Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf O'zbekiston tarixi » 8-sinf O’zbekiston tarixi №4 8-sinf O'zbekiston tarixi 8-sinf O’zbekiston tarixi №4 InfoMaster May 4, 2023 37 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 8-sinf O'zbekiston tarixi №4 16-21-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Janubiy-g'arbiy Sibirning Tura shahri qaysi yillar mobaynida Abulxayrxon davlatining poytaxti vazifasini o'tagan? A) 1428-1446-yillar B) 1428-1468-yillar C) 1428-1431-yiilar D) 1431-1446-yillar 2 / 40 2. Amir Boyshayx qaysi tarixiy shaxsga otaliqlik qilgan? A) Bobur Mirzo B) Shohbudog' Sulton C) Abulxayrxon D) Davlatshayx 3 / 40 3. Mamlakatda adolat mezonlariga amal qilinishi kim tomonidan nazorat qilingan? A) muhtasib B) qozikaion C) devonbegi D) dodhox 4 / 40 4. Ubaydullaxonning asosiy maqsadi nimadan iborat edi? A) qabila boshliqlari nufuzini sindirishdan iborat edi B) mahalliy hokimiyat va markaziy hokimiyat o'rtasidagi tafovutlarni birlashtirishdan iborat edi C) siyosiy tarqoqlikni tugatishdan iborat edi D) Markaziy hokimiyatni mustahkamlashdan iborat edi 5 / 40 5. Quyidagi sulolardan qay biri hukmronligi davrida davlat boshqaruvidagi devonlar tizimi deyarli barbod bolgan? A) ashtarxoniylar B) anushteginiylar C) shayboniylar D) ma’muniylar 6 / 40 6. Abdullaxon II Rossiya bilan savdo aloqalarini yaxshilashga harakat qilar ekan, bu orqali …? A) Eronga qarshi Rossiya bilan ittifoq tuzmoqchi edi B) Davlatining siyosiy ahvolini mustahkamlashga ham erishmoqchi edi C) Usmoniylarning O’rta Osiyoga intilishiga barham bermoqchi edi D) Makkaga boruvchi yo’lni nazoratga olmoqchi edi 7 / 40 7. Nodirshoh bosqini va oqibatlari to`g`risida keltirilgan fikrlardan qaysi biri noto`g`ri ? A) Abulfayzxon Qarshidan Muhammad Hakimbiyni chaqirib oldi B) Buxoro xonligi aholisidan 10 ming kishilik qo`shin to`planib,Nodirshoh ixtiyoriga jo`natildi C) Nodirshoh oily hukmdor, Buxoro esa Eronga qaram davlatga aylandi D) Buxoro xolnigini xarobaga aylantirmaslik shartnomasini Muhammad Hakimbiy uddalay olmadi 8 / 40 8. Buxoro xonligining Rossiya bilan munosabati….dan rivojlana bordi ? A) XVI asrning ikkinchi yarmi B) XVI asrning birinchi yarmi C) XV asrning ikkinchi yarmi D) XVII asrning ikkinchi yarmi 9 / 40 9. Shayx maslahati bilan yuk tashuvchi,keyinchalik, pichoqqa qin yasab, shu orqali ro`zg`or tebratgan hukmdor kim edi ? A) Doniyolbiy otaliq B) Muhammad Hakimbiy C) Muhammad Rahimbiy D) Amir Shohmurod 10 / 40 10. Noto`g`ri ma`lumotni aniqlang A) Abdullaxon II kumush tangasi 40 ta, eski tanganing 27 mis tangaga teng bo`ldi B) Temuriylar davridagi tanga og`irligi 4,8 gramm edi C) Temuriylar davridagi kumush tanga oltita mis tangaga teng edi, 1507-yildagi islohotga ko`ra esa 24 mis tanga bo`ldi D) Shayboniyxon tomonidan 5,2 gramm og`irlikda kumus h tanga zarb etish yo`lga qo`yildi 11 / 40 11. Buxoro amirligda muntazam qo`shin qanday atalgan? A) askariya B) lashkar C) qo`shun D) navkariya 12 / 40 12. Quyida berilganlardan qaysi biri shayboniy Ubaydullaxon hukmronligining so`nggi yili sodir bo`lgan ? A) Abdulatifxon vafot etdi B) Navro`z Ahmadxon amakivachchasi Abdulatifxon bilan birlashib Buxoroni egalladi C) Mir Arab madrasasi qurilishi yakunlandi D) Abdullaxon II amalda hokimyatni egalladi 13 / 40 13. 