Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №15 Fevral 5, 2024May 2, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №15 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 45 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №15 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gapda tushum kelishigini tushirib qo‘llash uslubiy jihatdan xato sanaladi? A) U kitobni o‘qishga berilib ketganidan qorong‘I tushganiga ham e’tibor bermasdi. B) Narsalarining ichidan o‘zining nomiga yozilgan xatni topib oldi. C) Otam yo‘qolgan qo‘yimizni qidirib tuni bilan mijja qoqmadi, tongga yaqin topib keldi. D) Ertasi kuni maktabga borganida kutubxonadan qushlar haqida yozilgan kitobni oldi. 2 / 10 2. Qaysi javobda so‘z va ibora ma’nodoshligi berilgan? A) aytib bermoq − bayon qilmoq B) lapashang − landavur C) xursand bo‘lmoq − do‘ppisini osmonga otmoq D) ko‘zini shira bosgan − dimog‘i ko‘tarilgan 3 / 10 3. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas? A) Haqiqiy olimning so‘zi, o‘yi, fikri va ishi bir xil bo‘ladi. B) Kishini g‘azab yoki shunga o‘xshash his egallasa; uning qabul qilgan qarori albatta noto‘g‘ri bo‘ladi. C) Hayotning boshqalar ko‘rmagan tomonini ko‘rish ham − talant. D) Shunday harakat qilingki − birovga yuk bo‘lmang balki hamroh bo‘ling. 4 / 10 4. Qaysi so‘zlarning yozilishida bosh harflar imlosiga amal qilingan? A) “O‘zbekiston qahramoni” unvoni, ToshDU B) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi C) Janubiy koreya, To‘rtko‘l tumani D) 8-Mart − xalqaro xotin-qizlar kuni, Hamza hakimzoda Niyoziy 5 / 10 5. Kesim ajratib ko‘rsatilgan gapni toping. A) A B) D C) C D) B 6 / 10 6. Qaysi javobda o‘rin bildiruvchi ravishlar qatori berilgan? A) shu yoqda, o‘rtada, yuqoriga B) hamma yoqda, oldinda, kechasi C) ichkarida, tashqarida, shu payt D) uzoqda, nari, shu kuni 7 / 10 7. Qaysi javobda so‘zlashuv uslubiga oid gap berilgan? A) Hazrat Mir Alisher Navoiy Hirot osmonining ma’naviy quyoshi edi. B) Ushbu ma’lumotnoma so‘ralgan joyga taqdim etish uchun berildi. C) − Ke, picha dam ol, qo‘zichog‘im, toza charchabsan. D) Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi. 8 / 10 8. Qaysi javobdagi so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? A) xarorat, davomad B) avtomat, exson C) hamon, okeyan D) maqsad, baho 9 / 10 9. Qaysi gapda rost so‘zi “adil, tik” ma’nolarida .qo‘llangan? A) Rost, ba’zi vaqtlarda atrofdagilardan ham to‘yib ketasan kishi. B) Rostini aytsam, bugun ham siz aytgan joyga bora olmayman. C) Yolg‘onchining rost so‘zi ham atrofdagilar uchun yolg‘ondek tuyulaveradi. D) Musibat ba’zan eng zabardast yigitlarning ham rost qomatini egib qo‘yadi. 10 / 10 10. Qaysi javobda qismlari qo‘shib yoziladigan so‘zlar berilgan? A) adirma//adir, Bo‘z//suv B) sap//sariq, och//sariq C) taklif//noma, xush//xabar D) hamma//vaqt, to‘q//qizil 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok