8-sinf Jahon tarixi №4 Iyun 12, 2023 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 8-sinf Jahon tarixi №4 ga fikr bildirilmagan. 12 123456789101112131415161718192021222324252627282930 8-sinf Jahon tarixi №4 II bob. XVI-XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI 1-variant 1 / 30 1. Quyidagi rasmda tasvirlangan o’sha davr tarixchisi tomonidan "u shunchalar yoqimliki, suratni ko‘rib insoniylikdan ko‘ra ko‘proq ilohiy oziq olasan...", deb yozib qoldirilgan asarni aniqlang. A) Rafael Santining "Sikstin Madonnasi" asari B) Leonarda da Vinchining "Jokonda" asari C) Mikelanjelo Buonarrotining "David"asari D) Rembrandtning "Adashgan o'g'ilning qaytishi" asari 2 / 30 2. Yangi davrga kelib nima sababdan Italiya shaharlari o‘zining avvalgi mavqeini yo‘qotgan? A) o‘rta asr feodal sarqitlarining saqlanib qolganligi B) yangi savdo yo‘llaridan chetda qolishi C) siyosiy tarqoqlik D) katolik cherkovining katta ta‘sirga ega bo‘lishi 3 / 30 3. Quyidagi rasmda tasvirlangan, Yerning quyosh va o’z o’qi atrofida aylanishini birinchi bo’lib isbotlab bergan olimni aniqlang. A) Jordano Bruno B) Isaak Nyuton C) Galileo Galiley D) Nikolay Kopernik 4 / 30 4. Buyuk fransuz burjua inqilobi davrida hokimiyatga kelga mulk va erkin tadbirkorlikni himoya qiladigan respublika tarafdorlari nima deb ataladi? A) royalistlar B) termidorchilar C) jirondachilar D) yakobinchilar 5 / 30 5. Rossiya Fanlar akademiyasi qaysi shahrda tashil etilgan? A) Peterburgda B) Qozonda C) Moskvada D) Orenburgda 6 / 30 6. Buyuk fransuz burjua inqilobi davrida uchinchi tabaqani birlikka chaqirgan shaxsni aniqlang. A) Gabriel de Mirabo B) Pyer Shomet C) Maksimilian Robispyer D) Danton 7 / 30 7. Osiyoning eng shimoliy chekkasi nima deb ataladi? A) Chelyuskin burni B) Sannikov burni C) Kulibin burni D) Chukotka burni 8 / 30 8. Buyuk fransuz Burjua inqilobi davrida konstitutsiya qabul qilish uchun yig‘iladigan parlament qanday atalgan? A) Konvent B) Direktoriya C) Qonun chiqaruvchi majlis D) Ta'sis majlisi 9 / 30 9. Napoleon Bonapart tomonidan Italiyada bosib olingan yerlarda amalga oshirilgan islohotlarni aniqlang. 1)soliqlarni kamaytirdi; 2)cherkov va ibodatxonalarni ba’zi bir yig‘imlardan mahrum etdi; 3)ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi boj soliqlarini joriy qildi; 4)inson huquqlarini mustahkamlaydigan yangi qonunlarni joriy qildi; 5)feodal qaramlikni yo‘q qildi; 6)texnik yangiliklarni qo‘llab- quvvatladi; 7)dehqonlarning yerlarini o'zlariga xususiy mulk qilib berdi; A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 6 D) 1, 4, 6 10 / 30 10. Angliyada uzoq muddatli parlament davrida yuz bergan voqealarni aniqlang. 1)qirol ministrlari sudga tortildi; 2)Ingliz dehqonlari to'lov evaziga ozodlikka chiqarila boshladi; 3)yuksak lavozimli amaldorlar, yepiskoplar, sudyalar qamoqqa olindi; 4)soliqlar tartibga solindi; 5)dehqonlarning mehnat majburiyatlaridan voz kechildi; A) 3, 4 B) 2, 4 C) 1, 3 D) 1, 5 11 / 30 11. XVII asrda qaysi davlatda kapitalistik munosabatlarning kirib kelishi natijasida yuz bergan iqtisodiy o‘sish, absolutizmning mustahkamlanishi, soliqlarning oshishi,xalq ommasi ahvolining yomonlashuvi va doimiy xalq qo‘zg‘olonlari bilan qo‘shilib ketdi. A) Fransiyada B) Turkiyada C) Rossiyada D) Koreyada 12 / 30 12. Angliyada «Taxt vorisligi to‘g‘risida bill» qabul qilingan yilda yuz bergan voqeani aniqlang. A) Prussiya qirolligi tashkil topdi. B) Hindiston hukmdori Avrangzeb Olmagirning hukmronligi tugadi C) Ispaniya qiroli Karl II vafot etdi. D) Ispaniya qiroli Filipp Anjuy Fransiya taxtiga bo‘lgan huquqidan voz kechdi. 13 / 30 13. Shimoliy Amerikaga ...boshlab ko'plab qora tanli qullar olib kelindi. A) XVII asrdan B) XVI asrdan C) XV asrdan D) XVIII asrdan 14 / 30 14. Zamonaviy amerika millati qachon shakllangan? A) A)XVIII asr boshlarida B) XVII asr o'rtalarida C) XVIII asr o'rtalarida D) XVIII asr oxirida 15 / 30 15. To‘g‘ri ma’lumotlar berilgan javobni aniqlang. 1)Yetti yillik urush (1756–1763) Yevropa siyosiy xaritasini tubdan o'zgartirdi; 2)Yetti yillik urush (1756–1763) natijasida Angliya dunyoning yetakchi mustamlaka imperiyasiga aylandi; 3)Usmoniylar sultoni Mustafo II 1768-yili Rossiyaga qarshi urush boshladi; 4)1714-yilda tinchlik sulhiga ko'ra Filipp Anjuy Ispaniya taxtiga bo‘lgan huquqidan voz kechdi; 5)1648-yildagi Vestfal sulhi Yevropa davlatlari o‘rtasidagi yangi munosabatlarga asos soldi; 6)1648-yildagi Vestfal sulhi katoliklar bilan protestantlar o‘rtasidagi dushmanlikka barham berdi; 7)1648-yildagi Vestfal sulhidan keyin Yevropada Angliyaning roli oshdi; A) 2, 5, 6 B) 1, 4, 5 C) 1, 3, 6 D) 2, 5, 7 16 / 30 16. Angliyada 1714-yilgacha qaysi sulola hukmronlik qilgan? A) gannoverliklar B) oranyelar C) tyudorlar D) styuartlar 17 / 30 17. Rossiyada I.I. Polzunov, I.P. Kulibin kabi olimlar qaysi sohada shuhrat qozongan? A) texnika B) adabiyot C) musiqa D) geografiya 18 / 30 18. Yevropa ma'rifatparvarlari haqidagi to'g'ri ma'lumotlarni aniqlang. 1)cherkov ta’limoti va umuman, dinning o‘zini tanqid qildilar; 2)absolutizmga va ayrim feodal tartiblarga qarshi chiqdilar; 3)ular ma’rifatning rivojlanishi o‘z-o‘zidan mavjud tartiblarning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblar edilar; 4)feodal tartiblar bilan kurashning inqilobiy usullarini yoqlab chiqdilar; A) 2, 3 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 1, 4 19 / 30 19. Ilk umumjahon svilizatsiyasini aniqlang. A) Xitoy-konfutsiylik sivilizatsiyasi B) Yevropa sivilizatsiyasi C) Islom sivilizatsiyasi D) Yunon sivilizatsiyasi 20 / 30 20. Moskva universiteti (a) va Moskva davlat universitetining O'zbekistondagi filiali tashkil etilgan yillarni aniqlang. A) a-1855-yil, b-2006-yil B) a-1855-yil, b-2007-yil C) a-1755-yil, b-2006-yil D) a-1755-yil, b-2007-yil 21 / 30 21. Quyidagi qaysi shaharda XVIII asrdan boshlab matematika va navigatsiya fanlari maktabi, artilleriya, meditsina maktablari ochilgan? A) Peterburgda B) Buenos-Ayresda C) Moskvada D) Amsterdamda 22 / 30 22. Buyuk fransuz burjua inqilobining tarixiy ahamiyatini aniqlang. 1)eski tartiblarni yo‘q qilib tashladi. 2)huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun asos solindi. 3)burjua mulkchiligi o‘rnatildi. 4)sanoat to‘ntarishi uchun sharoit yaratildi. 5)feodal mulkchilikka zarba berdi, ammo tugallanmay qoldi. 6)feodal qoidalar va absolutizm tugatildi. A) 1, 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 6 23 / 30 23. Buyuk fransuz inqilobi davrida aholining so‘nggi ommaviy chiqishi yuz bergan yilni aniqlang. A) 1794-yil B) 1795-yil C) 1791-yil D) 1793-yil 24 / 30 24. Direktoriya boshqaruvi davrida Fransiyaga qaram respublikaga aylantirilgan davlat xaritada qaysi raqam bilan berilgan. A) 13 B) 14 C) 15 D) 12 25 / 30 25. Qirolicha Yelizaveta I davrida yuz bergan voqealarni aniqlang. 1)faqat cherkovni emas, toifalar vakillaridan iborat parlamentni ham o‘ziga bo‘ysundirdi. 2)Reformatsiya o‘z nihoyasiga yetdi. 3)Amerikadagi birinchi mustamlaka – Virjiniyaga asos solindi. 4)Angliya asta-sekin kuchli dengiz davlati –«dengizlar malikasi»ga aylandi. 5)«Uzoq muddatli parlament» chaqirildi. A) 1, 3 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 5 26 / 30 26. Rossiyada ... boshlab bir qator maktablar ochilishi katta ahamiyatga ega bo'ldi. A) XIX asrdan B) XVI asrdan C) XVIII asrdan D) XVII asrdan 27 / 30 27. XVII asrda Angliyada fuqarolar urushi davrida aholining qaysi tabaqalari parlamentni qo'llab-quvvatlagan? 1) ruhoniylar; 2) savdogarlar; 3) dehqonlar; 4) yangi dvoryanlar; 5) asilzodalar; 6) tadbirkorlar; 7) saroy amaldorlari; A) 1, 4, 7 B) 4, 5, 6 C) 2, 3, 6 D) 2, 4, 6 28 / 30 28. XVI-XVIIIasrlarda Yevropada manfaatlari doim bir-biri bilan to‘qnashgan davlatlarni aniqlang. 1) Angliya; 2) Avstriya ; 3) Fransiya; 4) Rossiya 5) Ispaniya; 7) Italiya; A) 2, 4, 6 B) 2, 3, 7 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 3 29 / 30 29. 17 asrlarda Yevropa davlatlarining jahonda ta’sir doirasiga ega bo‘lish va hududlar uchun kurashlari keyingi davrlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. A) XVI-XVII asrlarda B) XV-XVI asrlarda C) XVII-XVIII asrlarda D) XVIII-XIX asrlarda 30 / 30 30. XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida Fransiyada jadal iqtisodiy o‘sishga sabab bo'lgan qirol tomonidan amalga oshirilgan islohotlarni aniqlang. 1)soliqlarni kamaytirilishi; 2)cherkov va ibodatxonalarni ba’zi bir yig‘imlardan mahrum etilishi; 3)manufakturalar uchun qulay moliyaviy sharoit yaratishilishi; 4)ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi boj soliqlarini joriy qilishinishi; 5)dehqonlar qaramligi bekor qilinib, soliqlarni pul shaklida olinishi; 6)texnik yangiliklarni qo‘llab- quvvatlanishi; 7)dehqonlarning yerlarini xususiy mulkka aylantirilishi; A) 1, 3, 4, 6 B) 1, 3, 5, 7 C) 2, 4, 6, 7 D) 2, 3, 4, 5 Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster 8-sinf Jahon tarixi