6-sinf Tarix №1 Aprel 6, 2023 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 6-sinf Tarix №1 ga fikr bildirilmagan. 19 123456789101112131415161718192021222324252627282930 6-sinf Tarix №1 1-5-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Bronza davriga oid quyidagi ma’lumotlarning qaysi birida xatolikka yo'l qo'yilgan? A) Sopollitepa manzilgohi qurilishi tarxida shaharning ilk alomatlari ko'zga tashlanadi B) Sopollitepa manzilgohidan zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari topilgan C) Bronza davriga kelib Ota urug’ davriga o’tilgan D) Bronza davriga oid bronza ko'zgular Zamonbobo manzilgohidan topilgan 2 / 30 2. Qaysi tarixiy davrda odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga - urug‘ jamoalariga birlashdilar? A) So‘nggi paleolit B) Neolit C) Bronza D) Mezolit 3 / 30 3. Yirik xumlarda aqlangan bug'doy va arpa doni topilgan respublikamizdagi yodgorlik qaysi davrga oid? A) Mezolit B) Eneolit C) Bronza D) Neolit 4 / 30 4. Quyidagilarning qaysi biri nisbatan keyinroq sodir bo'lgan? A) toshga ishlov berishning oldin ma’lum bo‘lmagan silliqlash va parmalash usullarini kashf qilinishi B) odamlar ancha takomillashgan kesuvchi va arralovchi mehnat qurollari yasaydigan bo‘lishi C) qabilalarning o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar qura boshlashi D) sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va o'simlik naqshlari (yaproqlar, gullar) bilan bezatila boshlanishi 5 / 30 5. Insonlar tomonidan munchoqlar, tumorlar va uzuklar qaysi tarixiy davrdan boshlab yasala boshlangan? A) So'nggi paleolit B) Ilk paleolit C) Mezolit D) O'rta paleolit 6 / 30 6. Kulolchilk sohasidagi ixtirolarning kashf etilgan davrini to‘g‘ri beigilang. 1)kulolchilik vujudga keldi; 2)kulolchilik charxi ixtiro qilindi; 3)kulolchilik xumdoni ixtiro qilindi; a)mezolit davri; b) neolit davri; c) eneolit davri; d) bronza davri; e) temir davri. A) 1-a, 2-c, 3-d B) 1-b, 2-c, 3-d C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-b, 2-d, 3-c 7 / 30 7. Quyidagi ma’lumotlarning qaysi biri eng qadimgi odamlarda diniy tasavvurlari bo'lgani to'g'risidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi? A) kishilarning yovvoyi hayvonlardan qo'rqib, to‘da bo'lib ov qilganliklari B) so'nggi paleolit davriga oid bo'lgan qoya rasmlarining topilishi C) kishilarning yashash uchun kurashi va mehnat hamda ov qurollari yasashni o'rganishlari D) odamlarning dunyoni tushunishga intilishlari 8 / 30 8. O'zbekistonning qaysi hududlaridan bronza davriga oid eng qadimgi dehqonchilik manzilgohlari topilgan? 1) Buxoro viloyatidan; 2) Toshkent viloyatidan; 3) Xorazm vohasidan; 4) Farg'ona vodiysidan; 5)Surxondaryo viloyatidan; 6)Samarqand shahri hududidan. A) 1, 3, 5 B) 1, 4, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 2, 5 9 / 30 9. Insoniyatning qadimgi tarixiga oid quyidagi o'zgarishlardan qaysi biri neolit davriga xos emas? A) Qadimgi Sharqda ilk shahar va davlatlarning vujudga kela boshlashi B) aksariyat qabilalarning o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar barpo etila boshlanishi C) kulolchilik, to‘quvchilikning vujudga kelishi D) agrar sivilizatsiya insoniyat tarixini shu davrida boshlangan 10 / 30 10. Insoniyat tarixining qaysi davrida urug' jamoalarida ortiqcha qishloq xo'jalik mahsulotlari vujudga keldi va chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi? A) Neolit davrida B) Eneolit davrida C) Bronza davrida D) Mezolit davrida 11 / 30 11. Quyidagi qaysi davlat hududidan ilk paleolit davriga oid odam izlari topilganligini aniqlang. A) Germaniya B) Xitoy C) Fransiya D) Yunoniston 12 / 30 12. Insoniyat hayotidagi o‘zgarishlardan qaysi birlari eneolit davriga oid?1)Sharqda dastlabki shahar-davlatlar vujudga keldi; 2)mikrolit qurollar yasala boshlandi; 3)ko‘p xonali uylar qurilishi boshlandi; 4)ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tildi; 5)kulolchilik xumdoni kashf etildi; 6)O'rta Osiyo janubida ziroatchilik xo'jaligi vujudga keldi. A) 1, 3, 5, 6 B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 3, 6 D) 1, 3, 5 13 / 30 13. Quyidagilarning qaysi tarixiy davrga xos ekanligini aniqlang. 1)O'rta Osiyo hududida dastlabki ibodatxonaning barpo etilishi; 2)O'rta Osiyo janubida sun’iy sug'orishga asoslangan dehqonchilikning vujudga kelishi; 3)tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash tarmog'i - to'quvchilik hunarmandchiligining vujudga kelishi; 4)O'rta Osiyo hududida ilk davlat birlashmalarining vujudga kelishi; a)neolit davri; b) eneolit davri; c) bronza davri; d) temir davri. A) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d B) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c D) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d 14 / 30 14. Mezolit davriga oid manzilgohlar O'zbekistonning qaysi hududlarida ko'plab uchraydi? 1) Farg'ona vodiysining tog'oldi va tog'lik tumanlarida; 2)Toshkent vohasida; 3)Xorazm vohasida; 4)Samarqand viloyatining tog'lik va dasht hududlarida; 5)O'zbekiston janubida. A) 2, 3, 5 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 5 D) 1, 4, 5 15 / 30 15. Temirdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari topilgan eng qadimiy yodgorliklar qaysi hududlarda joylashganligini aniqlang. A) Falastin va Hindistonda B) Kichik Osiyo va Eronda C) Mesopotamiya va Indoneziyada D) Misr va Kavkazortida 16 / 30 16. Yurtimizdagi ko'hna qadamjolarni qazish chog'ida arxeologlar qaysi hududlar hunarmandlari tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topisfigan? A) Hindiston, Eron va Mesopotamiya B) Xitoy, Hindiston, Rim va Kavkazorti C) Misr, Xitoy va Old va Kichik Osiyo D) Hindiston, Xitoy, Yunoniston va Rim 17 / 30 17. Qaysi davrda odamlarda chopqir hayvonlarni ovlash imkoniyati vujudga kelgan? A) mezolit B) o‘rta paleolit C) ilk paleolit D) so‘nggi paleolit 18 / 30 18. Quyidagi kashfiyotlarning qaysi biri nisbatan oldinroq(qadimiyroq) yuz bergan? A) dastlabki dafn etish tartiblarining yuzaga kelishi B) zeb-ziynat buyumlari yasala boshlanishi C) hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi D) toshdan mayda mehnat qurollari yasashning qo'llanilishi 19 / 30 19. Qaysi davrlarda odam toshdan kichik mehnat qurollari - mikrolitlar yasashni kashf qilishgan? A) neolit davrida B) so'nggi paleolit davrida C) mezolit davrida D) bronza davriga kelib 20 / 30 20. Temirdan yasalgan bezaklar topilgan Maykop qo’rg’oni qayerda joylashgan? A) Surxondaryoda B) Misrda C) Kavkazda D) Ispaniyada 21 / 30 21. Boshqirdistondagi Kapova g'ori qanday topilmasi bilan mashhur? A) temirdan yasalgan ziynat buyumlari bilan B) qoyatosh suratlari bilan C) eng qadimiy ziroatchilik manzilgohi ekanligi bilan D) 8-9 yoshli ibtidoiy bola suyaklari topilganligi bilan 22 / 30 22. ... - insoniyat tarixining boshlang‘ich davri bo‘lib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy bo‘lgan va hamma birgalikda mehnat qilgan. A) ibtidoiy to'da B) urug' C) qabila D) Ibtidoiy jamoa tuzumi 23 / 30 23. Quyidagi manzilgohlarni qadimiyligiga ko‘ra to‘g‘ri ketma- ketlikda joylashtiring. 1) Maykop qo‘rg‘oni; 2) Obishir manzilgohi; 3) Kopova g'ori; 4) Teshiktosh g'ori; 5) Selung‘ur manzilgohi; 6) Sopollitepa manzilgohi. A) 5, 4, 1, 2, 6, 3 B) 5, 4, 3, 2, 6, 1 C) 4, 5, 2, 3, 6, 1 D) 5, 3, 4, 2, 1, 6 24 / 30 24. Patriarxat davri bilan birga kechgan buyuk tarixiy jarayonni belgilang. A) o'zlashtirma xo'jalikdan ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tilishi B) muzlik davrining poyoniga yetishi C) temirdan foydalanishning dastlabki davri boshlanishi D) eng qadimgi urug'chilik tuzumining nihoyasiga yetishi 25 / 30 25. Mezolit davri oxirida qaysi hududda xo‘jalikning yangi tarmoqlari-ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga kelgan? A) O’rta Osiyoda B) Old Osiyoda C) Kichik Osiyoda D) Sharqiy Yevropada 26 / 30 26. Neolit davrida o'troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi jamoalarning... A) xo'jalikning yangi tarmoqlari - ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilikni kashf etishlariga olib keldi B) dehqonchilikka o'tish imkoniyatini vujudga keltirdi C) kulolchilik xumdonini kashf qilishiga sabab bo'ldi D) dastlabki sun’iy boshpanalar qurishiga imkoniyat yaratdi 27 / 30 27. Eng qadimiy tasviriy san’at rivoji uchun asos bo'lib xizmat qilgan omilni aniqlang. A) Odamzotning dunyoni tushunishga intilishi B) urug' jamoalarining vujudga kelishi C) Buyuk muzlik davrining boshlanishi D) sun’iy turarjoylar barpo etishning boshlanishi 28 / 30 28. Yurtimizda Mezolit davriga oid bo'lgan qaysi manzilgohda qoyatosh rasmlari mufassal o'rganilgan? A) Obishir B) Qo'shilish C) Zarautsoy D) Machay 29 / 30 29. Mezolit davri oxirida... A) O'rta Osiyoning janubiy viloyatlaridagi aholi ziroatchilikka o'tgan. B) hayvonlar qo'lga o'rgatila boshlangan. C) misdan foydalanishga, undan mehnat qurollari yasashga o'tilgan. D) qabilalar o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turarjoylar qura boshlagan. 30 / 30 30. Quyidagi tarixiy jarayonlarning qaysilari davrlarga bo'lganda ma’lum bir davrning so'nggi bosqichlarida yuz bergan? 1)o'q yoyning kashf etilishi; 2)turar-joylar qurishning boshlanishi; 3)hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi; 4) misdan foydalanishning boshlanishi; 5)ancha takomillashgan mehnat qurollarining vujudga kelishi; 6)xom g'ishtdan ko'p xonali uylarning qurilishi; 7)kulolchilik va to'quvchilikning kashf etilishi. A) 1, 5, 7 B) 4 C) 2, 3, 6 D) 3, 4 Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster 6-sinf Tarix