10-sinf Fizika olimpiada №3

0

10-sinf Fizika olimpiada №3

2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar

1 / 25

1. Muzning solishtirma erish issiqligi 330 kJ/kg ga teng. Suvning solishtirma muzlash issiqligining qiymati (kJ/kg) nimaga teng?

2 / 25

2. Tubida kichik teshigi bo’lgan suvli paqir arqonga osilgan holda tebranmoqda. Suv oqib chiqqani sari uning tebranish chastotasi qanday o’zgaradi?

3 / 25

3. Issiqlik dvigateli isitkichdan olgan issiqlik miqdorining 70 % i sovutkichga uzatiladi. Issiqlik dvigatelining FIK ni 2 marta oshirish uchun isitkichdan olingan issiqlik miqdorining necha foizini
sovitkichga berish kerak?

4 / 25

4. Yer sirtidan gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning uchish vaqti 8 s ekanligi ma’lum. Yerga tushish momentidan 2 sekund avval Yer sirtidan necha m balandlikda bo’ladi? ? = 10 ?/?²

5 / 25

5. Agar qiya tekislikning qiyalik burchagi 45° ga va ishqalanish koeffisienti 0.25 ga teng bo’lsa, shu
qiya tekislik uchun FIK ni (%) toping.

6 / 25

6. Yer atrofida uchib yurgan sun’iy yo’ldoshning tezligi 2 km/s va massasi 200 kg teng ekanligi ma’lum
bo’lsa, uning to’liq mexanik energiyasi necha МJ?

7 / 25

7. Katerning suvga nisbatan tezligi 3v, oqimning tezligi esa v ga teng. Katerning A punktdan B punktga borib qaytishidagi o’rtacha tezligini toping. Oqim A dan B tomon yo’nalgan.

8 / 25

8. Chizmada ko’rsatilgan sxemada qaysi element(lar)dan tok o’tmaydi? ?₁ = ?, ?₂ = ?₃ = 2?, ?₄ =3?, ?₅ = 8?.

9 / 25

9. Ma’lumki geostatsionar orbitada harakatlanuvchi sun’iy yo’ldoshning aylanish davri Yerning o’z o’qi atrofidagi aylanish davri bilan bir hil. Bu orbitaning radiusi tahminan necha km ga teng?

10 / 25

10. Chizmada ko’rsatilgan muvozanatdagi sistema uchun ?/? = 2 ekanligi ma’lum bo’lsa, ??/?? ni aniqlang.

11 / 25

11. Gazning harorati izobarik ravishda 27℃ dan 57℃ gacha oshdi. Bunda uning hajmi necha foizga ortadi?

12 / 25

12. Jism Yer sirtidan vertikal tik yuqoriga otildi. 4 s dan so’ng uning tezligi 20 m/s ga teng bo’lib qoldi. Yana necha sekunddan so’ng uning tezligi modul jihatdan huddi shu qiymatga erishadi. ? = 10 ?/?²

13 / 25

13. Jismning radius vektorining vaqtga bog’lanishi ko’rinishda bo’lsa, 5 s vaqt monetida uning tezlanishi (?/?²) qanday qiymatni qabul qiladi?

14 / 25

14. Bir jisnli elektr maydon kuchlanganligi 300 kV/m ga teng. Zaryadi +2nC va massasi 0,5 g bo’lgan zarra shu maydonga joylashtirilib qo’yib yuborilsa u qanday tezlanish (?/?2) bilan harakatlanadi?

15 / 25

15. Bir jinsli R = 90 sm radiusli diskda chizmada ko’rsatilganidan R/2 radiusli kovak hosil qilingan. O – aylana markazi, Z – jismning og’irlik markazi bo’lsa, O va Z nuqtalar orasidagi masofa (sm) qanday?

16 / 25

16. 3 ta nuqtaviy zaryadni tomoni a ga teng bo’lgan teng tomonli uchburchakning uchta uchiga joylashtirildi. Zaryad miqdorlari q, 2q va 3q ga teng bo’lsa, uchburchakning markaziga joylashtirilgan
4q zaryad qanday potensial energiyaga ega bo’ladi?

17 / 25

17. Burchak tezlanishining birligi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

18 / 25

18. Rasmda ko’rsatilgan qurilma qanday vazifani bajaradi?

19 / 25

19. Ikki hil materialdan tayyorlangan jismlarning massalari mos holda 18 g va 12 g, ikkala jismni ham simobga solinganida suyuqlik sirtida erkin suzib yurishi ma’lum. Jismlar tomonidan siqib chiqarilgan
simoblarning og’irliklari nisbati (?1/?2) ni toping.

20 / 25

20. Muzning solishtirma erish issiqligi 330 kJ/kg ga teng. 2 kg massali va 0℃ haroratli muzga 70 kJ issiqlik berilsa, uning necha foizi erimay qoladi?

21 / 25

21. Massalari 5 kg va 15 kg bo’lgan kichik o’lchamdagi jismlar bir biridan 75 m masofada joylashgan. Ularning o’zaro tortishish kuchi necha Nyutonga teng?

22 / 25

22. Harorati 100℃ va massasi 1 kg bo’lgan suv bug’i hamda harorati 0℃ va massasi 0,2 kg bo’lgan suv issiqlik o’tkazmaydigan idishga solindi. Sistemada termodinamik muvozanat qaror topganida idishdagi harorat necha ℃ ga teng bo’ladi? Suvning solishtirma issiqlik sig’imi 4200 J/kg ∗ K, suvning solishtirma qaynash issiqligi 2,3 MJ/kg.

23 / 25

23. Grafikda berilgan qaysi intervalda gazning zichligi o’zgarmaydi?

24 / 25

24. Yer sirtidan gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning uchish uzoqligi maksimal ko’tarilish
balandligidan 8 marta katta bo’lsa, otilish burchagining sinus qiymatini toping.

25 / 25

25. Jismning tezlik tenglamasi ? = 7 + 2? (m/s) ko’rinishga ega bo’lsa, shu jism uchun ? = 3 ÷ 7 s vaqt intervalidagi o’rtacha tezlik (m/s) topilsin.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0