Uy » Attestatsiya testlar » Jismoniy tarbiya attestatsiya » Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №5 Jismoniy tarbiya attestatsiya Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №5 InfoMaster Fevral 12, 2024 79 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №5 2.2. “Yosh davrlari psixologiyasi” modulidan test savollari 1 / 40 Diqqatga toʻgʻri berilgan taʼrifni toping? A) Odamlarning bir-birlariga taʼsir koʻrsatishi B) Ongining bir obyektga faol qaratilishi C) Narsalar obrazining nisbatan turgʻunligi D) Doimiy taʼsir etib turgan kuchlar taʼsiriga moslashishdir 2 / 40 Temperament tiplari qaysi qatorda toʻliq koʻrsatilgan? A) Sangvinik, flegmatik, xolerik B) Xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik C) Sangvinik, flegmatik, melanxolik D) Xolerik, sangvinik, flegmatik 3 / 40 Ilk bolalik davri necha yoshlarni oʻz ichiga oladi? A) 0 – 1 yoshlarni B) 3 – 4 yoshlarni C) 5 – 6 yoshlarni D) 1 – 3 yoshlarni 4 / 40 ......... — inson organizmining holatlarida haddan tashqari zoʻriqish natijasida paydo boʻladigan tanglik jarayonidir A) Emotsiya B) Empatiya C) Hayajon D) Stress 5 / 40 Yosh davrlar psixologiyasi nimani oʻrganadi? A) Shaxsning maʼnaviy shakllanishini taʼminlovchi shart-sharoitlarni oʻrganadi B) Psixik jarayonlardagi yosh xususiyatlari, bilimlarni egallashda yosh imkoniyatlari, shaxs kamolotining asosiy omillari va boshqalarni oʻrganadi C) Shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti jarayonida vujudga kelishi mumkin boʻlgan psixologik buzilish nuqsonlarini oʻrganadi D) Shaxsni psixologik xususiyatlarini psixologik metodlar yordamida oʻrganadi 6 / 40 Ogʻir, yuvosh, bosiq, moʻmin, qobil temperament tipini aniqlang? A) Flegmatik B) Sangvinik C) Melanxolik D) Xolerik 7 / 40 Illyuziya nima? A) Borliqqa aktiv taʼsir etish B) Aniqlash va baholash C) Kuchli qoʻzgʻatuvchilarning taʼsiri D) Atrofdagi narsa va hodisalarni notoʻgʻri idrok qilish 8 / 40 Temperament tiplari nechta? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 9 / 40 Tez, qoʻzgʻaluvchan, urinuvchan, serjahl, tajanglik sifatlari namoyon boʻluvchi temperament tipi? A) Xolerik B) Melanxolik C) Sangvinik D) Flegmatik 10 / 40 Sezgi turlarini koʻrsating? A) Koʻrish, eshitish, hid bilish, taʼm bilish, teri B) Eshitish, bilish, teri sezgisi C) Taʼm bilish, anglash, sezish D) Sezish, bilish, anglash 11 / 40 Insonning turli vaziyatlarda narsa, hodisa, holatlar va insonlarning xatti-harakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmui – bu? A) Xarakter B) Qobiliyat C) Temperament D) Iroda 12 / 40 Stress soʻzi qanday maʼnoni anglatadi? A) Inglizcha soʻz bosim, zoʻriqish, tanglik degan maʼnoni bildiradi B) Lotincha soʻz odamlarning narsa va hodisalarga munosabatini oʻrganish maʼnosini bildiradi 13 / 40 Gallyutsinatsiya nima? A) Individ va shaxs oʻrtasidagi tafovut B) Tashqi olamda yoʻq narsalarni idrok qilish C) Atrofdagi narsa va hodisalarni notoʻgʻri idrok qilish D) Faoliyat bilan bogʻliq individual psixologik xususiyat 14 / 40 Faoliyat turlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Nazariy, amaliy B) O‘qish, ijodiy faoliyat C) Umumiy va mahsus D) o‘yin, o‘qish, mehnat 15 / 40 Psixikaning tarkibiy qismlari qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan? A) Psixik jarayonlar, psixik holatlar, psixologik (shaxsning) xususiyatlar B) Psixik xususiyatlar, psixik aks ettirish C) Psixika, yosh davrlar psixologiyasi D) Psixik jarayonlar, onglilik, oʻzini-oʻzi anglash 16 / 40 Oʻsmirlik davri chegaralari taxminan qaysi sinflarga toʻgʻri keladi? A) 5-8-sinflarga B) 3-5-sinflarga C) 3-8-sinflarga D) 10-11-sinflarga 17 / 40 Psixologiya fanining “asoschisi” qaysi qatorda koʻrsatilgan? A) Mark Avreliy B) Gippokrat C) Aristotel D) Suqrot 18 / 40 Ilk bolalikdan to qarilik davrigacha yosh davrlari rivojlanishini o‘rganuvchi soha? A) Yosh davrlar psixologiyasi B) Oila psixologiyasi C) Mehnat psixologiyasi D) Sport psixologiyasi 19 / 40 Psixologiyaning asosiy metodlari qaysi qatorda to‘g’ri koʻrsatilgan? A) Kuzatish, test, tajriba, intervyu, trening B) Kuzatish, soʻroq, test, eksperiment, modellashtirish