1806-yilgi Buxoro-Xiva o`rtasidagi urushda Xiva qo`shinlari qayerda mag`lubiyatga uchradi ? A) Zarafshon daryosi bo`ylari B) Amudaryo qirg`oqlari C) Marv yaqinida D) Sirdaro bo`ylari 14 / 40 14. Quyida berilgan javoblardan qaysi biri Amir Nasrullo davrida sodir bo`lmagan ? A) Aleksandr Byorns boshchiligidagi navbatdagi ingliz missiyasining Buxoroga tashrifi B) Buyuk Britaniyaning Afg`onistonga harbiy harakatlarni boshlashi C) " Tarixi jahonkushoy " asarining yozilishi D) she`rlaridan 2 devon , bizgacha 3 ming misra she`rlari yetib kelgan ijodkorning vafoti 15 / 40 15. Ashtarxoniylar sulolasi vakillarining Buxoro xonligini boshqargan vakillarini to`g`ri ketma- ketlikda belgilang 1) Nodir Muhammad 2) Vali Muhammad 3) Imomqulixon 4) Subhonqulixon A) 3,1,4,2 B) 1,4,3,2 C) 4,2,1,3 D) 2,3,1,4 16 / 40 16. Moslashtiring 1)Farg`ona vodiysi Buxoro xonligidan ajralib chiqdi 2) Ibrohimbiy va Rajab Sultonlar Samarqandni egalladilar 3)Ubaydullaxon II taxtga chiqdi 4)Abulfayzxon hoimyatni egalladi a)1723-yil b) 1709-yil c) 1711-yil d) 1702-yil A) 1-b,2-d,3-a,4-c B) 1-a,2-b,3-d,4-c C) 1-c,2-a,3-d,4-b D) 1-b,2-a,3-d,4-c 17 / 40 17. Quyida berilgan mulohaza to`g`rimi? “Podsholar gulshani” asarining muallifi XIX asrning birinchi yarimida ijod etgan. A) Noto`g`ri B) To`g`ri 18 / 40 18. Buxoro amirligining tashqi siyosatida elchilik vazifasini bajargan shaxslar faoliyatiga mos keluvchi bandni belgilang 1)Buxoro-Eron o`rtasida urush kelib chiqqudek bo`lsa,birgalikda harakat qilish taklif etildi 2)Buxor-Usmonli davlati munosababtlari haqida rus hukumatining qanday fikrda ekanligi bilishga urinildi 3)har ikki davlat o`rtasida ishonchga asoslangan munosabatlar qaror topishi uchun astoydil harakat qildi a)Doniyolbiy tomonidan yuborilgan Ernazar Maqsudov b)Amir Nasrullo tomonidan yuborilgan Polvonquli qurchi c)Amir Haydar tomonidan yuborilgan Niyozbek parvonachi d)Shohmurod toonidan yuborilgan Polvonquli qurchi A) 1,2-c; 3-d B) 1-b; 2,3-d C) 1-d; 2,3-a D) 1,2-a; 3-c 19 / 40 19. Tarixiy-mantiqiy ketma-ketlik (moslik) berilgan javobni toping. A) Ubaydullaxon – Buxoro – Mir Arab madrasasi B) Olloqulixon – pul islohoti – Dishanqal’a C) Amir Shohmurod – ta’lim islohoti – “amiri ma’sum” D) Olimxon – Turkiston – “amir al-muslimin” 20 / 40 20. Quyidagi me`moray inshoot qaysi yili va kim tomonidan qurilgan ? A) Yalangto`sh Bahodir, 1619-yil B) Ubaydullaxon 1533-1536-yillar davomida C) Abdullaxon, 1577-yil D) Shayboniyxon,1507-yil 21 / 40 21. Buxoro amirligidagi harbiy harakatalar chog`ida aholidan olinadigan favqulodda soliq qanday atalgan ? A) jul B) ixrojot C) to`la D) zobitona 22 / 40 22. Quyida berilganlardan qaysi javob ashtaxoniy hukmdor Subhonqulixon o`g`lining boshqaruv davriga oid ? A) Mahmudbiy otaliqqa Balx hokimligini topshirdi B) Siyosiy vaziyat izdan chiqqanligi tufayli taxtdan voz kechadi C) Poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko`chirdi D) Ibrohimbiy va Rajab Sulton qo`zg`aloni kuzatildi 23 / 40 23. Qaysi Buxoro amiri davrida barcha fuqarolar uchun zaruriy umumiy ta`lim joriy etildi ? A) Amir Nasrullo B) Shohmurod C) Amir Haydar D) Muhammad Rahimbiy 24 / 40 24. Quyidagi grafikda qaysi raqam ostida asar va uning muallifi bir-biriga muvofiq keladi? A) 2.5 B) 4.6 C) 3.6 D) 2.4 25 / 40 25. Quyida berilgan qaysi asar ashtarxoniylar davrida yozilmagan ? A) " Ubaydullanoma" B) " Tarixi jadidayi Toshkand" C) " Abulfayzxon tarixi " D) " Tarixi Muqimxoniy " 26 / 40 26. Shayboniy va ashtarxoniylar davri ta`lim tizimiga mos kelmaydigan bandni begilang A) Shayboniylar davrida bolalarga 6 yoshdan ta`lim berilgan,maktabda ikki yil o`qitilib madrasaga o`tkazilgan B) Ashtarxoniylar davrida madrasa ta`limi 7-12 yil davom etgan C) Shayboniylar davrida madrasa ta`limi uch bosqichli bo`lgan, 7 yildan har bir bosqichda ta`lim berilib jami 21 yil davom etgan D) Ashtarxoniylar davrida ham bola maktabga 6 yoshdan berilgan va uch yil davomida maktabda ta`lim olgan 27 / 40 27. Buxoro xonligi