10-sinf Biologiya olimpiada №2

0

10-sinf Biologiya olimpiada №2

2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar.

1 / 25

1. DNK fragmenti tarkibida jami 960 ta vodorod bog‘i mavjud. Adenin va timin orasidagi vodorod bog‘lar soni guanin va sitozin orasidagi vodorod bog‘lari soniga nisbati mos ravishda 1:1,5. Agar shu DNK tarkibidagi nukleotidlarning 25%i mutatsiyaga uchrab yo‘qolsa, DNK tarkibidagi mutatsiyadan keyingi nukleotidlar sonini nechtaga kamaygan?

2 / 25

2. Treska uchun xos xususiyatlarni belgilang.

1) yurak qorinchasida venoz qon oqadi; 2) bir necha million tuxum qo‘yadi; 3) yon chiziqlari bor; 4) ayirish sistemasiga tasmasimon buyrak kiradi; 5) orqa ichak kengayib, kloaka hosil qiladi; 6) to‘sh suyagi yo‘q;   7) qovurg‘alari bo‘lmaydi; 8) urug‘lanishi tashqi; 9) tuxumlarini orqasida opichlab olib yuradi.

3 / 25

3. E.coli hujayrasining qaysi tuzilmasi nuklein kislotaga ega? 1) ribosoma; 2) yadro; 3) endoplazmatik to’r; 4) plastida; 5) go’lji; 6) plazmida; 7) sentriola

4 / 25

4. Qushlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rsating. 1birinchi tartib patlari bilak suyaklariga birlashgan; 2) tishlari bo‘lmaydi; 3) to‘ti kabi qushlarda ikkinchi signal sistemasi shakllangani uchun, og‘zaki nutq mavjud; 4) arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan; 5) tuyaqushning erkagining patlari qora, dumi va qanotlarining uchidagi patlari kulrang; 6)qushlarni xatti-harakati bosh miyasining oldingi yarimsharlari bilan bo‘ladi; 7) o‘ng bo‘lmacha sistolasi vaqtida arterial qon o‘ng qorinchaga o‘tadi; 8) gastruliyatsiya jarayoni qat-qat bo‘lib embrion varaqlari hosil boiadi; 9) bulbullar tropic Afrika va Janubiy Osiyoda qishlaydi; 10) ichak epiteliysi embrionning endoderma qavatidan rivojlanadi. .

5 / 25

5. Oshqovoq mevasining og`irligi ikki juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominat gendan iborat bo`lsa 4kg, agar 2 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,2kg bo`lsa, A1a1A2a2 va A1a1A2a2 chatishtirilganda olingan o`simliklar orasida ajralish ro`y beradigan mevasi eng yengil o`simliklar sonini aniqlang.

6 / 25

6. Markaziy nerv sistemasida faqat miyachasida burmalari bo‘lgan hayvonlarni aniqlang. 1) qizilquyruq; 2) malla revun; 3) laylak; 4) kakku;5) gornostay; 6) kaptar; 7) Grenlandiya tyuleni

7 / 25

7. Odam qon aylanish sistemasining qaysi qismlari karbonat angidridga to‘yingan qon harakatini ta’minlaydi?. 1) ikki tavaqali klapin; 2) chap qorincha bilan o‘pka aortasi o‘rtasidagi yarimoysimon klapan; 3) uch tavaqali klapan; 4) o‘ng qorincha bilan o‘pka aortasi o‘rtasidagi yarimoysimon klapan; 5) pastki kovak vena; 6) o‘pka arteriyasi; 7) buyrak arteriyasi; 8) o‘pka venalari.

8 / 25

8. Agar ulotriksning jinsiy ko`payishi natijasida 32 ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotani 50% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 25% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang.

9 / 25

9. Endokrin sistemaga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ayrisimon bezning chaqaloqdagi massa 12 gr; 2) gipofiz o‘rta miya asosida turk egarchasi sohasida joylashgan; 3) epifiz bezidan intermidin gormoni ajralib chiqadi; 4) gipofiz faoliyati gipotalamusdagi neyrogormonlar ta’sirida boshqariladi; 5) gipotireoz kasalligida nerv tizimi qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 6) Bazedov kasalligida uyquszlik, yurak o‘ynashi kabi holatlar kuzatiladi; 7)katexolamin to‘qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi; 8)gipofizning orqa bo‘lagidan ADG gormoni ajraladi; 9) buyrakusti bezining po‘stloq qavatidan yurak faoliyatiga ta’sir etadigan gormonlar ajraladi; 10) qalqon orqa bezining massasi 0,2 gr ni tashkil etadi.

10 / 25

10. Postembranal davri to`gri kechmaydigan(a) va to`g`ri kechuvchi(b) organizmlarni ko`rsating. 1.kolorada qo`ng`izini barg ostiga tuxum qo`yishi 2.yomg`ir chuvalchangini tuxum qo`yishi 3.o`rgimchakni tuxumini pilla ichiga qo`yishi 4.kurapatkani rangi yozda qo`ng`ir bo`lishi qishda oq rangda bo`lishi 5.tut ipak qurtini pillaga o`ralishi 6.asal arini tuxumini mumdan yasalgan katakchalarga qo`yishi

11 / 25

11. Koala va kojan uchun umumiy ma’lumotlar to‘g‘ri berilgan javobni toping. 1) sutemizuvchilar sinfiga kiradi; 2) bolasini sut bilanboqadi; 3) qo‘lqanotlilar turkumi vakili; 4) oldingi oyog‘I kapalak qanotiga nisbatan analogik organ hisoblanadi;5) barmoqlarida yassi tirnoqlari bo‘ladi; 6) tanasi jun bilanqoplangan; 7) burni va og‘zidan ultratovush chiqaradi;8) primatlar turkumiga kiradi; 9) rangni yaxshi ajratadi;10) kloakasi bo‘lmaydi

12 / 25

12. G`o`za, bug`doy, askarida, yomg`ir chuvalchangi kabi organizmlarning poliploid turlarini uchrashi qaysi hodisaga kiradi?

13 / 25

13. Oshqovoq mevasining og`irligi ikki juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominat gendan iborat bo`lsa 4kg, agar 2 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,2kg bo`lsa, A1a1A2a2 va A1a1A2a2 chatishtirilganda olingan o`simliklar orasida ajralish ro`y beradigan mevasi eng og`ir o`simliklar sonini aniqlang.

14 / 25

14. Emuni embrional rivojlanishiga xos xususiyatlarni aniqlang. 1.ektoodermadan nerv nayi, teri epiteliysini rivojlanishi 2.biogenetik qonuni asosida murtak varaqasini hosil bo`lishi 3.orgonagenez jarayonidan oldigi bosqich blastula hosil bo`lishi bilan tugiydi 4.maydalanish bosqichidan keyin o`zak organlar majmuasi hosil bo`ladi. 5.endoderma qavati hujayralarni qat-qat bo`lib joylishi natijasida hosil bo`ladi 6.hujayralarni biokimyoviy va morfologik jihatdan ixtisoslashi kuzatiladi

15 / 25

15. Eukariot(a) va prokariot(b) organizm hujayrasiga tegishli bo`lgan ma`lumotlarni juftlang. 1.transkripsiya va translatsiya jarayoni sitoplazmada kechishi 2.ossilatoriya xromatoplazmasida xlorafil donachalari joylashgan bo`lib uglevod sintez qilishda qatnashadi 3.dezoksiribonukleotidi membrana ichida bo`lishi 4.bo`linish urchug`ini hujayra markazi hosil qilishi 5.yog`ni silliq endoplazmatikto`rda sintezlanishi 6.hujayrani mezasomaga ega bo`lishi

16 / 25

16. Oldingi oyoqlari besh (a), to‘rt (b) va uch (c) barmoqlibo‘lgan organizmlarni ko‘rsating. 1) urchuqsimon kaltakesak; 2) povituxa; 3) gaaga; 4) kazuar; 5) kvaksha; 6) gekkon; 7) gavial; 8) emu

17 / 25

17. Prokariot(a) va eukariot(b) organizm hujayrasiga tegishli bo`lgan ma`lumotlarni juftlang. 1.transkripsiya va translatsiya jarayoni sitoplazmada kechishi 2.ossilatoriya xromatoplazmasida xlorafil donachalari joylashgan bo`lib uglevod sintez qilishda qatnashadi 3.dezoksiribonukleotidi membrana ichida bo`lishi 4.bo`linish urchug`ini hujayra markazi hosil qilishi 5.yog`ni silliq endoplazmatikto`rda sintezlanishi 6.hujayrani mezasomaga ega bo`lishi

18 / 25

18. Xo`rozlarning bo`ynida patning bo`lmasligi qaysi hodisaga kiradi?

19 / 25

19. Paratgarmon kam ishlab chiqarilganda (a), juda kam ishlab chiqarilganda (b) va ko‘p ishlab chiqarilganda (c) bo‘ladigan o'zgarishlarni juftlang. 1) nerv-muskul tizimining qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 2) odamning qovoqlari, lablari pirpirab uchadi; 3) tez charchaydi; 4) qoilari qaltiraydi; 5) sochlari to‘kiladi; 6) tana muskullari bo‘shashib qoladi; 7) suyaklar yumshab, egiluvchan, mo‘rt bolib qoladi; 8) odam tanasining umumiy qaltirashi; 9) nerv-muskul sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi pasayib; 10) odam umumiy holsizlanadi.

20 / 25

20. 3-bosqichda 144 malekula ATF hosil bo`lgan bo`lsa, 2-bosqicha ATF da to`plangan energiya(kj) miqdorini(a) va shu vaqtda xloraplastlarda sintezlanga ATF mol miqdorini(b) aniqlang.

21 / 25

21. Sariq ilonning chipor ilondan farqlanuvchi belgilarni juftlab ko‘rsating. 1) uchta qovog‘i mavjud; 2) tangachalilar turkumiga kiradi;3) tullaganda terisi yaxlit ko‘chib tushadi; 4) yuqorigi vapastki jag‘ cho‘ziluvchan paylar bilan birikkan; 5) oyog‘I bo‘lmaydi; 6) tullaganda terisi parcha-parcha bo‘lib ko‘chadi;7) ayrili tili tuyg‘u va ta’m bilish organi hisoblanadi; 8) boshskeletlilar kenja tipiga kiradi; 9) sovuqqonli hayvon

22 / 25

22. Emuni embrional rivojlanishiga xos bo`lmagan xususiyatlarni aniqlang. 1.ektoodermadan nerv nayi, teri epiteliysini rivojlanishi 2.biogenetik qonuni asosida murtak varaqasini hosil bo`lishi 3.orgonagenez jarayonidan oldigi bosqich blastula hosil bo`lishi bilan tugiydi 4.maydalanish bosqichidan keyin o`zak organlar majmuasi hosil bo`ladi. 5.endoderma qavati hujayralarni qat-qat bo`lib joylishi natijasida hosil bo`ladi 6.hujayralarni biokimyoviy va morfologik jihatdan ixtisoslashi kuzatiladi

23 / 25

23. Qaysi javobda qizilto‘sh yuragining o‘ng yurakbo‘lmasida (a), chap yurak bo‘lmasida (b), chapqorinchada (c) va o‘ng qorinchada (d) qanday qon bo‘lishito‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan? 1) arterial; 2) venoz; 3) aralash.

24 / 25

24. Qaysi javobda oshqozoni to‘rt kamerali tuyoqli hayvonlarto‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) arxar; 2) maral; 3) zubr; 4) qulon; 5) g‘izol; 6) tapir;7) muflon; 8) tarpan; 9) bizon; 10) xongul; 11) karkidon;12) sayg‘oq.

25 / 25

25. Ko‘lbuqada ovogenez jarayonida kuzatiladigan hodisalar qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? 1) ko‘payish davrida reduplikatsiya sodir bo‘ladi; 2) 4 ta gaploid to'plamga ega hujayra hosil bo‘ladi; 3) hujayralarning 50% i jinsiy Y xromosomaga ega; 4) o‘sish davrida hujayralarda translyatsiya kuzatilmaydi; 5) hujayralarning barchasi jinsiy X xromosomaga ega bo‘ladi; 6) ko‘payish davrida diploid to‘plamga ega hujayralar hosil bo’ladi

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0