Uy » Abituriyent » Blok testlar » Tarix va Geografiya yo’nalishi №1 Blok testlar Tarix va Geografiya yo’nalishi №1 InfoMaster May 4, 2022 49 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tarix va Geografiya yo'nalishi №1 Asosiy fanlar: ? Tarix (3.1 ball) ? Geografiya (3.1 ball) Majburiy fanlar: ? Matematika (1.1 ball) ? Ona tili (1.1 ball) ? O'zbekiston tarixi (1.1 ball) 1 / 90 1. Eskilik bilan yengilik, eski va yangi dunyo o‘rtasidagi kurash mavzusi Amerikaning qaysi yozuvchilar asarlarida aks etgan? A) Uolt Uitmen, Genri Longfello B) Mark Tven, Jon Kopli C) Uolt Uitmen, Mark Tven D) Mark Tven, Genri Longfello 2 / 90 2. Bir vaqtda sodir bo’lgan voqealarni belgilang? A) Shumerlar jahondagi eng qadimgi yozuvlardan biri mixxatni ixtiro qilishdi va neolit davri boshlandi B) Quyosh xudosi Amon Ra firavnlarning bosh homiysi va ilohiga aylandi va eneolit davri nihoyasiga yetdi C) Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi yirik qudratli davlatga aylandi va Sargon I shumer va akkad shaharlarini o’z hokimiyati ostida birlashtirdi D) So’ngi Misr podsholigiga asos solindi va Yangi Bobil podsholigi vujudga keldi 3 / 90 3. Yaponiyada hokimiyatni Mikado-imperator boshqara boshlagan asrda bo’lib o’tgan voqealarni toping. 1)Xitoyda ipakdan shoyi so’zana – panno to’qish ixtiro qilindi; 2)Xitoyda paxtadan gazlama tayyorlash yo’lga qo’yildi; 3)asteklar Tenochtitlan shahriga asos soldilar 4)mo’g’ullarning ijtimoiy munosabatlarida yangi xususiyat mulkiy tabaqalanish kuchaya boshladi 5)nemis feodallari urush boshladi 6)Yevropaning yirik shaharlarida dastlabki universitetlar ochila boshladi A) 3,4,5,6 B) 1,3,4,6 C) 1,2,3,4 D) 2,3,5,6 4 / 90 4. Simoneseki sulhiga ko’ra, Yaponiya qaysi hududlarni qo’lga kiritgan edi? A) Tayvan, Penxu va Gongong orollarini B) Lyaodun, Kurill, Saxalin orollarini C) Syangan, Tayvan va Penxu orollarini D) Lyaodun, Tayvan, Peskador orollarini 5 / 90 5. “Tarbiyayi atfol” ni tashkil qilgan shaxslarni aniqlang. 1. Hoji Rafiy 2. A.Fitrat 3. Mirzo Abduvohid 4. Hamidxo’ja Mehriy 5. A.Avloniy 6. Usmonxo’ja 7. Muhammadxo’ja 8. Munavvar Qori9. Shakuriy A) 1,2,3,4,5,6 B) 2,4,6,8,9 C) 1,3,4,6,7 D) 1,3,5,8,9 6 / 90 6. Qarz yoki kreditni to'lash shartlarini qayta ko'rib chiqish va o'zgartirish nima deyiladi? A) Kapital B) Restrukturizatsiya C) Integratsiya D) Subsidiya 7 / 90 7. Rasmda berilgan tarixiy shaxs bilan bog’liq unga oid ma’lumotdni aniqlang. A) O’z maktubida Buxoro Hindiston birgalikda Eronga yordam ko’rsatishi zarurligini ta’kidlagan; B) Xurosonning Marv, Nishopur, Mashhad kabi yirik shaharlarini egallaydi; C) O’z maktunida Eronni o’zaro taqsimlab olishni taklif qilgan; D) Safaviylarga qarshi kurashda boburiylar bilan birga harakat qilishga intilgan; 8 / 90 8. Xiva xoni Muhammad Rahimxon I ga tayanib yirik zodagonlar qarshiligini sindirish uchun shiddatli kurashda o`z raqiblarini birin- ketin bo`ysundira bordi? A) “xon ” navkarlari deb atalgan muntazam qo`shin B) savdogarlar va ruhoniylar tabaqasi C) yirik zodagonlar va ruhoniylar tabaqasi D) urug` oqsoqollari va ruhoniylar tabaqasi 9 / 90 9. Quyidagi olimlarni millatiaga qarab moslashtiring. 1. E.Rezerford 2.A.Bekkerel3. S.Arrenius 4. F.A.Lesh5. R.Virxov a) fransuzb) rus c) ingliz d) shved e) nemis A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-e, 5-b B) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b, 5-e C) 1-b, 2-e, 3-c, 4-d, 5-a D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-e, 5-c 10 / 90 10. Quyidagi Lotin Amerikasi davlatlarining qaysi birining mustaqilligi muvufiq keladi? A) 1-3-5-7 B) 2-3-5-6 C) 2-4-6-8 D) 1-2-5-6 11 / 90 11. Milliy Markaz – Turkistono’lkamusulmonlarkengashitashkil etilgach, kimlar rais kotiblari bo’lishgan? A) Behbudiy, Munavvarqori B) Munavvarqori, Zaki Validiy C) Mustafo Cho’qay, Islom Shoahmedov D) Islom Shahmedov, Zaki Validiy 12 / 90 12. Quyidagilardan qabilalar bilan bog’liq noto’g’ri ma’lumot berilgan qatorni aniqlang. A) Lotinlar – Tibr daryosi bo’yida joylashgan daryo va botqoqlik lotinlarni qo’shni qabilalardan hujumlaridan himoya qilar edi; B) Etrusklar – Italiyaning shimoli-g’arbiy qismida joylashgan; C) Karfagenliklar – Afrikaning shimoliy qismida joylashgan Yunon koloniyasi D) Lig’urlar – Italiyaning eng qadimgi qabilalaridan biri bo’lib, chorvachilik bilan shug’ullangan; 13 / 90 13. Quyidagi javoblarni moslashtiring. 1)Rossiyaning Bolqon yarim orolidagi manfaatlarini mensimay Avstriya- Vengriyani Bolqon siyosatini qo’llab quvvatlagan davlat 2)XIX asr oxiri – XX asr boshida sanoat ishlab chiqarish hajmi 2 marta kamaygan davlat 3)XIX asr oxiriga kelib xorijiy davlatlar 3 mlrd dollar kapital kiritgan davlat 4)AQSH asoratli shartlar asosida qarz bergan davlatlardan bir A) 1-Germaniya, 2-B. Britaniya, 3-AQSH, 4-Gonduras B) 1-Germaniya, 2-Fransiya, 3-AQSH, 4-Gvatemala C) 1-B. Britaniya, 2-Germaniya, 3-Germaniya, 4-Nikaragua D) 1-Germaniya, 2-B. Britaniya, 3-AQSH, 4-Kosta-Rika 14 / 90 14. Xorijiy investisiyalar ishtirokidagi «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» korxonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilingan yildan keyin sodir bo’lgan voqeani aniqlang. A) Toshkent xalqaro aeroportiga Islom Karimov nomi berildi B) Afrosiyob tezyurar poyezdining Toshkent–Xiva yo‘nalishi ishga tushirildi. C) Sh. Mirziyoyevning tashabbusi bilan 7,1 kilometr bo’lgan Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilishi olib borilmoqda D) «O‘zbekiston havo yo‘llari» zamonaviy havo kemalari bilan ta’minlandi. 15 / 90 15. Napaleon Bonapartni Fransiyada obro‘sini ko‘tarib yuborgan voqea nima edi? A) Yirik davlatlar bilan yaxshi aloqalar B) Qirol hokimiyatini Napaleonga berilishi C) Mirga qilgan urushi D) Italiyaga qilingan yurish va uning bo‘ysundirilishi 16 / 90 16. Buxoro amirligi qo‘shinida to‘plarning sozligi kimlarning nazoratida bo'lgan? A) rus va nemis mutaxassislari B) fransuz va fors mutaxassislari C) rus va fransuz mutaxassislari D) rus va fors mutaxassislari 17 / 90 17. Qaysi qatorda Fransiya qiroli Filipp IV hukmronligi bilan bog’liq ma’lumotlar ko’rsatilgan? 1)Normandiya Angliyadan tortib olindi 2)Shampan grafligi va Lion viloyati qirol domeniga qo’shib olindi 3)cherkov yerlari soliqqa tortildi 4)General shtatlar chaqirildi A) 3.4 B) 1.4 C) 2.4 D) 2,3,4 18 / 90 18. Kimni davridaGermaniya Yevropa Ittifoqining yetakchi davlatiga aylandi? A) Konrad Adenaur B) Angela Markel C) Gerxard Shryoder D) Gelmut Gol 19 / 90 19. Jaloliddin Manguberdi bilan bog’liq quyidagi voqealarni yuz berish davriga ko’ra to’g’ri xronologik tartibda belgilang. 1)Gurjiston to’liq egallandi; 2)Isfahon yaqinida mo’g’ullarning Taynol no’yon boshliq qo’shinlarini maglub etadi; 3)U Hindistonda muqim o‘rnashish, ittifoqchilar topish mushkul ekanligini anglab, Iroqqa yo‘l oladi; 4)Xalifa Nosirning 20 ming kishilik qo’shini Basra yaqinidagi jangda tor-mor etildi; 5)Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu no‘yonni 45 minglik qo‘shin bilan jo‘natadi; 6)Ko‘niya, Jazira, Damashq va Misrning birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari Arzinjon yaqinidagi jangda mag‘lubiyatga uchradi; A) 5, 3, 4, 2, 1, 6 B) 5, 4, 3, 1, 2, 6 C) 5, 3, 4, 6, 2, 1 D) 5, 3, 4, 1, 2, 6 20 / 90 20. Quyidagi voqealarni ketma-ketlikda joylashtiring? 1.U.Cherchill Fulton shahrida Vestminster kolleji tinglovchilari oldida so’zga chiqdi 2.O’zaro Iqtisdiy Yordam Kengashi tuzildi 3.J.Marshall Yevropa mamlakatlariga urush oqibatlarini bartaraf qilishda yordam ko’rsatish g’oyasini ilgari surdi 4.NATO tashkil etildi A) 1,2,3,4 B) 3,1,2,4 C) 1,3,2,4 D) 2,1,3,4 21 / 90 21. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy okruglarini ularga mos hududlar bilan muvofiqlashtiring. 1)Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari 2)Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari 3)Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari 4)Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati a) Sharqiy harbiy okrug b) Markaziy harbiy okrug Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug c)Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug A) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d B) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c 22 / 90 22. Rossiya istilosi natijasida egallangan hududlar bilan bog’liq noto’g’ri ma’lumotni aniqlang. A) Erjar qishlog’i – Sirdaryoning o’rta oqimida joylashgan ushbu hududda podsho qo’shinlari Buxoro amirligi qo’shinlari o’rtasidagi dastlabki jang bo’lib o’tgan B) Xo’jand – Qo’qon xonligi bilan Buxoro amirligi o’rtasida joylashgan ushbu shahar podsho qo’shinlari tomonidan 24-may kuni egallandi ; C) Jizzax – ushbu shaharni bosib olish uchun bo’lgan jangdaharikkala tomondan 2 mingdan ko’proq kishi halok bo’ldi ; D) O’ratepa - F.Romanovskiy harbiy qo’shinlari ushbu shaharga yetib borgach, shahar uch kun o’qqa tutildi ; 23 / 90 23. Quyidagilardan qaysi birining xronologiyasi to’g’ri kelmaydi ? A) XIX asr – Ahmad Donish amir Muzaffar taklifi bilan « Manozir ul-kavokib » nomli astronomiyaga oid kitob yozgan B) 1857 – Ahmad Donish Amir Nasrullo elchilari bilan Moskva, Peterburg va boshqa Rossiya shaharlari bo’ylab sayohat qilgan ; C) 1819 – Munis Mirxondning « Ravzat us-safo » asarinitarjimaqilishni boshladi ; D) XV asr - Madrasalarda mavjud Olimlar yasovuli paydo bo’lgan ; 24 / 90 24. Quyidagilarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1)AQSH va Germaniya o’rtasida jahon elektr bozorini bo’lib olish va o’zaro hamkorlik qilish to’g’risida shartnoma tuzilgan ; 2)Yevropa shaharlari qurilishida o’zgarishlar yuz bera boshladi ; 3)Millatlararo korporatsiyalar soni 100 taga yetdi ; 4)Mustamlakachilik siyosati natijasida « egallanmagan yerlar »ni bosib olish yakunlandi ; A) 3-2-1-4 B) 2-3-4-1 C) 3-4-2-1 D) 2-4-1-3 25 / 90 25. O’rta asrlarda quyidagi qaysi shaharlarda nomlanishi bir xil bo’lgan inshootlar mavjud? 1. Istanbul. 2. Moskva. 3. Vladimir. 4. Kiyev. 5. Parij. 6. Sevilya A) 1, 2 B) 1, 4 C) 2, 3, 5 D) 5, 6 26 / 90 26. Ilmga bo’lgan chanqoqlik tufayli Buxoro, marv, Nishopur, Isfaxon, Shom, Bag’dod, Hirot va Makkada hayot kechirib, arab tili va adabiyotini diniy ilmlarini, xattotlik san’atini, arab maqollari va urf- odatlarini chuqur o’rgangan alloma tavallud topgan yildan 205 yil muqaddam quyidagilardan kim tavallud topgan? A) “Hayotnoma” asarining muallifi; B) “Al-jome as-Sahih” asari muallifi; C) “Hidoya” asarining muallifi; D) “Kitob at-Tavhid” asari muallifi; 27 / 90 27. Quyidagi voqealardan bir yilda yuz berganlarini toping. 1)Eftallar Xitoyga elchi yubordilar; 2)Pero’z eftallarga qarshi yurish qildi; 3)Sosoniyla va Kidariylar o’rtasida jang bo’lib o’tdi: 4)hadya tariqasida Samarqanddan yuborilgan dubulg‘adan nusxa olib, Xitoy qurolsozlari qo‘shinni temirqalpoq (dubulg‘a)lar bilan ta’min etganlar: A) 1.4 B) 3.4 C) 1.3 D) 2.4 28 / 90 28. Quyidagilardan nisbatan keyinroq sodir bo'lgan voqeani aniqlang. A) Qoraqolpog'iston Qozog'iston ASSR tarkibiga kiritildi B) Tojikiston ASSR o'rniga Tojikiston SSR tashkil topdi va u O'zbekiston SSR tarkibidan chiqdi C) Samarqandshahridabo'lib o'tgantasisqurultoyida O'zbekiston komsomoliga asos solindi D) To'rtko'lda dehqon, batrak va qizil askar deputatlari Qoraqolpoq avtonom viloyati sovetlarining I tasis syezdi bo'lib o'tdi 29 / 90 29. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud? A) Temuriylar sulolasi hukmronligi barham topgach, yurtimizda shayboniylar sulolasi hukmronligi o‘matildi. Mazkur sulola ishlab chiqarish, ilm-fan va madaniyat rivojida temuriylar davr B) Shayboniylar hukmronligi davrida oliy hukmdor — xon davlat hududlarini sulola xonadoni a’zolariga yurt (udel) qilib bo’lib berdi. Bu esa oxir-oqibatda markaziy hokimiyatning zaiflash C) Temuriylar davlati XVI asr boshlarida to‘la barham topdi D) XVIII asr oxirida Buxoro xonligi ikkiga bo’linib ketdi 30 / 90 30. 