Uy » Attestatsiya testlar » Davlat tili (O'zbek tili) attestatsiya » Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №1 Davlat tili (O'zbek tili) attestatsiya Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №1 InfoMaster May 16, 2022 96 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Davlat tili (O'zbek tili) fanidan attestatsiya savollari №1 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Qaysi gapda harakat-holatning doimiy zamon(uch zamon) ga oidligi ifoda etilgan? A) Erta-indin Ra’noni ko‘rgani gospitalga boraman. B) Kunduzi bo‘lishiga qaramay, hamma yoq qop-qorong‘u bo‘lib ketdi. C) Yomg‘ir tobora kuchayib borayotir. D) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o‘lkalarga uchib ketadi. 2 / 40 2. Qaysi gapda bo‘lishlilik ma’nosi ta’kidlangan? A) Kozimjon ertaga ,albatta, keladi. B) Sharifa xatni Valijonga yozdirtirdi. C) Shahardan buvingni ko‘rmay kelma. D) Kelgil, parivashim, kelgil jimgina. 3 / 40 3. Harakatning holatini anglatuvchi ravishdoshlar qaysi qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi? 1) -(i)b, a(-y); 2) -gancha; 3) -gani; 4) -gach A) 2.3 B) 1, 2 C) 1.4 D) 3.4 4 / 40 4. Fe’l zamonlarini aniqlash qaysi zamonga nisbatan amalga oshiriladi? A) hozirgi zamonga nisbatan B) hozirgi va kelasi zamonga nisbatan C) o‘tgan zamonga nisbatan D) kelasi zamonga nisbatan 5 / 40 5. Qaysi javobda berilgan ko‘makchi fe’l harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi? A) bermoq B) boshlamoq C) olmoq D) chiqmoq 6 / 40 6. Qaysi gapda kelasi zamon shakli orqali o‘tgan zamon ma’nosi ifoda etilgan? A) Daryoning bo‘yidagi sadarayhonlarga termulib qaradim. B) Ulardan biri o‘sha damda qo‘shinni tashlab qochadi. C) Siz aytgan ishni keyinroq bajararman. D) Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman. 7 / 40 7. Qaysi javobda berilgan fe’llar fe’ldan anglashilgan harakat-holat va uni bajaruvchi subyekt munosabatiga ko‘ra farqlanadi? A) keldi, kelishdi, keltirdi B) kelsa, kelmoqchi, kelgin C) kelyapman, kelyapsan, kelyapti D) keldi, kelyapti, keladi 8 / 40 8. Qaysi misrada qo‘shma yasama fe’l qo‘llangan? A) Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am? B) Qani, ayt, maqsading nimadir sening? C) Yetar, ey cholg‘uvchi, bas qil sozingni. D) Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang? 9 / 40 9. Qaysi qo‘shimchalar yordamida fe’l yasalsa fonetik o‘zgarish sodir bo‘ladi? A) –sa, -ar, -ir B) –a, -la, -ay C) –i, -ira, -iq D) –illa, -lash, -sira 10 / 40 10. Qaysi maqolda to‘rt o‘rinda yasama fe’l qo‘llangan? A) Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. B) O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. C) Birni ko‘rib, fikr qil, Birni ko‘rib, shukur qil. D) Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma! 11 / 40 11. Bo‘lishsizlik shakli yetakchi fe’lga qo‘shilsa qanday mazmun ifoda etiladi? A) harakat-holatning davomli inkori B) harakat-holatning bir martalik inkori C) qat’iy bo‘lishlilik ma’nosi D) oddiy bo‘lishlilik ma’nosi 12 / 40 12. Orttirma nisbat shakllari berilmagan qatorni toping. A) –gaz, -kaz, -qaz, -g‘az B) –ar, -ay, -ik, -iq C) –ir, -iz, -ar, -it D) –giz, -kiz, -g‘iz, -qiz 13 / 40 13. Qaysi javobda berilgan shakllar harakat-holatning gap aytilayotgan paytdan keyin sodir bo‘lishini ifodalaydi? A) –ayotir, ayotib B) –gay, -yap C) –gan, -b(-ib) D) –a(-y), -ar(-r) 14 / 40 14. Fe’lning zamon va shaxs-son qo‘shimchalarisiz qismi…? A) II shaxs buyruq maylini ifodalaydi B) III shaxs buyruq maylini ifodalaydi C) III shaxs xabar maylini ifodalaydi D) II shaxs xabar maylini ifodalaydi 15 / 40 15. Qaysi so‘zdan uch xil qo‘shimcha yordamida fe’l yasash mumkin? A) ayb B) yalt C) suv D) zavq 16 / 40 16. Qaysi javobda fe’lning noaniq shakli ko‘rsatilgan? A) kelmagan B) kelsam C) kelmoq D) kelishdi 17 / 40 17. Qaysi javobda qo‘shma fe’l berilgan? A) kirib chiqdi B) qotib qoldi C) shoshilib kirdi D) yonib turibdi 18 / 40 18. Qaysi javobda bir martalik harakat inkori ifodalangan? A) yozib qo‘ymadi B) na o‘qidi, na yozdi C) yozmay qo‘ymadi D) yozmay qo‘ydi 19 / 40 19. Qaysi qatorda o‘timli fe'llar qo‘llangan? A) almashmoq, joylashmoq, kuymoq B) joylashtirmoq, almashmoq, yaxshi ko‘rmoq C) o‘xshamoq, jiringlamoq, so‘ramoq D) o‘qimoq, jilmaymoq, kiyinmoq 20 / 40 20. Qaysi javobda asosi o‘timsiz bo‘lgan o‘timli fe’llar berilgan? A) o‘qishdi, sakrashdi, tortishdi B) uxlatdi, tomizdi, qaytardi C) yeyildi, kiyindi, bo‘yaldi D) kelishdi, so‘rashdi, o‘ylatdi 21 / 40 21. Harakatni bajaruvchi shaxs va harakat tushgan obyekt birlashgan fe’l qatnashgan gapni aniqlang. A) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirib berdi. B) Xat Sharifa tomonidan yozildi. C) Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. D) Qobil yugurib borib do‘konxona eshigidan ko‘chaga qaradi. 22 / 40 22. Qaysi javobda ravishdoshli so‘z birikmasi berilgan? A) so‘ray ko‘rma B) ketib qoldi C) yig‘lab gapirdi D) kelib ketdi 23 / 40 23. Qaysi nisbat shakllari o‘timli-o‘timsizlik jihatidan zidlanadi? A) o‘zlik va majhul nisbat B) birgalik va o‘zlik nisbat C) orttirma va majhul nisbat D) birgalik va orttirma nisbat 24 / 40 24. Qaysi javobda subyekt(bajaruvchi) va harakat holat o‘rtasidagi munosabatni ifodalovch shakllar berilgan? A) -moqda, -yap, -ayotir B) -man, -san, -miz, -siz C) -sin, -sin, -ay D) -tir, -il, -ish 25 / 40 25. Qaysi javobda berilgan qo‘shimchalar ham fe’l yasovchi, ham fe’lning munosabat shakllari sifatida omonim sanaladi? A) –y, -it, -iq B) –la, -lash, -sa C) –sin, -t, -qir D) –a, -ay, -ar 26 / 40 26. Quyida berilgan tez aytishlarning qaysi birida sodda yasam fe’l ishtirok etgan? A) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi B) O‘tkir o‘tkir o‘roqda o‘t o‘rdi. C) Oqil oq olma oldi, oq olmani Oqil oldi. D) Norning nordon anori narida. 27 / 40 27. Qaysi javobda berilgan ko‘makchi fe’llar harakat-holatning davomliligi ifodalaydi? A) olmoq, bilmoq, boshlamoq B) yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq C) yotmoq, turmoq, yurmoq D) ko‘rmoq, chiqmoq, bitmoq 28 / 40 28. Qaysi qatorda o‘timsiz fe'llar vosita yordamida o‘timli fe'lga aylangan? A) quvontirmoq, tarqatmoq, chiqarmoq B) o‘qishmoq, yig‘latmoq, ko‘rsatmoq C) joylashtirmoq, terilmoq, kuzatmoq D) bajartirmoq, o‘qitmoq, berishmoq 29 / 40 29. O‘tgan zamonning qaysi shakli ilgari ro‘y bergan harakat-holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilinganini ifodalaydi? A) –di B) –b(-ib) C) –gan D) –di, -b(-ib) 30 / 40 30. Qaysi javobda berilgan fe’l yasama o‘tgan zamon sifatdoshi sanaladi? A) ko‘rsatilgan B) o‘zgartirilgan C) qisqarayotgan D) qayg‘uradigan 31 / 40 31. Qaysi nisbat shakllari bir fe’lga bir necha marotaba qo‘shilishi mumkin? A) o‘zlik B) majhul C) orttirma D) birgalik 32 / 40 32. Qaysi javobda asosi o‘timli bo‘lgan o‘timsiz fe’llar berilgan? A) o‘qishdi, sakrashdi, tortishdi B) yeyildi, kiyindi, bo‘yaldi C) kelishdi, so‘rashdi, o‘ylatdi D) uxlatdi, tomizdi, qaytardi 33 / 40 33. Qaysi javobda fe’lning sifatga xoslangan shakllari berilgan? A) aygach, ayguncha, aytib B) aytdi, aytishdi, ayttirdi C) aytmoq, aytish, aytuv D) aytgan, aytayotgan, aytar 34 / 40 34. Qaysi gapda zamon qo‘shimchasining yozilishi(imlosi) bilan bog‘liq xatolik mavjud? A) Hozir yomg‘ir yog‘ayotir, shuning uchun yo‘lga chiqish mumkin emas. B) Hozir ko‘nglimga qil sig‘mayapti, keyinroq gapirarsiz. C) Hozir dolzarb payt, barcha yeng shimarib ishlamoqda. D) Maktabda ayni damda kulgu kechasi o‘tkazilayapti. 35 / 40 35. Qaysi ko‘makchi fe’l harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi? A) qo‘ymoq B) chiqmoq C) olmoq D) yurmoq 36 / 40 36. Qaysi mayl shakllari faqat kelasi zamonni ifodalaydi? 1) ijro mayli 2) shart mayli 3) maqsad mayli 4) buyruq-istak mayli A) 2,3,4 B) 3.4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3 37 / 40 37. Qaysi gapda orttirma nisbat ma’nosi kuchaytirilgan? A) U ssenariyni Alimardonga yozdirtirdi. B) Xabarni Qo‘ng‘irotga o‘n chopar tezda yetkazdi. C) O‘qituvchi bolalarni sinf xonasidan chiqardi. D) Chol titrab, qo‘lidagi kosani qars etib tushirdi. 38 / 40 38. Quyida berilgan qaysi shakllar ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’lga qo‘shila oladi? 1) mayl 2) zamon 3) shaxs-son 4) nisbat 5) bo‘lishsizlik A) 4.5 B) 3,4,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3 39 / 40 39. Fe’lning qaysi lug‘aviy shakli zamon, shaxs-son, mayl shakllari bilan qo‘llanmaydi? A) harakat nomi B) sifatdosh C) ravishdosh D) sof fe’l 40 / 40 40. O‘tgan zamonning –di, kelasi zamon shart mayli shakli –sa shakllaridan keyin o‘rinlashuvchi shaxs-son shakllarini aniqlang. A) –m, -ng, -0, -k, -ngiz, -0 B) –man, -san, -di, -miz, -siz, -di C) –man, -san, -ti, -miz, -siz, -ti D) –man, -san, -0, -miz, -siz, -0 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №7
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №6
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №5
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Davlat tili (O’zbek tili) attestatsiya №4