Uy » Online olimpiada » Fizika olimpiada » 10-sinf Fizika olimpiada №3 Fizika olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Fizika olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 29 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf Fizika olimpiada №3 2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Zaryad miqdori xato yozilgan javobni toping. A) 3.2 ∗ 10⁻¹⁹C B) 4.8 ∗ 10⁻¹⁹C C) 5 ∗ 10⁻¹⁹C D) 1.6 ∗ 10⁻¹⁹C 2 / 25 2. Massasi 500 g bo‘lgan jism 10 m/s boshlang'ich tezlik bilan tik yuqoriga otildi. Agar jism 4 m balandlikka ko'tarilgan bo'lsa, jism ko'tarilayotgan davrda havoga ishqalanish kuchlari qanday ish (J) bajargan? A) -5 B) 25 C) 5 D) -20 3 / 25 3. Yer sirtidan gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning uchish uzoqligi maksimal ko’tarilish balandligidan 8 marta katta bo’lsa, otilish burchagining sinus qiymatini toping. A) 1/√5 B) 2 C) 2/√5 D) √5/5 4 / 25 4. Tosh biror balandlikdan gorizontal otildi. Normal va tangensial tezlanishlari o’zaro tenglashgan vaqt momentida uning tezligi 28 m/s ga teng ekanligi ma’lum bo’lsa, shu vaqt ichida vertikal necha m pastga tushganini aniqlang. √2 ≈ 1.4, ? = 10 ?/?² A) 36 B) 20 C) 25 D) 30 5 / 25 5. Chizmada ko’rsatilgan muvozanatdagi sistema uchun ?/? = 2 ekanligi ma’lum bo’lsa, ??/?? ni aniqlang. A) 5 B) 6 C) 3 D) 2 6 / 25 6. Agar qiya tekislikning qiyalik burchagi 45° ga va ishqalanish koeffisienti 0.25 ga teng bo’lsa, shu qiya tekislik uchun FIK ni (%) toping. A) 80 B) 20 C) 40 D) 25 7 / 25 7. Burchak tezlanishining birligi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? A) ???/? B) ?/? C) ???/?² D) ?/?² 8 / 25 8. Jism qarshilik kuchi tezlikning kvadratiga proporsional bo’ladigan muhitda harakatlanmoqda. Jism tezligi 30 % ga kamaytirilsa, unga ta’sir etuvchi qarshilik kuchi necha foizga kamayadi? A) 90 B) 51 C) 69 D) 10 9 / 25 9. Jismning tezlik tenglamasi ? = 7 + 2? (m/s) ko’rinishga ega bo’lsa, shu jism uchun ? = 3 ÷ 7 s vaqt intervalidagi o’rtacha tezlik (m/s) topilsin. A) 17 B) 13 C) 16 D) 21 10 / 25 10. Jism qiyaligi 0,6 bo’lgan qiya tekislikda yotibdi. Jism va qiya tekislik orasidagi ishqalanish koeffisientining qanday minimal qiymatida jism qiya tekislikda sirpanmaydi? A) 3/4 B) 4/3 C) 3/5 D) Aniqlab bo’lmaydi 11 / 25 11. Ikki hil materialdan tayyorlangan jismlarning massalari mos holda 18 g va 12 g, ikkala jismni ham simobga solinganida suyuqlik sirtida erkin suzib yurishi ma’lum. Jismlar tomonidan siqib chiqarilgan simoblarning og’irliklari nisbati (?1/?2) ni toping. A) 3/4 B) Jismlarning zichliklarisiz aniqlab bo’lmaydi C) 3/2 D) Simobning zichligisiz aniqlab bo’lmaydi 12 / 25 12. Issiqlik dvigateli isitkichdan olgan issiqlik miqdorining 70 % i sovutkichga uzatiladi. Issiqlik dvigatelining FIK ni 2 marta oshirish uchun isitkichdan olingan issiqlik miqdorining necha foizini sovitkichga berish kerak? A) 60 B) 40 C) 30 D) 70 13 / 25 13. Ma’lumki geostatsionar orbitada harakatlanuvchi sun’iy yo’ldoshning aylanish davri Yerning o’z o’qi atrofidagi aylanish davri bilan bir hil. Bu orbitaning radiusi tahminan necha km ga teng? A) 42000 B) 13200 C) 64000 D) 6400 14 / 25 14. Katerning suvga nisbatan tezligi 3v, oqimning tezligi esa v ga teng. Katerning A punktdan B punktga borib qaytishidagi o’rtacha tezligini toping. Oqim A dan B tomon yo’nalgan. A) 9?