9-sinf Biologiya olimpiada №2

0

9-sinf Biologiya olimpiada №2

2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar.

1 / 25

1. Barglari qarama-qarshi joylashgan buta (I) va ko‘p yillik o‘t (II)ni belgilang.

  1. a) kiyiko‘t; b) ligustrum; c) nastarin; d) chinnigul; e) yalpiz; f) rayxon; g) pomidor

2 / 25

2. Turp o‘simligi hayotining ikkinchi yilida qaysi vegetativ organlarni hosil qiladi.

3 / 25

3. To‘g‘ri rivojlanuvchi germafrodit (a) va noto‘g‘ri (b) rivojlanuvchi ayrim jinsli organizmlarni aniqlang. 1) echkemar; 2) maxaon; 3) planariya; 4) qizil chuvalchang; 5) qutb meduzasi; 6) perlovitsiya; 7) triton; 8) rishta

4 / 25

4. Urug`chi tumshuqchasi patsimon shohlangan oila vakillarining zararkunandalarini ko`rsating? 1)zang zamburug`i; gommoz; 3) osiyo chigirtkasi; 4) tunlam; 5) xasva; 6) vertitsil; 7) bo`rtma nematoda; 8) qorakuya zamburug`i; 9) kolorodo qo`ng`izi.

5 / 25

5. Translatsiya va transkripsiya jarayoni sitoplazmada kechuvchi organizmlarni ko`rsating. 1.xrokok 2.usneya 3.nostok 4.temir bakteriyasi 5.klodoniya 6.amyoba 7.tripanasoma 8.ossilatoriya

6 / 25

6. Qora kalamushning zigotasi 4 marata meridianal bo`lingandan so`ng uning blastulasidagi blastamerlarida jami xromasomalr soni 2688 taga yetgan bo`lsa, uning tuxum hujayrasidagi xromasomalar sonini aniqlang.

7 / 25

7. Yuksak o`simliklarning eng tubani (a) va eng yuksagi (b) sanalgan bo`lim vakillarini ko`rsating? 1.funariya; 2.zuhrasoch; 3.virgin; 4.matur; 5.sershox qirqbo`g`im; 6.ulotriks; 7.suv qirqqulog`i; 8.saur; 9.olabo`ta; 10.xolmon

8 / 25

8. Hidni yaxshi ajrata olmaydigan,jish bolalaydigan yirtqichlarni ajrating 1) lochin; 2) korsak; 3) yaguar; 4) qarchig`ay; 5) latcha; 6) silovsin; 7) sarisor; 8) bo`rsiq.

9 / 25

9. Dengiz mushugi (a) va tulen (b) bolalari uchun xosxususiyatlar to‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) qishda tug‘iladi; 2) terisi oq jun bilan qoplangan; 3) terisiqora jun bilan qoplangan; 4) yoz boshlarida tug‘iladi;5) momiq juni dag‘al jun bilan almashgandan so‘ng suzaboshlaydi; 6) suza boshlagandan so‘ng dag‘al juni momiq junbilan almashinadi

10 / 25

10. 3-bosqichda 144 malekula ATF hosil bo`lgan bo`lsa, 2-bosqicha ATF da to`plangan energiya(kj) miqdorini(a) va shu vaqtda xloraplastlarda sintezlanga ATF mol miqdorini(b) aniqlang.

11 / 25

11. Qushlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rsating. 1) birinchi tartib patlari bilak suyaklariga birlashgan; 2) tishlari bo‘lmaydi; 3) to‘ti kabi qushlarda ikkinchi signal sistemasi shakllangani uchun, og‘zaki nutq mavjud; 4) arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan; 5) tuyaqushning erkagining patlari qora, dumi va qanotlarining uchidagi patlari kulrang; 6) qushlarni xatti-harakati bosh miyasining oldingi yarimsharlari bilan bo‘ladi; 7) o‘ng bo‘lmacha sistolasi vaqtida arterial qon o‘ng qorinchaga o‘tadi; 8) gastruliyatsiya jarayoni qat-qat bo‘lib embrion varaqlari hosil boiadi; 9) bulbullar tropic Afrika va Janubiy Osiyoda qishlaydi; 10) ichak epiteliysi embrionning endoderma qavatidan rivojlanadi. .

12 / 25

12. Selluloza qobig`iga ega bo`lgan organizmga zarar keltiruvchi eukariot(a) va prokariot(b) organizmni ko`rsating. 1.gommoz bakteriyasi 2.vertitsil qo`zg`atuvchisi 3.qorakuya zamburug`i 4.bo`rtma nemotoda 5.agrobakterium 6.zang kasalligini qo`zg`atuvchisi 7.temir bakteriyasi

13 / 25

13. Noto‘g‘ri fikrni aniqlang. 1) 1 gr yog‘ paj-chalanganda 9,3 kj energiya ajraldi; 2) shartli refleks hosil bo‘lishi uchun oldin shartli ta’sirlovchi bo‘lishi kerak; 3) oqimtir yadro targ‘il tana ishi boshqaradi; 4) gipogiz funksiyasi o‘rta miyadagi gipotalamusdan ajralgan neyrogormon-lar ta’sirida boshqariladi; 5) qo‘l kafti suyaklari 15-16 yoshda suyaklanib bo‘ladi; 6) vazopressin garmoni yurak ishi tezlatib qon bosimini tushiradi; 7) bir sutkada 1200-1500 ml limfa hosil bo‘ladi; 8) terining derma qavatida yog* bezlari bo'ladi; 9) hid bilish retseptorlari soni 30-40 mln. atrofida; langergans orolchalarida insulin fermenti sinezlanadi.

14 / 25

14. Olti ilmoqli lichinka qaysi organizmda rivojlanadi?

15 / 25

15. Juft (a) va toq (b) ayirish organlariga ega bo‘lgan organizmlarni ko‘rsating. 1) letyaga; 2) kalmar; 3) ay-ay; 4) kanna; 5) bitiniya; 6) tridakna; 7) dafniya; 8) nereida; 9) dreysena; 10) perlovitsa; 11) semga.

16 / 25

16. Eng kichik sistematik birliklarni ko`rsating? 1) oddiy qarag`ay; 2) oddiy xlorella; 3) yapon laminariyasi; 4) sershox qirqbo`g`im; 5) sharq sauri; 6) buxoro otostegiyasi; 7) drobov tangao`ti; 8) rafiya palmasi.

17 / 25

17. Baliqlarning jabralari... (1) qismlardan iborat bo‘lib, gaz almashinuvi... (2) qismida sodir bo‘ladi. a) jabra ravoqlari; b) jabra varaqlari; c) jabra qilchalari; d) jabra qopqog‘i; e) jabra varaqlaridagi kapillarlar; f) jabra qilchalaridagi kapillarlar.

18 / 25

18. Qaysi qonunga ko`ra kelib chiqishi jihatdan yaqin turlar va avlodlar o`zlaridagi irsiy o`zgaruvchanligi bilan bir-biriga o`xshash bo`ladi?

19 / 25

19. Tana massasi qancha (a) bo‘lgan odam bir kech-kunduzda asosiy moddalarni taminlash uchun 1920 kkal energiya sarflangan. Shu odam tana xarorati doimiyligini taminlash uchun bir sutkada 1400 kkal energiya sarflangan bo‘lsa, bu odam ozuqa moddalardan parchalangan energiyasi miqdori qancha (b) va to‘qim va organlarni hayotiy jarayonlarini taminlash uchun (c) qancha energiya sarflanadi?

20 / 25

20. Qaysi javobda kalxat (a) va tasqara (b) uchun xos belgilar to‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan? 1) dumi ayri; 2) o‘lkamizdagi qushlarning eng yirigi;3) boshidagi patlari siyrak; 4) qanotlari keng va uzun;5) Markaziy Afrikada qishlaydi; 6) daraxt shoxiga in quradi;7) oqish patlari panjasimon yoziladi; 8) havoda balanduchadi; 9) yerda beso‘naqay qadam tashlaydi; 10) o‘laksalarbilan oziqlanadi; 11) sayhonlikda o‘laksa izlaydi;12) tirnoqlari kuchsiz

21 / 25

21. Endokrin sistemaga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ayrisimon bezning chaqaloqdagi massa 12 gr; 2) gipofiz o‘rta miya asosida turk egarchasi sohasida joylashgan; 3) epifiz bezidan intermidin gormoni ajralib chiqadi; 4) gipofiz faoliyati gipotalamusdagi neyrogormonlar ta’sirida boshqariladi; 5) gipotireoz kasalligida nerv tizimi qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 6) Bazedov kasalligida uyquszlik, yurak o‘ynashi kabi holatlar kuzatiladi; 7)katexolamin to‘qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi; 8)gipofizning orqa bo‘lagidan ADG gormoni ajraladi; 9) buyrakusti bezining po‘stloq qavatidan yurak faoliyatiga ta’sir etadigan gormonlar ajraladi; 10) qalqon orqa bezining massasi 0,2 gr ni tashkil etadi.

22 / 25

22. Xirzutum g‘o‘zasida urug'lanish natijasida birnechta zigota hosil bo‘ldi. Zigotalarda gixromosomalarning umumiy soni 6240 ta bo'lsa,tuxum hujayrani urug'lantirishda ishtirok etgan spermiylar sonini toping.

23 / 25

23. Qaysi javobda hasharotlarga mansub bo‘lgan entomofaglar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) ninachi; 2) falanga; 3) zlatka; 4) tugmacha qo‘ng‘iz;5) tillako‘z; 6) chigirtka

24 / 25

24. Quyidagi kloakali hayvonlar ichidan chap qorincha (a) o`ng bo`lmacha (b) ega bo`lganlarini juftlab ko`rsating? 1) triton; 2) gavial; 3) zog`cha; 4) yehidna; 5) kapcha; 6) salamandra; 7) qizilto`sh; 8) o`rdakburun; 9) qalqontumshuq.

25 / 25

25. Agar ulotriksning jinsiy ko`payishi natijasida 32 ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotani 50% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 25% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang.

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0