aholisi manbalarda qaysi asrda o`zbek va tojiklardan iborat ekanligi aytilgan ? A) XIV asr oxiri B) XVI asr boshlari C) XVII asr oxiri D) XV asr boshlari 28 / 40 28. Nima uchun Ashtarxoniylar davrida xonlikning iqtisodiy taraqqiyoti tobora pasayib bordi ? A) iqtisodiy tanazzul B) markaziy hokimyatning nihoyatda kuchsizligi natijasida siyosiy parokandalik yuz berdi C) devon va dargoh tizimining butunlay tugatilganligi D) muntazam qo`shin saqlay olmaslik 29 / 40 29. " Tangrining jamoli " deb ulug`lanadigan shahar qaysi javobda ko`rsatilgan ? A) Toshkent B) Buxoro C) Qarshi D) Samarqand 30 / 40 30. Quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni toping. a) uning davrida vaqf yer-mulkining hajmi tobora ortib borgan; b) Shayboniy Ko’chimxonning Sibir xonligi taxtini egallash ga yordam bergan; c)Ismoil Safaviy qo’shinining hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahrni ularning harbiy-siyosiy tazyiqlaridan saqlab qoldi; d) pul islohotini amalga oshirgan A) I-c; II-a; III-b; IV-d B) I-d; II-b; III-c; IV-a C) I-a; II-c; III-b; IV-d D) I-b; II-c; III-d; IV-a 31 / 40 31. Buxoro amirligida bugungi kun voqeligi bo`yicha aytganda Oliy sud raisi lavozimiga teng amaldor qaysi edi ? A) Muftiy B) Shayxulislom C) Qozikalon D) Muhtasib 32 / 40 32. Buxoro amirligi harbiy ishlariga oid bo`lmaganini aniqlang A) Kichik kalibrli " xitoychi " deb atalgan to`p mavjud bo`lgan B) Bosh qo`mondon yana lashkarboshi ham deb atalgan C) Porox ishlab chiqaruvchi ustalar dorukash deb atalgan D) Qo`shinning to`pchilar qismida jami 50 ta to`p mavjud bo`lgan 33 / 40 33. Jadvalda harflar bilan belgilangan kataklar o'rniga mos keluvchi ma’lumotni qo’ying. l) Navro'z Ahmadxon ibn Suyunchxo'ja yordamida Abdulatifxon Buxoro taxtini egalladi 2) Nodirshoh 3) 1736-yil 4) vafot etdi 5) 1502-yil 6) Ismoil Safaviy 7) 1563-yil 8) 1569-yil A) a-3, b-7, c-6, d-4 B) a-2, b-8, c-1, d-7 C) a-3, b-8, c-6, d-5 D) a-5, b-6, c-1, d-7 34 / 40 34. Buxoro amirligida mavjud yer o`lchovlarini belgilang 1) 300 tanob va undan kam yerga ega hudud, aholi yashasa-yashamasa 2)bitta katta ariq bilan sug`oriladigan ellik ming tanob yer ming tanob sug`oriladigan yerga ega qishloq a)obikori b) marza c) hazora A) 1-b,2-a,3-c B) 1-b,2-c,3-a C) 1-a,2-c,3-b D) 1-a,2-b,3-c 35 / 40 35. Buyuk Britaniya va Rossiya o`rtasida O`rta Osiyo uchun raqobat kuchayib ketgan davrda Buxoroni kimlar boshqarmoqda edi? A) Amir Nasirullo va Amir Abdulahad B) Amir Shohmurod va Amir Haydar C) Amir Shohmurod va Amir Muzaffar D) Amir Haydar va Amir Nasirullo 36 / 40 36. Quyidagi jadvalning qaysi qatorlaridagi ma`lumotlar bir-biriga mos ravishda berilgan A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4 37 / 40 37. Quyida berilgan amaldorlar va ularni turli ishlarga buyurgan hukmdorlarni mos ravishda belgilang A) Amir Haydar-Niyozbek parvonachi; Amir Nasrullo-Ibrohimbiy B) Amir Shohmurod-Polvonquli qurchi; Amir Haydar-Ernazarbiy C) Amir Haydar-Niyozbek parvonachi; Amir Nasrullo-Ibrohim parvonachi D) Amir Nasrullo- Ernazarbiy; Amir Haydar- Polvonquli qurchi 38 / 40 38. Rossiya Sibir xonligiga qarshi qaysi yili va kim boshchiligida qo`shin yubordi ? A) 1581-yil,Yermak B) 1584-yil ,Ivanov C) 1591-yil, Ko`chimxon D) 1601-yil ataman Nechay 39 / 40 39. Bir yilda hukmronligi tugagan shaxslarni belgilang A) Amir Shohmurod va Rizoquli B) Abulfayzxon va Nodirshoh C) Ivan IV va Ubaydullaxon II D) Muhamad Rahimbiy va Nodirshoh 40 / 40 40. Quyida tasvirlangan shaxs vorisi kim edi ? A) Ko`chkunchixon B) Abdulmo`min C) Shohbudog` D) Muhammad Temur Sizning ballingiz 0% Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz