Uy » Online olimpiada » Fizika olimpiada » 9-sinf Fizika olimpiada №1 Fizika olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Fizika olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 10 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 9-sinf Fizika olimpiada №1 2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar Ismi familiyangizni kriting! 1 / 25 54 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil tezlanish bilan tekis sekinlanuvchan harakat qilib to’xtadi. Bu tormozlanish jarayonida avtomobil qancha yo’l bosgan.(m) A) 22,5 B) 225 C) 25 D) 27,5 2 / 25 Harakatlanayotgan zaryadli zarrachaga magnit maydoni tomonidan ta’sir etuvchi kuchga ……. kuchi deyiladi. A) Nyuton B) Amper C) Lorens D) Arximed 3 / 25 Jadvaldan foydalanib jism tezligini (km/h) toping. A) 50 B) 60 C) 40 D) 30 4 / 25 Futbolchi koptokni tik yuqoriga qarab tepib yubordi. 40 m balandlikda topning tezligi 20 m/s ga teng bo’lsa. Futbolchi qanday ish (J) bajargan. Koptokning massasi 3 kg va havoning qarshilik kuchi mavjud emas deb olinsin. ? = 10 ?/?^2 A) 1.8 B) 18 C) 1800 D) 180 5 / 25 Qarshiligi 200 Om bo’lgan rezistordan 3 A tok o’tishi uchun, uning uchlaridagi kuchlanish necha V bo’lishi lozim? A) 203 B) 600 C) 66.7 D) To’g’ri javob berilmagan 6 / 25 Koptok v= 40 m/s tezlik bilan rasmda tasvirlangandek ikki bino orasidagi harakatini boshladi. Agar H=45 m va L=6 m bo’lsa, harakat boshidan necha sekund vaqt o’tgach koptok o’ng devorga 3 – marta to’qnashadi. Barcha to’qnashishlar mutlaq elastik. ? = 10 ?/?^2 A) 2.5 B) 3 C) 0.75 D) 0.5 7 / 25 Agar jismning massasi 4 kg va tezligi 5 m/s ga teng bo’lsa, uning kinetik energiyasini hisoblang. A) 40 J B) 20 J C) 50 J D) 25 J 8 / 25 Ikki nuqtaviy zaryad orasidagi masofani o’zgartirmasdan har bir zaryadning miqdorini 4 martadan orttirilsa ular orasidagi o’zaro tortishish kuchi qanday o’zgaradi? A) 4 marta ortadi B) 8 marta ortadi C) O’zgarmaydi D) 16 marta ortadi 9 / 25 Prujinani 9 sm ga siqish uchun А1 ish bajarildi, 9 sm ga cho’zish uchun esa - А2. А1/А2 ni toping. A) 4 B) 2 C) 3 D) 1 10 / 25 Aylana bo’ylab tekis harakat qilayotgan jismning tezligi 20 m/s va aylanish radiusi 40m bo’lsa jismning markazga intilma tezlanishini toping. (m/ ?^2 ) A) 800 B) 60 C) 10 D) 0.5 11 / 25 Chizmada ko’rsatilgan elektr zanjiridagi ?1 ampermetrdan 6 A tok o’tayotgan bo’lsa, 15? li qarshilikning kuchlanishi nechaga teng? A) 35 B) 15 C) 20 D) 25 12 / 25 Grafikda 2 jism tezliklarining vaqt bo’yicha o’zgarish qonuni ko’rsatilgan. Qaysi jismning tezlanishi kattaroq? A) Teng B) 1 – jismning C) 2 – jismning D) To’g’ri javob yo’q 13 / 25 Faradeyning ikkinchi qununi ifodasidagi A/Z nisbat qanday ataladi? A) Elektrokimyoviy ekvivalent B) Fizikaviy ekvivalent C) Kimyoviy ekvivalent D) Molyar ekvivalent 14 / 25 Jism tik yuqoriga 20 m/s tezlik bilan vertikal otildi. Jism qanday maksimal balandlikka (m) ko’tariladi? A) 20 B) 40 C) 60 D) 10 15 / 25 Elektronning zaryadi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? A) +1.6 ∗ 10^−19? B) -1C C) +1C D) −1.6 ∗ 10^−19 C 16 / 25 Chizmada ko’rsatilgan sxemaning K va L nuqtalar orasidagi umumiy sig’im necha μF ekanligini toping. A) 8 B) 4.8 C) 6 D) 4 17 / 25 Deformatsiyalanmagan prujinani siqish natijasida 200 J ish bajarildi. Agar prujinaning bikrligi 2500 N/m bo’lsa, prujina necha sm ga siqilgan? A) 0.4 B) 4 C) 400 D) 40 18 / 25 Granata 45 m balandlikda tezligi 0 ga teng bo’lgan vaziyatda teng ikki qismga bo’linib portladi. Bunda birinchi qism 200 g massaga ega bo’lib, portlashdan so’ng yuqoriga tik ravishda ko’tarilib, 9 s dan (portlashdan so’ng) so’ng yerga tushdi. Granataning portlashdan oldingi ichki energiyasi to’liq mexanik energiyaga aylanadi deb olib, granataning dastlabki “ichki+mexanik” energiyasini (J)toping. ? = 10 ?/?^2 A) 500 B) 50 C) 600 D) 2500 19 / 25 Elektr zanjirining X va Y nuqtalari orasidagi umumiy qarshiligini toping. A) 2R B) 18R C) 6R D) 1R 20 / 25 Elektrolizda buyumni nikellash 50 minut davom etib, buyum 0.09 g nikel bilan qoplandi. Elektroliz vaqtidagi tokning qiymatini toping. Nikel uchun k= 0.3 mg/C. A) 0.1 A B) 10 A C) 1 A D) 0.2 A 21 / 25 Massasi 4 kg bo’lgan jismga 4 ta kuch rasmda ko’rsatilgandek ta’sir qilmoqda. Harakat boshidan 9 s vaqt ichida jismning impulsi (kg*m/s) qanchaga o’zgaradi? A) 80 B) 90 C) 85 D) 95 22 / 25 Yer sirtidan gorizontga nisbatan necha gradus burchak ostida otilgan jismning kinetik va potensial energiyalari harakat trayektoriyasining o’rtasida o’zaro tenglashadi? A) 45 B) 60 C) 60 D) 55 23 / 25 Metall sharcha +3? zaryadga ega, shu sharchaga tekkazish yo’li bilan qanday zaryad berilganida, u elektroneytral bo’lib qoladi. A) -6e B) 0 C) -3e D) +3? 24 / 25 Elektr maydon kuchlanganligi 600 kV/m bo’lgan bir jinsli maydonga kiritilgan +2nC nuqtaviy zaryadga maydon tomonidan ta’sir etuvchi kuchning qiymati necha mN ga teng? A) 1,2 B) 12 C) 120 D) 1200 25 / 25 Chizmada ko’rsatilgan elektr zanjirining A va B nuqtalari orasidagi umumiy qarshiligini toping. A) 1.5R B) 0.5R C) 3R D) 2R 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz