Uy » Online olimpiada » Fizika olimpiada » 11-sinf Fizika olimpiada №3 Fizika olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Fizika olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 45 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 11-sinf Fizika olimpiada №3 2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Akkumulyatorga tashqi 10 Om qarshilik ulanganida, bu qarshilikdagi quvvat 100 W ga teng bo’ldi. Agar bunda to’la zanjir bo’ylab 110 W quvvat ajralgan bo’lsa, akkumulyatorning ichki qarshiligini (Om) toping. A) 0.1 B) 1 C) 15 D) 10 2 / 25 2. Mutlaq silliq stolda M=10 kg massali taxta, taxtada esa m=4 kg massali taxtacha yotibdi. Taxta va taxtacha orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti μ=0,2. Taxtachaga F=10 N gorizontal kuch qo‘yilgan. Taxta qanday tezlanish (m/s2) bilan harakatlanishini aniqlang. A) 0,2 B) 0,8 C) 1,2 D) 0,4 3 / 25 3. 1 dengiz milyasi taqriban necha km ga mos kelishini ko’rsating. Ma’lumot uchun, 1 dengiz milyasi yer ekvatori aylanasining 1'(bir minut) burchagiga mos keladi. A) 0.735 B) 4.214 C) 1.860 D) 1.325 4 / 25 4. Chizmada ko’rsatilgan sistemaning aylana markazida hosil qilgan natijaviy magnit maydon induksiya vektorini toping. ?0?/2?= ? deb oling. A) 2B B) 7B/3 C) B/2 D) B 5 / 25 5. Koptok rasmda ko’rsatilganidek orasidagi masofa ?0 = 2 ? ga teng bo’lgan ikki bino orasida gorizontga burchak ostida ?0 = 20 ?/? tezlik bilan uloqtiriladi. Koptokning devorlar bilan to’qnashuvlar sonining maksimal qiymati nechta? Koptokning devorlar bilan barcha to’qnashuvlarni absolyut elastik deb oling. A) 20 B) 21 C) 25 D) 23 6 / 25 6. Kranga osilgan yukni ishchi arqon yordamida F kuch bilan tortib turibdi. Yukning massasi m = 100 kg bo’lsa, F (N) ni toping. α = 30° ; g= 10 m/s² A) 10 B) 1000 C) 100 D) 10000 7 / 25 7. Suv solingan kalorimetrga 165 g massali va −10℃ haroratli muz bo’lagi kiritildi. Suvning boshlang’ich harorati 0℃ ga teng. Idishda termodinamik muvozanat qaror topganidan so’ng idishdagi muz olib tashlandi. Olib tashlangan muzning massasi necha gramm? Muzning solishtirma erish issiqligi 330kJ/kg, muzning solishtirma issqilik sig’imi 2100 J/kg ∗ K A) 188,5 B) 165 C) 175,5 D) 92,5 8 / 25 8. Gorizontal sirtda sirpanmasdan dumalayotgan diskning ilgarilanma harakat tezligi ?0 = 8 ? ga, massasi esa 2 kg teng bo’lsa, diskning kinetik energiyasini (J) toping. A) 101 B) 95 C) 100 D) 96 9 / 25 9. Yer atrofida uchib yurgan kosmik kemaning to’liq mexanik energiyasi -60MJ ga teng bo’lsa, shu kemaning potesial energiyasi necha MJ ga teng? A) 60 B) -60 C) -120 D) 120 10 / 25 10. Ichida kub shaklidagi kovagi mavjud bo’lgan va tomoni 10 sm li kub shaklidagi jism tayyorlandi. Agar kubning barcha devorlari 1 sm qalinlikda bo’lsa, kubning massasini (kg) aniqlang. Kub yasalgan metallning zichligi 4000 kg/m³. A) 1.084 B) 2.54 C) 1.952 D) 4 11 / 25 11. Suvning sirtida suzib yurgan muz bo’lagi issiqlik ta’sirida sekin erimoqda. Erish jarayonida muzning qaysi parametrlari o’zgarmaydi? Relyativistik o’zgarishlar hisobga olinmasin. a – massa b – hajm c – zichligi d – botgan qismi (%) e – botgan qismining hajmi f – botmagan qisming hajmi j – og’irligi A) faqat c B) a, c, d, j C) barchasi o’zgaradi D) c va d 12 / 25 12. Sig’imi 200 mkF va 50 mkF bo’lgan ikki kondensator o’zaro ketma-ket ravishda U =8cos100t qonun bo’yicha o’zgarayotgan o’zgaruvchan tok manbaiga ulansa, sistemaning to’liq qarshiligini (Om) toping. A) 140 B) 160 C) 250 D) 2500 13 / 25 13. Jism aylana bo’ylab tekis sekinlanuvchan harakatlanmoqda. Biror vaqt momentida burchak tezligining qiymati ?0. Shu momentdan burchak tezligi uch marta kamayguncha jism aylana bo’ylab to’liq ? marta aylandi. Jism to’xtash momentigacha yana necha marta aylanadi? A) 3N B) N C) N/3 D) N/8 14 / 25 14. Sinish qonuniga ko’ra sharti bajarilganida, α = β bo’lishi mumkinmi? A) Ha, mumkin B) Yo’q mumkin emas, chunki sinish burchagi tushish burchagidan har doim katta C) Yo’q mumkin emas, chunki sinish burchagi tushish burchagidan har doim kichik D) Yo’q mumkin emas, chunki sinish burchagi va tushish burchagi har doim farq qiladi 15 / 25 15. Uzunligi ? bo`lgan arava silliq relslar ustida turibdi. Aravaning ikki uchida massalari ?1 va ?2 bo`lgan bolalar turibdi. Agar ular o`zaro joy almashib olishsa, arava yerga nisbatan qanday masofaga siljiydi? Aravaning massasi ?0. A) IV B) III C) I D) II 16 / 25 16. m massali kichik sharcha bir uchi mahkamlangan ipning ikkinchi uchiga bog’langan. Ipni gorizontal holatga olib kelinib boshlang’ich tezliksiz qo’yib yuborildi. Sharchaning tezlanishi gorizontal yo’nalgan vaqt momentida ipning taranglik kuchi (N) nimaga teng? m = √3 kg, g = 10 m/s². A) 35 B) 20 C) 21 D) 30 17 / 25 17. Vodorod atomining 3 – energetik sathida joylashgan elektronning impulsi x ∗ 10−25 kg ∗ m/s ga teng. Elektronning massasi 9,1 ∗ 10−31 kg. x ni toping. A) 9.65 B) 6.63 C) 15.62 D) 16.63 18 / 25 18. Jism tinch holatdan harakatni boshlab dastlabki 3 s da 10 m masofani bosib o’tsa, ? = 18 ÷ 21 s vaqt oralig’ida necha metr masofani bosib o’tadi. A) Aniqlab bo’lmaydi B) 70 C) 210 D) 130 19 / 25 19. m massali kichik sharcha bir uchi mahkamlangan ipning ikkinchi uchiga bog’langan. Ipni gorizontal holatga olib kelinib boshlang’ich tezliksiz qo’yib yuborildi. Sharchaning tezlanishi vertikal pastga yo’nalgan vaqt momentida ipning taranglik kuchi nimaga teng? A) 3 mg B) 0 C) mg D) 2 mg 20 / 25 20. Bir nuqtadan bir vaqtning o’zida ikki tosh uloqtirilmoqda : birinchisi shimol tomonga gorizontga nisbatan 26° burchak ostida 5 m/s tezlik bilan, ikkinchisi esa janub tomonga gorizontga nisbatan 64° burchak ostida 12 m/s tezlik bilan. Toshlar orasidagi masofa ? ning vaqtga bog’lanish tenglamasini ? = ?(?) toping. A) 14t B) 13t C) 15t D) 16t 21 / 25 21. Ideal gaz grafikda ko’rsatilgan jarayon bo’yicha A holatdan B holatga o’tmoqda. Bu jarayonda gazning ichki energiyasi o’zgarishi ∆? ning, ideal gaz bajargan ishi ? ga nisbatini toping. ? – gazning erkinlik darajasi A) (i+2)/2 B) (i+2)/i C) i/2 D) i 22 / 25 22. Gorizontal silliq sirtda joylashgan ?1 va ?2 massali brusoklar deformatsiyalanmagan prujina yordamida o’zaro bog’langan. Ikkinchi brusokka rasmda ko’rsatilganidek gorizontal tezlik ?0 berildi. Brusoklarning harakati davomida prujinaning potensial energiyasi maksimal qiymatga yetgan vaqt momentda brusoklarning tezliklari ?1 va ?2 bo’lsa, ?1 ni toping. A) m₂/m₁ B) 1 C) Aniqlab bo’lmaydi D) m₁/m₂ 23 / 25 23. Shlang bo’ylab oqayotgan suvning tezligi 3 marta orttirilsa, uning quvvati qanday o’zgaradi? A) 3 marta ortadi B) 9 marta ortadi C) 3√3 ortadi D) 27 ortadi 24 / 25 24. Kamondan o’q gorizontal yo’nalishda otildi. O’q yerga 60° burchak ostida sanchilib qoldi. O’qning otilish balandligi h, uchish uzoqligi L bo’lsa, arccos(h/L) ni (° da) toping. A) 30 B) 38 C) 31 D) 40 25 / 25 25. Porshen ostida joylashgan ideal gaz juda tez siqildi. Bu qaysi jarayonga mos keladi? A) Izobarik jarayon B) Izoxorik jarayon C) Izotermik jarayon D) Adiabatik jarayon 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz