik, endi uyda oʻzlaringiz qattiq oling deb uqtiradi C) Farzandlarining qilgan xatolarini toʻgʻri tushuntirib , birga muammoni hal qilish ohangida gapirsa D) Oʻquvchining bor yomon xislatlarini ochib berib , uni ota- onasi oldida uyaltirsa 26 / 28 26. Oʻqituvchi oʻquvchilarning bilim saviyasini aniqlash maqsadida quiz testlar oldi. Bu testlarga yozma sharxlar berib oʻquvchilar bilan savol javob oʻtkazdi. Quyida oʻqituvchi qanday faoliyatni amalga oshirdi. A) Taʼlim jarayonida diagnostika B) Taʼlimda interfaol usul C) Taʼlim jarayonini muqobillashtirish D) Taʼlim tushuntirish metodi 27 / 28 27. Dars jarayonida oʻquvchilar mavzuni zerikarli ekanligini bildirib,oʻqituvchidan boshqa mavzuda dars oʻtishni soʻradi. Oʻqituvchi qanday yoʻl tutishi kerak? A) Zerikarli boʻlsada darslikdan chiqib ketmagan maʼqul B) Interfaol metodlardan foydalanib darsni qiziqarli oʻtish C) Oldin darslikdagi mavzuni oʻtib, mavzuga doir qoʻshimcha materialdan foydalanish D) Mavzuni oʻz holicha qoldirib, qiziqarli oʻyin darsiga aylantirish kerak 28 / 28 28. Sinfingizda bir o‘quvchi bor. U darslarda faol emas, uy vazifalarini ko‘p hollarda bajarmaydi, testlardan past ball oladi. Siz unga yordam bermoqchisiz.Siz qanday choralar ko‘rasiz? A) Ota-onasi bilan bog‘lanib, bolani jazolashni tavsiya qilasiz. B) O‘quvchini sinfdoshlari oldida tanqid qilasiz, unga jiddiy ogohlantirish berasiz. C) O‘quvchini alohida suhbatga chaqirasiz, muammolarini aniqlashga harakat qilasiz va unga yordam berish rejasini tuzasiz. D) Uni darslarda kamroq chaqirasiz, ko‘proq faol o‘quvchilarga e’tibor qaratasiz. 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Pedagogik mahorat testlari-2025 №2
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 21 Pedagogik mahorat testlari-2025 №1