9-sinf Kimyo olimpiada №2

2

9-sinf Kimyo olimpiada №2

2019-yilda tuman bosqichida tushgan savollar

1 / 25

1. Gipotetik reaksiyaning tezligi temperatura 20°C dan 50°C gacha ko‘tarilganida 8 marta oshsa, 50°C dagi tezlikni yana 4 martaga oshirish uchun temperaturani necha °C gacha ko‘tarish kerak?

2 / 25

2. 0,1 M 10,0 ml Na2CO3 eritmasiga metilzarg‘aldog‘i qo‘shildi va sariq rangli eritma hosil bo‘ldi. Hosil bo‘lgan eritmaga 0,1 M 10,0 ml HCl eritmasi qo‘shilsa, eritma rangi qanday bo‘ladi?

3 / 25

3. Temir oksidi tarkibida 72,4% temir bo‘lsa, oksidning formulasini aniqlang.

4 / 25

4. Azot va noma’lum gaz aralashmasining geliyga nisbatan zichligi 10 ga teng. Ularning hajmiy nisbati almashgan aralashmaning geliyga nisbatan zichligi 8 ga teng. Noma’lum gazni aniqlang.

5 / 25

5. Tarkibida 36 g tuz bo’lgan eritmaga 20 g tuz qo’shildi. Natijada konsentratsiya 10 % ga ortdi. Boshlang’ich eritmadagi tuzning massa ulushini toping? 1) 50 2) 303) 60 4) 40 5) 25

6 / 25

6. Kalsiy fosfat molekulasida nechta sigma va nechta pi bog’ borligini aniqlang.

7 / 25

7. Biror bir tuzning 70°C dagi eruvchanlik koeffitsiyenti uning 50°C dagi eruvchanlik koefsiyentidan 1,5 barobar ko’p. Agar shu tuzning 70°C dagi to’yingan 290 g eritmasi 50°C ga qadar sovitilganda 30 g tuz cho’kmaga tushishi ma’lum bo’lsa, shu tuzning 70°C dagi eruvchanlik koeffitsiyentini aniqlang.

8 / 25

8. Noma’lum x M li Y tuzning titr va foiz konsentratsiyalari nisbatini aniqlang.(p=2g/ml)

9 / 25

9. Eritmalarning qaysi jihatlari kimyoviy birikmalarga o‘xshaydi?

10 / 25

10. xMn+n ioni 54Cr+3 ioniga ham izoton, ham izoelektron bo’lsa, x va n ning qiymatini aniqlang.

11 / 25

11. Ammiak sintez qilish uchun tayyorlangan gazlar aralashmasida azot va vodorodning konsentratsiyalari yigindisi 12 mol/l ga teng. Reaksiyada muvozanat qaror topgandan so’ng vodorod va ammiakning konsentratsiyalari 1:2 nisbatda bo’lsa, reaksiya unumini(%) hisoblang. (Km=1)

12 / 25

12. 238U → E + x β+ y 0n1. ushbu yadro reaksiyada x/y ning qiymati 0,375 ga teng bo’lsa, noma’lum element izotopini aniqlang. (x+y=11)

13 / 25

13. Vodorodning 3 xil izotopi (¹H; ²D; ³T) va kislorodning ¹⁷O va ¹⁸O li izotoplaridan hosil bo’lgan suv molekulalaridan necha foizi tarkibida 11 ta neytron boladi?

14 / 25

14. Ammiak gazi parchalandi. Natijada hosil bo’lgan aralashmadagi vodorodning hajmiy ulushi parchalanish unumiga teng bo’lsa, aralashmaning molyar massasini (g/mol) hisoblang.

15 / 25

15. NO va N2Ox dan iborat aralashmada kislorodning massa ulushi 40% , NO ning massa ulushi 21,4% bo’lsa, X ni toping.

16 / 25

16. Keltirilgan birikmalarning qaysi birida qutbli kovalent bog’ eng kuchli ifodalangan:

17 / 25

17. Qutbsiz kovalent bog’li molekulalar juftini aniqlang.

18 / 25

18. rom atomining bosh kvant soni 3 ga teng bo’lgan +1/2 spinli elektronlar soni nechta?

19 / 25

19. Massasi 79,8 g bo’lgan ishqoriy metall va uning oksidi aralashmasining 1,2 mol miqdori suvda eritilganda tarkibida 300 g suv saqlagan 6 mol/kg li eritma hosil bo’ldi. Metallni aniqlang.

20 / 25

20. Kaliy permanganat va Bertole tuzlari kislorod hosil qilib parchalandi. KMnO4 ning parchalanishidan hosil bo’lgan kislorod Bertole tuzidan hosil bo’lgan kislorodning yarmiga teng bo’lsa, boshlang’ich tuzlarning mol nisbatibi aniqlang.

21 / 25

21. MeSO4 o’zining massasidan 2 marta ko’p suvda eritilganda eritmadagi SO42- anionining massa ulushi 1/5 ga teng bo’ldi. Metallni aniqlang.

22 / 25

22. 0,8 mol modda 0,05 mol/l ∙sek tezlik bilan 4 sekundda parchalansa, idishning hajmini aniqlang.

23 / 25

23. Bir moddaning 10 grammi 20C da 20 sekundda parchalanadi, 40C da sgu moddaning 90 grammi 20 sekundda parchalanadi. Shu reaksiyalarning tezlik koiffisiyentini aniqlang.

24 / 25

24. Galogenid kislotaning 1,4 M li eritmasining titri 113,4 mg/ml ga teng. Galogenid kislotani aniqlang.

25 / 25

25. Kaliy permanganat molekulasida nechta sigma va nechta pi bog’ borligini aniqlang.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0