C) Kuzatish, test, tajriba, oʻrganish D) Kuzatish, anketa, test, tajriba, model 20 / 40 Kichik maktab yoshi davri necha yoshlarni oʻz ichiga oladi? A) 11, 12 yoshdan 14-15 yoshgacha B) 8, 9 yoshdan 10-13 yoshgacha C) 6, 7 yoshdan 10, 11 yoshgacha D) 14, 15 yoshdan 16-17 yoshgacha 21 / 40 Motiv nima? A) Maqsadni belgilash B) Harakatga undovchi kuch C) Vazifa berish D) Qiziqishni aniqlash 22 / 40 Qobiliyatlar qanday turlarga boʻlinadi? A) Umumiy va maxsus B) Qiziqish va layoqat C) Qobiliyat va layoqat D) Qiziqish va qobiliyat 23 / 40 Temperamentlar ta’limotiga kim asos solgan? A) Gippokrat B) Platon C) Suqrot D) Aristotel 24 / 40 Qaysi javobda yosh davrlari tog‘ri klassifikasiya qilingan? A) Yetuklik davri, ilk balogʻat davri, qarilik, keksalik davri B) Chaqaloqlik, bolalik, bog‘cha davri, kichik maktab yoshi, o‘smirlik, o‘spirinlik, yetuklik, qarilik, keksalik, uzoq umr ko‘ruvchilar 25 / 40 Psixologiya soʻzining lugʻaviy maʼnosi-bu? A) Psixologiya (yunon) grek tilidan tarjima qilinganda – taʼlimot, jon, bilim toʻgʻrisida (“psyche” – jon, ruh va “logos” – taʼlimot, ilm) degan maʼnoni anglatadi B) Psixologiya lotincha tilidan tarjima qilinganda (“psyche” – fan va “logos” – ixtiro) degan maʼnoni anglatadi 26 / 40 Bilish jarayonlari koʻrsatilgan qatorni koʻrsating A) Qobiliyat, malaka, koʻnikma, isteʼdod B) Sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq, diqqat C) Oʻzini anglash, yoʻnalganlik, faollik D) Xarakter, temperament, tuygʻu, iroda 27 / 40 Diqqat turlarini koʻrsating? A) Ixtiyoriy diqqat, tashqi diqqat B) Ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan keyingi diqqat C) Majburiy diqqat, ixtiyoriy diqqat D) Ichki diqqat, ixtiyoriydan keyingi diqqat 28 / 40 Moddiy olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini ongimizda aks etishi – bu? A) Sezgi B) Xotira C) Xayol D) Idrok 29 / 40 Test so‘zi qanday ma’noni anglatadi? A) Grekcha-maqsad, xulosa B) Ingilizcha-sinash, tekshirish C) Lotincha-vazifa, usul D) Fransuzcha-qiziqish, motiv 30 / 40 Psixokorreksiya nimani oʻrganadi? A) Odamlarning narsa va hodisalarga munosabatini oʻrganadi B) Muomala madaniyatiga oid mashqlar va testlarni oʻrganadi C) Psixokorreksiya insonning psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish usullarini oʻrganadi D) Individ va shaxs oʻrtasidagi tafovutni oʻrganadi 31 / 40 Oʻsmirlik davri necha yoshlarda roʻy beradi? A) 13 yoshdan 17 yoshgacha B) 7-10 yoshdan 16-17 yoshgacha C) 10-11 yoshdan 14-15 yoshgacha D) 12 yoshdan 19 yoshgacha 32 / 40 . “Jon haqida” asarini kim yozgan? A) Gippokrat B) Platon C) Aristotel D) Suqrot 33 / 40 Oʻspirinlik yosh davriga necha yoshli bolalar mansub? A) 19 yoshdan 20 yoshgacha B) 15 yoshdan 17-18 yoshgacha C) 6 yoshdan 10-11 yoshgacha D) 11 yoshdan 15 yoshgacha 34 / 40 Stress soʻzi qaysi tildan olingan? A) Inglizcha B) Grekcha C) Ruscha D) Lotincha 35 / 40 — ...... deb narsa va hodisalar oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi. A) Xotira B) Xayol C) Tafakkur D) Idrok 36 / 40 Kishidagi tug’ma imkoniyat – nima? A) Geniy B) Layoqat C) Iste’dod D) Ta’lant 37 / 40 Psixologiyada “Sotsiometriya” metodining mohiyati nimada? A) Odamlarning narsa va hodisalarga munosabatini oʻrganish B) Maʼlum sharoitga moslashtirilgan kichik guruhlardagi munosabatlarni oʻlchash 38 / 40 Psixokorreksiya so‘zi qanday ma’noni anglatadi? A) Tuzatish B) Yoʻl koʻrsatish C) Maslahat berish D) Qoʻrqitish 39 / 40 Yosh davrlari psixologiyasi nimani o‘rganadi? A) Inson rivojlanishining yosh davrlari xususiyatlarini oʻrganuvchi soha B) Sportchilar shaxsi va faoliyatining psixologik tomonlarini oʻrganuvchi soha 40 / 40 Bir odamni boshqa bir odamdan farqlovchi hususiyatlar majmui bu - nima? A) Qiziqish B) Layoqat C) Qobiliyat D) Xarakter 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 16 Jismoniy tarbiya fanidan attestatsiya savollari №14
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 8 Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №17
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №16
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №15