7-sinf Jahon tarix №4 Aprel 11, 2023 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 7-sinf Jahon tarix №4 ga fikr bildirilmagan. 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Jahon tarix №4 22-28-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Frank qirollarining ishonchli xizmatchisi hisoblangan aholi vakillari kimlar bo’lgan? A) feodallar B) gersoglar C) yepiskoplar D) graflar 2 / 40 2. Alfred 879-yilda daniyaliklar bilan tinchlik sulhini tuzadi.Unga binoan, butun orol ikki qismga bo‘linib: 1)…hududlar Alfredga, 2)…hududlar daniyaliklarga beriladi. Chegara 3)… yo‘l bo‘ylab o‘tadi. Skandinavlarga qoldirilgan yerlar 4)… nomini oladi. A) 1) sharqiy, 2) g’arbiy, 3) London va Chechter oralig‘i 4) Denlo B) 1) janubiy, 2) shimoliy 3) London va Chechter oralig‘i 4) Denlo C) 1) g’arbiy, 2) sharqiy, 3) London va Chechter oralig‘i 4) Denlo D) 1) shimoliy, 2) janubiy, 3) London va Chechter oralig‘i 4) Denlo 3 / 40 3. Vizantiyada hukmdorga bo`ysungan asosiy organlarni aniqlang. A) ruhoniy, soliq, harbiy, sinklit B) moliya, sud, soliq, tashqi ishlar C) sud, soliq, sinklit, harbiy, amaldor D) amaldor, soliq, moliya, cherkov 4 / 40 4. Ozarbayjonda ko`tarilgan Bobek qozg`aloni vakillarining bosh shiorini aniqlang. A) ,,Zodagonlarning so`nggi avlodigacha qirib tashlash’’ B) ,,Qirq yil qul bo`lib yashagandan bir kun ozod bo`lib yashgan ma`qul’’ C) ,,Ozodlik yoki o`lim” D) ,,Ishlab yashaylik yoki jang qilib halok bo`laylik’’ 5 / 40 5. Quydagilardan arablar davri me’morchiligi durdonalarini aniqlang. 1.Kordovadagi masjid 2.Sevilya shahridagi masjid 3.Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi 4.Al-Qasar qasri 5.Granadadagi Al-Hamro saroyi 6.Avliyo Mark ibodatxonasi 7.Qohiradagi Hasan masjidi A) 1, 3, 5, 7 B) 1, 3, 4, 6 C) 2, 4, 5, 6 D) 2, 3, 4, 7 6 / 40 6. Muslumon adabiyotida fors tilidan foydalanish boshlangan asr(a), va nechanchi asrga qadar kitoblar monastirlar kutubxonalarida saqlangan(b). A) IX asr(a), XI asr(b) B) X asr(a), XII asr(b) C) XII asr(a), XIII asr(b) D) XI asr(a), XII asr(b) 7 / 40 7. Lotinlar tomonidan Vizantiya hududlarini to`liq egallana olmaganligining sababi nima edi? A) Qirollarning salibchilarni qo`llab-quvvatlamay qo`yganligi; B) diniy-ritsarlik ordenlarini o`z faoliyatini yakunlganligi; C) salibchilar orasida boshlangan parokandalik; D) mahalliy yunonlarning mardonavor qarshiligi; 8 / 40 8. Dastlabki banklar qachon va qaysi davlatning yirik shaharlarida paydo bo‘lgan. A) XIV-XV asrlar, Germaniya B) XIV-XV asrlar, Fransiya C) XIV-XV asrlar, Angilya D) XIV-XV asrlar, Italiya 9 / 40 9. Shahar kambag`allari qo`zg`olonlari bo`lib o`tgan yerlar berilgan javobni toping. 1) Florensiya 2) Milan 3) Perudja 4) Seviliya 5) Kyoln 6) Siena 7) Parij A) 1, 3, 4, 6, 7 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 5, 6, 7 D) 1, 3, 5, 6 10 / 40 10. Kimlarning davrida inkvizisiya o‘z qudratining cho‘qqisiga erishgan(a), va katolik cherkovi o‘z qudrati cho‘qqisiga erishgan(b). A) Bonifatsiy VIII(a), Grigoriy IX(b) B) Innokentiy III(a), Bonifatsiy VIII(b) C) Grigoriy IX(a), Innokentiy III(b) D) Lyudovik IX(a), Innokentiy III (b) 11 / 40 11. Nemis feodallari tomonidan XIII asr boshlarida est va lit qabilalariga qarshi olib borilgan urushlardan ko'zlangan maqsadlarga quyidagilarning qaysi biri muvofiq keladi? A) rus yerlariga hujum oldida qo‘shin orqasini xavfsizlantirish B) Boltiq dengizi bo'ylab savdo kemalariga uyushtirilayotgan bosqinchilik hujumlariga chek qo'yish C) Polsha qirolligini iqtisodiy va harbiy yordamdan uzib qo‘yish D) aholini katolik diniga o‘tkazish 12 / 40 12. Quydagi voqealar qaysi Fransiya qirollari davrida bo’lib o’tgan? 1)Filipp II 2) Lyudovik VI 3) Filipp IV 4) Lyudovik IX a)keng jamoatchilik ko‘magiga tayanib papaga qarshi harakatni boshlab, to‘liq g‘alaba qozonadi; b) Angliya qiroli Ioann bilan inglizlarning Normandiyadagi mulklari uchun kurash boshlaydi; c) Sakkizinchi salib yurishlarini tashkil etgan; d) o‘zboshimcha baronlar qal’alarini buzib, ularni bo‘ysundiradi; A) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c B) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c C) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a D) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c 13 / 40 13. Yuz yillik urush davrida tashkil etilgan Fransiya armiyasidagi yagona qo`mondonlik lavozimini kim egallagan? A) Gotfrid Bulonskiy B) Karl Burgundskiy C) Dyugeklan D) Bolduin 14 / 40 14. Germaniya imperatori Fridrix II qalamiga mansub asarni aniqiang. A) «Ov qilish san’ati» B) «Itlar bilan ov qilish» C) «Ovning foydali xususiyatlari» D) «Qushlar bilan ov qilish» 15 / 40 15. Robin Gud qaqchon xalq og`zaki ijodining sevimli qahramoniga aylandi? A) XII asrda B) XV asrda C) XIII asrda D) XIV asrda 16 / 40 16. Quydagi shaxslar Yevropa hukmdorlari ichida birinchi bo’lib qanday ishlar qilgan. 1)Vilgelm I 2) Filipp IV 3) Fridrix II a)hukmdor tomonidan tashkil etilgan birinchi universitet Neapol universitetiga asos slogan; b) ilk marotaba yer-mulk va aholi ro‘yxatini o‘tkazadi; c) birinchi bo‘lib katta yer-mulklarga egalik qilayotgan cherkovdan soliq talab qiladi. A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-b, 2-c, 3-a C) 1-a, 2-c, 3-b D) 1-b, 2-a, 3-c 17 / 40 17. Qachondan boshlab Fransiyadagi yangi o’zlashtirilgan yerlarda dehqonlar qaramligi bekor qilinib, soliqlarning bir qismi pul bilan to’lanadigan bo’ldi? A) XI asrdan B) XIV asrdan C) XIII asrdan D) XII asrdan 18 / 40 18. «Mayl End» dasturiga ko'ra, ... ko‘zda tutilgan edi? 1) aholining teng huquqli bo'lishini ta’minlash; 2) erkin savdoga ruxsat berish; 3) yer solig'ini kamaytirish; 4)feodallar tortib olgan yer va yaylovlarni qaytarish; 5)ibodatxona yerlarini musodara qilib, dehqonlarga bo‘lib berish; 6) dehqonlar qaramligini bekor qilish. A) 1, 4, 5 B) 1,2, 3 C) 2, 3, 6 D) 3, 4, 6 19 / 40 19. “Ingliz tojining marvaridi” nomini olgan hudud nomini aniqlang? A) Akvitaniya B) Bretan C) Normandiya D) Uesseks 20 / 40 20. Kim Filipp IV dan Flandriyaga qarshi urushni to`xtatishni talab qilgan? A) Bonifatsiy VIII B) Buyuk Magistr C) Grigoriy IX D) Genrix II 21 / 40 21. Milan boshchiligidagi Liga qo’shinlari qachon va qayerda Fridrix I qo’shinlarini tor-mor qilgan? A) 1066-yil Gastings jangida B) 1076-yil Bosvort jangida C) 1176-yil Lenyano jangida D) 1186-yil Azenkur jangida 22 / 40 22. Fransuz qirollarining an`anaviy toj kiyish marosimi o`tkaziladigan saroy qayerda joylashgan? A) Reyms shahri B) Axen C) Avliyo Pyotr cherkovi D) Ruan shahri 23 / 40 23. Yuz yillik urushda qaysi jangda Angliyaga qaraganda Fransiyani qoʻshini son jihatdan ikki barabar koʻp boʻlgan? A) 1340-yilgi dengiz jangida B) Azenkur jangi C) Puate jangi D) Kresi jangi 24 / 40 24. Fransiya qiroli 1337-yilda qaysi hududni o‘z davlatiga qo'shib olganligini e’lon qiladi? A) Akvitaniya B) Burgundiya C) Flandriya D) Normandiya 25 / 40 25. Fransiyani qaysi qirolining omadi yurishib o‘g‘lini Akvitaniya gersogining yagona merosxo‘riga uylantirishi qirollik yerlarini yanada kengaytiradi. A) Karl VIII B) Lyudovik VI C) Filipp IV D) Lyudovik XI 26 / 40 26. Inglizlar kimning ko’magida Parijni egallaydi? A) Normandiya gersogi B) Flandriya grafi C) Burgundiya gersogi D) Akvitaniya gersogi 27 / 40 27. Quydagi qo’zg’alonlardan qaysi birida qo‘zg‘olonchilor feodallar qal’alarini talab, soliq hujjatlarini, ro‘yxatlarini yondirib yuboradilar. A) Uot Taylor qo‘zg‘oloni; B) Jakeriya qo‘zg‘oloni; C) Janna d’Ark qo’zg’aloni; D) Bobak qo’zg’aloni; 28 / 40 28. Uot Tayler qo’zg’oloni yuz bergan davrda Angliya qiroli kim bo’lgan? A) Genrix II B) Richard II C) Genrix I D) Vilgelm I 29 / 40 29. Angliya qiroli Genrix VII davridan boshlab angl-saks zodagonlarini parlamentning lordlar palatasiga chaqirilishining asosiy sababi .. A) qirol bu orqali o`ziga dushman hisoblangan angl-sakslarni do`stga aylantirmoqchi edi; B) aholini nazoratda tutib turish uchun angl-sakslardan iborat katta qo`shin tuzishga uringan; C) Fransiya bilan ro`y beradigan keyingi janglarda angl- sakslar xizmatidan foydalanmoqchi bo`lgan; D) mamlakatda deyarli qolmagan baronlarni o`rnini qoplash uchun shunday yo`l tutishga majbur bo`lgan; 30 / 40 30. Yuz yillik urush davrida qaysi jang taqdirini erkin dehqonlardan tuzilgan kamonchilar bo‘linmasi hal qilgan. A) Kresi jangi B) Puate jangi C) Azenkur jangi D) dengiz jangi 31 / 40 31. Qachonga kelib butun Fransiya yaxlit markaziy hokimiyatga bo‘ysundirildi? A) XV asr boshi B) XV asr oʻrtasi C) XIV asr D) XV asr oxiri 32 / 40 32. Germaniya imperatori Fridrix I tomonidan Milan shahri aholisiga shaharni necha kun tashlab ketish sharti qo'yilgan? A) 8 kun B) 7 kun C) 6 kun D) 9 kun 33 / 40 33. Rivojlangan o`rta asrlarda hukmronlik qilgan ingliz qirollari va ularning hukmronlik davrini aniqlang. 1) Genrix II 2) Genrix VII 3) Ioann a) 1199-1216 yillar b) 1485-1509 yillar c) 1154-1189 yillar A) 1-c, 2-a, 3-b B) 1-c, 2-b, 3-a C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-b, 2-c, 3-a 34 / 40 34. Angliyada 1381-yilda boshlangan qo`zg`alon rahbari qaysi kasb egasi hisoblanadi? A) temirchi B) tunikasoz C) dehqon D) rohib 35 / 40 35. Germaniya hukmdori hisoblangan Fridrix II qirol tan olingan(a), va imperator deb e’lon qilingan(b) vaqtda necha yoshda bo`lgan? A) a-16 yosh, b-22 yosh B) a-18 yosh, b-26 yosh C) a-20 yosh, b-26 yosh D) a-18 yosh, b-24 yosh 36 / 40 36. Qachondan boshlab Angliyada parlament soliqlar tayinlashdan tashqari, qonunlar ishlab chiqish va qabul qilishda qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi? A) XIII asr B) XIV asr C) XII asr D) XV asr 37 / 40 37. Rim papalari va ularning papalik davrlari to`g`ri berilgan qatorni aniqlang. 1) Silvester III 2) Bonifatsiy VIII 3) Grigoriy IX 4) Innokentiy III a) 1227-1241 y.y. b) 999-1003 y.y c) 1294-1303 y.y. d) 1198-1216 y.y. A) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d B) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d D) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d 38 / 40 38. Yevropa tarixida oddiy dehqon oilasidan yetishib chiqqan holda, tarixda katta iz qoldirgan shaxslarni aniqlang. A) Roland va Robin Gud B) Gerbert va Lanselord C) Yustinian va Janna d`Ark D) Yustin va Velesariy 39 / 40 39. Fransiya qiroli 1302-yilda uch toifa vakillarini chaqirib, nimani muhokama qilishni taklif etadi? A) papa bilan mojaroni muhokama qilishni; B) tampliyerlarning mol-mulkini musodara qilishni; C) aholiga yangi soliq belgilashni; D) cherkovga soliq joriy etishni; 40 / 40 40. Fransiya hududining 1/3 qismi inglizlarga o‘tgan(a), va mamlakatning yarmi Angliya qo‘liga o‘tgan(b) yillar to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang. A) a-1346-yil, b-1420-yil B) a-1360-yil, b-1415-yil C) a-1415-yil, b-1420-yil D) a-1356-yil, b-1415-yil Your score is 0% tomonidan Wordpress Quiz plugin 7-sinf Jahon tarix