1926-yili general Chan Kayshi boshchiligidagi Gomindan milliy hukumati Milliy inqilobiy armiyaning Shimolga yurishini boshladi.Bu yurish davrida Markaziy Xitoyning ko’plab provinsiyalari,jumladan qaysi yirik shaharlar Gomindanchilar qo’liga o’tdi? A) Pekin, Nankin, Uxan, Nanchan, B) Pekin, Urumchi, Uxan, Nankin C) Uxan, Shanxay, Nanchan, Nankin D) Nanchan, Shanxay, Urumchi, Pekin 31 / 90 31. O‘rta Osiyo o‘lkasining eng shimoliy nuqtasi … A) Kaspiy dengizining Mang‘ishloq yarimorolidagi Tubqarag‘ay burnida (50.3□ shimoliy kenglik) B) Savir tog‘larining etagidagi Qora Irtish daryosi vodiysida (85.6□ shimoliy kenglik) C) Ayirtov yaqinida (53.8□ shimoliy kenglik) D) Hindikush tog‘larining janubiy tarmog‘i bo‘lgan Safedko‘h to‘g tizmasi bilan Nishopur tog‘lari tutashgan joyda - Xarirud vodiysida (34□ shimoliy kenglik) 32 / 90 32. Hozirgi kunda “Afrosiyob” poyezdlari qaysi yo`nalishlar bo`yicha qatnayapti? A) Toshkent – Buxoro, Toshkent – Qarshi – Shahrisabz B) Toshkent – Buxoro, Toshkent – Angren – Qo`qon C) Toshkent – Samarqand, Toshkent – Qarshi – Shahrisabz D) Toshkent – Samarqand, Toshkent – Farg`ona – Qo`qon 33 / 90 33. Atmosfera so‘zining ma’nosi nima? A) yunoncha “atmos”- bug‘, “sphaira”- shar B) yunoncha “atmos”- yengil, “sphaira”- qobiq C) lotincha “atmos”- bug‘, “sphaira”- shar D) lotincha “atmos”- yengil, “sphaira”- qobiq 34 / 90 34. Qaysi sayohatchi birinchi bo‘lib, Atlantika okeanini kesib o‘tib, Amerika qirg‘oqlariga yetib borgan? A) Amerigo Vespuchchi B) III)Vasko da Gama C) Fernan Magellan D) Xristofor Kolumb 35 / 90 35. Yevrosiyoning qaysi qismida harakatdagivulqonlar, dahshatli zilzilalar tez–tez bo‘lib turadi? A) qadimgi yassi tog‘liklarda B) faol geosinklinal mintaqalarda C) platformalarning qalqonida D) qadimgi platformalarda 36 / 90 36. O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholi kategoriyasini toping (erkaklar misolida) A) 16-60 yosh B) 18- 55 yosh C) 16-55 yosh D) 16-65 yosh 37 / 90 37. Turon iqlimida yillik yog‘inning 35−40 foizi yilning qaysi fasllariga to‘g‘ri keladi? A) Bahor va yoz B) Qish va bahor C) Yoz va kuz D) Kuz va qish 38 / 90 38. Joy plani qanday masshtabda tuziladi? A) 1:5000000 va undan yirikroq B) 1:5000 va undan yirikroq C) 1:500 va undan kichikroq D) 1:1000000000 va undan yirikroq 39 / 90 39. Yer sharining uzluksiz suvli qobig‘i qanday ataladi? A) Dunyo okeani B) qirg‘oqsiz dengiz C) litosfera D) ocean 40 / 90 40. O‘rta Osiyoning barcha tog‘larida yagona qonuniyat saqlanib qoladi – 3 ta balandlik mintaqasi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Balandlik mintaqasi noto‘g‘ri berilgan javobni toping. A) tog‘ B) cho‘l C) adir (tog‘oldi) D) yaylov 41 / 90 41. Nimalar noorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladi A) mikroorganizmlar B) mikroblar C) o‘simliklar D) hayvonlar 42 / 90 42. Quyidagilardan qaysi birida yilning asosiy qismida havo nam va issiq bo‘ladi? A) Amazoniya pasttekisligining g‘arbiy qismlari B) And tog‘larining janubiy qismlari C) Gviana yassi tog‘ligining shimoliy qismlari D) Braziliya yassi tog‘ligining sharqiy qismlari 43 / 90 43. Hisor tog‘ining janubiy yonbag‘rlariga qancha yog‘in tushadi? A) 500−600 millimetr B) 900−1000 millimetr C) 1000−1200 millimetr D) 800−900 millimetr 44 / 90 44. Antarktika sovuq o‘lkasining maydoni qanchaga teng? A) 14 mln kv.km B) 45, 5 mln kv.km C) 52, 5 mln kv.km D) 55, 2 mln kv.km 45 / 90 45. Kilimanjaro vulqoni qaysi tabiiy geografik o‘lkada joylashgan? A) Shimoliy Afrika B) Markaziy Afrika C) Sharqiy Afrika D) Janubiy Afrika 46 / 90 46. Hozirgi kunda mamlakatimiz suv transportida qaysi birlashma mavjud emas? A) “Amudaryo flotiliyasi” B) LL)“Xorazm daryo floti” C) MM) “Qoraqalpog‘iston daryo floti” D) NN) “Termiz daryo porti” 47 / 90 47. G‘ovakliklarida suv bo‘lgan qatlamlar nima deyiladi? A) oraliq qatlamlar B) qatlamlar orasidagi suv C) suvli qatlamlar D) suv o‘tkazmaydigan qatlamlar 48 / 90 48. Yerning sharsimon ekanligini nazariy jihatdan birinchi bo‘lib kim va qachon isbotlagan? A) mil.avv. 7-asrda Fales B) mil.avv. 3-asrda Eratosfen C) mil.avv. 4-asrda Aristotel D) mil.avv. 6-asrda Pifagor 49 / 90 49. Tog‘ …bo‘lsa, undagi tabiat komplekslari shuncha ko‘p bo‘ladi va almashinib keladi. Nuqtalar o‘rniga mos variantni qo‘ying. A) okeanga qancha yaqin va baland B) ekvatorga qancha yaqin va baland C) qancha qadimgi va qutbga yaqin D) qancha katta masofaga cho‘zilgan 50 / 90 50. Yer po‘stida biror joy yorilsa, o‘sha hudud tagida bosim ….., chuqurdagi qaynoq moddalar …… jinsga aylanadi. Nuqtalar o‘rniga mos variantni qo‘ying. A) pasayadi, qattiq B) pasayadi, suyuq C) ortadi, suyuq D) ortadi, qattiq 51 / 90 51. Aholining mamlakatdan ko`chib ketishi yoki ko`chib kelishi nima deyiladi? A) immigratsiya B) ichki migratsiya C) tashqi migratsiya D) emigratsiya 52 / 90 52. Shimoliy Amerikada birinchi milliy bog‘ qachon tashkil etilgan? A) 1882-yil B) 1836-yil C) 1793-yil D) 1872-yilda 53 / 90 53. Qishda, yanvar oyida O‘zbekistonning hududlarida o‘rtacha haroratini mos javobni belgilang. 1) Toshkent, 2) Termiz, 3) Samarqand, 4) Ustyurt a) –10 –11°C, b) +0,9°C, c) +0,3°C, d) +2,8°C A) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c 54 / 90 54. Puerto-Riko botig‘ining chuqurligi qancha? A) 11022 metr B) 8742 metr C) 8224 metr D) 7729 metr 55 / 90 55. O`zbekiston o`z ehtiyojidan ortgan elektr energiyasini qaysi davlatlarga eksport qilmoqda? 1)Qozog`iston,2)Qirg`iziston,3)Tojikiston,4)Afg`oniston,5) Turkmaniston, 6) Eron A) 1, 2, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 4 56 / 90 56. Bog‘dorchilik,uzumchilik vapolizchilikda qo‘llaniladigan mashinava moslamalar qayerda ishlab chiqarilmoqda? A) “Toshqishloqmash”da B) “O‘rta Osiyoqishloqmash” birlashmasida C) Toshkent traktor zavodida D) O‘zbek–Isroil qo‘shma korxonasida 57 / 90 57. Vegetatsiya davri uzoq, serquyosh, suvga mo‘l yerlarda yaxshi o‘sadi.U hosildorlik jihatidan faqat makkajo‘xoridan keyin turadi. Gap qaysi ekin haqida ketmoqda? A) Bug`doy B) Arpa C) Tariq D) Sholi 58 / 90 58. Mirzacho‘l janubidagi tog‘ tizmalari qaysi tog‘ burmalanishi davrida ko‘tarilgan? A) alp B) baykal C) kaledon D) gersin 59 / 90 59. Qanday xaritalarda hududning umumiy ko‘rinishi, ya’ni relyef, daryolar, ko‘llar, dengizlar, shaharlar, okeanlardagi yirik oqimlar ko‘rsatiladi? A) siyosiy B) mavzuli C) umumgeografik D) iqtisodiy 60 / 90 60. Tog‘larda daraxtsiz yerlarda eng ko‘p tarqalgan tuproq turi qaysi? A) tog‘-o‘rmon qo‘ng‘ir tuproq B) qora tuproqsimon tog‘-dasht tuproq C) tog‘ jigarrang tuproq D) o‘tloq-botqoq va o‘tloq-toshloq tuproq 61 / 90 61. Ifodaning qiymatini toping: (|-111|-80)+ |-29| A) 60 B) -150 C) 50 D) 150 62 / 90 62. Qaysi holda arzon xarid amalga oshiriladi? A) 2 B) 3 C) 1 D) hammasining narxi bir xil 63 / 90 63. To’g’ri chiziqda 3 nuqta belgilandi. Shu nuqtalardan nechta kesma hosil bo’ladi? A) 1 B) 3 C) 2 D) 4 64 / 90 64. Abdurahmon qadamining uzunligi 0,55 m. U 55 m yo‘l yurishi uchun necha qadam tashlashi kerak? A) 150 B) 110 C) 100 D) 120 65 / 90 65. Sinfda 26 o‘quvchi bor. Matematikadan o‘tkazilgan nazorat ishida o‘quvchilarning 3/13 qismi – «5», 5/13 qismi – «4» va qolgani – «3» baho oldi. Qancha o‘quvchi «3» baho olgan? A) 10 B) 5 C) 8 D) 6 66 / 90 66. EKUK(15,45,21) ni toping. A) 210 B) 315 C) 215 D) 115 67 / 90 67. 1223334444… ketma ketlikdagi 17-o’rinda turgan raqamni aniqlang. A) 6 B) 9 C) 8 D) 7 68 / 90 68. Hisoblang. A) 2 B) 0,3 C) 3 D) 30 69 / 90 69. Bir kub metr beton qorishmasini quydirish 50 ming so‘m. Balandligi 4 metr, eni 4 metr va uzunligi 8 metr (to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklida) bo‘lgan beton devor quydirish necha so‘m bo‘ladi? A) 6 mln 500 ming B) 6 mln 400 ming C) 6 mln 600 ming D) 5 mln 400 ming 70 / 90 70. Hisoblang. A) 8 B) 44/5 C) 27/4 D) 60/8 71 / 90 71. Qaysi uslubda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi? A) so‘zlashuv uslubi B) ilmiy uslub C) rasmiy uslub D) ommabop uslub 72 / 90 72. Quyidagi tillardan qaysi biri turkiy tillar oilasining qarluq guruhiga mansub? A) qoraqalpoq B) tatar C) qozoq D) Buyg‘ur 73 / 90 73. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarda qanday voqea- hodisalar ifodalanadi? A) Bir-biriga zid voqea-hodisalar ifodalanadi B) voqea-hodisalarning galma-gal bo‘lishi yoki ulardan biri bo‘lishi ifodalanadi C) to‘g‘ri javob yo‘q D) Bir paytda yoki ketma-ket bo‘ladigan voqea-hodisalar ifodalanadi 74 / 90 74. Quyidagi so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan? Jaholat, hokisor, mutaxasis, hoxish, zahmat, aynala, taxsimot, asil, bepayon. A) 6 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 4 ta 75 / 90 75. Tishlarimni ko‘rmak istasang, Tushlaringni marvaridga ayt, Gar o‘zimni ko‘rmak istasang, Yovni yengib, tezroq qayt. Ushbu parchadagi fonemalarni aniqlang. A) i, u, q B) a, i, o‘ C) t, k, y D) sh, k, t 76 / 90 76. til undoshlariga mansub bo‘lmagan jarangsiz undoshlar soni nechta? A) 2 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 3 ta 77 / 90 77. Nechta jarangsiz til undoshining jarangli jufti bor? A) 4 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta 78 / 90 78. Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida bir keng unlining ikkinchi bir keng unliga almashinishi kuzatilgan gapni toping. A) Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab emas, balki qilgan ishingga qarab baho beradilar. B) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi. C) Sovuqning shashti pasayib, quyosh yana nur sochdi. D) Mehnat qilsang, ko‘nglingga yorug‘lik tushadi. 79 / 90 79. Muallim va ustozning qimmatli vaqtlarini qadrlab, aytganlariga diqqat bilan quloq sol. Ushbu parchadagi ismlar guruhiga mansub so‘zlar qaysi turkumlarga tegishli? 1ot 2sifat 3fe’l A) 2, 3 B) 1, 3 C) 1, 2 D) 1, 2, 3 80 / 90 80. g undoshining kundoshidan farqlovchi belgisi qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) portlovchilik B) shovqinlilik C) jaranglilik D) til orqalilik 81 / 90 81. Qo‘qon shahrining yoshi qancha-yildan ortiqdir? A) 2700 B) 1750 C) 2000 D) 1500 82 / 90 82. XIX asr oxirlarida Xiva xonligining muntazam qo‘shinlari necha kishidan iborat bo‘lgan? A) 2500 B) 5000 C) 1500 D) 3000 83 / 90 83. O‘rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanish qachon o‘tkazilgan? A) 1922-yil B) 1925-yil C) 1927-yil D) 1924-yil 84 / 90 84. Qaysi Buxoro amiri butun musulmon olamining xalifasi deb e’lon qilingan? A) Olimxon B) Haydar C) Nasrullo D) Shohmurod 85 / 90 85. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi farmoni qachon tasdiqlandi? A) 2017-yil, 24-iuyn B) 2016- yiul,15-yanvar C) 2017-yil, 7-fevral D) 2016-yil, 11-fevral 86 / 90 86. 1983-1988-yillarda O‘zbekistonga kim rahbarlik qildi? A) Rustam Saidov B) Inomjon Usmonxo‘jayev C) Sharof Rashidov D) Rafiq Nishonov 87 / 90 87. “Movarounnahr” so‘zi qaysi tildan olingan va uning ma'nosi nima? A) forscha, “daryoning quyi qismi” B) arabcha, “daryoning narigi tomoni” C) turkiycha, “ikki daryo oralig‘i” D) arabcha, “ikki daryo oralig‘i” 88 / 90 88. 1914-yil Toshkentda kim “Turon” teatr truppasini tuzgan? A) A. Avloniy B) A. Samadov C) Behbudiy D) Hamza 89 / 90 89. Quyidagi qaysi tarixiy asarda o‘lkamizning qadimgi aholisi to‘g‘risida batafsil ma'lumot berilgan? A) “Geografiya” asarida B) “Tarix” asarida C) “Tarixiy-yilnomalar” asarida D) “Qadimgi sharq” asarida 90 / 90 90. Qaysi yodgorlikdan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan? A) Zartepa B) Xolchayon C) Qoratepa D) Dalvarzintepa Sizning ballingiz 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Matematika va Nemis tili yo’nalishi №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Tarix va Ingliz tili yo’nalishi №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Matematika va Geografiya yo’nalishi №1