/4 B) 8?/3 C) 2? D) 3? 15 / 25 15. Muzning solishtirma erish issiqligi 330 kJ/kg ga teng. 2 kg massali va 0℃ haroratli muzga 70 kJ issiqlik berilsa, uning necha foizi erimay qoladi? A) 10.6 B) 64.7 C) 35.3 D) 89.4 16 / 25 16. Jismning radius vektorining vaqtga bog’lanishi ko’rinishda bo’lsa, 5 s vaqt monetida uning tezlanishi (?/?²) qanday qiymatni qabul qiladi? A) 10 B) 200 C) 11 D) 150 17 / 25 17. Yer sirtidan gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning uchish vaqti 8 s ekanligi ma’lum. Yerga tushish momentidan 2 sekund avval Yer sirtidan necha m balandlikda bo’ladi? ? = 10 ?/?² A) 60 B) 66 C) 75 D) 65 18 / 25 18. Grafikda berilgan qaysi intervalda gazning zichligi o’zgarmaydi? A) 1-2 B) 2-3 C) 3-1 D) Barchasida o’zgaradi 19 / 25 19. Yer atrofida uchib yurgan sun’iy yo’ldoshning tezligi 2 km/s va massasi 200 kg teng ekanligi ma’lum bo’lsa, uning to’liq mexanik energiyasi necha МJ? A) 400 B) -200 C) -400 D) 200 20 / 25 20. Chizmada ko’rsatilgan sxemada qaysi element(lar)dan tok o’tmaydi? ?₁ = ?, ?₂ = ?₃ = 2?, ?₄ =3?, ?₅ = 8?. A) ?₁ ?? ?₄ B) Barchasidan o'tadi C) ?2 ?? ?₅ D) ?₃ 21 / 25 21. Harorati 100℃ va massasi 1 kg bo’lgan suv bug’i hamda harorati 0℃ va massasi 0,2 kg bo’lgan suv issiqlik o’tkazmaydigan idishga solindi. Sistemada termodinamik muvozanat qaror topganida idishdagi harorat necha ℃ ga teng bo’ladi? Suvning solishtirma issiqlik sig’imi 4200 J/kg ∗ K, suvning solishtirma qaynash issiqligi 2,3 MJ/kg. A) 110 B) 100 C) 10 D) 109 22 / 25 22. Bir jinsli R = 90 sm radiusli diskda chizmada ko’rsatilganidan R/2 radiusli kovak hosil qilingan. O – aylana markazi, Z – jismning og’irlik markazi bo’lsa, O va Z nuqtalar orasidagi masofa (sm) qanday? A) 58 B) 15 C) 19 D) 66 23 / 25 23. Jism aylana bo’ylab tekis sekinlanuvchan harakatlanmoqda. Biror vaqt momentida burchak tezligining qiymati ?0. Shu momentdan burchak tezligi ikki marta kamayguncha jism aylana bo’ylab to’liq 300 marta aylandi. Jism to’xtash momentigacha yana necha marta aylanadi? A) 1000 B) 100 C) 105 D) 150 24 / 25 24. 3 ta nuqtaviy zaryadni tomoni a ga teng bo’lgan teng tomonli uchburchakning uchta uchiga joylashtirildi. Zaryad miqdorlari q, 2q va 3q ga teng bo’lsa, uchburchakning markaziga joylashtirilgan 4q zaryad qanday potensial energiyaga ega bo’ladi? A) 10kq²/a B) 24kq²/a C) 24kq²/3a D) 24√3kq²/a 25 / 25 25. Massalari 5 kg va 15 kg bo’lgan kichik o’lchamdagi jismlar bir biridan 75 m masofada joylashgan. Ularning o’zaro tortishish kuchi necha Nyutonga teng? A) 8.9 ∗ 10⁻¹² B) 8.9 ∗ 10⁻¹¹ C) 8.9 ∗ 10⁻¹⁰ D) 8.9 ∗ 10⁻¹³ 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz