Uy » Attestatsiya testlar » Jismoniy tarbiya attestatsiya » Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №1 Jismoniy tarbiya attestatsiya Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №1 InfoMaster Fevral 12, 2024 138 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №1 1.1 “Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi demokratik o‘zgarishlar va rivojlanish istiqbollari” modulidan test savollari 1 / 50 O‘zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq o‘rta ta’lim nechanchi sinflarni qamrab oladi? A) V—XI sinflar B) I—XI sinflar C) IV—XI sinflar D) X—XI sinflar 2 / 50 “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ga asosan maktabdan tashqari ta’lim sifatini oshirish va bolalarni maktabdan tashqari ta’lim xizmatlari bilan qamrab olish o‘quvchilar umumiy soniga nisbatan necha foizga yetkaziladi? A) 60 foizga B) 65 foizga C) 50 foizga D) 55 foizga 3 / 50 O‘zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining sinflarida (guruhlarida) ta’lim oluvchilar soni necha nafar bo‘lishi kerak? A) O‘ttiz nafardan oshmasligi kerak B) O‘ttiz besh nafardan kam bo‘lmasligi kerak C) O‘ttiz nafardan kam bo‘lmasligi kerak D) O‘ttiz besh nafardan oshmasligi kerak 4 / 50 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi boʻlimi nima deb nomlangan? A) Inson va fuqarolarning siyosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari B) Inson va fuqarolarning shaxsiy huquqlari, erkinliklari va burchlari C) Inson va fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari, erkinliklari va burchlari D) Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari 5 / 50 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining to‘rtinchi yo‘nalishi qanday nomlanadi? A) Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish B) Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish C) Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish D) Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish 6 / 50 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining birinchi yoʻnalishi qanday nomlanadi? A) Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish B) Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash C) Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish D) Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish 7 / 50 O‘zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq qaysi davlat organi ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi? A) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi B) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi C) Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi D) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 8 / 50 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida qaysi hududlarda tajriba-sinov tariqasida boshlang‘ich sinf (1-4-sinf) o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash tizimini joriy etish belgilangan? A) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida B) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida C) Buxoro va Navoiy viloyatlarida D) Xorazm va Buxoro viloyatlarida 9 / 50 “Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da nechta ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilandi? A) 50 ta B) 48 ta C) 52 ta D) 58 ta 10 / 50 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida barpo etiladigan har bir “Yashil hudud”da yugurish, velosipedda harakatlanish uchun “Salomatlik yo‘laklari” hamda qanaqa maydonchalarni tashkil etish belgilangan? A) Badminton, vorkaut va golf maydonchalarini B) Badminton, vorkaut va tennis maydonchalarini C) Badminton, stritbol va vorkaut maydonchalarini D) Badminton, stritbol va mini futbol maydonchalarini 11 / 50 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida maktablardagi o‘quvchi o‘rinlari sonini 2026-yil yakuniga qadar qanchaga yetkazish belgilangan? A) 6,5 milliongacha B) 6,4 milliongacha C) 5,8 milliongacha D) 5,4 milliongacha 12 / 50 2030-yilga borib o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha PISA xalqaro dasturi reytingida O‘zbekistonning jahondagi yetakchi nechta mamlakat qatoridan joy egallashi maqsad qilib qo‘yilgan? A) 35 ta B) 50 ta C) 30 ta D) 40 ta 13 / 50 “Modernizatsiya” so‘zining ma’nosi nima? A) Yaratmoq B) Yangilash C) Biror narsaga yangilik kiritish D) Biror narsani yangilash, unga zamonaviy tus berish 14 / 50 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish qachon o‘tkazildi? A) 2019 yil 3 aprelda B) 2019 yil 6 avgustda C) 2019 yil 5 iyulda D) 2019 yil 4 sentabrda 15 / 50 Maktablarda ta’lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining qaysi yoʻnalishiga kiritilgan? A) Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish B) Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish C) Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish D) Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish 16 / 50 O‘zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari qaysi talablar bilan belgilanadi? A) Davlat ta’lim standartlari bilan B) Umumiy o ‘rta ta’lim talablari bilan C) Malaka talablari bilan D) Tegishli davlat ta’lim talablari bilan 17 / 50 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi qaysi tamoyilga asosan ishlab chiqilgan? A) “Taraqqiyot strategiyasi-buyuk kelajak uchun” B) “Taraqqiyot strategiyasi-inson manfaati uchun” C) “Harakatlar strategiyasidan-Taraqqiyot strategiyasi sari” D) “Harakatlar strategiyasi-inson manfaati uchun” 18 / 50 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida 2026-yildagi qishki Olimpiya o‘yinlariga nechta litsenziyani qo‘lga kiritish belgilangan? A) Kamida 16 ta B) Kamida 10 ta C) Kamida 15 ta D) Kamida 12 ta 19 / 50 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoniga muvofiq haftaning qaysi kuni xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqa sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari tashkil etish belgilangan? A) Har seshanba soat 16:00 dan keyin B) Har shanba soat 14:00 dan keyin C) Har dushanba soat 15:00 dan keyin D) Har yakshanba soat 13:00 dan keyin 20 / 50 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida milliy o‘quv dasturiga asosan 2026-yilga qadar necha nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchi metodika kitoblari hamda mobil ilovalarni yaratish belgilangan? A) 699 nomdagi B) 696 nomdagi C) 697 nomdagi D) 698 nomdagi 21 / 50 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholi sonini 2026-yilda necha foizga chiqarish belgilangan? A) 38 foizga B) 35 foizga C) 33 foizga D) 43 foizga 22 / 50 Oʻtish davrida qaysi jihat islohotlarni joriy etishning asosiy shartlaridan biri tariqasida belgilab qoʻyildi? A) Jamiyat mafkurasini tubdan oʻzgartirish B) Davlatning bosh islohotchi sifatidagi roli C) Urf-odat va anʼanalarimizga mos yoʻldan borish D) Iqtisodiy-ijtimoiy dastur va rejalarni amalga oshirish 23 / 50 Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining qaysi yoʻnalishiga tegishli? A) Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish B) Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish C) Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish D) Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish 24 / 50 Maktab bitiruvchilarini oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini 2030-yilda necha foizga yetkazish vazifa qilib olindi? A) 70-75 foizga B) 55-60 foizga C) 60-70 foizga D) 65-70 foizga 25 / 50 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida paralimpiya sport turlari ro‘yxatiga kiritilgan sport turlarini sport ta’lim muassasalarida tashkil etish orqali Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlariga nechta litsenziyalarni qo‘lga kiritish belgilangan? A) 80 dan ortiq B) 90 dan ortiq C) 70 dan ortiq D) 100 dan ortiq 26 / 50 “Demokratiya” so‘zi lug‘aviy qanday ma’noni anglatadi? A) Xalq jamoasi B) Xalq hokimiyati C) Xalq birligi D) Xalq kuchi 27 / 50 Mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasida qaysi shior ilgari surilmoqda? A) “Yangi O‘zbekiston-Uchinchi Renessans sari” B) “Yangi O‘zbekiston-Uchinchi Renessans sari qadam” C) “Yangi O‘zbekiston-Uchinchi Renessans uchun” D) “Yangi O‘zbekiston-Uchinchi Renessansga intilmoqda” 28 / 50 O‘zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim nimalarga qaratilgan? A) Kasblar bo‘yicha birlamchi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan B) Yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishiga qaratilgan C) Umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan D) Savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan 29 / 50 O‘zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to‘g‘risida”gi qonunida davlat ta’lim standartlariga qanday ta’rif berilgan? A) Davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui B) Davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan majburiy talablar C) Ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar D) Ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga qo‘yiladigan majburiy talablar 30 / 50 “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ning maqsadli ko‘rsatkichlari”da umumta’lim maktablaridagi o‘qituvchilar orasida oliy toifali o‘qituvchilarni jami o‘qituvchilar soniga nisbatan necha foizga yetkazish belgilangan? A) 6% B) 5.50% C) 4% D) 7% 31 / 50 Mamlakatimizda maktab taʼlimini umummilliy harakatga aylantirish boʻyicha ishlar qaysi gʻoya asosida boshlandi? A) “Yangi Oʻzbekistonni qurish maktabdan boshlanadi” B) “Yangi Oʻzbekistonni birgalikda quramiz” C) “Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” D) “Yangi Oʻzbekiston kelajagi yoshlar qoʻlida” 32 / 50 O‘zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq mamlakatimizdagi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari qaysilar? A) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi B) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi C) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi D) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi 33 / 50 O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq qaysi davlat organi jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlaydi? A) O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi B) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi C) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi D) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 34 / 50 O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi organ qanday nomlanadi? A) Oliy Kengash B) Oliy Majlis C) Vazirlar Mahkamasi D) Qonunchilik Kengashi 35 / 50 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n olti nafar a’zosi kim tomonidan tayinlanadi? A) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan B) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi tomonidan C) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri tomonidan D) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 36 / 50 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qachon qabul qilindi? A) 2019-yil 29-avgustda B) 2019-yil 29-sentabrda C) 2019-yil 29-aprelda D) 2020-yil 9-mayda 37 / 50 Sh.Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi nutqi qanday nomlanadi? A) “Qonun ustuvorligi - inson manfaatlarini taʼminlashning muhim omilidir” B) “Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak” C) “Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga barpo etamiz” D) “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” 38 / 50 Maktabda faoliyat olib borishi uchun har bir fan bo‘yicha mahalliy yoki xalqaro sertifikatsiya talablarini belgilash masalasi 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining qaysi maqsadida belgilangan? A) Maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta’limi tizimida qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratish B) 2026-yilga qadar o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqib, amalda joriy etish C) Maktablarda ta’lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish D) Malakali o‘qituvchilarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSh dollari ekvivalentiga yetkazish 39 / 50 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida qaysi viloyatni maktab ta’limi islohotlarining namunasiga aylantirish ko‘zda tutilgan? A) Samarqand viloyatini B) Andijon viloyatini C) Navoiy viloyatini D) Toshkent viloyatini 40 / 50 2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi nechta ustuvor yo‘nalishdan iborat? A) To‘rtta B) Yettita C) Beshta D) Oltita 41 / 50 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida mahalla yoshlarini sportga jalb qilish darajasi reytingini shakllantirish hamda monitoringi asosida mahallalarda sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi yoshlarni 2022 yilda necha foizga oshirish rejalashtirilgan? A) 32 foizga B) 34 foizga C) 33 foizga D) 35 foizga 42 / 50 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5924-sonli Farmoniga muvofiq umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, ular orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida qaysi nomdagi festivalni joriy etish belgilangan? A) “Jismoniy tarbiya bo‘yicha eng yaxshi muassasa” B) “Jismoniy tayyorgarligi rivojlangan muassasa” C) “Jismoniy tayyorgarlik darajasi eng yaxshi umumta’lim maktabi” D) “Umumta’lim maktab sporti” 43 / 50 O‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqish hamda malakani baholash metodikasi asosida adolatli va shaffof tizimni joriy etish masalasi 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining qaysi maqsadida belgilangan? A) Malakali o‘qituvchilarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSh dollari ekvivalentiga yetkazish B) Maktablarda ta’lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish C) 2026-yilga qadar o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqib, amalda joriy etish D) Maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta’limi tizimida qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratish 44 / 50 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholini 2022-yilda necha foizga chiqarish belgilangan? A) 23 foizga B) 21 foizga C) 24 foizga D) 22 foizga 45 / 50 Birinchi Prezidentimizning saʼy-harakatlari bilan Konstitutsiyamizda qaysi tushuncha markaziy oʻringa qoʻyildi? A) “Inson va uning qadr-qimmati” B) “Har bir harakatimiz inson manfaati uchun” C) “Hamma narsa inson uchun” D) “Inson manfaatlari-oliy mezon” 46 / 50 2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi qachon va qanday hujjat bilan tasdiqlandi? A) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-fevraldagi Farmoyishi bilan B) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi Qarori bilan C) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2022-yil 27-martdagi Qarori bilan D) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi Farmoni bilan 47 / 50 “Renessans” atamasi lug‘aviy qanday ma’noni anglatadi? A) Ruscha “qayta tiklanish” B) Nemischa “yangidan tug‘ilish” C) Fransuzcha “yangilanish” D) Fransuzcha “uyg‘onish”, qayta yuzaga kelish” 48 / 50 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida qaysi vazifalarni nazarda tutuvchi milliy dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish belgilangan? A) Yangi maktablar qurish, o‘quvchi o‘rinlari sonini oshirish B) Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarga sharoit va imkoniyatlarni kengaytirish C) Yangi maktablar qurish, xususiy maktablarni ko‘paytirish, ta’lim sifatini oshirish D) Chekka hududlardagi maktablargacha transport qatnovini yo‘lga qo‘yish 49 / 50 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoniga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda qaysi o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarida umumiy o‘quv soatlari doirasida jismoniy tarbiya fanini barcha sinflarda haftada 2 soatdan o‘qitishni tashkil etish belgilangan? A) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab B) 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab C) 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab D) 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab 50 / 50 O‘zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim qay tarzda, qancha vaqt davomida amalga oshiriladi? A) Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida uzluksiz tarzda, majburiy bo‘lgan o‘n bir yil davomida B) Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida uzluksiz tarzda, majburiy bo‘lgan o‘n bir yil davomida C) Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida uzluksiz tarzda, majburiy bo‘lgan o‘n ikki yil davomida D) Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida uzluksiz tarzda, majburiy bo‘lgan o‘n yil davomida 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 16 Jismoniy tarbiya fanidan attestatsiya savollari №14
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 8 Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №17
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №16
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №15