Uy » Attestatsiya testlar » Jismoniy tarbiya attestatsiya » Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №2 Jismoniy tarbiya attestatsiya Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №2 InfoMaster Fevral 12, 2024 75 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №2 1.2. “Taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy-meʼyoriy hujjatlari” modulidan test savollari 1 / 40 Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi qanday hokimiyatni amalga oshiradi? A) Oʻz-oʻzini boshqaruvchi B) Ijro etuvchi C) Sud hokimiyatni D) Qonun chiqaruvchi 2 / 40 Prezident Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 25-yanvardagi “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga binoan Oʻzbekistonda qanday taʼlim tizimi joriy etildi? A) Umumtaʼlim maktablarida 9 yillik majburiy taʼlim saqlab qolindi B) Oliy oʻquv yurtlarida kechki va sirtqi boʻlimlar ochildi C) Umumtaʼlim maktablarida 11 yillik majburiy taʼlim tizimi joriy etildi D) Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida avvalgi holda tiklandi 3 / 40 Quyida keltirilgan qaysi huquqiy hujjat jismoniy tarbiya va sportning asosiy huquqiy manbai hisoblanadi? A) Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”dagi qonuni B) Fuqarolarnining oʻzini oʻzi boshqarishi toʻgʻrisidagi Qonun C) Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalar sporti jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori D) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori 4 / 40 Taʼlim olish shakllari koʻrsatilgan qatorni toping? A) Dual taʼlim B) Kichik yoshdagilar taʼlimi C) Maxsus taʼlim D) Sinfdan tashqari taʼlim 5 / 40 Qonunosti hujjatlar toʻliq koʻrsatilgan qatorni toping? A) Eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan hujjatlar B) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadigan qarorlar C) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari D) Konstitutsiya, Konstitutsiyaviy qonunlar, Joriy qonunlar 6 / 40 Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, shuningdek, bolalar-o‘smirlar sport maktablari hamda ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida qabul kvotalari erkaklar va ayollar uchun 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab necha foizga belgilandi? A) 30% B) 50% C) 40% D) 70% 7 / 40 Oʻzbekiston Respublikasining eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarini tartibga soladigan huquqiy-meʼyoriy hujjat qaysi? A) Qaror B) Buyruq C) Farmoyish D) Qonun 8 / 40 Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning qaysi biri sportga taalluqli A) Birinchi tashabbus B) Uchinchi tashabbus C) Ikkinchi tashabbus D) Toʻrtinchi tashabbus 9 / 40 Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik…..? A) Shaxsning oʻz manfaatlarini ustun qoʻyish alomati B) Manfaatlar toʻqnashuvi C) Oʻz xizmat lavozimidan suiisteʼmol foydalanish D) Korrupsiya alomatlariga ega boʻlgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmishdir 10 / 40 Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqish va roʼyobga chiqarish qaysi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi? A) Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi B) Jismoniy tarbiya va sport viloyat boshqarmalari C) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi D) Sport federatsiyalari 11 / 40 2017-yil 3-iyundagi PQ-3031-sonli qaror nomi keltirilgan qatorni koʻrsating A) “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi qaror B) “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror C) “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaror D) “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qaror 12 / 40 Qonunosti hujjatlariga quyidagilardan qaysilari kiradi? A) Konstitutsiya, Konstitutsiyaviy qonunlar, Joriy qonunlar B) Farmon, Qaror, Farmoyish C) Konstitutsiyaviy qonunlar va vazirlikning buyruqlari D) Joriy qonunlar, Qaror, Farmoyish, Buyruq 13 / 40 Qonun hujjatlariga quyidagilardan qaysilari kiradi? A) Konstitutsiya, Konstitutsiyaviy qonunlar, Joriy qonunlar B) 1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari farmoyishlari C) 2. Taʼlim tizimining qonunosti hujjatlari D) Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari 14 / 40 Normativ-huquqiy hujjat tushunchasi toʻliq keltirilgan qatorni toping? A) Normativ hujjatga aytiladi. B) Belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatga aytiladi. C) Normativ hujjatlar toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq qabul qilingan hujjatga aytiladi. D) Normativ hujjatlar toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatga aytiladi 15 / 40 Qonun qanday xususiyatga ega huquqiy-meʼyoriy hujjat hisoblanadi? A) Inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi B) Oʻz vakolati doirasida muayyan maqsadga erishish yoʻlida qabul qiladigan va biror oqibat keltirib chiqaradigan hujjat C) Aniq boʻlmagan jismoniy va yuridik shaxslarga taalluqli boʻlib, uzoq muddatga amal qiladi. D) Individual tashkiliy xususiyatdagi hujjatdir 16 / 40 Qaror qanday xususiyatga ega meʼyoriy-huquqiy hujjat hisoblanadi? A) Inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi B) Individual tashkiliy xususiyatdagi hujjatdir C) Oʻz vakolati doirasida muayyan maqsadga erishish yoʻlida qabul qiladigan va biror oqibat keltirib chiqaradigan hujjat D) Aniq boʻlmagan jismoniy va yuridik shaxslarga taalluqli boʻlib, uzoq muddatga amal qiladi. 17 / 40 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir” deb koʻrsatilgan? A) 40-moddasida B) 41-moddasida C) 42-moddasida D) 43-moddasida 18 / 40 Jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi qaysi? A) Sportni rivojlantirish vazirligi B) Boshqaruv organlari C) Jamoat tashkilotlari D) Vazirlar mahkamasi 19 / 40 Sport-taʼlim muassasalari fаoliyatini 2025-yilgаchа rivojlаntirish dasturi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorini koʻrsating? A) 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5281 B) 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5280 C) 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282 D) 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5279 20 / 40 Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni qachon qabul qilindi? A) 2018-yil 3-yanvarda B) 2020-yil 23-sentyabrda C) 2019-yil 5-martda D) 2017-yil 21-avgustda 21 / 40 Badminton sport turi boʻyicha muntazam ravishda qanday sport musobaqalari oʻtkazish rejalashtirilgan A) “Sogʻlom tanda-sogʻlom fikr!”, “Bahor malikalari”, “Badminton ligasi” B) “Rekorddan-yangi rekordga!” va “Giyohvand moddalarga qarshi!” C) “Qishlogʻing uchun gʻalaba qozon!”, “Rahbar kubogi”, “Imkoniyatingizdan koʻprogʻini bajaring!” D) “Bahor malikalari”, “Badminton ligasi”, “Rahbar kubogi”, “Imkoniyatingizdan koʻprogʻini bajaring!” 22 / 40 Oʻzbekiston Respublikasida mavjud sport unvonlari, sport razryadlari va malaka toifalari “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonunning nechanchi moddasida keltirilgan? A) 20-moddasida B) 23-moddasida C) 17-moddasida D) 31-moddasida 23 / 40 Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda oʻquvchilarni baholash dasturi reytingi boʻyicha jahonning birinchi nechtalik mamlakatlar qatoriga kiritish belgilangan? A) Jahonning birinchi 100 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish; B) Jahonning birinchi 500 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish; C) Jahonning birinchi 50 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish; D) Jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish; 24 / 40 Konstitutsiya soʻzining maʼnosi? A) «Konstitutsiya» tushunchasi fransuzcha «Constitutio» soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, amal qilish maʼnosini bildiradi B) «Konstitutsiya» tushunchasi lotincha «Constitutio» soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, oʻrnatish ,joriy etish maʼnosini bildiradi C) «Konstitutsiya» tushunchasi inglizcha «Constitutio» soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, tatbiq etish maʼnosini bildiradi D) «Konstitutsiya» tushunchasi lotincha «Constitutio» soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, qoʻllayman degan maʼnosini bildiradi 25 / 40 Oʻzbekiston Respublikasida qonunlar qanday qabul qilinadi? A) Oliy Majlis va Oliy Sud tomonidan B) Oliy Majlis tomonidan yoki referendum oʻtkazish orqali C) Oliy Majlis va Adliya vazirligi tomonidan D) Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan 26 / 40 Huquqiy-meyoriy hujjatlarining nechta turi mavjud? A) 5 ta B) 7 ta C) 10 ta D) 15 ta 27 / 40 Umumtaʼlim maktablarida sport boʻyicha sinfdan tashqari toʻgaraklarni tashkil etish uchun haftasiga necha soat belgilab berildi? A) 3 soatdan B) 2-3 soatdan C) 2 soatdan D) 4 soatdan 28 / 40 Yurtimizda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash maqsadida qanday sport oʻyinlari muntazam oʻtkazilib kelinmoqda? A) +“Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” B) “Umid nihollari”, “Ommaviy sport” C) “Universiada”, “Ommaviy sport” D) “Barkamol avlod”, “Alpomish” va “Barchinoy” 29 / 40 Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni qachon qabul qilingan? A) 2021-yil 20-aprel, OʻRQ-682-son B) 2020-yil 4-dekabrda OʻRQ-682-son C) 2020-yil 8-sentyabrda OʻRQ-682-son D) 2012-yil 18-noyabr OʻRQ-682-son 30 / 40 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qanaqa turdagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar chiqarish vakolatiga ega? A) Farmon, farmoyish, buyruq B) Farmon, farmoyish, qaror C) Qaror, farmoyish, qonun D) Konstitutsiya, farmon, qaror 31 / 40 Korrupsiya soʻzining maʼnosi nima? A) Lotincha “corruptio” soʻzidan olingan boʻlib, “yemirilish”, “buzilish” degan maʼnolarni anglatadi B) Lotincha “corruptio” soʻzidan olingan boʻlib, “toʻntarilish” degan maʼnolarni anglatadi C) Lotincha “corruptio” soʻzidan olingan boʻlib, “hokimiyatni buzish” degan maʼnolarni anglatadi D) Lotincha “corruptio” soʻzidan olingan boʻlib, “hokimiyat tepasiga chiqish” degan maʼnolarni anglatadi 32 / 40 Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining tuzilishi qanday? A) 11 ta bob, 75 ta moddadan iborat B) 8 ta bob, 66 ta moddadan iborat C) 5 ta bob, 84 ta moddadan iborat D) 6 ta bob, 34 ta moddadan iborat 33 / 40 Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida NIZOM qachon qabul qilingan? A) 2017-yil 15-mart 140-sonli QARORI B) 2018-yil 6-aprel 140-sonli QARORI C) 2017-yil 15-mart 187-sonli QARORI D) 2018-yil 6-aprel 187-sonli QARORI 34 / 40 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Zamonaviy maktablar”ni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni qachon imzoladi A) 2020-yil 26-oktyabr B) 2021-yil 2-mart C) 2019-yil 26-noyabr D) 2019-yil 8-dekabr 35 / 40 Taʼlim olish huquqi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning nechanchi moddasida keltirilgan? A) 9-moddasi B) 8-moddasi C) 5-moddasi D) 4-moddasi 36 / 40 Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kursining davomiyligi va oʻquv yuklamasining hajmi A) 4 hafta 122 soat B) 4 hafta 144 soat C) 4 hafta 150 soat D) 4 hafta 145 soat 37 / 40 Oʻzbekiston Respublikasida Oliy vakillik organi toping? A) Sud hokimiyati B) Prokuratura C) Vazirlar Mahkamasi D) Oliy Majlis 38 / 40 Tayanch oʻrta taʼlim qaysi sinflarni qamrab oladi? A) I-IV-sinflar B) V-IX-sinflar C) I-IX-sinflar D) VII-IX-sinflar 39 / 40 “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmon qachon qabul qilingan? A) 2021-yil 2-sentyabr B) 2020-yil 29-aprel C) 2019-yil 29-aprel D) 2018-yil 30-may 40 / 40 Uzluksiz taʼlim turining 3-yoʻnalishini koʻrsating? A) Professional taʼlim B) Oliy taʼlim C) Oʻrta taʼlim D) Maktabdan tashqari taʼlim 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 16 Jismoniy tarbiya fanidan attestatsiya savollari №14
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 8 Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №17
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №16
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №15