Uy » Abituriyent » Blok testlar » Biologiya va Tarix yo’nalishi №1 Blok testlar Biologiya va Tarix yo’nalishi №1 InfoMaster May 4, 2022 39 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 3 Vaqtingiz tugadi! Biologiya va Tarix yo'nalishi №1 Asosiy fanlar: ? Tarix (3.1 ball) ? Biologiya (3.1 ball) Majburiy fanlar: ? Matematika (1.1 ball) ? Ona tili (1.1 ball) ? O'zbekiston tarixi (1.1 ball) 1 / 90 1. Quyidagi ma`lumotlar qaysi tuzilmalargamos keladi? 1)tarkibida adenin, riboza va ikkita fosfatkislota qoldig'i bo’ladi; 2) monosaxarid hisoblanadi; 3) osh tuzining kuchsiz eritmasida eriydi; A) 1 - RNK; 2 - maltoza; 3 - xromoprotein B) 1 - ATF; 2 - dezoksiriboza; 3 - albumin C) 1 - ADF; 2 - riboza; 3 - globulin D) 1 - ADF; 2 - saxaroza; 3 - nukleoprotein 2 / 90 2. O`simlikda uchraydigan gomopilimer massa ulushiga teng miqdorda ko`p xujayrali organizmlarda uchraydigan modda xos xususiyat? A) glukoza dissimilyatsiasini 3 chi bosqichida xosil bo`lmaydi B) faqat barg eti hujayralarida fotolizga uchraydi C) vodorod bog`lar xosil qilmaydi D) moddaning yopishqoqligi 1ga teng 3 / 90 3. To’g’ri berilgan ta’rifni aniqlang. A) Floemada tirik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar bo‘lib, ular orqali barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning boshqa organlariga yetkaziladi B) Floemada tirik hujayralardan iborat elaksimon naylar bo‘lib, ular orqali barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning boshqa organlariga yetkaziladi C) Ksilemada o‘lik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar va elaksimon naylar bo‘lib, ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o‘simlikning barcha organlariga harakatlanadi. D) Ksilemada tirik hujayralardan iborat o‘tkazuvchi naylar va traxeidlar bo‘lib, ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o‘simlikning barcha organlariga harakatlanadi. 4 / 90 4. Hujayra va uning organoidlarida boradigan hayotiy jarayonlar nimaga bog`liq? 1) oqsil 2) uglevod 3) nuklein kislota 4) lipid A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 1.2 D) 1.4 5 / 90 5. Silovsin (I), suqsun (II) yuragidan chiquvchi qon tomirlarini to'g'ri ko'rsating. 1) o'ng bo'lmacha; 2) chap bo'lmacha; 3) chap qorincha; 4) o'ng qorincha a)o'pka venasi; b)o'ngga yo'naluvchi aorta; c)buyrak arteriyasi; d)o'pka arteriyasi; e)pastki kovak vena; f)chapga yo'naluvchi aorta A) I-3-f, 4-d; II-3-b, 4-d B) I-1-e, 2-a; II-1-e, 2-a C) I-3-b, 4-d; II-3-f, 4-b D) I-3-f, 4-d; II-3-f, 4-d 6 / 90 6. Quyida berilgan organizmlarning bo'yin umurtqalar soni qanday o'zgaradi.? gekkon nutriya agama triton salamandra a) ortadi; b) kamayadi; c) o'zgarmaydi A) 1-b; 2-a; 3-b; 4-c B) 1-b; 2-a; 3-b; 4-a C) 1-a; 2-b; 3-b; 4-c D) 1-b; 2-b; 3-b; 4-c 7 / 90 7. Zamburug’larni o’simliklarga (a) va hayvonlarga (b) o’xshashligi to’g’ri berilgan qatorni belgilang A) a-prokariot, b-eukariot B) a-harahkatlanmaydi, b-geterotrof oziqlanadi C) a-harakatlanmaydi, b-avtotrof oziqlanadi D) a-avtotrof oziqlanadi, b-eukariot 8 / 90 8. Bu vitamin biologik o‘ta faol modda. Metionin aminokislotasi, nuklein kislotalar sintezi, qon hosil bo‘lishida ishtirok etadi. A) PP B) B 12 C) B6 D) B1 9 / 90 9. Floema qaysi to‘qima hujayralaridan tashkil topgan. A) o‘tkazuvchi (naylar), mexanik (yog‘ochlik tolalari), asosiy (parenxima) B) o‘tkazuvchi (elaksimon naylar), mexanik (yog‘ochlik tolalari), asosiy (parenxima) C) asosiy (parenxima), mexanik (yog’ochlik tolalari) va o‘tkazuvchi (elaksimon naylar) D) asosiy (parenxima), mexanik (lub tolalari) va o‘tkazuvchi (elaksimon naylar) 10 / 90 10. Izogametalar orqali ko’payadigan suvo’ti uchun to’g’ri ma’lumotlar keltirilgan qatorni aniqlang ? 1.xromatofori belbog’simon, 2.hujayrasi sharsimon, 3.uni akvariumda ham uchratish mumkin, 4.xromatofori spiralsimon, 5.zoospora hosil qiladi, 6.jinsiy ko’payishida yangi 4 ta hujayra hosil bo’ladi 7.tallomi shilimshiq bilan o’ralgan, 8.uni dengiz salati deb ataladi, 9.jinssiz ko’payishida yangi 4 ta hujayra hosil bo’ladi A) 1, 3 B) 4, 7, 9 C) 2, 8 D) 5, 6 11 / 90 11. Organizm yashashi uchun harorat, ozuqa kerak bo’ladigan guruh (a) va harorat, namlik, ozuqa (b) kerak bo’ladigan guruhlar to’g’ri berilgan qatorni aniqlang ? A) a-achituvchi bakteriya, b-vabo qo’zg’atuvchisi B) a-qorakuya, b-bakteriofag C) a-sil tayoqchasi, b-achitqi zamburug’i D) a-quturish qo’zg’atuvchisi, b-tamaki mozaikasi 12 / 90 12. Quydagilardan nechtasini tarkibi faqat glukoza 1) maltoza 2) kraxmal 3) selluloza 4) klechatka A) 4 B) 2 C) 1 D) 3 13 / 90 13. Nerv to‘qimasi qanday hujayralardan iborat. A) aksonlar va dendriddan B) neyronlar va ularni o‘rab turadigan mayda yo‘ldosh neyrogliya C) neyrogliya va ularni o‘rab turadigan mayda yo‘ldosh neyronlar D) nefronlar, neyroglya, akson, dentrit 14 / 90 14. Tirik organizmlarning yashashi uchun qulay muhitning vujudga kelishiga zamin yaratadigan jarayon? A) oqsil biosintezi B) fotosintez C) xemosintez D) DNK reduplikatsiyasi 15 / 90 15. Chala o`zgarish bilan rivojlanadigan hashoratlarni ularga xos bo`lgan xususiyatlari bilan juftlang. 1.qorin bo`limi ingichka va uzun 2. ko`zlari juda yirik, oddiy 3. ko`krak ikkinchi segmentida joylashgan qanotlari uzun va ensiz 4. qanotlari taxlanmaydi 5. tuxumlarini maxsus ko`zachaga qo`yadi 6. jamoa bo`lib yashaydi 7. boshida bir juft murakkab, uchta oddiy ko`zlari joylashgan a) to`g`riqanotlilar b) pardaqanotlilar c) termitlar d) ninachilar A) a-3,5 c-2 d-5 B) a-3,5 b-6,7 d-1,4 C) a-2,5 b-6,7 c-3,6 d-2,4 D) a-3,5,6 c-6 d-1,2,4 16 / 90 16. Energiya almashinuvi bosqichlari va ularda sodir bo‘ladigan jarayonlar to‘g‘ri juftlangan javobni aniqlang. 1)murakkab uglevodlarning parchalanishi; 2) glukozaning parchalanishi; 3) sut kislotaning CO2 va H2Ogacha parchalanishi; 4) ATF sintezi; 5) spirt va suvning hosil bo‘lishi a)tayyorgarlik bosqichi; b) ikkinchi bosqich; c) uchinchi bosqich. A) a - 1, 2; b - 4; c - 3, 5 B) a - 1; b - 2, 4; c - 3, 4 C) a - 2; b - 1, 4; c - 3, 4 D) a - 1, 4; b - 2; c - 4, 5 17 / 90 17. Bu kasallikda moddalar almashinuvi sekinlashib, nerv sistemasi qo‘zg‘alishi pasayadi, qovoqlar shishib ketadi. A) miksedema B) kretinizm C) tiretoksikoz D) endemik buqoq 18 / 90 18. Qarag'ay va qoraqat o'simliklariga xosumumiy xususiyatlarni aniqlang. A) urug'kurtakka ega; qo'sh urug'lanishdankeyin urug' hosil qiladi B) magnoliyasimon; poyasining o`tkazuvchito`qimalari uzun yog`ochlangan o`lik hujayralardan tashkil topgan C) urug'idan ko'payadi; chang donasiningvegetativ hujayrasidan chang nayi hosil qiladi D) hayotiy shakli daraxt; spermiyningmarkaziy hujayra bilan qo'shilishidan endosperm rivojlanadi 19 / 90 19. Sog’lom odamning epiteliy to’qimasihaqidagi to’g’ri fikrni aniqlang. A) periost pardani hosil qiladi B) alveolalar devorini hosil qiladi C) vena qon tomir devorining o'rta qavatinihosil qiladi D) arteriya qon tomir devorining sirtiniqoplab turadi 20 / 90 20. ATF ga xos xususiyatlarni nechtasi to`gri +1) tarkibida fosfor saqlaydi 2) tarkibida azot saqlamaydi +3) suv bilan munosabati oddiy spirtga nisbatan qarama qarshi +4) glikoliz reksiasida sintezlanadi 5) DNK polimeraza natijasida sintezlangan adeninda 2 ta H3PO4 ko`pligi bilan farq qiladi +6) tarkibida 120 kj energiya saqlaydi +7) barcha tirikorganizmlar uchun umumiy emas A) 3 B) 4 C) 6 D) 2 21 / 90 21. Barg ichki tuzilishi tarkibiga kiruvchi tarkibiy qism(hujayralar)larining tuzilishini to’g’ri joylashtiring. 1.naychalar 2) elaksimon naylar 3)tolalar a)qalin devor(po’st)li b) cho’ziq hujayralar c) o’lik d) bir-biriga zanjir shaklida ulangan e)pishiq tuzilishli f)juda uzun hujayralar A) 1-a,c; 2-b,d; 3-a,e,f; B) 1- a,e,f; 2-b,d; 3- a,c C) 1-a,c,e; 2-b,d; 3-a,e; D) 1-b,c; 2-a,b,d; 3-a,e,f; 22 / 90 22. Buyraklar tog’risidagi qaysi fikr noto’g’ri? 1-qorin bo’shlig’ining bel qismida, 2-qorin bo’shlig’ining diafragma ostida, 3- ikkala o’pkaning ortasida joylashgan, 4- IV-VI dumg`aza umurtqasi ro’parasida joylashgan, 5-birinchi va ikkinchi bel umurtqasining ikki yonida joylashgan, 6-u loviya shakliga o’xshash bitta organ, 7-loviya shakliga o’xshash bir juft organ A) 2.3.4.6 B) 1.5.7 C) 1,5,6 D) 2,3,4,7 23 / 90 23. Hujayradan tashqarida ko’paya oladigan (b) va ko’paya olmaydigan (a) organizmlarni belgilang? A) a-vabo kasalligini qo’zg’atuvchisi, b-bakteriofag B) a-bakteriofag, b-o’latni qo’g’atuvchisi C) a-sil tayoqchasi, b-tamaki mozaikasi D) a-quturish virusi, b-tamaki mozaikasi 24 / 90 24. Sitoplazmaning harakati davomida bir hujayradagi oziq moddalar va kislorod ikkinchi hujayraga nima orqali o'tadi? A) sitoplazma B) hujayralararo modda C) yadro D) hujayra qobig'idagi teshik 25 / 90 25. Ko'zi yumuq bola tug'adigan sutemuzuvchilarda qaysi parazit organizm voyaga yetgan davrini o'taydi.? A) Jigar qurti B) Cho'chqa tasmasimon chuvalchangi C) Qoramol tasmasimon chuvalchangi D) Exinokokk 26 / 90 26. Daryo qisqichbaqasining faqat tip uchun(a) va sinf uchun(b) xos bo`lgan xususiyatni aniqlang. 1.tashqi po`sti polisaxariddan iborat 2. ikki juft mo`ylovga ega 3. qon aylanishi ochiq, yuragi rivojlangan 4. yurish oyoqlari to`rt juft 5. jabralari orqali nafas oladi 6. qorin nerv zanjirga ega A) a-3,6 b-2,3 B) a-4,5 b-3,6 C) a-1,3 b-2,5 D) a-4,6 b-1,2 27 / 90 27. 630 ta nukleotiddan iborat DNKmolekulasida timin nukleotidlari 30% ni tashkil etsa, shu fragmentdagi jami vodorod bog'lar soni (A), DNK asosida sintezlangan oqsil molekulasidagi peptid bog'lar soni (b) ni aniqlang. A) a - 624; b - 104 B) a - 624; b - 80 C) a - 756; b - 104 D) a - 588; b - 104 28 / 90 28. Quyidagi o’simliklardan yorug’likka harakatlana oladigan (a), xromatofori spiralsimon (b), xromotoforida yorug`likni sezuvchiorganoidi bor (c), zoospora hosil qiladigan (d), tanasi tasmasimon, rizoidli (e) bo’lganlarini belgilang? 1.xlamidamonada, 2. ulotriks, 3. lamnariya, 4. spirogira, 5. xlorella, 6. porfira A) a-1, b-4, s-1, d-2, e-3 B) a-1, b-4, s-6, d-2, e-3 C) a-1, b-2, s-3, d-6, e-4 D) a-3, b-2, s-6, d-2, e-1 29 / 90 29. Moddalar almashinuvi natijasida organizmda hosil bo‘ladigan qoldiq moddalar va almashinuv mahsulotlari nimalar orqali chiqarib yuboriladi. 1-ichak, 2-o'pka, 3- ter bezlari 4- yog‘ bezlari 5-buyrak A) Barchasi B) 4.5 C) 5.3.2 D) 2.3 30 / 90 30. Qo'shimcha ildiz tizimi xos bo'lgan ko’p yillik o'simliklarni belgilang. 1)makkajo'xori 2)qulupnay 3) oqjo’xori 4)ajriq 5)bug'doy 6) kartoshka 7) ban’yan. A) 2,4,6,7 B) 1,2,3,4 C) 2,6,3 D) 2,4,7,1 31 / 90 31. Eskilik bilan yengilik, eski va yangi dunyo o‘rtasidagi kurash mavzusi Amerikaning qaysi yozuvchilar asarlarida aks etgan? A) Uolt Uitmen, Genri Longfello B) Uolt Uitmen, Mark Tven C) Mark Tven, Genri Longfello D) Mark Tven, Jon Kopli 32 / 90 32. Bir vaqtda sodir bo’lgan voqealarni belgilang? A) So’ngi Misr podsholigiga asos solindi va Yangi Bobil podsholigi vujudga keldi B) Quyosh xudosi Amon Ra firavnlarning bosh homiysi va ilohiga aylandi va eneolit davri nihoyasiga yetdi C) Shumerlar jahondagi eng qadimgi yozuvlardan biri mixxatni ixtiro qilishdi va neolit davri boshlandi D) Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi yirik qudratli davlatga aylandi va Sargon I shumer va akkad shaharlarini o’z hokimiyati ostida birlashtirdi 33 / 90 33. Yaponiyada hokimiyatni Mikado-imperator boshqara boshlagan asrda bo’lib o’tgan voqealarni toping. 1)Xitoyda ipakdan shoyi so’zana – panno to’qish ixtiro qilindi; 2)Xitoyda paxtadan gazlama tayyorlash yo’lga qo’yildi; 3)asteklar Tenochtitlan shahriga asos soldilar 4)mo’g’ullarning ijtimoiy munosabatlarida yangi xususiyat mulkiy tabaqalanish kuchaya boshladi 5)nemis feodallari urush boshladi 6)Yevropaning yirik shaharlarida dastlabki universitetlar ochila boshladi A) 1,3,4,6 B) 1,2,3,4 C) 3,4,5,6 D) 2,3,5,6 34 / 90 34. Simoneseki sulhiga ko’ra, Yaponiya qaysi hududlarni qo’lga kiritgan edi? A) Tayvan, Penxu va Gongong orollarini B) Lyaodun, Kurill, Saxalin orollarini C) Syangan, Tayvan va Penxu orollarini D) Lyaodun, Tayvan, Peskador orollarini 35 / 90 35. “Tarbiyayi atfol” ni tashkil qilgan shaxslarni aniqlang. 1. Hoji Rafiy 2. A.Fitrat 3. Mirzo Abduvohid 4. Hamidxo’ja Mehriy 5. A.Avloniy 6. Usmonxo’ja 7. Muhammadxo’ja 8. Munavvar Qori9. Shakuriy A) 2,4,6,8,9 B) 1,3,5,8,9 C) 1,3,4,6,7 D) 1,2,3,4,5,6 36 / 90 36. Qarz yoki kreditni to'lash shartlarini qayta ko'rib chiqish va o'zgartirish nima deyiladi? A) Kapital B) Restrukturizatsiya C) Integratsiya D) Subsidiya 37 / 90 37. Rasmda berilgan tarixiy shaxs bilan bog’liq unga oid ma’lumotdni aniqlang. A) Xurosonning Marv, Nishopur, Mashhad kabi yirik shaharlarini egallaydi; B) O’z maktubida Buxoro Hindiston birgalikda Eronga yordam ko’rsatishi zarurligini ta’kidlagan; C) O’z maktunida Eronni o’zaro taqsimlab olishni taklif qilgan; D) Safaviylarga qarshi kurashda boburiylar bilan birga harakat qilishga intilgan; 38 / 90 38. Xiva xoni Muhammad Rahimxon I ga tayanib yirik zodagonlar qarshiligini sindirish uchun shiddatli kurashda o`z raqiblarini birin- ketin bo`ysundira bordi? A) savdogarlar va ruhoniylar tabaqasi B) “xon ” navkarlari deb atalgan muntazam qo`shin C) urug` oqsoqollari va ruhoniylar tabaqasi D) yirik zodagonlar va ruhoniylar tabaqasi 39 / 90 39. Quyidagi olimlarni millatiaga qarab moslashtiring. 1. E.Rezerford 2.A.Bekkerel3. S.Arrenius 4. F.A.Lesh5. R.Virxov a) fransuzb) rus c) ingliz d) shved e) nemis A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-e, 5-b B) 1-d, 2-b, 3-a, 4-e, 5-c C) 1-b, 2-e, 3-c, 4-d, 5-a D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b, 5-e 40 / 90 40. Quyidagi Lotin Amerikasi davlatlarining qaysi birining mustaqilligi muvufiq keladi? A) 2-3-5-6 B) 2-4-6-8 C) 1-3-5-7 D) 1-2-5-6 41 / 90 41. Milliy Markaz – Turkistono’lkamusulmonlarkengashitashkil etilgach, kimlar rais kotiblari bo’lishgan? A) Mustafo Cho’qay, Islom Shoahmedov B) Behbudiy, Munavvarqori C) Islom Shahmedov, Zaki Validiy D) Munavvarqori, Zaki Validiy 42 / 90 42. Quyidagilardan qabilalar bilan bog’liq noto’g’ri ma’lumot berilgan qatorni aniqlang. A) Etrusklar – Italiyaning shimoli-g’arbiy qismida joylashgan; B) Lig’urlar – Italiyaning eng qadimgi qabilalaridan biri bo’lib, chorvachilik bilan shug’ullangan; C) Karfagenliklar – Afrikaning shimoliy qismida joylashgan Yunon koloniyasi D) Lotinlar – Tibr daryosi bo’yida joylashgan daryo va botqoqlik lotinlarni qo’shni qabilalardan hujumlaridan himoya qilar edi; 43 / 90 43. Quyidagi javoblarni moslashtiring. 1)Rossiyaning Bolqon yarim orolidagi manfaatlarini mensimay Avstriya- Vengriyani Bolqon siyosatini qo’llab quvvatlagan davlat 2)XIX asr oxiri – XX asr boshida sanoat ishlab chiqarish hajmi 2 marta kamaygan davlat 3)XIX asr oxiriga kelib xorijiy davlatlar 3 mlrd dollar kapital kiritgan davlat 4)AQSH asoratli shartlar asosida qarz bergan davlatlardan bir A) 1-Germaniya, 2-B. Britaniya, 3-AQSH, 4-Gonduras B) 1-Germaniya, 2-Fransiya, 3-AQSH, 4-Gvatemala C) 1-Germaniya, 2-B. Britaniya, 3-AQSH, 4-Kosta-Rika D) 1-B. Britaniya, 2-Germaniya, 3-Germaniya, 4-Nikaragua 44 / 90 44. Xorijiy investisiyalar ishtirokidagi «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» korxonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilingan yildan keyin sodir bo’lgan voqeani aniqlang. A) Afrosiyob tezyurar poyezdining Toshkent–Xiva yo‘nalishi ishga tushirildi. B) Sh. Mirziyoyevning tashabbusi bilan 7,1 kilometr bo’lgan Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilishi olib borilmoqda C) Toshkent xalqaro aeroportiga Islom Karimov nomi berildi D) «O‘zbekiston havo yo‘llari» zamonaviy havo kemalari bilan ta’minlandi. 45 / 90 45. Napaleon Bonapartni Fransiyada obro‘sini ko‘tarib yuborgan voqea nima edi? A) Italiyaga qilingan yurish va uning bo‘ysundirilishi B) Qirol hokimiyatini Napaleonga berilishi C) Mirga qilgan urushi D) Yirik davlatlar bilan yaxshi aloqalar 46 / 90 46. Buxoro amirligi qo‘shinida to‘plarning sozligi kimlarning nazoratida bo'lgan? A) rus va fransuz mutaxassislari B) fransuz va fors mutaxassislari C) rus va fors mutaxassislari D) rus va nemis mutaxassislari 47 / 90 47. Qaysi qatorda Fransiya qiroli Filipp IV hukmronligi bilan bog’liq ma’lumotlar ko’rsatilgan? 1)Normandiya Angliyadan tortib olindi 2)Shampan grafligi va Lion viloyati qirol domeniga qo’shib olindi 3)cherkov yerlari soliqqa tortildi 4)General shtatlar chaqirildi A) 2.4 B) 2,3,4 C) 3.4 D) 1.4 48 / 90 48. Kimni davridaGermaniya Yevropa Ittifoqining yetakchi davlatiga aylandi? A) Gerxard Shryoder B) Konrad Adenaur C) Angela Markel D) Gelmut Gol 49 / 90 49. Jaloliddin Manguberdi bilan bog’liq quyidagi voqealarni yuz berish davriga ko’ra to’g’ri xronologik tartibda belgilang. 1)Gurjiston to’liq egallandi; 2)Isfahon yaqinida mo’g’ullarning Taynol no’yon boshliq qo’shinlarini maglub etadi; 3)U Hindistonda muqim o‘rnashish, ittifoqchilar topish mushkul ekanligini anglab, Iroqqa yo‘l oladi; 4)Xalifa Nosirning 20 ming kishilik qo’shini Basra yaqinidagi jangda tor-mor etildi; 5)Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu no‘yonni 45 minglik qo‘shin bilan jo‘natadi; 6)Ko‘niya, Jazira, Damashq va Misrning birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari Arzinjon yaqinidagi jangda mag‘lubiyatga uchradi; A) 5, 4, 3, 1, 2, 6 B) 5, 3, 4, 1, 2, 6 C) 5, 3, 4, 2, 1, 6 D) 5, 3, 4, 6, 2, 1 50 / 90 50. Quyidagi voqealarni ketma-ketlikda joylashtiring? 1.U.Cherchill Fulton shahrida Vestminster kolleji tinglovchilari oldida so’zga chiqdi 2.O’zaro Iqtisdiy Yordam Kengashi tuzildi 3.J.Marshall Yevropa mamlakatlariga urush oqibatlarini bartaraf qilishda yordam ko’rsatish g’oyasini ilgari surdi 4.NATO tashkil etildi A) 2,1,3,4 B) 1,3,2,4 C) 3,1,2,4 D) 1,2,3,4 51 / 90 51. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy okruglarini ularga mos hududlar bilan muvofiqlashtiring. 1)Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari 2)Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari 3)Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari 4)Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati a) Sharqiy harbiy okrug b) Markaziy harbiy okrug Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug c)Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c B) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d D) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c 52 / 90 52. Rossiya istilosi natijasida egallangan hududlar bilan bog’liq noto’g’ri ma’lumotni aniqlang. A) Jizzax – ushbu shaharni bosib olish uchun bo’lgan jangdaharikkala tomondan 2 mingdan ko’proq kishi halok bo’ldi ; B) O’ratepa - F.Romanovskiy harbiy qo’shinlari ushbu shaharga yetib borgach, shahar uch kun o’qqa tutildi ; C) Erjar qishlog’i – Sirdaryoning o’rta oqimida joylashgan ushbu hududda podsho qo’shinlari Buxoro amirligi qo’shinlari o’rtasidagi dastlabki jang bo’lib o’tgan D) Xo’jand – Qo’qon xonligi bilan Buxoro amirligi o’rtasida joylashgan ushbu shahar podsho qo’shinlari tomonidan 24-may kuni egallandi ; 53 / 90 53. Quyidagilardan qaysi birining xronologiyasi to’g’ri kelmaydi ? A) XV asr - Madrasalarda mavjud Olimlar yasovuli paydo bo’lgan ; B) 1819 – Munis Mirxondning « Ravzat us-safo » asarinitarjimaqilishni boshladi ; C) 1857 – Ahmad Donish Amir Nasrullo elchilari bilan Moskva, Peterburg va boshqa Rossiya shaharlari bo’ylab sayohat qilgan ; D) XIX asr – Ahmad Donish amir Muzaffar taklifi bilan « Manozir ul-kavokib » nomli astronomiyaga oid kitob yozgan 54 / 90 54. Quyidagilarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1)AQSH va Germaniya o’rtasida jahon elektr bozorini bo’lib olish va o’zaro hamkorlik qilish to’g’risida shartnoma tuzilgan ; 2)Yevropa shaharlari qurilishida o’zgarishlar yuz bera boshladi ; 3)Millatlararo korporatsiyalar soni 100 taga yetdi ; 4)Mustamlakachilik siyosati natijasida « egallanmagan yerlar »ni bosib olish yakunlandi ; A) 2-4-1-3 B) 2-3-4-1 C) 3-4-2-1 D) 3-2-1-4 55 / 90 55. O’rta asrlarda quyidagi qaysi shaharlarda nomlanishi bir xil bo’lgan inshootlar mavjud? 1. Istanbul. 2. Moskva. 3. Vladimir. 4. Kiyev. 5. Parij. 6. Sevilya A) 1, 4 B) 2, 3, 5 C) 5, 6 D) 1, 2 56 / 90 56. Ilmga bo’lgan chanqoqlik tufayli Buxoro, marv, Nishopur, Isfaxon, Shom, Bag’dod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini diniy ilmlarini, xattotlik san’atini, arab maqollari va urf- odatlarini chuqur o’rgangan alloma tavallud topgan yildan 205 yil muqaddam quyidagilardan kim tavallud topgan? A) “Kitob at-Tavhid” asari muallifi; B) “Hayotnoma” asarining muallifi; C) “Al-jome as-Sahih” asari muallifi; D) “Hidoya” asarining muallifi; 57 / 90 57. Quyidagi voqealardan bir yilda yuz berganlarini toping. 1)Eftallar Xitoyga elchi yubordilar; 2)Pero’z eftallarga qarshi yurish qildi; 3)Sosoniyla va Kidariylar o’rtasida jang bo’lib o’tdi: 4)hadya tariqasida Samarqanddan yuborilgan dubulg‘adan nusxa olib, Xitoy qurolsozlari qo‘shinni temirqalpoq (dubulg‘a)lar bilan ta’min etganlar: A) 1.3 B) 2.4 C) 1.4 D) 3.4 58 / 90 58. Quyidagilardan nisbatan keyinroq sodir bo'lgan voqeani aniqlang. A) Qoraqolpog'iston Qozog'iston ASSR tarkibiga kiritildi B) To'rtko'lda dehqon, batrak va qizil askar deputatlari Qoraqolpoq avtonom viloyati sovetlarining I tasis syezdi bo'lib o'tdi C) Tojikiston ASSR o'rniga Tojikiston SSR tashkil topdi va u O'zbekiston SSR tarkibidan chiqdi D) Samarqandshahridabo'lib o'tgantasisqurultoyida O'zbekiston komsomoliga asos solindi 59 / 90 59. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud? A) Shayboniylar hukmronligi davrida oliy hukmdor — xon davlat hududlarini sulola xonadoni a’zolariga yurt (udel) qilib bo’lib berdi. Bu esa oxir-oqibatda markaziy hokimiyatning zaiflash B) Temuriylar davlati XVI asr boshlarida to‘la barham topdi C) Temuriylar sulolasi hukmronligi barham topgach, yurtimizda shayboniylar sulolasi hukmronligi o‘matildi. Mazkur sulola ishlab chiqarish, ilm-fan va madaniyat rivojida temuriylar davr D) XVIII asr oxirida Buxoro xonligi ikkiga bo’linib ketdi 60 / 90 60. 1926-yili general Chan Kayshi boshchiligidagi Gomindan milliy hukumati Milliy inqilobiy armiyaning Shimolga yurishini boshladi.Bu yurish davrida Markaziy Xitoyning ko’plab provinsiyalari,jumladan qaysi yirik shaharlar Gomindanchilar qo’liga o’tdi? A) Nanchan, Shanxay, Urumchi, Pekin B) Uxan, Shanxay, Nanchan, Nankin C) Pekin, Nankin, Uxan, Nanchan, D) Pekin, Urumchi, Uxan, Nankin 61 / 90 61. Ifodaning qiymatini toping: (|-111|-80)+ |-29| A) 150 B) -150 C) 60 D) 50 62 / 90 62. Qaysi holda arzon xarid amalga oshiriladi? A) 2 B) hammasining narxi bir xil C) 1 D) 3 63 / 90 63. Sinfda 26 o‘quvchi bor. Matematikadan o‘tkazilgan nazorat ishida o‘quvchilarning 3/13 qismi – «5», 5/13 qismi – «4» va qolgani – «3» baho oldi. Qancha o‘quvchi «3» baho olgan? A) 8 B) 6 C) 10 D) 5 64 / 90 64. Yig indini hisoblang. 25+25+27+29+31+33+35+37+60 A) 180 B) 120 C) 300 D) 240 65 / 90 65. 1223334444… ketma ketlikdagi 17-o’rinda turgan raqamni aniqlang. A) 7 B) 8 C) 9 D) 6 66 / 90 66. Hisoblang. A) 3 B) 30 C) 2 D) 0,3 67 / 90 67. Natural sonni 10 ga bo‘lganda, bo‘linma 15 ga qoldiq 7 ga teng bo‘ladi. Bo‘linuvchini toping. A) 177 B) 161 C) 163 D) 157 68 / 90 68. Bog‘da 150 tup olma va 450 tup o‘rik meva daraxtlari mavjud. Olma daraxti jami bog‘dagi mevalarning necha foizini tashkil etadi? A) 40% B) 60% C) 75% D) 25% 69 / 90 69. Bir kub metr beton qorishmasini quydirish 50 ming so‘m. Balandligi 4 metr, eni 4 metr va uzunligi 8 metr (to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklida) bo‘lgan beton devor quydirish necha so‘m bo‘ladi? A) 6 mln 500 ming B) 5 mln 400 ming C) 6 mln 400 ming D) 6 mln 600 ming 70 / 90 70. Bir kub metr beton qorishmasini quydirish 50 ming so‘m. Balandligi 2 metr, eni 0,5 metr va uzunligi 18 metr (to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklida) bo‘lgan beton devor quydirish necha so‘m bo‘ladi? A) 980 ming B) 950 ming C) 900 ming D) 1 mln 71 / 90 71. Qaysi uslubda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi? A) ilmiy uslub B) rasmiy uslub C) ommabop uslub D) so‘zlashuv uslubi 72 / 90 72. Quyidagi tillardan qaysi biri turkiy tillar oilasining qarluq guruhiga mansub? A) Buyg‘ur B) qoraqalpoq C) qozoq D) tatar 73 / 90 73. Qaysi javobda qo‘shma gapning ikkinchi qismida qo‘llanadigan bo‘g‘lovchilar keltirilgan? A) ammo, lekin, agar, chunki, negaki B) chunki, negaki, goh... goh, balki, mabodo C) chunki, negaki, balki, ammo, lekin, biroq, ya’ni D) toki, shuning uchun, bilan, hamda, basharti 74 / 90 74. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarda qanday voqea- hodisalar ifodalanadi? A) Bir paytda yoki ketma-ket bo‘ladigan voqea-hodisalar ifodalanadi B) to‘g‘ri javob yo‘q C) voqea-hodisalarning galma-gal bo‘lishi yoki ulardan biri bo‘lishi ifodalanadi D) Bir-biriga zid voqea-hodisalar ifodalanadi 75 / 90 75. Quyidagi so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan? Jaholat, hokisor, mutaxasis, hoxish, zahmat, aynala, taxsimot, asil, bepayon. A) 6 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 4 ta 76 / 90 76. Tishlarimni ko‘rmak istasang, Tushlaringni marvaridga ayt, Gar o‘zimni ko‘rmak istasang, Yovni yengib, tezroq qayt. Ushbu parchadagi fonemalarni aniqlang. A) t, k, y B) i, u, q C) sh, k, t D) a, i, o‘ 77 / 90 77. Nechta jarangsiz til undoshining jarangli jufti bor? A) 7 ta B) 8 ta C) 6 ta D) 4 ta 78 / 90 78. Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida bir keng unlining ikkinchi bir keng unliga almashinishi kuzatilgan gapni toping. A) Mehnat qilsang, ko‘nglingga yorug‘lik tushadi. B) Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab emas, balki qilgan ishingga qarab baho beradilar. C) Sovuqning shashti pasayib, quyosh yana nur sochdi. D) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi. 79 / 90 79. Ham ot, ham sifat yasovchi shakldosh qo‘shimchalarni aniqlang. A) -kash, -eh, -la B) -qi, -choq, -in C) -li, -kash, -im D) -lik, -zor, -ar 80 / 90 80. g undoshining kundoshidan farqlovchi belgisi qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) portlovchilik B) shovqinlilik C) jaranglilik D) til orqalilik 81 / 90 81. Qo‘qon shahrining yoshi qancha-yildan ortiqdir? A) 2000 B) 2700 C) 1750 D) 1500 82 / 90 82. XIX asr oxirlarida Xiva xonligining muntazam qo‘shinlari necha kishidan iborat bo‘lgan? A) 2500 B) 1500 C) 5000 D) 3000 83 / 90 83. O‘rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanish qachon o‘tkazilgan? A) 1924-yil B) 1927-yil C) 1922-yil D) 1925-yil 84 / 90 84. Qaysi Buxoro amiri butun musulmon olamining xalifasi deb e’lon qilingan? A) Shohmurod B) Haydar C) Nasrullo D) Olimxon 85 / 90 85. 1983-1988-yillarda O‘zbekistonga kim rahbarlik qildi? A) Inomjon Usmonxo‘jayev B) Rafiq Nishonov C) Rustam Saidov D) Sharof Rashidov 86 / 90 86. “Movarounnahr” so‘zi qaysi tildan olingan va uning ma'nosi nima? A) turkiycha, “ikki daryo oralig‘i” B) arabcha, “ikki daryo oralig‘i” C) forscha, “daryoning quyi qismi” D) arabcha, “daryoning narigi tomoni” 87 / 90 87. 1914-yil Toshkentda kim “Turon” teatr truppasini tuzgan? A) Behbudiy B) A. Avloniy C) Hamza D) A. Samadov 88 / 90 88. Quyidagi qaysi tarixiy asarda o‘lkamizning qadimgi aholisi to‘g‘risida batafsil ma'lumot berilgan? A) “Tarix” asarida B) “Tarixiy-yilnomalar” asarida C) “Qadimgi sharq” asarida D) “Geografiya” asarida 89 / 90 89. Qaysi yodgorlikdan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan? A) Qoratepa B) Zartepa C) Dalvarzintepa D) Xolchayon 90 / 90 90. Mamlakat ma’naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga somoniylar hukmronligi davrida kim rahnamolik qilardi? A) “Hojib” B) B“Naqib” C) “Xatib” D) “Ustod” Sizning ballingiz 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Matematika va Nemis tili yo’nalishi №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Tarix va Ingliz tili yo’nalishi №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Matematika va Geografiya yo’nalishi №1